JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti v.b. dotsenti
CHIZMACHILIK DARSLARINI TASHKIL QILISH PRINSIPLARI VA O’QITISH
MЕTОDLARI
ANNOTATSIYA:
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion
texnologiyalar hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga bo‘lgan
qiziqish ortib bormoqda. Shu asosda, chizmachilik darslarida ham zamonaviy innovatsion
texnologiyalarni qo‘llashning ayrim usullari haqida ilmiy jihatdan asoslangan ma’lumotlar
taqdim etildi.
Kalit so’zlar
:
amaliy mеtоd, ko’rgazmali mеtоd, chizmachilik, intеraktiv mеtоd, tехnik
tushunchalar, gеоmеtrik tushunchalar, innоvatsiya, prоеksiоn tushuncha, оg’zaki mеtоd.
PRINCIPLES AND METHODS OF ORGANIZING AND TEACHING DRAWING
LESSONS
ABSTRACT:
Currently, there is a growing interest in the effective use of interactive methods,
innovative technologies, and pedagogical and information technologies in the educational
process. Based on this trend, scientifically substantiated information on some methods of
applying modern innovative technologies in drawing lessons has been presented.
Keywords:
practical method, visual method, drafting, interactive method, technical concepts,
geometric concepts, innovation, projection concept, oral method.
KIRISH
Har qanday fanni o‘qitish metodikasi uch asosiy tarkibiy qismdan iborat: konsepsiya, ta’limning
metodik tizimi va ularning samaradorligini baholash. 8–9-sinflarda chizmachilik fanini o‘qitish
jarayoni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, hayotiy va mehnat tajribalaridan kelib chiqqan
holda o‘ziga xos yondashuvni talab etadi. Bu bosqichda o‘quvchilar bilim olishga ongli va
maqsadli tarzda intiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi har bir darsni puxta tahlil qilib, uning
mazmun va tuzilishini ta’lim maqsadlariga muvofiq tarzda ishlab chiqishi zarur. Darsning
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan avvalgi mashg‘ulotlarda egallangan bilim va ko‘nikmalar,
shuningdek, yangi bilim hajmi va uning taqdim etilish usuliga bog‘liq. Bu jarayonda o‘qituvchi
o‘quvchilarning dunyoqarashi, mustaqil o‘qib-o‘rganish malakasi hamda darslik va boshqa
manbalardan foydalanish imkoniyatlariga tayanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Pedagogika fanida darslarning turlari va o‘qituvchining bilimlarni yetkazish shakllari chuqur
tahlil qilingan. Jumladan, darslar quyidagicha tasniflanadi: yangi materialni o‘rganish darsi,
bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash darsi, takrorlash-umumlashtirish darsi hamda
aralash (kombinatsiyalashgan) dars. Chizmachilik fanida aynan aralash dars turi eng ko‘p
qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchining nazariy bayoni bilan birga o‘quvchilarning amaliy
mashg‘ulotlari muhim o‘rin tutadi. Amaliy ishlar bilimlarni mustahkamlashga, o‘quv
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
adabiyotlaridan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirishga va uy vazifalarini bajarishga xizmat
qiladi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv usullar, innovatsion, pedagogik va axborot
texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. An’anaviy yondashuv o‘quvchilarni tayyor
bilimlarni qabul qilishga yo‘naltirgan bo‘lsa, innovatsion texnologiyalar o‘quvchilarning
mustaqil izlanishi, tahlil qilishi va xulosa chiqarishiga imkon yaratadi. O‘qituvchi esa bu
jarayonda yo‘naltiruvchi va boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi, shaxsiy rivojlanish va ta’lim
uchun sharoit yaratadi.
“Innovatsiya” atamasi yangilik kiritish ma’nosini anglatib, o‘quvchi va pedagog faoliyatiga
zamonaviy o‘zgarishlar olib kirishni nazarda tutadi. Innovatsion texnologiyalarda interaktiv
metodlar asosiy o‘rin tutadi. Ular o‘qituvchi va o‘quvchining faol hamkorligiga asoslanib, ta’lim
mazmunining ajralmas qismi hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim talablari chizmachilik o‘qituvchisidan ham axborot-kommunikatsiya va
innovatsion texnologiyalarni chuqur bilishni hamda ularni o‘z kasbiy faoliyatida samarali qo‘llay
olishni talab qiladi. Umumta’lim maktablarida chizmachilik darslari o‘zining mazmuni va
o‘qitish usullari bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Asosiy urg‘u o‘quvchilarning individual
grafik ishlarni bajarishiga qaratiladi. Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashga
majbur bo‘ladi.
Darslar, odatda, maxsus jihozlangan chizmachilik kabinetlarida o‘tkaziladi. O‘qituvchi nazariy
materialni bayon qilganidan so‘ng, o‘quvchilar amaliy topshiriqlarni ish daftarlarida bajaradilar.
O‘qituvchi har bir o‘quvchining qobiliyat va imkoniyatlarini inobatga olib, ularning ishlarini
nazorat qiladi, chizma bajarishning samarali yo‘llarini ko‘rsatadi hamda murakkab jihatlarni
izohlaydi. Biroq o‘quvchilar bilan individual ishlash uchun vaqt cheklangani bois, darsni to‘g‘ri
tashkil etish o‘qituvchidan yuqori darajadagi rejalashtirish va metodik yondashuvni talab qiladi.
Chizmachilik darslarida o‘qituvchining asosiy e’tibori o‘quvchilarda amaliy grafik ishlarni
bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi zarur. Shu bois dars turi va o‘qitish metodlari
ham bu maqsadga xizmat qilishi lozim. Metod tanlashda chizmachilik fanining o‘ziga xos
xususiyatlari inobatga olinishi shart.
Yangi mavzuni tushuntirish jarayonida “Hammasi tushunarlimi?” yoki “Hamma tushundimi?”
kabi umumiy savollar o‘rniga, aniq va mazmunli savollar berish tavsiya etiladi. Masalan: “Ushbu
kesimni hosil qiluvchi tekislik qanday holatda joylashgan?”, “Konus sirtidagi A nuqtaning
gorizontal proeksiyasi qanday aniqlanadi?”, “Pog‘onali yoki siniq qirqim qanday hosil qilinadi?”
kabi savollar o‘quvchilarning fikrlash faolligini oshiradi.
Shuningdek, o‘qituvchi doskada chizma bajarish jarayonida tez-tez to‘xtab, “Keyingi yasash
bosqichini qanday amalga oshiramiz?”, “Bu detallar chizmasini chizishda nechta ko‘rinish kerak
bo‘ladi?” kabi savollar bilan murojaat qilishi, o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb qilishga
xizmat qiladi. Bu tarzdagi yondashuv o‘quvchilarda muammoni hal qilishga, xulosalashga va
eng maqbul yechimni topishga o‘rgatadi.
Savollar sinfga umumiy tarzda yoki alohida o‘quvchiga shaxsiy ravishda berilishi mumkin.
Masalan: “Toshmatov, ushbu ko‘rinishda qaysi qirrani qisqarib tasvirlanganmiz va nima
sababdan?” kabi savollar o‘quvchining darsga e’tiborini oshirishda samarali bo‘ladi. Bu esa
o‘qituvchining dars davomida faqat ma’lumot beruvchi emas, balki boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi
va faollashtiruvchi rolini bajarishini taqozo etadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O‘qituvchi mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan munosabatlarini doimiy
ravishda nazorat qilishi, ularning diqqatini jalb etish, motivatsiyani ushlab turish va o‘z vaqtida
pedagogik ta’sir ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Eng sodda klassifikatsiya bo‘yicha dars metodlari og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy turlarga
bo‘linadi. Bu metodlarning har biri chizmachilik fanining mazmuni va o‘quvchilarning
faoliyatiga mos holda tanlanadi.
1. Og‘zaki metodlar
Og‘zaki metodlarga o‘qituvchining ma’ruza-suhbat shaklidagi bayoni, sinf doskasida chizmalar
bilan mavzuni tushuntirishi hamda o‘quvchilarning darslik va qo‘llanmalardan foydalanib
ma’lumotni o‘zlashtirishi kiradi. Bunda o‘qituvchi mavzuni tushunarli va izchil bayon etib,
o‘quvchilarni faol fikrlashga undaydi.
2. Ko‘rgazmali metodlar
Chizmachilik darslarida plakatlar, o‘quv jadvallari, maketlar, natural ob’ektlar, kompyuter
grafikasi va elektron versiyalar orqali ko‘rsatmalar berish samarali hisoblanadi. Bu metod
o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni shakllantirish va chizmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
3. Amaliy metodlar
O‘quvchilarning chizmalar, eskizlar va grafik mashqlarni mustaqil bajarishlari amaliy
metodlarga kiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy bilimlarni real amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar.
Ushbu metod grafik ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Barcha metodlar qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi faol muloqot — ikki
tomonlama pedagogik jarayon yetakchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki
ta’lim jarayonining tashkilotchisi va yo‘naltiruvchisi sifatida markaziy o‘rinda turadi.
NATIJALAR
Chizmachilikni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi ko‘pincha o‘quvchilarga ilgari notanish bo‘lgan
atama va tushunchalarni tushuntirishiga to‘g‘ri keladi. Bu tushunchalar chizmachilik fanini to‘liq
va ongli o‘zlashtirish uchun muhim bo‘lib, o‘quvchilar ularni puxta egallamasdan turib fan
mohiyatini anglay olmaydi. Shu bilan birga, notanish atamalar sonining ko‘pligi va ularni eslab
qolishdagi qiyinchiliklar o‘quvchilarda o‘zlashtirishga bo‘lgan ishonchni pasaytirishi mumkin.
Mazkur holatda o‘qituvchi oldida ikki asosiy muammo — chizmachilik terminlarining miqdori
va sifati muammosi vujudga keladi. Ya’ni, o‘quvchiga nechta va qanday atamalarni o‘rgatish,
ularni qanday tartibda va qanday metod bilan yetkazish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Chizmachilik fanida ishlatiladigan termin va tushunchalarni shartli ravishda uchta asosiy
guruhga bo‘lish mumkin:
1. Geometrik tushunchalar:
Bu guruhga umumiy fazoviy tasavvurni shakllantirishga xizmat qiluvchi asosiy atamalar kiradi:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Gorizontal, vertikal, parallel
Qirra, yoq, uch, kesma, nur
Tekisliklar o‘rtasidagi burchak
Geometrik jismlar nomlari (kub, prizma, konus, silindr va h.k.)
2. Proeksion tushunchalar:
Bu tushunchalar chizmada ob'ektlarni proektsiyalash jarayonini anglashga yordam beradi.
Asosiy proeksion tushunchalar — proeksiyalash nazariyasiga oid terminlar (asosiy proeksiya
tekisliklari, frontal, gorizontal, profil tekisliklari).
Yordamchi proeksion tushunchalar — chizma bajarish texnikasi bilan bog‘liq terminlar:
Chizmachilik ish qurollari (lineyka, sirkul, uchburchak).
GOST/DST elementlari (ramka, shtrix chiziqlar, o‘lcham chiziqlari).
Belgilar va grafik konvensiyalar (shartli belgilashlar).
3. Texnik tushunchalar:
Bu guruh texnik fanga oid, ayniqsa mashinasozlik chizmachiligiga taalluqli terminlarni qamrab
oladi:
Detallar va yig‘ma birliklar nomlari (val, gardish, podshipnik, flans, korpus);
Ularning tasvirlanish usullari, kesim va qirqim turlari, ulanish elementlari (murvat, gayka,
shponka va boshqalar);
Xulosa sifatida, o‘qituvchi chizmachilik darslarida tushunchalarni tanlashda ularning:
mavzuga bog‘liqligi;
murakkablik darajasi;
amaliy qo‘llanilish imkoniyati;
o‘quvchilar yoshi va tayyorgarlik darajasiga mosligi;
kabi omillarni hisobga olgan holda metodik yondashuvni shakllantirishi zarur.
MUHOKAMA
Chizmachilikdagi tushunchalarni murakkablik va qo‘llanilish xususiyatlariga ko‘ra
klassifikatsiyasi
I. Aniqligi yuqori va bir ma’noli tushunchalar
Bu tushunchalar har doim bir xil ma’noda, aniq va konkret tarzda ishlatiladi.
Misollar:
Ko‘rinish
Qirqim
Masshtab
Ramka
Gorizontal tekislik
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O‘lcham chiziqlari
Metodik tavsiya: Boshlang‘ich darslarda foydalanish uchun qulay. O‘quvchilarda chizma
strukturasini tushunishga yordam beradi.
II. Kontekstga bog‘liq ma’noga ega tushunchalar
Bu atamalar proeksiyalash jarayonida, chizma o‘qishda yoki modellashtirishda turli ma’nolarni
anglatishi mumkin.
Misollar:
Tekislik (proeksiya tekisligi, kesuvchi tekislik, simmetriya tekisligi)
Proeksiya (frontal, gorizontal, profil, yordamchi va b.)
O‘q (detalning simmetriya o‘qi, aylanish o‘qi)
Nuqta (proektsiya nuqtasi, kesish nuqtasi)
Metodik tavsiya: Har bir holatda vizual misollar bilan tushuntirish kerak. Shartli belgilar bilan
ishlashda aniqlikni ta’minlash muhim.
III. Mavhum va nisbatan murakkab tushunchalar
Bu tushunchalar geometrik va fazoviy tafakkur talab qiladi. Ularda chizmalar orqali “ko‘rinmas”
ob’ektlar tasvirlanadi.
Misollar:
Fazoviy koordinatalar
Uch o‘lchovli tasavvur
Proektsiyalovchi nur
Gipotetik tekisliklar
Akslantirish (refleksiya) tekisligi
Metodik tavsiya: Interaktiv modellar, animatsiyalar, 3D dasturlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali
anglatish zarur. Yozma emas, ko‘rgazmali yondashuv ustun turadi.
IV. Texnik-funktsional tushunchalar
Bu atamalar texnik jihatdan detal va yig‘ma birliklarning vazifasini anglatadi.
Misollar:
Detal
Yig‘ma birlik
Teshik, tirqish, gardish, korpus
O‘lchamlar zanjiri
Shaybalar
Metodik tavsiya: Amaliy mashg‘ulotlar yoki real detallar bilan ishlash, sanoat chizmalarini
o‘qish orqali mustahkamlash mumkin.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bu kabi tushunchaviy klassifikatsiya:
o‘qituvchiga har bir tushunchani qanday bosqichda va qanday metod orqali o‘rgatishni
belgilashda yordam beradi;
o‘quvchilarning bosqichma-bosqich o‘zlashtirishini nazorat qilishga imkon beradi;
fan atamalarining semantik (ma’no) tahliliga asoslangan yondashuvni shakllantiradi.
Proeksion tushunchalarning sifat xarakteristikalariga ko‘ra guruhlanishi
1. Asosiy proeksion tamoyillar va elementlar
Bu guruhda proektsiyalashning nazariy asoslari va chizmadagi asosiy tasvirlar mavjud.
Asosiy proektsiya tekisliklari (frontal, gorizontal, profil);
Proektsiyalovchi nur;
Proektsiyalash markazi (markaziy va parallellik proektsiyasi);
Ko‘rinishlar (old, yuqori, yon);
Kompleks chizma.
Didaktik tavsiya: Ushbu tushunchalarni uch tekislikda bajarilgan real predmetlarning
proektsiyalari orqali ko‘rgazmali tarzda tushuntirish zarur.
2. Chizma bajarish jarayonida qo‘llaniladigan proektsion amallar.
Bu guruh chizmani yasashda bajariladigan aniq harakatlar bilan bog‘liq.
Proektsiyalash (chiziqli, nuqtali, to‘g‘ri va yordamchi);
Ko‘rinishlarni joylashtirish qoidalari;
Proektsiyalash yo‘nalishi;
Kesuvchi tekislik va uning tasviri;
Yordamchi proektsiyalar.
Didaktik tavsiya: Amaliy mashg‘ulotlarda real buyumlarning turli tekisliklardagi tasvirlarini
bajartirish orqali o‘rgatiladi.
3. Proektsiyada ishlatiladigan grafik belgilar va shartli ifodalar.
Bu guruh chizma tili, grafik ko‘rinish, standart belgilar va grafik ifodalar bilan bog‘liq.
Shtrix chiziqlar (yashirin chiziq, markaziy chiziq);
Ramka va format;
O‘lcham chiziqlari;
Belgilar (diamer, radius, markaz nuqtasi);
Detal nomlanishlari va raqamlash.
Didaktik tavsiya: DST (Davlat Standarti) asosida maxsus jadval va namunali chizmalar
yordamida izohlanadi.
4. Chizmadagi fazoviy holatni ifodalovchi tushunchalar
Bu tushunchalar predmetlarning chizmadagi joylashuvi va o‘zaro holatini anglatadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Simmetriya tekisligi
2. Kesishuv chiziqlari
3. Aylanish o‘qi
4. Ko‘rinmas qismlar
5. Fazoviy aniqlik (tartibli ko‘rinishlar)
Didaktik tavsiya: Interaktiv modellar, 3D dasturlar va maxsus animatsiyalar yordamida fazoviy
tasavvur hosil qilinadi.
Chizmachilikdagi proektsion tushunchalarni strukturaviy tahlil qilib, guruhlarga ajratish:
o‘quvchilarning tushunish darajasiga mos taqdimot yaratishga;
nazariyani grafik faoliyat bilan bog‘lab o‘rgatishga;
noaniqlik yoki chalkashliklarni bartaraf etishga imkon beradi.
XULOSA
Agar o‘qituvchining bilim darajasi va pedagogik mahorati doimiy ravishda yuqori bo‘lsa,
shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishi va diqqatini jamlash, bilimni eslab qolish darajasi doimiy
ravishda yuqori bo‘lsa, ta’lim jarayonida har qanday o‘qitish usulidan samarali foydalanish
mumkin bo‘lardi. Biroq, ushbu omillar tez o‘zgaruvchan bo‘lib, pedagogik faoliyatni shu
o‘zgarishlarga mos ravishda olib borish talab etiladi. Aks holda, ta’lim jarayonida belgilangan
maqsadlarga erishishning imkoni bo‘lmaydi.
Geometrik sirtlarning modellarini penoplast yoki yog‘och materiallardan tayyorlash qulaydir.
Bunda, teshik, o‘yiq yoki ariqcha kabi detallarning yasash jarayoni soddalashadi. Dars jarayonini
boshlashdan oldin, o‘qituvchi tanlangan detalni geometrik sirtlarga ajratib, o‘quvchilar bilan
hamkorlikda va mehnat o‘qituvchisining yordamida modellarni yaratish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida turli xil didaktik o‘yinli texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning shu
fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning salohiyatini rivojlantirish mumkin. Biroq, o‘yin
jarayonida darsning maqsadidan chetlashmaslik, ta’lim-tarbiyaning tartib va intizomini saqlash,
shuningdek, darsning samarali o‘tishini ta’minlash zarur.
REFERENCES
13. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the
sciences of drafting and descriptive geometry.
European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences
, 8 (4), Part II, 75-78 [3].
14. Ugli, Kukiev Boburmirzo Bahodir Problem-based learning technology in teaching auxiliary
projection techniques Journal of Critical Reviews 917-921.
15. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of
formation of space imagination and creative ability in students.
European Journal of Research
and Reflection in Educational Sciences
, 8 (4), Part II, 38-40.
16. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li (2020). The use and importance of the three-dimensional
features of the auto cad program in drawing projects in public schools.
European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences
, 8 (3) Part II, 189-192.
17. Achilov N.N. Chizmachilikda oddiy qirqimlar bajarish orqali o‘quvchilarning fazoviy
tasavvurini shakllantirish.
Муғаллим ҳәм үзлуксиз билимлендириў илимийметодикалық
журнали №2 2020 ISSN 2181-7138
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
18. Kokiyev Boburmirzo Bahodir ogli (2020). Present-day problems of drawing
science.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences
, 8 (4), 203-205.
19. Kokiev Boburmirzo Bahodir ogli (2020). The importance of pedagogical techniques in
teaching assistive design.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences
,
8 (2) Part II, 182-185.
20. Kukiev, B., O‘g‘li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating
images in autocad.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences
, 7
21. Murodov Sh.K. Ko‘kiyev B.B. Obloqulova L.G‘. Yaqqol tasvirlar qurishda qiyshiq
burchakli aksonometrik proyeksiyalardagi o‘zgarish koeffitsientlarining o‘zaro bog‘liqligi
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTI 2/2019.
22. Achilov Nurbek Norboy Uglu, (2020). Methods of Using Game Technologies in the
Development of Lesson Effectiveness and Creative Abilities in Drawing Lessons. International
Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (05), 2020. 4111-4119
23. Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat,
Xo‘jaqulov Elbek, Ko‘kiyev Boburmirzo CHIZMACHILIK VA CHIZMAGEOMETRIYA
FANLARIDA BURCHAK TOPISHNING BAZI USULLARI.
ФИЗИКА-МАТЕМАТИКА
ФАНЛАРИ журнали. 4 СОН, 1 ЖИЛД ISSN 2181-0656 Doi Journal 10.26739/2181-
0656
24. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo
Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative
abilities in children.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences
, 8
(10), Part II, 151-153.
