Авторы

  • Umarov Mahmudjon Jakbarovich
    Chirchiq OTQMBYU qurollanish va otish kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent, podpolkovnik.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104183

Ключевые слова:

xizmat quroli individual to‘pponcha avtomat pulemet kollimator talofat etkazish zirxlangan patron kalibr.

Аннотация

Ushbu maqolada chet el armiyasi qurollanishida mavjud bo‘lgan o‘q otar qurollarning namunalari, tuzilish, imkoniyatlari va takti-texnik tavsifi haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek o‘q otar qurollarning sinflanishi to‘rlari va mo‘ljallanishi  bo‘yicha umumiy ma’lumotlar keltirilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Umarov Mahmudjon Jakbarovich,

Chirchiq OTQMBYU qurollanish va otish kafedrasi

katta o‘qituvchisi, dotsent, podpolkovnik.

XORIJIY DAVLATLAR ARMIYASI JANGOVAR QUROL ASLAHALARINING

RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Annotatsiya

: Ushbu maqolada chet el armiyasi qurollanishida mavjud bo‘lgan o‘q otar

qurollarning namunalari, tuzilish, imkoniyatlari va takti-texnik tavsifi haqida ma’lumotlar bayon

etilgan. Shuningdek o‘q otar qurollarning sinflanishi to‘rlari va mo‘ljallanishi bo‘yicha umumiy

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

xizmat quroli, individual, to‘pponcha, avtomat, pulemet, kollimator, talofat

etkazish, zirxlangan, patron, kalibr.

O‘q-otar qurollarning sinflanishi

Qo‘llanilishi bo‘yicha o‘q-otar qurollar 3 ta turga bo‘linadi:

1. Jangovar qurollar – jangda dushmanning jonli kuchini va texnikasini yo‘q qilish uchun

mo‘ljallangan.

2. Xizmat quroli – davlat idoralarida xizmat vazifasini bajarish uchun mo‘ljalllangan.

3. Fuqarolar quroli – o‘z-o‘zini muhofaza qilish uchun va ov qurollari.

O‘q- otar qurollar :

Shaxsiy -

pistolet, revolverlar;

Individual

-magazinli, o‘zi o‘qlanuvchi avtomat miltiqlar, karabinlar, pistolet-pulemyotlar,

avtomatlar, merganlik miltiqlari;

Guruh qurollari

-stanokli pulemyotlar, qo‘l pulemyotlari, katta kalibrli pulemyotlar;

Maxsus qurollar –

aviatsiya pulemyotlari, tank pulemyotlari, zenit pulemyot qurilmalari va

boshqalar.

To‘pponcha (pistolet)

– chex tilidan olingan bo‘lib “qamish surnay” manosini anglatadi.

Dastlabki plitali to‘pponchalar Evropa va Osiyoda XVI-XVII asrlarda yuzaga kelgan.

XIX asrning 50 yillariga kelib ancha takomillashgan burama stvolli revolverlar qo‘llana

boshlangan.

Avtomat

(yunoncha so‘z bo‘lib) o‘zi harakatlanuvchi (kishining ishtirokisiz o‘zi bajaradigan

qurilma) degan ma’noni anglatadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Avtomat quroli

o‘q (snaryad) otilganda hosil bo‘lgan porox gazining energiyasi bilan o‘z –

o‘zidan o‘qlanib otilgani uchun shunday aytiladi. Avtomat quroli XIX asrning 2 yarimida paydo

bo‘lgan.

Mergan miltig‘i

- mergannning o‘q otish quroli degan ma’noni anglatadi. Dastlabki merganlik

miltig‘i XII asrlarda arablar tomonidan ishlab chiqarilgan. 1891 yil rus qurolsozi S.I.Mosin

yaratgan miltiq namunasi birinchi jahon urushi va Rossiyada fuqarolar urushi davrida keng

qo‘llanilgan.

Pulemet

– rus tilidan olingan bo‘lib “pulya – o‘q”, “metat-otish” degan ma’noni anglatadi.

Birinchi pulemetni Amerika ixtirochisi X.S.Maksim tomonidan 1883 yilda ixtiro qilingan.

Hozirda ko‘p mamlakatlarning qo‘shinlarida rus ixtirochilari V.A.Degtyarev va

M.T.Kalashnikov pulemetlaridan foydalanilmoqda.

Xorijiy davlatlar armiyalarining o‘q-otar qurol-aslahalarining rivojlanishi, rusumlar va

imkoniyatlari

Zamonaviy jangda hozirgi zamon askari o‘zining quroli bilan birga dushman tomonidan

qo‘llanilayotgan qurollarni ham bilishi, o‘rganishi lozim.

MP-444 “Bagira” to‘pponchasi

Rossiyaning “IJMASH” mexanik zavodida 2009 yilda ishlab

chiqarilgan.

YAngi yaratilgan MP-444 “Bagira” to‘pponchasi hujum va mudofaa mobaynida dushmanning

tirik kuchlarini qisqa masofalardan turib yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. To‘pponchadan

220metrga bo‘lgan masofadan o‘t ochish samarali hisoblanadi. O‘qning zarar etkazish kuchi

500m gacha saqlanib qoladi. To‘pponchadan yakka tartibda o‘t

ochiladi. To‘pponchaning o‘qsizlantirilgan holda og‘irligi 0,76 kg,

magazin sig‘imi -16 dona o‘q, stvol uzunligi -101 mm, umumiy

uzunligi -186 mm.

Glosk-17 to‘pponchasi 2006 yilda Avstriyada ishlab chiqarilgan.

Glosk-17 to‘pponchasining 4 chi rusumi hujum va mudofaa mobaynida dushmanni qisqa

masofalardan turib yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. To‘pponchadan 250 metrgacha o‘t ochish

samarali hisoblanadi. O‘qning zarar etkazish kuchi 450 metrgacha saqlanib qoladi. To‘pponcha

yakka

va avtomatik tartibda o‘t ochadi. To‘pponchaning o‘qsizlantirilgan

holda og‘irligi 0,78 kg, magazin sig‘imi

17 dona o‘q, stvol uzunligi -170 mm.

FNP-45 to‘pponchasi 2008 yilda Belgiyaning

«FN Hersta» kompaniyasida ishlab chiqarilgan.FNP-45 to‘ppochasi

Parijdagi «VIPARIS Nord Villepinte Parc» ko‘rgazmasida yuqori

o‘ringa ega bo‘lgan. FNP-45 to‘pponchasi qisqa masofadan turib

dushmanning tirik kuchiga talofat etkazish uchun mo‘ljallangan.

To‘pponchadan 250 metrgacha o‘t ochish samarali hisoblanadi.

To‘pponcha kalibri 11,43 mm, magazin sig‘imi 16 donao‘q, stvol uzunligi

150 mm, to‘pponcha kirish qismida ovoz pasaytirish uchun moslama mavjud. To‘pponchaning


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

chap yuzasida kollimator mo‘ljallagich moslamasi o‘rnatish uchun burama mavjud.

To‘pponchaning o‘qsizlantirilgan holda og‘irligi 0,95 kg.

CZ-75 to‘pponchasi 2007 yilda Fransiyada ishlab chiqarilgan.

Ushbu to‘pponchaning yangi modeli polimer ramkali bo‘lib,

magazin va zatvori bilan farqqiladi. To‘pponcha 9x19 mm

patronostida ishlab chiqarilgan. To‘pponcha dushmanning jonli

kuchini qisqa masofadan turib yo‘q qilish uchun, hamda o‘zini

himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Kalibri 9 mm, magazinlar

sig‘imi 16 dona o‘q, stvol uzunligi 95 mm, otish uzoqligi 75 metr,

to‘pponchaning o‘qsizlantirilgan holda og‘irligi 0,77 kg.

Robinson Armament XCR avtomati

2004-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab

chiqarilgan.

5,56 mmli Robinson Armament XCR avtomati guruh qurol-aslahalari tarkibiga kiradi va

dushmanning tirik kuchini, hamda o‘t ochish vositalarini

yakson qilish uchun mo‘ljallangan. Avtomat AQSH

maxsus bo‘linmalari uchun ishlab chiqilgan. Kalibri 5,56

mm, qurolning umumiy uzunligi 959 mm, stvol uzunligi

406 mm, qurolning o‘qsiz og‘irligi 3400 gr, otish tezligi

bir daqiqada 550-600 dona, otish uzoqligi 500 m, o‘qning

boshlang‘ich tezligi 650 m/s, magazin sig‘imi 30 dona.

SP-3 VIXR avtomati Rossiyada 2002 yilda ishlab chiqarilgan.

SP-3 VIXR avtomati dushmanning tirik kuchlariga, hamda engil zirxlangan texnikalariga talofat

etkazish uchun mo‘ljallangan.

SP-3 VIXR avtomati Rossiya maxsus bo‘linmalarida davlat

xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab chiqarilgan. Kalibri 9

mm, qurolning umumiy uzunligi 610mm, stvol uzunligi 156

mm, qurolning o‘qsiz og‘irligi 2000 gr, otish tezligi 1

daqiqada

840 dona, otish uzoqligi 500 m, o‘qning boshlang‘ich tezligi

270 m/s, magazin sig‘imi 20 dona.

VSSK merganlar miltig‘i

VSSK merganlar miltig‘i 2003 yilda Rossiyada ishlab

chiqarilgan. 12,7 mmli katta kalibrli maxsus merganlar

miltig‘i (VSSK) kuchli qurol hisoblanib, dushmanning

engil zirxlangan nishonlariga va o‘t ochish vositalari bilan

kurashish uchun, hamda jonli kuchiga tovushsiz va olovsiz

talofat etkazish uchun mo‘ljallangan.

Kalibri 12,7 mm, qurolning umumiy uzunligi 795 mm, stvol uzunligi

310 mm,

qurolning o‘qsiz og‘irligi 5 kg, otish tezligi 1 daqiqada 45-50 dona, otish uzoqligi 800 m,

o‘qning boshlang‘ich tezligi 870 m/s, magazin sig‘imi

5 dona.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

DSR 50 katta kalibrli merganlar miltig‘i

DSR 50 katta kalibrli merganlik miltig‘i

2007 yilda Germaniyada ishlab chiqarilgan.

12,7 mmli katta kalibrli merganlik miltig‘i (DSR 50) kuchli qurol

hisoblanib, dushmanning zirxlanmagan texnikalariga va o‘tochish

vositalari bilan kurashish hamda jonli kuchiga tovushsiz va olovsiz

talofat etkazish uchun mo‘ljallangan.

Kalibri 12,7 mm, qurolning umumiy uzunligi 1350 mm, stvol uzunligi 800 mm, qurolning o‘qsiz

og‘irligi 10,3 kg, otish tezligi 1 daqiqada 30-35 dona, otish uzoqligi 1400 m, o‘qning

boshlang‘ich tezligi 730 m/s, magazin sig‘imi 3 dona.

“FN EVOLYS” uta engil pulemyoti (Belgiya)

Belgiyada jaxonda eng engil pulemyotlar oilasiga mansub bo‘lgan yangi

FN evolys markali pulemyoti taqdimoti o‘tkazildi. Pulemyot ikki turdagi patronlar, yaʼni

5,56×45 mm i 7,62×51 mmli NATO patronlari asosida yaratilgan bo‘lib, og‘irligi 5,5 kg va 6.2

kg ni tashkil etadi.

Taqqoslash uchun:

5,56 mm FN evolys markali pulemyoti

5,5kg.

7,62 mm FN evolys markali pulemyoti

6,6

kg.

“Negev” markali – Isroil qo‘l pulemyoti

7.4

kg.

"Pecheneg"markali

Rossiya

qo‘l

pulemyoti

11.5

kg.

.

MG3- 11,5markali Germaniya qo‘l

pulemyoti

8.2

kg.

M240 markali Amerika qo‘l pulemyoti

12.3

kg.

FN Herstal ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bunday natijaga

3D-texnologiyasi va yangi polimer materialini qo‘llash hisobiga erishdilar. Pulemyotning o‘q-

dorilar qutisi alyumin eritmasidan tayyorlangan.

5,56 mmli FN Evolys

7,62 mmli FN Evolys


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

FN evolys – pulemyoti avtomatik tarzda ishlashi zatvorni erkin qaytishi energiyasidan

foydalanish tomoyiliga asoslangan bo‘lib o‘qdori ta’minoti lenta yordamida.

“NATO” patronlari asosidagi FN evolys Pulemyotning

TAKTIK-TEXNIK TAVSIFI

Pulemyotning uzunligi:

5,56 mm FN evolys markali

pulemyoti

950/850 mm

7,62 mm FN evolys markali

pulemyoti

1025/925

mm.

Patron lentalarining sig‘imi

5,56 mm FN evolys markali

pulemyoti

100 yoki 200

ta patron

7,62 mm FN evolys markali

pulemyoti

50 ta patron

Otish tezligi (tempi)

750

patron/minut

Samarali shikastlash etkazish

uzoqligi:

5.56x45 mm patron bilan

800 metr

7,62 x51mm patroni bilan

1000

metrgacha

Stvol uzunligi:

5,56 mm FN evolys markali

pulemyoti

355 mm

7,62 mm FN evolys markali

pulemyoti

406 mm

Pulemyot optik muljallash moslamasi va ovoz so‘ndirish moslamasi bilan ta’minlangan.

«Treking Poynt” merganlik miltig‘i

Bu bugungi kungacha yaratilgan eng kuchli qurollar safidan o‘rin egallaydi. Texnologik jihatdan,

ushbu qurol yangi avlod miltig‘iga aylandi. Narxi 22 ming AQSH dollarigacha etadi.

Miltiqda lazer tipidagi ko‘rish va elektron o‘zi hisoblash moslamasi mavjud bo‘lib, u nishonni

mustaqil ravishda kuzatib boradi va avtomatik ravishda nishonga tegish uchun eng mos vaqtni

tanlaydi. Elektron hisoblash moslamasi otish vaqtini, nishongacha bo‘lgan masofani, ishlashni

turli xil xususiyatlariga asoslanadi va shamolning kuchini hisobga oladi. Qurilma Wi-Fi asosida

ishlaydi, ya`ni video tasvirga olib, barcha ma`lumotlarni tuzatadi. Bu qurol yordamida hatto

telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish ham mumkin bo‘ladi. Bunday qurol "yashirin otuvchilar" ning

asosiy orzusidir, bu uning niqoblanishining soddaligi bilan izohlanadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

U imkon qadar aniq va kuchli o‘q otadi.

KORD pulemeti

Katta kalibrli KORD pulemeti 2000 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan 12,7 mmli kata kalibrli

KORD pulemeti avtomatik qurol hisoblanib, dushmanning engil zirxlangan texnikalariga va o‘t

ochish vositalari bilan kurashish, jonli kuchini va havodagi

nishonlarga talofat etkazish uchun mo‘ljallangan.

Kalibri 12,7, qurolning umumiy uzunligi 1980 mm, eni 450 mm,

balandligi 500 mm, stvol uzunligi 820 mm, qurolning lentalarsiz

og‘irligi 25 kg 500 gr, otish tezligi bir daqiqada 600 dona, otish

uzoqligi 2000 m, o‘qning boshlang‘ich tezligi 820-860 m/s,

lentalarning o‘q-dori sig‘imi 50 dona.

GD LW50 MG katta kalibrli pulemeti 2011 yilda AQSHda

ishlab chiqarilgan.

12,7 mmli GD LW50 MG kata kalibrli pulemeti

avtomatik qurol hisoblanib, dushmanning engil

zirxlangan texnikalariga va o‘t ochish vositalari bilan

kurashish, jonli kuchiga talofat etkazish uchun

mo‘ljallangan.

Kalibri 12,7, qurolning umumiy uzunligi 1562 mm, stvoluzunligi 780 mm, qurolning

lentalarsiz og‘irligi 18000 gr, otish tezligi 1 daqiqada 260 dona, otish uzoqligi 2000 m, o‘qning

boshlang‘ich tezligi 720-760 m/s, lentalarning o‘q-dorisig‘imi 30 dona.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maqolada o‘q otar qurollar bo‘yicha umumiy ma’lumot va

chet el armiyasi qurollanishida mavjud bo‘lgan o‘qotar qurollarning rivojlanish yo‘nalishlari

bo‘yicha ma’lumotlar yoritib berilgan.

Qurolli Kuchlar safidagi har bir harbiy xizmatchi Xorijiy davlatlar amaliyoti bilan, jumladan

ularning qurollari bilan yaqindan tanish bo‘lishi yoki tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Jangovar

vaziyatlarda uchraydigan har qanday qurol va ularning barcha elementlarini amalda qo‘llay

olishi,ularga xizmat ko‘rsata olishi lozim. Buning uchun harbiy xizmatchi bu qurollarning texnik

tavsiflari va ularning tuzilishi, ekspluatasiya qilish qoidalarini bilishi kerak bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Прибор для беззвучной стрелбы из 7,62 мм модернизированного автомата Калашникова

(АКМ).М.:Воениздат, 1961-75с.

2. Руководство по 5,45 мм автомата Калашникова.М.: Военное издателство, 1986-112с.

3. Техническое описание и инструксия по эксплуататсии 12,7мм НСВС. М.: Военное

издателство, 1986-49с.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

4. 12,7мм Снайперская винтовка ОСВ-96. Руководство по эксплуатации М.:«КБП»,1996-

49с

5. 9мм Снайперская винтовка ВСК-94. Руководство по эксплуататсии М.:«КБП»,1994-74с

6. Xurramov Ya. X., Nazimov R. N.O‘q-otar qurol-aslahalar. Vintovkalar va pulemetlar. O‘quv

qo‘llanma. Samarqand sh. SOHAQMBYU, 2014 y. – 109 b.

7. http://dziyodullaev@inbox/TV

8. http://WWW.ijod.uooz.com

9. http://campus.chamilo.org//index.php

10. http://WWW.virulab.uz

11. http://WWW.vacademiya.com.

12. Otishtayyorgarligi. Tashkent: “Sharq”, 2004-375s.

Библиографические ссылки

Прибор для беззвучной стрелбы из 7,62 мм модернизированного автомата Калашникова (АКМ).М.:Воениздат, 1961-75с.

Руководство по 5,45 мм автомата Калашникова.М.: Военное издателство, 1986-112с.

Техническое описание и инструксия по эксплуататсии 12,7мм НСВС. М.: Военное издателство, 1986-49с.

12,7мм Снайперская винтовка ОСВ-96. Руководство по эксплуатации М.:«КБП»,1996-49с

9мм Снайперская винтовка ВСК-94. Руководство по эксплуататсии М.:«КБП»,1994-74с

Xurramov Ya. X., Nazimov R. N.O‘q-otar qurol-aslahalar. Vintovkalar va pulemetlar. O‘quv qo‘llanma. Samarqand sh. SOHAQMBYU, 2014 y. – 109 b.

http://dziyodullaev@inbox/TV

Otishtayyorgarligi. Tashkent: “Sharq”, 2004-375s.