Ma’lumki hozirgi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari butun yer sharini texnologik epidemiya singari qamrab olmoqda. Ayniqsa ta’lim, tibbiyot, bandalikni ta’minlash kabi ijtimoiy sohalardan boshlab harbiy sohalargacha sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etib borilmoqda. Shu bilan birga ushbu texnologiyalarni Hozirgi kunda jamiyat va davlat rivojlanishiga eng salbiy omil sifatida ta’sir ko‘rsatuvchi illat “korrupsiya”ning oldini olish bo‘yicha ham rivojlangan davlatlarda yetarlicha tajribalar shakllanib ulgurdi. SI texnologiyalarining katta ma’lumotlarni tahlil qilish, shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirishdagi imkoniyatlari xorijiy misollar orqali o‘z isbotini topmoqda. Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati, xorijiy davlatlar tajribasi va O‘zbekistonda ushbu texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi.