JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Esanova Hulkar Abdurayim qizi
Guliston davlat pedagogika instituti talabasi
email:
RANGTASVIRNING TASVIRIY SAN’ATDAGI O‘RNI VA TA’LIMIY AHAMIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada rang va uning inson hayotidagi estetik-ta’sirchan xususiyatlari,
tasviriy san’atdagi o‘rni, rangtasvir fanining didaktik imkoniyatlari, uning texnik asoslari hamda
o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Rangtasvir mashg‘ulotlarining o‘quvchilarda badiiy tafakkur,
tasavvur, estetik did va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli ilmiy asosda yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
rangtasvir, badiiy obraz, kolorit, xromatik ranglar, yorug‘-soya, rang dog‘i,
emotsional ifoda, kompozitsiya, nazariya va amaliyot.
Rang inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan estetik hodisadir. U inson ruhiyatiga,
kayfiyatiga bevosita ta’sir o‘tkaza oladi. Shu boisdan ham biz ayrim ranglarni “quvonchli”,
ba’zilarini esa “xira” deb ataymiz. Ranglar orqali ruhiy holat, hissiyot, kayfiyat va hatto ijtimoiy
ahvolni ham ifodalash mumkin. Rassomlar qadim zamonlardan beri ranglarning aynan mana shu
ta’sir kuchidan san’atda mohirlik bilan foydalanib kelganlar.
Tasviriy san’atda rangtasvir eng muhim ifoda vositalaridan biridir. Rassom asar orqali nafaqat
shakl va tasvir yaratadi, balki rang vositasida inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi badiiy obrazni ham
ifodalaydi. Rangtasvir orqali obrazga nafislik, chuqurlik, ichki holat beriladi. Shuning uchun
tasviriy san’atning barcha janrlarida – portret, manzara, natyurmort, botal, tarixiy, animal,
maishiy tasvirda rang muhim ahamiyat kasb etadi.
Rangtasvirni o‘rganish nafaqat amaliy ko‘nikmalarni, balki rang nazariyasini, kompozitsiya
qonuniyatlarini, yorug‘-soya, tus, kolorit, gammani o‘zlashtirishni ham talab etadi. Akvarel,
guash, tempera, moybo‘yoq kabi ranglar bilan ishlash, ularning texnikasi, mato va gruntlar
xususiyatlari, suyuqlik bilan ishlash uslublari – bular barchasi tasviriy faoliyatning ajralmas
qismlaridir.
Rangtasvir darslarida Leonardo da Vinchining: “Amaliyotsiz nazariya, eshkaksiz qayiqdir”
degan fikri juda dolzarb. Rangtasvirda nazariya bilan amaliyot uyg‘un holda olib borilganda,
sifatli badiiy natijaga erishish mumkin. Rus san’atshunosi D.N.Kardovskiy ham tasviriy san’atni
o‘rganayotgan shaxslar uchun shakl, nisbat, yorug‘lik, harakat va xususiyatlarni nazariy va
amaliy ravishda puxta egallash zarurligini ta’kidlaydi.
Ta’lim jarayonida rangtasvir mashg‘ulotlarining vazifasi – o‘quvchining rangni idrok etish,
badiiy tafakkurini rivojlantirish, tasviriy vositalar orqali obrazli fikrlashini shakllantirishdan
iborat. Darslar davomida o‘quvchilarga ranglarning psixologik va estetik ta’siri, rang uyg‘unligi,
kolorit yaratish, motiv tanlash, kompozitsiyaviy ritm va rang dog‘i ustida ishlash o‘rgatiladi.
Rangtasvir san’atining nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirish uchun o‘quvchi yoki
talaba bir nechta muhim yo‘nalishlardagi bilimlarga ega bo‘lishi zarur. Bular ranglarning fizik va
estetik xossalaridan tortib, texnik va texnologik jihatlarigacha bo‘lgan bilimlarni qamrab oladi.
Xususan, quyidagi bilim sohasi asosiy o‘rinda turadi:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Rang nazariyasi – ranglarning paydo bo‘lishi, ularning o‘zaro ta’siri va turli kombinatsiyalarda
paydo qiladigan psixologik hamda vizual effektlari haqida bilimlarni o‘z ichiga oladi. Shu
jumladan, xromatik va axromatik ranglar farqlanishi, ularning san’atda qanday vazifani bajarishi
alohida e’tiborga loyiqdir.
Kolorit, gamma, umumiy tus va rang dog‘i – bular ranglarning uyg‘unligi va butun
kompozitsiyadagi badiiy yakdillikni ta’minlashda muhim vositalar sanaladi. Rang gamma
kompozitsiyada hissiy kayfiyat yaratishga xizmat qilsa, umumiy tus esa ranglar o‘rtasidagi
uyg‘unlikni belgilaydi. Rang dog‘i esa shakllarning umumiy ko‘rinishida muvozanatli va ifodali
yondashuvni ta’minlaydi.
Yorug‘lik-soya munosabatlari, reflekslar – obyektlarning hajmini tasvirlashda yorug‘lik va soya
asosiy rol o‘ynaydi. Reflekslar esa rang muhitidagi aks va qaytish xossalarini ifodalaydi. Bu
elementlar rasmga hajm, chuqurlik va realizm baxsh etadi.
Rang bo‘yoqlari, texnologiyasi va texnikasi – rangtasvirda qo‘llaniladigan materiallar: akvarel,
tempera, guash, moybo‘yoq, ularning suyultirgichlari, asosiy yuzalar (karton, tuval, gruntlangan
mato) hamda ulardan foydalanish texnologiyasi alohida o‘rganiladi.
Kompozitsiya asoslari va tasviriy yaxlitlik – har qanday badiiy asar uchun muhim bo‘lgan
elementlardan biri bu – shakl va mazmunning uyg‘unligi, obyektlarning kompozitsiyaviy
joylashuvi, markaziy obyekt va ikkilamchi elementlar o‘rtasidagi muvozanatdir. Rassom badiiy
asarning tuzilmasini nazorat qilishi va uni tomoshabinga ifodaviy tarzda taqdim etishi lozim.
Rangtasvirda emotsional ifoda va badiiy obraz – rang vositasida ruhiy holat, kayfiyat, g‘oya va
estetik hissiyotlar berilishi, badiiy obrazlar yaratishning eng nozik, ammo kuchli vositasi sifatida
xizmat qiladi.
Shuningdek, rangtasvir fanini o‘zlashtirayotgan o‘quvchi yoki talaba quyidagi asosiy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur:
Rangni idrok qilish va hissiy ifodalash – rangni nafaqat ko‘rish, balki uning obraz, holat va
kayfiyatni ifoda etishdagi kuchini to‘g‘ri baholay olish.
Naturadan chizish – turli kompozitsiyalar: portret, manzara, natyurmortlarni real obyekt asosida
chizish ko‘nikmasi.
Ranglar bilan estetik kompozitsiyalar yaratish – ranglar uyg‘unligi, ritm, kontrast, simmetriya-
asimmetriya orqali hissiy-estetik kompozitsiyalar tuza olish.
Ijodiy mustaqillik – mustaqil ishlash, badiiy qarorlar qabul qilish, tahlil va ijodiy xulosalar
chiqarish salohiyati.
Tanqidiy tahlil – o‘z va boshqalar ijodiy ishlari ustida chuqur mushohada yuritish, ularning
kuchli va zaif tomonlarini aniqlay olish, san’at asariga estetik mezonlar asosida baho bera olish.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, rangtasvir san’ati – bu insonning tabiat, muhit va ichki
dunyosini badiiy vositalar orqali anglash jarayonidir. Rang inson ruhiyatiga bevosita ta’sir
etuvchi kuchli ifoda vositasi sifatida nafaqat san’atda, balki ta’limda, didaktik jarayonda ham
muhim o‘rin tutadi. Rangtasvir mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda nafaqat tasviriy ko‘nikmalar,
balki estetik tafakkur, badiiy did, obrazli fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, tahlil va baholash
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
qobiliyatlari shakllanadi. Bu esa rangtasvir fanining nafaqat san’at, balki ma’naviy-ma’rifiy
tarbiya vositasi sifatida ham alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. G‘.Abdurahmonov. Kompozitsiya (o‘quv qo‘llanma ). T.: 2009.
2. N.Jumaboyev. Rangtasvir. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Ilm ziyo zakovat”, 2023.
3. S.Ergashev. Tasviriy san’at kompozitsiyasida faza va shakl. – T.: San’at, 2015.
4. A.G‘ulomov. Tabiat va san’at uyg‘unligi. – T.: Kamalak, 2010.
5. Pardaboyevich,
Jumaboyev
Nabi.
"O‘QUVCHILAR
IJODIY
FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARNING O‘RNI." WORLD OF
SCIENCE 6.11 (2023): 87-90.
6. Pardaboevich, Jumaboev Nabi, and Ibodullaeva Zarifa Tojikulovna. "FACTORS FOR
INCREASING SPIRITUAL AND SOCIAL ACTIVITY IN YOUTH EDUCATION."
International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING 5.2 (2024): 124-126.
7. Юсупова Ш. А., Жумабоев Н. П. ТАСВИРИЙ САНЪАТ ДАРСЛАРИ ОРҚАЛИ
ЎҚУВЧИЛАРНИ ИЖОДКОРЛИККА ЎРГАТИШ //Science and Education. – 2021. – Т. 2. –
№. 2. – С. 460-464.
8. Baxtiyarova , F. (2023). MODERN TECHNOLOGIES IN DEVELOPING
PROFESSIONAL CREATIVE ACTIVITY OF STUDENTS.
Ilm-Fan Va ta’lim
,
1
(1).
извлечено от
