Авторы

  • Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Sa’natshinoslik” fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi p.f.f.d.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104215

Ключевые слова:

AutoCAD Loyihalash Modellash Chizmachilik 3D Karkasli Sirtli Qattiq jism Grafik topshiriq Fazoviy tasavvur.

Аннотация

Mazkur matnda AutoCAD dasturining ta’lim jarayonida, ayniqsa chizmachilik va muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda tutgan o‘rni, imkoniyatlari va cheklovlari haqida so‘z yuritiladi. AutoCAD avtomatik loyihalash sohasida xalqaro standart bo‘lib, uning aniqlik, 2D va 3D modellash imkoniyatlari o‘quv jarayonini vizual va samarali tashkil etishga yordam beradi. Ayniqsa, murakkab geometrik shakllarni hajmli ko‘rinishda ko‘rsatish o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, dasturdan noto‘g‘ri va doimiy foydalanish o‘quvchilarda chizma chizish qoidalari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarning shakllanmasligiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shuning uchun AutoCAD dasturidan faqat muayyan mavzularda, pedagogik maqsadga muvofiq tarzda foydalanish tavsiya etiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Sa’natshinoslik” fakulteti “Muhandislik va kompyuter

grafikasi” kafedrasi p.f.f.d.

e-mail:

q.bekqulov@cspi.uz

tel:

+998 902645158

CHIZMACHILIK DARSLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARI FOYDALANISHNING

YUTUQ VA KAMCHILIKLARI TAHLILI

Annotatsiya:

Mazkur matnda AutoCAD dasturining ta’lim jarayonida, ayniqsa chizmachilik va

muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda tutgan o‘rni, imkoniyatlari va cheklovlari haqida so‘z

yuritiladi. AutoCAD avtomatik loyihalash sohasida xalqaro standart bo‘lib, uning aniqlik, 2D va

3D modellash imkoniyatlari o‘quv jarayonini vizual va samarali tashkil etishga yordam beradi.

Ayniqsa, murakkab geometrik shakllarni hajmli ko‘rinishda ko‘rsatish o‘quvchilarning fazoviy

tasavvurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, dasturdan noto‘g‘ri va doimiy

foydalanish o‘quvchilarda chizma chizish qoidalari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarning

shakllanmasligiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shuning uchun AutoCAD dasturidan

faqat muayyan mavzularda, pedagogik maqsadga muvofiq tarzda foydalanish tavsiya etiladi..

Kalit so‘zlar:

AutoCAD, Loyihalash, Modellash, Chizmachilik, 3D, Karkasli, Sirtli, Qattiq jism,

Grafik topshiriq, Fazoviy tasavvur.

Annotation:

This text discusses the role, capabilities, and limitations of the AutoCAD software

in the educational process, particularly in teaching technical drawing and engineering graphics.

AutoCAD is considered an international standard in the field of computer-aided design (CAD),

and its precision, along with its 2D and 3D modeling features, helps organize the learning

process in a more visual and effective manner. Especially, presenting complex geometric shapes

in three dimensions contributes to the development of students' spatial imagination. However,

the text also emphasizes that improper and constant use of the software may hinder students from

acquiring fundamental knowledge and skills related to technical drawing rules. Therefore, it is

recommended to use AutoCAD selectively, only for specific topics, and in alignment with

pedagogical goals.

Key words:

AutoCAD, Design, Modeling, Drafting, 3D, Wireframe, Surface, Solid,

Graphic Task, Spatial Visualization.

Аннотация:

В данном тексте рассматривается роль, возможности и ограничения

программного обеспечения AutoCAD в образовательном процессе, особенно при

преподавании черчения и инженерной графики. AutoCAD считается международным

стандартом в области автоматизированного проектирования, а его точность, а также

возможности 2D и 3D моделирования способствуют наглядной и эффективной

организации учебного процесса. В частности, отображение сложных геометрических

форм в объёмном виде помогает развивать пространственное воображение учащихся.

Вместе с тем подчёркивается, что неправильное и постоянное использование программы

может привести к недостаточному формированию знаний и навыков по правилам

выполнения чертежей. Поэтому рекомендуется использовать AutoCAD только при

изучении отдельных тем и в соответствии с педагогическими целями.

Ключевые слова:

AutoCAD, Проектирование, Моделирование, Чертежное дело, 3D,

Каркасное

моделирование,

Поверхностное

моделирование,

Твердотельное


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

моделирование, Графическое задание, Пространственное воображение.

Autodesk kompaniyasining AutoCAD tizimi hozirgi davrda avtomatik loyihalashning

xalqaro standarti hisoblanadi. AutoCAD dasturining yaratilganligiga 30 yildan oshgan

bo‘lsa-da, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha mashhurligicha qolmoqda.

Chunki AutoCAD dasturi mukammal va ommabop dastur bo‘lib, u har qanday turdagi

sxema va chizmalarni yaratishda yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur

dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalgam oshirishga yordam

beradi. Shu sababli, millionlab mutahassislar, olimlar, muhandislar va talabalar loyihalash

ishlarini avtomatlashtirish sohalarida AutoCAD tizimidan foydalanishlari oddiy holatga

aylanib bormoqda.

AutoCAD dasturi nafaqat muhandislar uchun qulay bo‘libgina qolmay balki, o‘zining bir

qator afzallik tomonlari bilan chizmachilik darslarini samaradorligini oshirishda anchayin

qulayliklar tug‘diradi. Bulardan biri undagi aniqlik bo‘lib hech bir dasturda AutoCAD

dasturichalik aniqlikda chiza olmaymiz. Aniq buyruq asosida chizilgan chizma o‘zining

aniqligi bilan boshqa dasturlarda ishlangan chizmadan yaqqol ajralib turadi. Yana bir

muhim afzallik tomonini hisobga olib, uning birgina AutoCAD dasturida bir vaqtning

o‘zida tekislik va hajmda ishlay olish imkoniyatiga ega ekanligimiz, biz o‘qituvchilarga

dars samaradorligini oshirish uchun katta qulaylik yaratadi. O‘quvchilarga chizmani

tushuntirib bo‘lgan o‘qituvchi, o‘tilgan mavzu bo‘yicha ularning tasavvurlarini

kengaytirish maqsadida buni AutoCAD ning 3D qismida ya’ni hajmda o‘quvchilarga

ko‘rsatib berish imkoniyati mavjuddir(masalan proyeksion chizmachilik bo‘limining

ko‘rinishlar, qirqimlar mavzularida qo‘l keladi). Bu esa darsni to‘g‘ri va to‘laroq

tushunganlar sonini ortishiga olib keladi. O‘quvchi chizilgan detalning yaqqol tasvirini

ko‘rgach mavzuni unda tug‘ilgan savollarga o‘zi javob topadi. Bularning bari o‘quvchining

fazoviy tasavvurini kengaytirishiga, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlariga olib keladi.

AutoCAD-tizimlarida uch o‘lchamli obyektlarni yaratish uchun modellashning asosan uch:

karkasli, sirtli va qattiq jismli modellash usullaridan foydalaniladi; ularning har biri real

obyektlarni reallikning har xil darajasida yaratish imkonini beradi:

Karkasli modellash. Ushbu modelda obyektning faqat qoburg‘alari taqdim etiladi,

uning qirralari aniqlanmaydi, shuning uchun model shaffof bo‘ladi. Karkasli modelda hajm

tushunchasi bo‘lmaydi.

Sirtli modellash. Bu modelda obyektning qoburg‘a va qirralari aniqlanadi, u karkasli

modelga nisbatan aniqroq bayonni ta’minlaydi. Model shaffof emas, oldindagi qirralar

ortdagi qirralarni berkitib turadi. Sirtli model hajmga ega, lekin massani hisobga olmaydi,

chunki model devorlari qalinligi hisobga olinmaydi.

Qattiq jismli modellash. Bu model obyektni haqiqatga yaqin bayon qilish imkonini

beradi. U obyektning tashqi qirralari va qoburg‘alari haqida batafsil informatsiyani beradi

hamda uning ichki strukturasini bayon qiladi. Qattiq jismli model hajm va massaga ega va

material xarakteristikasini hisobga oladi.

Uch o‘lchamli modellash quyidagi imkoniyatlarni ta’minlaydi:

modelni fazoning istalgan nuqtasidan ko‘rib chiqish;

model kesimini bajarish;

modelning ikki o‘lchamli chizmalarini avtomatik tarzda bajarish;

modelning real aksini olish;

material xarakteristikalari va tashqi yoritishni qo‘shish.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

AutoCADda uch o‘lchamli fazoda ishlash uchun komandalar mavjud, ular yordamida uch

o‘lchamli obyektlarni modellash, materialni bayon qilish va yoritishni o‘rnatish mumkin.

AutoCAD 2024 da uch o‘lchamli modellash uchun qulay maxsus interfeysi mavjud.

Bugungi kunda ta’lim jarayonini sifatli va zamon talablariga javob bera oladigan shaklda

tashkil etish kuning dolzarb masalaridan hisoblanadi. Oily texnika o‘quv yurtlarida

tayyorlanayotgan muhandislar kelajakda Respublikamiz iqtisodiyotiga hissa qo‘sha

oladigan mutaxassis kadr sifatida kamol topishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shu maqsadda maktabdan to oily ta’lim muassasasigacha bo‘lgan ta’limtizimi jahon

andozalari asosida modernizatsiya qilindi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonida

Kompyuter texnikasi va vositalarini qo‘llash hamda ulardan samarali foydalanish zarur.

Kurs ishilar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, talabalarda grafik topshiriqlarni

bajarishda ro‘y beradigan xatoliklarning bir xildaligi aniqlandi. Bu muammoning maqbul

yechimini topishda kompyuterlashtirilgan o‘qitish tizimini tashkil etish maqsadga muvofiq.

Zamonaviy kompyuterlar o‘qituvchi uchun texnik yordamchi vosita sifatida alohida

ahamiyatga ega bo‘lib, uning beqiyos imkoniyatlaridan kengroq foydalanish zarur. Amaliy

daturlar paketi o‘qituvchidan kompyuterni mukammal bilishni va ishlashni talab etmaydi.

Shunday ekan, bugungi kunda muammolarni bartaraf etish o‘quvchilardan ta’lim

samaradorligini oshirish uchun darsga boshqacha, ya’ni zamonaviy yondashishni talab

etmoqda.

Bugungi kun talabalarining grafik savodxonligini rivojlantirish dolzarb masala hisoblanib,

uni hal etish uchun quyidagilarga amal qilish lozim bo‘ladi:

-

“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini o‘qitishda zamonaviy Kompyuter

texnologiyalaridan foydalanish;

-

grafik topshiriqlarni takomillashtirish (murakkablik darajalariga ajratish);

-

garafik topshiriqlarni bajarish bo‘yicha multimediali uslubiy ko‘rsatma yaratish va

foydalanishni tashkillashtirish;

-

talabalarning fazoviy tasavvurini shakillantirish;

-

shakllanga fazoviy tasavvur asosida ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Yuqorida sanab o‘tlgan vazifalarni bajarish natijasida talabalarning fanga bo‘lgan

munosabati o‘zgaradi.

“Chizma geometriya va muhandilik” fanidan topshiriqlar to‘plamining elektron variantini

yaratish va uni ta’lim jarayonida bevosita qo‘llash lozim. Ayniqsa, mustaqil ta’lim

jarayonida talabalar grafik topshiriqlarni bajarishda elektron darslikning topshiriqlar

to‘plami bo‘limiga ko‘proq murojaat qiladilar va mavzular bo‘yicha grafik topshiriqlarni

bajarish jarayonida muammoga duch kelsalar, shu Mavzu bo‘yicha multimediali animatsion

bajarilish namunasidan foydalanishlari mumkin.

Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan har doim ham foydalnish biz kutgan

natijani beravermaydi. Asosan chizmachilik darslarini o‘tilishdan maqsad - talabalarga

kelajakda o‘zlarining texnik fikrlarini chizma orqali namoyon qilish, tasvirlangan har

qanday buyum, yoki ob’ektlarning chizmasi bo‘yicha ishlash printsipi va konstruktiv

tuzilishini tushunib olish va tasavvur qila olish uchun bilim, ko‘nikma va malaka berishdan

iborat.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Chizmachilik fanida buyum va inshootlarni grafik tasvirlash metodlarini o‘rganishga oid

bo‘lgan asosiy qoidalar, tegishli standartlar hisobga olingan holda bayon etiladi. Agar biz

AutoCAD dasturini chizmachilik fanlarida doimo qo‘llab boradigan bo‘lsak, o‘quvchilar

chizmalar chizish qoidalarini va mazmunini tushunishdan chetda qolishlari bizga yaqqol

ayon. Shuning uchun ham AutoCAD dasturini ba’zi mavzulardagina dars samaradorligini

oshirish, dars jarayonini o‘quvchilarning mavzuni tushunishlarini tezlashtirishni maqsad

qilib olgan holdagi-na, o‘qituvchi uchun texnik yordamchi vosita sifatida qarab foydalanish

o‘rinli.

Misol qilib oladigan bo‘lsak chizmachilik faninning “geometrik chizmachilik” bo‘limidagi

mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishda AutoCAD dasturidan foydalanish umuman noo‘rin.

Sababi ushbu bo‘lim chizmachilik faninning dastlabki bo‘limlaridan biri bo‘lganligi uchun

quyidagi mavzular: aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, tutashma bajarish qoidalari, oval

va ovoid yasash tartibi, Lekalo egri chiziqlari - algebraik va transkendent eri chiziqlar,

masalan ikkinchi tartibli egri chiziqlarni yasash qoidalari, sikloida, episikloida, sinusoida,

kosinusoida, spiral, o‘ramalarni chizish tartiblari shu bo‘limdan joy olgan.

Yuqoridagi mavzularni AutoCAD dasturida o‘tish o‘qituvchi uchun qulay bo‘lishi, vaqtni

tejashi mumkin, ammo bunday holatda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadiga

erisha olmaydi, o‘quvchilar chizmalarni faqatgina ko‘r- ko‘rona bajarishi natijasida

ularning savodsiz bo‘lib qolishlariga olib keladi. Bu bo‘limni bilish esa chizmachilik

fanining qolgan bo‘limlarining asosi sifatida qaraladi, hamda chizmachilikning hamma

bo‘limlari chambarchas bog‘liqligini hisobga olgan holda buni o‘quvchi qo‘lda oddiy o‘quv

qurollari yordamida chizgani ancha natija beradi: o‘quvchi mavzu haqida ko‘proq bilimga

ega bo‘ladi, chizma chizishda malakasi oshib unda shu mavzu yuzasidan ko‘nikma hosil

bo‘ladi. Pedagog darslarda AutoCAD dasturidan foydalanishdan avval yuqoridagi

bilimlarni o‘quvchiga nazariy jihatdan mukammal egallashlari shundan keyingina

dasturdan foydalanishi masadga muvofiqdir.

Chizmachilik fanining qolgan ba’zi bo‘limlarida ham shunday holatlar uchrashi mumkin,

bunda pedagog qaysi mavzuda dasturdan foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Bunda

o‘qituvchidan dasturdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish mahoratiga ega bo‘lish uchun

undan pedagogik bilim, yillar davomida oshirib kelayotgan malakasiga ega bo‘lishi,

tanlangan dars uchun mukammal dars ishlanmasi ishlab chiqqan bo‘lishi, yaxshi natijaga

erishishiga ishonch talab etiladi.

Yuqorida keltirilgan misolni AutoCAD dasturining kamchiligi deb qaray olmaymiz.

Chunki dastur o‘quvchiga dars berish maqsadida emas balki muhandisning ishini

osonlashtirish va aniq chizmalar asosida talabga javob beradigan loyihalar ishlab chiqilishi

maqsadida yaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat,

Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of

Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220.

2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the

sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in

Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78.

3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo

Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8

(10), Part II, 151-153.

4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal

Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state

pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and

Development, 5 (3), p. 411-412.

5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal

modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL

SCIENCES, 2(3), 96-101.

6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI

BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL

SCIENCES, 2(3), 34-39.

7. Bekqulov Q.Sh. (2021). Chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o‘qitish orqali

o‘quvchilarni grafik savodxonligni oshrish. "Экономика и социум" №10(89), C. 1314-1319.

8. Bekqulov Q.Sh. (2021). Ortoganal proyeksiyalarni qayta tuzish usullaridan foydalanib

talabalarning fazoviy tassavurlarini rivojlantirish. "Экономика и социум" №10(89), C. 1314-

1319.

9. Q.SH.Bekqulov. (2020) Chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o‘qitish orqali

o‘quvchilarning grafik savodxonligni oshrish. Maktab va hayot, № 2, 3-4.

10. Y.Derajne. Mustaqil ta’lim olish tizimi. Kasb-hunar ta’limi. 2001. № 6. – S.

11. Q.SH.Bekqulov. (2020) Chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o‘qitish orqali

o‘quvchilarning grafik savodxonligni oshrish. Maktab va hayot, № 2, 3-4.

12. Achilov N N., Ko‘kiyev.B.B., Bekqulov.Q.Sh., Yaqqol atsvirlarni bajarishda AutoCAD

dasturidan foydalanib loyihalash, Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 2, 122-125.

13. Qudrat Shaydulloyevich Bekqulov, Yig'ish chizmalarini detallarga ajratishda yo‘l

qo‘yadigan tipik xatolar. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 1 (3),

321-325.

14. Bekqulov Q.Sh., To‘laganova H. Chizmachilik fanidan o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini

oshirishda tugallanmagan chizmalardan foydalanish. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў,

№ 3, 111-113.

15. Xalimov M., Bekqulov Q. Chizmachilik fanini o‘qitishda interaktiv metodlarni qo‘llash

zaruriyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 102-105.

16. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini

o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.

17. Bekqulov Q.Sh., To‘laganova H. Muhandislik grafikasi fanlarida talabalar chizma

bajarishda yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 107-

111.

18. Bekqulov Q.Sh., Boizaqova Sh.A. Muhаndislik grafikasi fanlarini boshqa fanlar bilan

bog’liqligi. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 113-117.

19. Bekqulov Q.Sh. O‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolarni tizimga solish va prоgnoz

qilish oldini olish choralari. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 105-107.

20. Ozodboyev, I. O. (2022). DRAWING ASSEMBLY DRAWINGS USING AUTOCAD

COMPUTER GRAPHICS SOFTWARE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,

10(11), 1085-1091.

Библиографические ссылки

Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220.

Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78.

Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153.

Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412.

Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101.

Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39.

Bekqulov Q.Sh. (2021). Chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o‘qitish orqali o‘quvchilarni grafik savodxonligni oshrish. "Экономика и социум" №10(89), C. 1314-1319.

Bekqulov Q.Sh. (2021). Ortoganal proyeksiyalarni qayta tuzish usullaridan foydalanib talabalarning fazoviy tassavurlarini rivojlantirish. "Экономика и социум" №10(89), C. 1314-1319.

Q.SH.Bekqulov. (2020) Chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning grafik savodxonligni oshrish. Maktab va hayot, № 2, 3-4.

Y.Derajne. Mustaqil ta’lim olish tizimi. Kasb-hunar ta’limi. 2001. № 6. – S.

Q.SH.Bekqulov. (2020) Chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning grafik savodxonligni oshrish. Maktab va hayot, № 2, 3-4.

Achilov N N., Ko‘kiyev.B.B., Bekqulov.Q.Sh., Yaqqol atsvirlarni bajarishda AutoCAD dasturidan foydalanib loyihalash, Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 2, 122-125.

Qudrat Shaydulloyevich Bekqulov, Yig'ish chizmalarini detallarga ajratishda yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 1 (3), 321-325.

Bekqulov Q.Sh., To‘laganova H. Chizmachilik fanidan o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini oshirishda tugallanmagan chizmalardan foydalanish. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 111-113.

Xalimov M., Bekqulov Q. Chizmachilik fanini o‘qitishda interaktiv metodlarni qo‘llash zaruriyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 102-105.

Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.

Bekqulov Q.Sh., To‘laganova H. Muhandislik grafikasi fanlarida talabalar chizma bajarishda yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 107-111.

Bekqulov Q.Sh., Boizaqova Sh.A. Muhаndislik grafikasi fanlarini boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 113-117.

Bekqulov Q.Sh. O‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolarni tizimga solish va prоgnoz qilish oldini olish choralari. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 105-107.

Ozodboyev, I. O. (2022). DRAWING ASSEMBLY DRAWINGS USING AUTOCAD COMPUTER GRAPHICS SOFTWARE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 1085-1091.