JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Mohizarbegim ERGASHEVA
TDSHU, arab filologiyasi
2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
Begmatova B.M.
ARAB TILIDAGI PREDLOGLI FE’LLAR VA PREDLOGLARNING FE’L
MA’NOSIGA TA’SIRI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada arab tilidagi predlog (harf al-jar) va fe’llar o‘rtasidagi murakkab
sintaktik va semantik munosabatlar tahlil qilinadi. Xususan, predloglarning fe’l ma’nosiga ta’siri,
bir fe’lning turli harflar bilan qo‘llanishi natijasida ma’no o‘zgarishlari, tarjima va til
o‘rgatishdagi muammolar yoritiladi. Maqolada turli misollar, qiyosiy tahlillar hamda arab tili
o‘qituvchilari va o‘rganuvchilariga foydali bo‘ladigan tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar:
arab tili, predlog=harf, fe’l, ma’no o‘zgarishi, tarjima, harf al-jar, semantika.
Abstract:
This article analyzes the complex syntactic and semantic relationships between
prepositions (letter al-jar) and verbs in Arabic. In particular, it discusses the influence of
prepositions on the meaning of verbs, changes in meaning due to the use of the same verb with
different letters, and problems in translation and language teaching. The article provides various
examples, comparative analyses, and recommendations that will be useful for teachers and
learners of Arabic.
Keywords:
Arabic, preposition=letter, verb, meaning change, translation, letter al-jar, semantics.
Arab tili boy morfologik va sintaktik tizimga ega bo‘lgan qadimiy tillardan biridir. Uning
xususiyatlaridan biri – predloglar (رجلا فورح) va fe’llarning o‘zaro aloqasi orqali ma’no
nozikliklarini ifodalash imkoniyatidir. Predloglar arab tilida mustaqil ma’no anglatmasa-da, ular
fe’llar bilan birikib, fe’lning semantikasini o‘zgartiradi yoki aniqlashtiradi. Bu hodisa tarjimada
ham, arab tilini o‘rganishda ham katta ahamiyatga ega. Mazkur maqolaning maqsadi – arab
tilidagi predlogli fe’llarni o‘rganish, predloglarning fe’l ma’nosiga ta’sirini tahlil qilish va bu
boradagi lingvistik, tarjimaviy va metodik muammolarni yoritishdir.
Arab tilida predloglarning umumiy tahlili quyidagicha:
Harf al-jar – arab tilida harf al-jar (رجلا فورح) deganda, o‘zidan keyingi so‘zning holatini
o‘zgartiradigan va uni majrur ( رورجم)holatga keltiradigan bog‘lovchi qismlar tushuniladi.
Masalan: ـل ،ـب ،نع ،نم ،يف ،ىلع ،ىلإva boshqalar.
1. Predloglarning lug‘aviy va grammatika vazifalari
Lug‘aviy jihatdan predloglar yo‘nalish, sabab, joy, birgalik, sababli harakat kabi ma’nolarni
bildiradi. Grammatik jihatdan esa, ular ismni majrur qiladi va fe’l bilan o‘rtadagi aloqa vositasi
bo‘lib xizmat qiladi.
2. Harf va fe’l o‘rtasidagi bog‘lanish
Arab tilida ko‘plab fe’llar o‘z ma’nosini to‘la ifodalash uchun predlogga muhtoj. Bu bog‘lanish
majburiy yoki ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bunda har bir fe’lning o‘ziga xos harfi mavjud.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Predlogli fe’llar tushunchasi quyidagicha:
3. Fe’l + harf birikmasi
Ko‘plab arab fe’llari aniq bir predlog bilan birga qo‘llaniladi. Masalan:
...“ – ىلإ بهذga bordi”
...“ – يف ركفhaqida o‘yladi”
...“ – ـب ررمdan o‘tdi”
4. Majburiy va ixtiyoriy bog‘lanishlar
Arab tilida ba’zi fe’llar mavjud bo‘lib, ular ma’no to‘liqligi uchun muayyan harf al-jar (predlog)
bilan kelishi majburiy hisoblanadi. Ya’ni, bu predlogsiz fe’l o‘z ma’nosini to‘liq anglatmaydi
yoki ma’no noaniqligi yuzaga keladi. Bunday fe’llar majburiy predlogli fe’llar ( ةمزللا لاعفلا
(رجلا فورحلdeb ataladi.
Majburiy bog‘lanishga misollar:
...“ – يف ركفhaqida o‘yladi”. Bu yerda يفpredlogi majburiydir. ركفfe’li يفpredlogsiz ishlatilmaydi.
Masalan:
“ – ا رريثك ةلكشملا يف ركفMuammoni ko‘p o‘yladi.”
...“ – يف بغرni xohladi”. Predlog يفbo‘lmasa, fe’lning ma’nosi to‘liq tushunilmaydi:
“ – جراخلاب ةساردلا يف بغرChet elda o‘qishni xohladi.”
...“ – ـب ررمdan o‘tdi” fe’lida ham ـبmajburiy:
“ – عراشلاب ررمKo‘chadan o‘tdi.”
...“ – ـب فرتعاni tan oldi”:
“ – هئطخب فرتعاXatosini tan oldi.”
Bu kabi fe’llar arab tilida predlog bilan barqaror birikma (collocation) hosil qiladi va aynan shu
shaklda yod olinishi kerak.
Ixtiyoriy bog‘lanish holatida esa fe’l o‘zi mustaqil ishlatilishi mumkin, biroq predlog qo‘shilsa,
ma’nosiga aniqlik yoki yangi semantik yuklama qo‘shiladi. Bunday fe’llar ixtiyoriy predlogli
fe’llar deb yuritiladi. Ular kontekstga qarab har xil predlog bilan kelishi mumkin.
Ixtiyoriy bog‘lanishga misollar:
رظنfe’li:
“ – ىلإ رظنqaradi”
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
“ – يف رظنko‘rib chiqdi, o‘rganib chiqdi”
Bu holatda رظنfe’li ikki xil predlog bilan kelib, har xil ma’no kasb etmoqda.
بهذfe’li:
...“ – ىلإ بهذga bordi”
“ – نع بهذketdi, tark etdi”
بضغfe’li:
“ – هيلع بضغunga jahl qildi”
“ – هل بضغuning uchun (unga nisbatan) jahl qildi (uni himoya qilib)”
راشأfe’li:
“ – هيلإ راشأunga imo qildi”
“ – هيلع راشأunga maslahat berdi”
Bu kabi fe’llarda predloglar ixtiyoriy qo‘shiladi, ammo ularning o‘zgarishi natijasida ma’no
sezilarli darajada farq qiladi.
Majburiy va ixtiyoriy predlogli fe’llarni ajratish arab tilini o‘rganish va tarjima qilishda muhim
ahamiyatga ega. Majburiy predlogli fe’llar yod olishni talab qilsa, ixtiyoriy fe’llar esa kontekstga
qarab ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi lozim. Bu bo‘lim o‘zbek va arab tilidagi tarjimada xatolarga
sabab bo‘ladigan eng nozik jihatlardan biridir.
Predloglarning fe’l ma’nosiga ta’siri quyidagicha:
Arab tilida bir fe’l turli harflar bilan qo‘llanilganda, ma’no sezilarli darajada o‘zgaradi. Ba’zida
hatto aksi ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan:
– ءيشلا يف بغرunga qiziqdi
– ءيشلا نع بغرundan yuz o‘girdi
– انيلع علطbiz tomon keldi
– انع علطbizdan ketdi
– رملا ىلع مزجqat’iy qaror qildi
– هنع مزجqo‘rqdi, chekinib qoldi
– هل بضغu uchun g‘azablandi
– هيلع بضغunga g‘azablandi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bu farqlar tarjimada noaniqlik va xatoliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
predloglarning semantik yuklamasini chuqur o‘rganish muhim.
5. Tarjimadagi nozik farqlar
Masalan, – هيلإ راشأimo qildi, – هيلع راشأmaslahat berdi. Harflar almashganda ma’no tubdan
o‘zgaradi, tarjimada ham kontekstga e’tibor bermaslik xatolarga olib keladi.
Predlogli fe’llarning o‘rganilishi va o‘rgatilishidagi muammolar quyidagicha:
6. O‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar
Arab tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar predlogli fe’llarni ko‘pincha so‘zma-so‘z tarjima qilishadi,
bu esa noto‘g‘ri talqinga olib keladi. Masalan, ىلإ لامva نع لامni bir xil deb o‘ylash.
O‘zbek tilida predloglar fe’l tarkibida bo‘lmasligi mumkin:
O‘zbekcha: «u haqida o‘yladi»
Arabcha: يف ركف
Bu struktura farqi ham tushunishga salbiy ta’sir qiladi. O‘zbek va arab tillari morfologik va
sintaktik tuzilishi jihatidan bir-biridan ancha farqlanadi. Xususan, predlogli fe’llar tizimi bu ikki
tilda har xil ifodalanadi. Arab tilida predlogli fe’llar (رجلا فرح عم لعفلا)ko‘p hollarda barqaror
birikma sifatida mavjud bo‘lib, ularning ma’nosi predlogga bog‘liq ravishda tubdan o‘zgarishi
mumkin. O‘zbek tilida esa predloglar o‘rnini ko‘proq otga bog‘lovchi qo‘shimchalar (–ga, –dan,
–bilan, –uchun) va sintaktik tartib egallaydi.
1. Harf al-jarning ifoda vositasi sifatidagi farqlari
Arabcha ifoda
So‘zma-so‘z tarjima O‘zbekcha ifoda
ةسردملا ىلإ بهذ
maktabga bordi
maktabga bordi
عوضوملا يف ركف
mavzuda o‘yladi
mavzu haqida o‘yladi
قوسلا ـب ررم bozor bilan o‘tdi
bozordan o‘tdi
ءامسلا ىلإ رظنosmonga qaradi
osmonga qaradi
Bu yerda ko‘rinadiki, arab tilidagi (ىلع ،ـب ،يف ،ىلإ :رلثم) رجلا فرحo‘zbek tilida asosan otga
qo‘shimcha yoki qaratqich orqali ifodalanadi.
2. Barqaror birikmalar va tarjimadagi qiyinchiliklar
Ko‘plab arab fe’llari faqat muayyan predlog bilan ishlatilganda o‘zining to‘liq ma’nosini
anglatadi. Ularni o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilish esa noto‘g‘ri yoki noaniq ifodalarga
olib keladi.
Masalan:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
“ – يف بغرxohladi”, ruxiy moyillik bildiradi. So‘zma-so‘z: “nimagadir moyil bo‘ldi”.
“ – جاوزلا يف بغرUylanishni xohladi.”
“ – نع بغرyuzi o‘girdi, voz kechdi”
“ – لاملا نع بغرPuldan voz kechdi.”
O‘zbek tilida esa “xohladi” va “voz kechdi” o‘ziga xos fe’llar orqali ifodalanadi, predloglar
orqali emas.
3. Sinonimiya va antonimiya holatlari
Ba’zan bir fe’l har xil predloglar bilan kelib, o‘zbek tilida qarama-qarshi ma’nolarni bildiradi:
“ – ىلإ لامmoyil bo‘ldi, xohladi”
“ – نع لامyuzi o‘girdi, qiziqishni yo‘qotdi”
Bu holatlar tarjimada nozik semantik farqlarni tushunishni talab qiladi.
4. O‘zlashtirishdagi muammolar
Arab tilini o‘rganayotgan o‘zbeklar ko‘pincha quyidagi muammolarga duch keladi:
Fe’lga noto‘g‘ri predlog qo‘shish: نع تركفo‘rniga يف تركف
Predlogni butunlay tashlab ketish: ةسردملا تبهذo‘rniga ةسردملا ىلإ تبهذ
O‘zbek tilidagi “haqida”, “bilan”, “dan” kabi bog‘lovchi so‘zlarning arab tilida qanday
predlogga to‘g‘ri kelishini ajrata olmaslik.
O‘zbek va arab tillari o‘rtasidagi predlogli fe’llar tizimi keskin farq qiladi. Arab tilidagi fe’l va
predlogning o‘zaro munosabati semantik jihatdan chuqur tahlilni talab qiladi. O‘zbek tilida bu
predloglar ko‘pincha qo‘shimchalar orqali ifodalanadi. Shu sababli, til o‘rganishda arab tilidagi
predlogli fe’llarni mustaqil ibora sifatida yod olish, tarjimada esa kontekstni chuqur anglash
muhim ahamiyat kasb etadi.
7. Darslik va materiallardagi muammo
Arab tilini o‘rgatishda foydalanilayotgan darsliklar va o‘quv materiallari ko‘pincha tilshunoslik
va tarjima nuqtayi nazaridan yetarli darajada mukammal emas. Ko‘plab arab tilidagi predlogli
fe’llar o‘zbek tilida aynan mos keluvchi barqaror birikmaga ega emas. Ammo darsliklarda
ularning to‘laqonli ma’no izohi, kontekstdagi ishlatilish holatlari va tarjima usullari keltirilmagan.
Masalan:
“ – ىلع علطاtanishdi, ko‘zdan kechirdi” fe’lining izohi o‘zbek tilidagi “qaradi”, “ko‘rdi”,
“o‘rgandi” kabi so‘zlar bilan almashtiriladi, bu esa o‘quvchida chalkashlik tug‘diradi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ayrim darsliklarda predlogli fe’llar faqat yodlash uchun ro‘yxat tarzida berilgan. Bu yondashuv
fe’l-predlog birikmalarining kontekstda ishlatilishini tushunishga yordam bermaydi. O‘quvchi
fe’lni yodlasa-da, uni to‘g‘ri vaziyatda ishlatish yoki tarjima qilishda qiynaladi.
Ba’zi o‘quv materiallarida bir necha arabcha fe’llar bitta o‘zbekcha fe’l bilan tarjima qilingan.
Bu tarjimaviy umumlashtirish fe’lning haqiqiy ma’nosini buzib ko‘rsatadi. Misol uchun:
يف بغرva دارأhar ikkisi “xohlamoq” deb tarjima qilinsa-da, ularning semantik ohangi, uslubi va
kontekstda qo‘llanishi har xil.
Darslik va o‘quv materiallarida predlogli fe’llarning o‘rganilishini chuqurlashtirish, ularning
kontekstda qo‘llanishi, o‘zbek tiliga to‘g‘ri tarjimasi va farqlovchi xususiyatlarini tahlil qilish
zarur. Yangi darsliklar tuzishda, ayniqsa arab tili va o‘zbek tili grammatik tizimlarining farqiga
alohida e’tibor berilishi lozim. Shu orqali o‘quvchilar nafaqat yodlaydi, balki tushunib, to‘g‘ri
qo‘llay oladi.
Arab tilidagi predlogli fe’llar nafaqat grammatik, balki semantik jihatdan ham muhimlik kasb
etadi. Predloglar fe’lning ma’nosini aniqlashtiradi yoki tubdan o‘zgartiradi. Ularning to‘g‘ri
qo‘llanishi tarjima va til o‘rganishda muhim omildir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ibn Hishom. Sharh Qatr an-Nada.
2. Al-Jurjaniy. Al-Muqaddima fi an-Nahw.
3. .ىنعملا رييغت يف رجلا فورح رثأ .نلف ذاتسلا
4. A. Karimov. Arab tili grammatikasi, Toshkent, 2019.
5. O‘zbekcha-arabcha lug‘att.
6. Tilmaktab.uz – Arab tili onlayn darslari.
