Авторы

  • Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi
    Qo‘qon Davlat Universiteti, iqtidorli talaba

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104225

Ключевые слова:

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari metod “Hayrat ul-abror” Interfaol metod Reproduktiv metod Aqliy hujum metodi.

Аннотация

Ushbu maqolada 5-sinf adabiyot darsligiga kiritilgan Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolati rivojlantiriuvchi ta’lim texnologiyasi metodlari vositasida ko’rib chiqilladi. Shuningdek, ushbu ta’lim turining muammoli ta’lim metodlari, interfaol metodlar, tadqiqot metodlari kabi tarkibiy qismlari orqali asardan keltirilgan parcha ustida ishlash yo’llari ko’satib beriladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi

Qo‘qon Davlat Universiteti, iqtidorli talaba

robiyaxonsobitova04@gmail.com

+998917392805

MAKTABDA “SHER BILAN DURROJ” HIKOYATINI O’QITISHNING SAMARALI

USULLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 5-sinf adabiyot darsligiga kiritilgan Alisher Navoiyning “Hayrat

ul-abror” dostonining 10-maqolati rivojlantiriuvchi ta’lim texnologiyasi metodlari vositasida

ko’rib chiqilladi. Shuningdek, ushbu ta’lim turining muammoli ta’lim metodlari, interfaol

metodlar, tadqiqot metodlari kabi tarkibiy qismlari orqali asardan keltirilgan parcha ustida

ishlash yo’llari ko’satib beriladi.

Kalit so’zlar:

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, metod, “Hayrat ul-abror”, Interfaol metod,

Reproduktiv metod, Aqliy hujum metodi.

Annotation:

In this article, Article 10 of Alisher Navoi's epic “amazement ul-abror”, which was

included in the textbook of literature of the 5th grade, was considered by means of methods of

educational technology that develop. Also, through such components of this type of education as

problematic educational methods, interactive methods, research methods, ways of working on an

excerpt from the work are facilitated.

Keywords:

developing educational technologies, method, “Wonder ul-abror”, interactive

method, reproductive method, mental attack method.

Hazrat Navoiyning “Xamsa” dostoni tarkibidan o’rin olgan “Hayrat ul-abror” dostoni

axloqiy-ta’limiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda insoniy fazilatlar, odob-axloq

masalalari, ilm, ma’rifat, kamtarlik, to’g’rilik va halollik masalalari yuzasidan pand-nasihatlar,

hikoyatlar keltirib o’tilgan. 5-sinf adabiyot dasligiga kiritilgan “Hayrat ul-abror”ning 10-

maqolati rostlik va to’grilik hаqidagi bob bo’lib, mavzuga mos tarzda “Sher bilan durroj”

hikoyati keltirilgan. Maktabda ushbu mavzuni o’qitishda turli pedagogik texnologiyalarga

murojaat qilgan holda darsning maqsadini amalga oshirishga mos keladigan usul va uslublardan

foydalanish ahamiyatlidir. Qquyida “Sher bilan durroj” hikoyatini rivojlantiruvchi ta’lim

texnologiyalari asosida o’rganib chiqamiz.

Asarni o’qitishda “Aqliy hujum”, “Voqea-sabab-oqibat”, “Reproduktiv metod”,

“Korgazmali” va “Inerfaol” metodlar birlamchi vosita sifatida tanlab oldik. “Aqliy

hujum”

metodi o’quvchilarni erkin fikrlashga undaydi, muamolarni hal qilish uchun g’oyalar yaratishga

yordam beradi.

1

Ushbu metod qo’llangan paytda o’quvchilardan faollik, diqqat-e’tibor va

ziyraklik talab etiladi. Bu metoddan foydalanib, biz o’quvchilarga umumiy mavzu yuzasidan

ayrim mulohazali savollarni berib o’tishimiz mumkin:

1. Alisher Navoiy qachon va qayerda tavallud topgan? (1441-yil, Hirot)

1

https://cyberleninka.ru/article/n/sher-bilan-durroj-hikoyatini-rivojlantiruvchi-ta-lim-texnologiyasi-

asosida-o-qitish/viewer


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2. Shoirning taxalluslari haqida nimalarni bilasiz? (Navoiy- navo qilguvchi, Foniy- o’tkinchi)

3. “Hayrat ul-abror” dostoni qanday mavzuda yaratilgan? (axloqiy-falsafiy, didaktik uslubda)

4. Navoiy qaysi tarixiy shaxslar bilan do’st bo’lgan? (Husayn Boyqaro, Jomiy)

5. Navoiy qanday lavozimlarda faoliyat yuritgan? (amir ul-kabir, amir ul-muqarrab, vazir, hokim)

6. Alisher Navoiy asarlaridan qasilarini bilasiz? (“Hayrat ul-abror”, “Xamsa”, “Lison ut-tayr”)

7. Ijodkor qachon va qayerda vafot etadi? (1501-yil, Hirot)

“Ko’rgazmali metod” - bu metod o’quvchilar uchun o’quv materiallarini osonroq tushunish,

tasavvur orqali anglash va yaxshi eslab qolishga yordam beradi.

23

Rasmlar orqali mavzuni

tushuntirish darsning qiziqarli borishiga va o’quvchining e’tiborini tortishga sabab bo’ladi.

“Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida keltirilgan to’g’rilik va egrilik, rostgo’ylik

mavzulari asosida berilgan o’xshatishlarni rasmlar orqali ko’rib chiqamiz:

1. Rasmda nima sababdan yoy va yer tasviri keltirilgan? Buni asarga aloqasi bormi? (Javob:

maqolatda o’qning uchishi to’g’ri bo’lsa, yerning egriligi unga ziyon yetkazmaydi, deyiladi ya’ni

shoir to’g’ri bo’lgan kishining birovlarning egriligi bilan nima ishi bor demoqchi bo’ladi.)

2. Rasmda keltirilgan yo’l tasviring maqolat mazmuni bilan bog’lang.(Javob: yo’l qancha to’g’ri

bo’lsa, maqsadga shunchalik tez yetiladi, egri yo’l esa kishini adashtiradi)

2

https://cyberleninka.ru/article/n/sher-bilan-durroj-hikoyatini-rivojlantiruvchi-ta-lim-texnologiyasi-

asosida-o-qitish/viewer

3

https://cyberleninka.ru/article/n/sher-bilan-durroj-hikoyatini-rivojlantiruvchi-ta-lim-texnologiyasi-

asosida-o-qitish/viewer


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

3. “Hayrat ul-abror”ning to’g’rilik haqidagi maqolatida chang va nay haqida nima deyilgan?

(Javob: Nay to’g’ri bo’lgani uchun so’fiylar uni yaxshi ko’radilar, chang to’g’ri bo’lmagani

uchun qulog’i buraladi.)

3. Navoiy sham bilan parvona o’rtasida qanday ziddiyatni yuzaga keltiradi? ( Egri uchish qilib

parvona ko’p aylangani uchun oxiri sham o’tiga urilib yonib ketdi.)

Yuqoridagi kabi ko’rgazmali vositalardan foydalanib, mavzuni o’quvchilarga tushuntirish

ancha samarali hisoblannadi. Bu o’quvchining tasavvurini kengaytirib, o’qigan asarlarini

xayоlida jonlantirishga yordam beradi.

“Reproduktiv metod” o’quvchining avvaldan shakllantirib kelgan bilimlarini

mustahkamlash va takrorlashda samarali metodlardan biri sanaladi.

4

Bu metod namunalariga

mavzulashtirilgan test topshiriqlari va savol-javoblarni kiritishimiz mumkin. Xususan,

darslikdagi “Hayrat ul-abror” dostonidan parcha asosida tuzilgan test topshiriqlari va savollar

ayni shu maqsad va yo’nalishda ishlab chiqilgan.

Namunaviy test:

4

https://cyberleninka.ru/article/n/sher-bilan-durroj-hikoyatini-rivojlantiruvchi-ta-lim-texnologiyasi-

asosida-o-qitish/viewer


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1. O‘ninchi maqolat nima haqida?

a) rostlik ta‘rifida

b) ilm to’g’risida

c) adl to’g’risida

d) vafo to’g’risida

Javob: a

2. Har kishining odati to‘g‘rilik bo‘lsa, nimadan qo‘rqadigan joyi bo‘lmaydi?

a) dunyo tashvishlaridan

b) olamning yomonliklaridan

c) insonlarning egriligidan

d) falakning teskari aylanganidan

Javob: d

3. O‘q to‘g‘ri bo‘lsa, nimaning egriligi unga ziyon keltirmaydi?

a) yoyning qiyshiqligi

b) yerning egriligi

c) kamoninng shakli

d) nishonning masofasi

Javob: b

4. Yo‘lning to‘g‘riligini yo‘lchiga qanday foydasi bor?

a) u yo’lchini to’g’ri yo’lga boshlaydi

b) hech qanday naf keltirmaydi

c) manzilga tezroq yetadi

d) adashmaydi

Javob: c

5. Nima uchun odamlar nayni tinglashni yoqtirishadi?

a) to‘g‘ri bo‘lgani uchun

b) yoqimli bo’lgani uchun

c) nafis bo’lgani uchun

d) ohangi huzur bag’ishlagani uchun

Javob: a

6. O‘ninchi maqolatda qaysi hikoyat keltiriladi?


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

a) sher bilan durroj

b) tulki bilan bo’taloq

c) qushlar masala

d) zog’ bilan kabutar

Javob: a

7. Durroj nima?

a) kaklik

b) qirg‘ovul

c) kakku

d) zog’cha

Javob: b

8. Ona sher nima uchun bolasini og‘zida ko‘tarib yurardi?

a) farzandi bitta bo’lgani uchun

b) boshqa she’rlar o’ldirmasligi uchun

c) chumolilar talab yubormasligi uchun

d) adashib ketib qolmasligi uchun

Javob: c

9. Sher nima sababdan durrojga do‘stlikni taklif qildi?

a) durroj sherga atrofda sodir bo’ladigan barcha yangiliklar haqida juda tez fursatda xabar berib

turganligi sababli

b) Sher bolasini tishlaganicha o‘rmonni kezganda, durrojning nogoahon parr etib uchishidan

qo‘rqib bolasini qattiqroq tishlab olardi, shu sabab ortiq bolasiga zarar yetkazishni istamadi

c) Sherning hayotda do’st topmaganligi, o’z to’dasidan ayrilganligi va yolg’izligi sababidan

d) barchasi to’g’ri

Javob: b

10. Durroj sher bilan do‘stlashsa, qanday imtiyoz olar еdi?

a) mavqei ortardi

b) hayvonlarga so’zi o’tardi

c) boshqa hayvonlar unga dahl qilolmasdi

d) ovqat yuzasidan g’am chekmasdi

Javob: c

11. Durrojning qanday yomon xislati bor edi?


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

a) yolg‘onchilik

b) firibgarlik

c) kazzoblik

d) muttahamlik

Javob: a

12. Durroj yolg‘onchiligini nimalarda ko‘rsatardi?

a) sherga boshqa hayvonlardan yolg’on xabarlar olib kelardi

b) sherni yolg‘on bilan yordamga chaqirib

c) sherning bolasiga yolg’onchilikni o’rgatardi

d) sherni boshqa hayvonlarga teskari qayrab

Javob: b

13. Bir kuni durroj ovchining to‘riga ilib qolib, dod solib sherni chaqirganida nima sodir bo‘ladi?

a) sher uni o’limdan asrab qoladi

b) sher uni eshitmaydi

c) tuzoqqa ilinishini jimgina kuzatib turadi

d) sher unga ishonmay doimgidek hazl bilan aldab chaqiryapti deb o‘ylab yordamga bormaydi

Javob: d

Namunaviy savol-javoblar:

1. O‘ninchi maqolat nima haqida?

Rostlik ta‘rifida

2. Har kishining odati to‘g‘rilik bo‘lsa, nimadan qo‘rqadigan joyi bo‘lmaydi?

Falakning teskari aylanganidan

3. O‘q to‘g‘ri bo‘lsa, nimaning egriligi unga ziyon keltirmaydi?

Yerning egriligi

4. Qaysi musiqa asbobi egri bo‘lgani uchun quloqni burab azob beradi?

Chang

5. Sarvning qomati tik bo‘lgani uchun nima unga zarar keltirolmaydi?

Shamol


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

6. Chirmashib o‘sgani uchun qaysi o‘simlikning yuzlari qora deyiladi?

Sunbulning

7. Qo‘l egrilikka moyil bo‘lsa,uni qanday tuzatish mumkin?

Kesib

8. To‘g‘rilikni sharaf deguvchilarga davron qanday munosabat bildiradi?

Dushmanlik qiladi

9. Yangi oy qaysi jihatdan hammaning e‘tiborini tortadi?

Egriligi uchun

10. Bilmasdan yolg‘on so‘zlagan kishini kim demaydi?

Yolg‘onchi

11. O‘ninchi maqolatda qaysi hikoyat keltiriladi?

Sher bilan durroj

12. Durroj nima?

Qirg‘ovul

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, barcha pedagogik texnologiyalar o’quvchini

mustaqil o’qishga, bilim olishga va fikrlashga o’rgatadi. Mustaqil fikriga ega, izlanuvchan, aqliy

jihatdan barkamol yoshlarni tarbiyalash esa jamiyatimiz ta’lim tizimining asosiy yo’nalishi,

dastrulamali desak mubolag’a bo’lmaydi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Alisher Navoiy,Hayrat ul-abror, Toshkent:G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi-2020.

2. Husanboyev Q, Niyozmetova R, Adabiyot o’qitish metodikasi,Toshkent:Shafoat nur fayz-

2020.

3. Omonov H, Xo’jayev N, Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat,Toshkent: “Iqtisod-

moliya”-2009.

4. To’xliyev B, Adabiyot o’qitish metodikasi, Toshkent-2010.

5. Yo’ldashev Q, Qambarov S, To’xliyev D, Olimjonov O, Yusufjonova N.5-sinf II qism

adabiyot darsligi, Toshkent:NovdaEdutainment-2024.

6.

https://cyberleninka.ru/article/n/sher-bilan-durroj-hikoyatini-rivojlantiruvchi-ta-lim-

texnologiyasi-asosida-o-qitish/viewer

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy,Hayrat ul-abror, Toshkent:G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi-2020.

Husanboyev Q, Niyozmetova R, Adabiyot o’qitish metodikasi,Toshkent:Shafoat nur fayz-2020.

Omonov H, Xo’jayev N, Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat,Toshkent: “Iqtisod-moliya”-2009.

To’xliyev B, Adabiyot o’qitish metodikasi, Toshkent-2010.

Yo’ldashev Q, Qambarov S, To’xliyev D, Olimjonov O, Yusufjonova N.5-sinf II qism adabiyot darsligi, Toshkent:NovdaEdutainment-2024.