JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ishoqova Gulbaxor Uktam qizi
ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi
LOGOPED KASBINING MOHIYATI, MALAKASI VA SHAXSIY FAZILATLARI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada logoped kasbining zamonaviy talablari, kasbiy va axloqiy
fazilatlari, malakaviy ko‘nikmalari va jamiyatdagi roli tahlil etilgan. Logoped nafaqat nutq
buzilishlarini aniqlovchi va tuzatuvchi mutaxassis, balki bolaning psixik, ijtimoiy va axloqiy
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi pedagog-psixolog sifatida talqin etiladi. Matnda
logopedning umumiy nazariy, maxsus ixtisosli bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, deontologik
yondashuvi va kasbiy madaniyati chuqur yoritilgan.
Kalit so’z:
logoped, nutq buzilishi, kasbiy malaka, deontologiya, pedagogik etika, pedagogik
muomala, psixologik yondashuv, nutqiy rivojlanish, maxsus ta’lim, insonparvarlik, diagnostika,
individual yondashuv, ota-ona bilan hamkorlik, innovatsion texnologiyalar, logopedik metodika.
Logopedning asosiy malakalari — o‘quv-bilish, o‘quv-tashkiliy va o‘quv-pedagogik faoliyat
doirasida shakllanadi. Shuningdek, u doimiy izlanishda bo‘lishi, ilg‘or tajribalarni o‘rganib,
individual yondashuv asosida har bir bolaning nutqiy muammolariga yechim topishi kerak. U
pedagogik deontologiya me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda, bolaning oilasi, pedagoglar va
tibbiyot xodimlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
Logoped nafaqat og‘zaki nutqi, balki xulq-atvori va muomalasi bilan ham jamiyatda ijobiy
namuna bo‘lishi lozim. Shu sababli, bu kasb bilim, sabr, insonparvarlik, madaniyat va yuksak
professionalizm uyg‘unligini talab etadi.
Logoped umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi kerak. Bu
bilimlarning majmuyi va kengligi unda nuqsonli rivojlanishning tipologiyasi va tarkibi, nutqiy
nomukammallikning oldini olish va uni bartaraf etish usullari haqidagi, ruhiy-pedagogik ta'sir
etish metodlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Logoped nutq buzilishlarini payqab
olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish usul hamda metodlarini egallagan bo‘lishi, bunday
nuqsonlarning oldini olishga doir profilaktik ishlarni yo‘lga qo‘yishi, nutqi zaiflashgan bolalarni
maktabgacha tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo'yicha o'qitishning maxsus
metodlarini qo'llay olishi, g‘ayritabiiy nutqli bolalarning muhim psixik xususiyatlarini bilishi,
ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagan bo‘lishi, ulardagi oliy miya qobig‘i
faoliyatini tuzatish va rivojlantirish uslublaridan qo‘llay olishi kerak. Logopedning ixtisosi
bo'yicha chuqur bilimga egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo'yicha
qo‘llanmalarni bilishni o‘z ichiga oladi. Bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan
nutqlari yuzasidan olib boriladigan ishlarning samanadorligiga erishish uchun logopedning
shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni o‘zida namoyon etadi:
-
kasbiga qiziqishlik;
-
bolalarni sevish, o'ziga va atrofdagilarga talabchanlik;
-
pedagogik ijodiy xayol va kuzatuvchanlik;
-
samimiylik, kamtarlik, mas'uliyatlilik, so‘zda va amalda qat’iylik hamda izchillik.
Logoped nafaqat nutq buzilishlarini tuzatuvchi mutaxassis, balki bolaning psixik va ijtimoiy
rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi murabbiy hisoblanadi. Uning vazifasi og‘zaki va
yozma nutqdagi nomukammalliklarni aniqlash, chuqur tahlil qilish, zarur hollarda boshqa
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
mutaxassislar (psixolog, defektolog, nevropatolog) bilan hamkorlikda kompleks yondashuv
asosida tuzatish choralarini belgilashdir.
Zamonaviy logoped quyidagilarga ham tayyor bo‘lishi kerak:
Innovatsion texnologiyalar (audio-vizual vositalar, logopedik ilovalar) dan foydalanish;
Har bir bolaga mos individual ta’lim strategiyasini ishlab chiqish;
Nutq buzilishi sabablarini biologik, psixologik va ijtimoiy omillar orqali aniqlay olish;
Oilaviy muhit va tarbiyaning bolaning nutqiga ta’sirini baholay olish.
Shuningdek, logopedlar uchun etika va emosiya boshqaruvi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki
nutqida muammo bor bola ko‘pincha o‘zini past baholaydi, muloqotdan qochadi. Logoped esa
nafaqat so‘z, balki ishonch, mehr, sabr bilan bolaga yaqinlashib, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini
tiklaydi.
Shunday ekan, logoped bu – mutaxassislik va insoniy fazilatlar uyg‘unligini talab qiladigan,
dolzarb va ijtimoiy jihatdan ahamiyatli kasbdir.
Logoped ilg'or tajribalarni umumlashtirib bolalarning nutqini tuzatishning eng yaxshi
vositalari bo‘yicha izlanish olib borishi kerak. U egallab olishi lozim bo‘lgan malakalar keng va
turlichadir: o‘quv -bilish (adabiyotlar bilan ishlash, bolani kuzatish, pedagogik jarayonni
modellashtirish, tuzatish-tarbiyalash orqali ta'sir etishning samarali yo’llarini tanlash va
boshqalar):
-
o‘quv-tashkiliy (muqobil va kalendar rejalashtirish, yakka tartibda va guruhli mashg'ulotlar
o'tish, jihozlarni yaratish, keng qamrovli ta'sir etishni ta'minlash hamda bu qamrovda ishtirok
etish va boshqalar);
-
o‘quv-pedagogik (har bir voqeani tahlil qilish, tuzatishning aynan bir xil vositalarini tanlash
va hokazo).
Bundan tashqari, logopedning ishi deontologiya tamoyillariga qat'iy amal qilishga asoslanishi
kerak (logoped nutqi buzilgan shaxs, uning qarindoshlari, ish joyidagi hamkasblari bilan
bo'ladigan o‘z munosabatlarini qanday tashkil etishi lozim).
Pedagogik deontologiya pedagogik etika va estetika, pedagoglik burchi va pedagogik odobi
haqidagi ta'limotlarni o‘z ichiga oladi. Unga amal qilishda logopeddan nutqida kamchiligi bor
bolaning ota-onalari psixologiyasini tushunishi va ular bilan bir qatorda qayg'urishi talab qilinadi.
Logoped juda sabotli, tabdirkor va xayrixoh, nutqi buzilgan shaxsga va uning ota-onalariga
shifokorning bemorga va uning yaqin kishilariga muomalasi kabi munosabatda bo'lishi, nutq
buzilishlarining og’ir jihatlari va muhimi, mexanizmlarini aniqlashda, ular haqida oldindan
ma'lumot to'plashda ehtiyotkorlik qilishi, nutq buzilishlarining tashqi ko'rinishini, ularning
mohiyatini hisobga olishi kcrak. Logoped va bolalar muassasasi shifokori, logoped va tarbiyachi,
logoped va pedagog o’rtasida o'rnatiladigan o'zaro to'g'ri munosabatlar pedagogik
deontologiyaning muhim sharti hisoblanadi.
Logoped nutqi atrofdagilarga, nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham namuna bo'lishi lozim.
Logoped yagona nutqiy tartibni ta'minlaydi, maxsus bolalar muassasalaridagi o’rta va kichik
xodimlarga nutq madaniyatini o’rgatadi, qator hollarda, masalan, maxsus bolalar uylari
sharoitlarida barcha o'quv-tarbiyaviy jarayonni boshqaradi.
Logopedning faoliyati o‘ta murakkab, mas’uliyatli va har tomonlama tayyorgarlikni talab
qiladi. U nafaqat nutq buzilishlarini aniqlovchi va tuzatuvchi mutaxassis, balki pedagog,
psixolog, tashkilotchi, motivator va psixoterapevt vazifasini ham bajaradi. Aynan shu ko‘p qirrali
rol logopeddan keng ko‘lamli malaka va nozik kasbiy yondashuvni talab qiladi.
Bugungi kunda logoped:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O‘quvchilar nutqidagi buzilishlarni tizimli tahlil qila oladigan;
Diagnostika, tuzatish va nazoratni bosqichma-bosqich rejalashtira oladigan;
Har bir bolaning individual rivojlanish trayektoriyasiga mos strategiyalarni tanlay oladigan;
Deontologik me’yorlarga qat’iy amal qiladigan — ota-ona, bola va jamoadagi ishonchli
munosabatni barpo etadigan mutaxassis bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, logopedning nutqi, xatti-harakati, muomalasi ham kasbiy namuna bo‘lishi kerak.
Ayniqsa, nutqi zaif bolalar bilan ishlaganda har bir so‘z, ohang, mimika va tana harakati o‘ziga
xos terapiya vositasiga aylanadi. Bu esa logopeddan yuqori darajadagi og‘zaki va neverbal
muloqot madaniyatini talab etadi.Shuningdek, logoped:
-
Ilg‘or tajribalarni o‘rganib, doimiy izlanishda bo‘lishi;
-
Yangi uslub va metodikalarni amaliyotga joriy etishi;
-
Muhitdagi har bir o‘zgarishga moslashuvchan bo‘lishi kerak.
Yuqoridagilarning barchasi logoped kasbining nafaqat kasbiy jihatdan, balki axloqiy va ijtimoiy
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu kasbda faqat bilim emas, insonparvarlik, sabr, empatiya
ham muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, logoped kasbi zamonaviy ta’lim va sog‘lom jamiyat qurilishining
ajralmas qismidir. Bu kasb chuqur ixtisoslashgan nazariy bilim, keng qamrovli amaliy ko‘nikma,
insonparvarlik va axloqiy yondashuvni o‘zida birlashtiradi. Logoped — bu nafaqat defektologik
bilim sohibi, balki bolaning ichki dunyosini tushunuvchi, unga ruhiy ko‘mak ko‘rsatuvchi, umid
baxsh etuvchi murabbiydir.
Zamonaviy logoped o‘z ishini faqat muayyan dars bilan emas, balki bola, uning oilasi va
pedagogik jamoa bilan tizimli muloqot orqali olib boradi. U nutqni tiklashdan tashqari, bolaning
ishonchini mustahkamlash, ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishga
yordam beruvchi shaxsdir. Shu boisdan logopedning nutqi, muomalasi, xatti-harakati — barchasi
pedagogik deontologiya asosida, o‘ziga xos madaniyat va mas’uliyat bilan uyg‘unlashgan
bo‘lishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya”. Toshkent “Iqtisod - Moliya”
2007;
2. M.Y. Ayupova “Logopediya”. Toshkent O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti
2007;
3.
Muminova L.R., Ayupova M.YU. Logopediya. Toshkent.1993
4. Z. Kahramonova, “Logopedic work with children with hearing impairment”, International
journal of advanced research in education, technology and menejment. 265-268 b.
5. Z.Qahramonova, “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni pedagogic tekshirish”, Poland
international scientific online conference. 189-191 b.
