Авторы

  • Murodova Zarina Rashidovna,Jumayev Shaxboz Kamol o‘g‘li,Nurmamatova Marjona Dilmurod qizi
    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,Osiyo Xalqaro Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104230

Ключевые слова:

zamonaviy elektron o’quv kontentlari axborot kontentlaridan foydalanishning asosiy talablari yo‘nalishlari omillari va samaradorligi.

Аннотация

So'nggi yillarda ta’lim muassasalarida interaktiv elektron o'quv kontentlaridan o'quv quroli sifatida foydalanish keng ommalashmoqda. Ushbu an’anaviy texnologiyaning mavjudligi, arzonligi va o‘quvchilar uchun elektron ta’lim afzalliklarining tobora ortib borayotganligini tan olinishi bilan bog'liq. Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Muallif elektron darsliklar yaratish va ularni o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, raqamli ta’lim resurslarining afzalliklari, ularning o‘qituvchiga va talabalarga ta’siri, interaktiv yondoshuv asosidagi o‘quv materiallarining ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida bo‘lajak mutaxassislar uchun yaratilgan elektron darslik namunasi, uning tarkibiy qismlari, metodik asoslari va foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bayon etilgan. Metodik takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida modul asosidagi tuzilma, mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatlari va kasbiy amaliyot bilan bog‘liqlik alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar yaratish va ularni kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish vositasi sifatida joriy etishda amaliy ahamiyatga egadir.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Murodova Zarina Rashidovna

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “AKT” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD)

Jumayev Shaxboz Kamol o‘g‘li

Osiyo Xalqaro Universiteti “Ta’limda Axborot Texnologiyalari” fakulteti magistranti.

Nurmamatova Marjona Dilmurod qizi

Osiyo Xalqaro Universiteti “Ta’limda Axborot Texnologiyalari” fakulteti magistranti.

BO'LAJAK MUTAXASSISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI

SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

(ELEKTRON

DARSLIK YARATISH MISOLIDA)

Annotatsiya.

So'nggi yillarda ta’lim muassasalarida interaktiv elektron o'quv kontentlaridan

o'quv quroli sifatida foydalanish keng ommalashmoqda. Ushbu an’anaviy texnologiyaning

mavjudligi, arzonligi va o‘quvchilar uchun elektron ta’lim afzalliklarining tobora ortib

borayotganligini tan olinishi bilan bog'liq. Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak

mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan.

Muallif elektron darsliklar yaratish va ularni o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali kasbiy

bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Shuningdek,

raqamli ta’lim resurslarining afzalliklari, ularning o‘qituvchiga va talabalarga ta’siri, interaktiv

yondoshuv asosidagi o‘quv materiallarining ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida

bo‘lajak mutaxassislar uchun yaratilgan elektron darslik namunasi, uning tarkibiy qismlari,

metodik asoslari va foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bayon etilgan. Metodik

takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida modul asosidagi tuzilma, mustaqil o‘zlashtirish

imkoniyatlari va kasbiy amaliyot bilan bog‘liqlik alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola natijalari

oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar yaratish va ularni kasbiy

kompetensiyalarni rivojlantirish vositasi sifatida joriy etishda amaliy ahamiyatga egadir.

Kalit so‘zlar:

zamonaviy elektron o’quv kontentlari, axborot kontentlaridan foydalanishning

asosiy talablari, yo‘nalishlari, omillari va samaradorligi.

XXI asrda ta’lim jarayonining zamonaviy talablariga mos holda mutaxassis tayyorlash

dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni ta’limga

integratsiyalash orqali talabalarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga alohida

e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur maqolada aynan elektron darsliklar orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy

kompetentligini shakllantirish metodikasi o‘rganilgan. Elektron darsliklar talabaning mustaqil

o‘rganish faoliyatini faollashtirish, uzviy fanlararo bog‘liqlikni anglash va o‘zlashtirish

jarayonini qulaylashtiradi.

Tadqiqot doirasida yaratilgan elektron darslik namunasi modul asosida tuzilgan bo‘lib, unda

matn, test, video, amaliy topshiriqlar, o‘z-o‘zini baholash vositalari mujassamlashtirilgan. Har

bir modul yakunida talabalar o‘z bilimini mustahkamlab, real kasbiy vazifalarni bajarishga

tayyorlanadi.

Shuningdek, maqolada metodik takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari – talabaga

yo‘naltirilgan ta’lim, interaktiv topshiriqlar, vizualizatsiyalash vositalari, differensial

yondoshuvning afzalliklari asoslab berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Maqola natijalari zamonaviy ta’lim standartlariga mos ravishda mutaxassislar tayyorlashga

amaliy hissa qo‘shadi. Bugungi kunda yurtimiz ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida

ta’lim tizimini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni

ta’minlash, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish masalasiga alohida

e’tibor qaratilmoqda[1]. Ayni paytda ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish,

ta’lim tizimidagi axborot-kontent markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida

tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Respublikamizda ta’lim

tizimini kompyuter, mulьtimediali elektron qo‘llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi,

masofadan o‘qitish kabi yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil etishni yanada yuqori

darajaga olib chiqish hamda mashg’ulot jarayonida o‘quv, o‘qitish, modellashtirish, amaliy,

axborotli va boshqa dasturlardan keng foydalanish oid bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Chunki ta’lim tizimini zamonaviy elektron axborot kontentlari asosida tashkil etiladigan

mashg’ulotlar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

fanning ilg‘or yutuqlari, elektron axborot kontentlaridan foydalanish, mashg’ulotni o‘quv-

tarbiyaviy jarayonning zamonaviy qonuniyatlari asosida tashkil etish;

mashg’ulotda elektron axborot kontentlari yordamida barcha didaktik tamoyil va

qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash, talabalarning qiziqishlari, layoqati va talablarini

hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart

sharoitlarni yaratish;

elektron axborot kontentlari asosida talabalar anglab etadigan fanlararo bog‘liqliklarni

o‘rnatish, ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, talabalarning rivojlanish darajasiga

tayanish;

elektron axborot kontentlari shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va

faollashtirish, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlari mantiqiyligi va emotsionalligini

oshirish[4];

elektron axborot kontentlari asosida zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat

ratsional usullarini shakllantirish va mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga

keltirish xamda har bir mashg’ulotni puhta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va bashorat

qilish.

Ma’lumki, birgina shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi va ulardan barcha sohalarda

keng foydalanish ta’lim tizimini imkoniyatlari tubdan o‘zgartirdi, shu bilan birga Internet

tarmog‘i ta’lim tizimiga yangi elektron axborot kontentlarini tatbiq etish bo‘yicha yanada katta

imkoniyatlar yaratmoqda. Ta’lim tizimida ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlarni

deyarli barcha didaktik masalalarni, shu jumladan axborotni yig‘ish, saqlash va uzatish, o‘quv-

tarbiyaviy jarayonini boshqarish, talabalar bilimini nazorat va tahlil qilish, mashqlarni bajarish,

o‘quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plash kabi boshqa masalalarni hal etishda

tatbiq etish mumkin.

Zamonaviy elektron axborot kontentlaridan foydalanish ta’lim tizimining quyidagi asosiy

yo‘nalishlarini aniqlashga imkon beradi:

ta’lim tizimida o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni

ta’minlash;

ta’lim tizimida talabalarning qobiliyati, iqtidori, mustaqil fikrlash, kommunikativ

malakalarni shakllantirish, fanlar bo‘yicha bilim egallashni rivojlantirish, malaka va ko‘nikmani

shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

talabalar bilimini nazorat qilish uchun elektron axborot kontentlaridan avtomatlashtirilgan

test

sinovlari

o‘tkazish,

baholash

va

boshqarishda

keng

foydalanish,

ya’ni

pedagogik jarayonning samaradorli-gini oshirish.

Elektron axborot kontentlaridan foydalanish orqali malaka oshirish tizimining sifati

quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan elektron axborot

kontentlari va zamonaviy dasturiy kontentlarining sifati.

Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizda ta’lim tizimi sifatini oshirish uchun

elektron ta’lim kontentlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish

maqsadida ta’lim muassasalari texnik imkoniyatlari keng zamonaviy dasturiy kontentlar, ya’ni

ilg‘or kompyuter texnologiyalari, grafik va video tahrir qilish dasturlari bilan ishlash imkonini

beradigan kompyuter sinflari bilan jihozlanmoqda. Bu esa ta’lim tizimini elektron axborot

kontentlari asosida tashkil etishning zamonaviy texnologiyalaridan, shu jumladan mulьtimedia

va masofadan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish imkonini bermoqda.

Masofaviy o‘qitish texnologiyasiga ko‘ra talaba qaerda va qanday holatda

bo‘lishidan qat’iy nazar muayyan ta’lim muassasasi ta’lim dasturini o‘rganish imkoniyatiga ega

bo‘ladi[7].

Ulardan ta’lim tizimida bilim olayotgan talabalarning mustaqil bilim olishida,

o‘tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda

o‘rgatuvchi, axborot-ma’lumotli, nazorat qilish dasturlarining qo‘llanilishi axborot va kompyuter

texnologiyalari asosida masofadan o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega

bo‘ladi. Shuning uchun ana shu funksiyalarning hammasini o‘zida mujassamlashtiruvchi

elektron o‘quv mashg’ulotliklarni yaratish, hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib

qolmoqda[8].

Elektron o‘quv mashg’ulotlar biron bir fan, ya’ni aniq sohaga yoki ta’lim yo‘nalishiga

mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitish jarayonida ulardan qanday bilim olish va o‘rganishda

foydalanadilar. Talabalarning mustaqil bilim olishida, o‘tilgan mavzuni takrorlashda hamda

olgan bilimlarini tekshirishda trenajyor, ma’lumotli, o‘yin, nazorat qilish dasturlarini qo‘llash,

ularni o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha amaliy bilim va malakalarini shakllantirishda muhim

ahamiyatga ega bo‘ladi hamda talabalarning amaliy qobiliyatlari va malakalarini shakllantirishda

muhim rol o‘ynaydi[10].

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Chong et al. (2020)

sun'iy intellektning axborot tizimlaridagi imkoniyatlarini va uning

biznes jarayonlariga qo'llanilishining afzalliklarini muhokama qilgan, bu maqolada taqdim

etilgan tadqiqotlar bilan bog'liqdir.

2.

Li (2019)

tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, axborot tizimlaridagi sun'iy intellektning

integratsiyasining nazariy asoslarini yoritadi, bu esa maqoladagi metodologiyani shakllantirishda

muhim manba bo'lgan.

3.

González va Perez (2021)

tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvlar, axborot-biznes

tizimlarida sun'iy intellektni qanday qo'llashni o'rganishda foydali bo'ldi.

4.

Sethi va Kapoor (2020)

ma'lumotlarni optimallashtirish jarayonida sun'iy intellektning roli

va uning axborot tizimlarida qo'llanilishi haqida keng tahlil keltirgan.

5.

Lee va Kim (2019)

maqolasida mashinasozlik o'rganish yondashuvlarining biznes

tizimlaridagi afzalliklari va ularga qo'llanilishi, maqoladagi metodologiyaga qo'shimcha tarzda

kiritildi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

6.

Murodova, Zarina, and Mehrangez Jo‘raqulova. "Mustaqil ta’limni tashkil etishda raqamli

texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish." YASHIL IQTISODIYOT VA

TARAQQIYOT 2.3 (2024).

7.

Rashidovna, Murodova Zarina, and Juraeva Nodira. "WORKS IN THE EDUCATIONAL

PROCESS

OF

HIGHER

EDUCATION."

INTERNATIONAL

CONFERENCE

ON

INTERDISCIPLINARY SCIENCE. Vol. 1. No. 3. 2024.

8. Murodova, Zarina Rashidovna, Tursun Rustamovich Shafiyev, and Dilafruz Buronovna

Hasanova. "TECHNOLOGY AND RELEVANCE OF CREATING AN ELECTRONIC

TRAINING COURSE." Scientific progress 3.3 (2022): 861-867.

9. Rashidovna, Muradova Firuza, and Murоdova Zarina Rashidovna. "Information

Technologies in Teaching and Education." EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN

NONFORMAL EDUCATION 3.2 (2023): 41-46.

10. Rashidovna, Murodova Zarina, and Primov Shaxzod Abduqodirovich. "TA’LIM

JARAYONIDA INTELEKTUAL SALOHIYATNI ANIQLASH VA SHAKLLANTIRISH."

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI 2.2 (2025): 107-110.

11. Rajabov, A. R. (2025). FLUTTER DASTURLASH TILIDA ONLINE KURSLAR

TAYYORLASH.

Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system

,

2

(4), 51-57.

12. Rajabov, A. R. (2025). CHIQINDI KONTEYNERLARNI AVTOMATIK BOSHQARUV

TIZIMINI ISHLAB CHIQISH.

Problems and solutions at the stage of innovative development of

science, education and technology

,

2

(4), 1-8.

13. Rajabov, A. R. (2025). ONLINE KURSLAR UCHUN DASTURLASH TILLARINING

AHAMIYATI.

ИКРО журнал

,

15

(01), 233-236.

14. Rajabov,

A.

R.

(2025).

MOOC

KURSLARI

VA

ULARNING

IMKONIYATLARI.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(2), 78-80.

15. Rajabov, A. R. (2025). MASSHTABLANADIGAN ONLINE KURSLAR MOOC

PLATFORMASI UCHUN AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI YARATISH.

PEDAGOGIK

TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 150-155.

16. Rajabov, A. R. (2025). FLUTTER DASTURLASH TILIDA PERMISSIONLAR BILAN

ISHLASH.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(2), 69-74.

17. ogli Rajabov, A. R. (2025). DEVELOPMENT OF MOBILE APPLICATIONS FOR

ONLINE COURSES.

Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system

,

2

(4), 58-63.

Библиографические ссылки

Chong et al. (2020) sun'iy intellektning axborot tizimlaridagi imkoniyatlarini va uning biznes jarayonlariga qo'llanilishining afzalliklarini muhokama qilgan, bu maqolada taqdim etilgan tadqiqotlar bilan bog'liqdir.

Li (2019) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, axborot tizimlaridagi sun'iy intellektning integratsiyasining nazariy asoslarini yoritadi, bu esa maqoladagi metodologiyani shakllantirishda muhim manba bo'lgan.

González va Perez (2021) tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvlar, axborot-biznes tizimlarida sun'iy intellektni qanday qo'llashni o'rganishda foydali bo'ldi.

Sethi va Kapoor (2020) ma'lumotlarni optimallashtirish jarayonida sun'iy intellektning roli va uning axborot tizimlarida qo'llanilishi haqida keng tahlil keltirgan.

Lee va Kim (2019) maqolasida mashinasozlik o'rganish yondashuvlarining biznes tizimlaridagi afzalliklari va ularga qo'llanilishi, maqoladagi metodologiyaga qo'shimcha tarzda kiritildi.

Murodova, Zarina, and Mehrangez Jo‘raqulova. "Mustaqil ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2.3 (2024).

Rashidovna, Murodova Zarina, and Juraeva Nodira. "WORKS IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF HIGHER EDUCATION." INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE. Vol. 1. No. 3. 2024.

Murodova, Zarina Rashidovna, Tursun Rustamovich Shafiyev, and Dilafruz Buronovna Hasanova. "TECHNOLOGY AND RELEVANCE OF CREATING AN ELECTRONIC TRAINING COURSE." Scientific progress 3.3 (2022): 861-867.

Rashidovna, Muradova Firuza, and Murоdova Zarina Rashidovna. "Information Technologies in Teaching and Education." EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION 3.2 (2023): 41-46.

Rashidovna, Murodova Zarina, and Primov Shaxzod Abduqodirovich. "TA’LIM JARAYONIDA INTELEKTUAL SALOHIYATNI ANIQLASH VA SHAKLLANTIRISH." PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI 2.2 (2025): 107-110.

Rajabov, A. R. (2025). FLUTTER DASTURLASH TILIDA ONLINE KURSLAR TAYYORLASH. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 2(4), 51-57.

Rajabov, A. R. (2025). CHIQINDI KONTEYNERLARNI AVTOMATIK BOSHQARUV TIZIMINI ISHLAB CHIQISH. Problems and solutions at the stage of innovative development of science, education and technology, 2(4), 1-8.

Rajabov, A. R. (2025). ONLINE KURSLAR UCHUN DASTURLASH TILLARINING AHAMIYATI. ИКРО журнал, 15(01), 233-236.

Rajabov, A. R. (2025). MOOC KURSLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(2), 78-80.

Rajabov, A. R. (2025). MASSHTABLANADIGAN ONLINE KURSLAR MOOC PLATFORMASI UCHUN AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI YARATISH. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 150-155.

Rajabov, A. R. (2025). FLUTTER DASTURLASH TILIDA PERMISSIONLAR BILAN ISHLASH. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 69-74.

ogli Rajabov, A. R. (2025). DEVELOPMENT OF MOBILE APPLICATIONS FOR ONLINE COURSES. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 2(4), 58-63.