JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qodirova Aziza Nurillayevna
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika yo‘nalishi, 2-kurs talabasi
SAID AHMADNING “UFQ” ROMANIDAGI VOQEALAR RIVOJI TAHLILI
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Said Ahmadning “Ufq” romanida tasvirlangan
qahramonlarning murakkab hayotiy yo‘llari, ularning ruhiy kechinmalari, “Katta Fargʻona
kanali” qurilishida ko‘rsatilgan jasoratlar, urush yillarida oʻzbek xalqining insoniy fazilatlari
haqida tahlil yuritiladi.
KALIT SOʻZLAR:
Said Ahmad, roman, obrazlar, urush yillari, front, xoinlik, muhabbat,
qahramonlik.
KIRISH
Oʻzbek adabiyotining porloq yulduzlaridan biri Said Ahmad oʻzining hayotiy asarlari bilan
xalq qalbida mustahkam oʻrin egallagan. Uning ijodida insoniy kechinmalar, ijtimoiy ziddiyatlar
va hayotiy sinovlar oʻz ifodasini topgan. Yozuvchining yoshlik davri urush yillariga toʻgʻri
kelgan bo‘lib, u oʻzining shaxsiy hayotiy tajribasini asarlarida chuqur va taʼsirchan tasvirlagan.
Shu sababdan uning asarlarida urushning ogʻir tafti va xalqning matonati yaqqol seziladi. Said
Ahmadning “Ufq” romani 1967-1974 yillar orasida yaratilgan bo‘lib, 20-asr oʻzbek xalqining
tarixiy hayotini badiiy yoritadi. Asar oʻzbek romanchiligi rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan,
o‘zbek xalqining ogʻir, lekin shaʼnli hayotini, uning fojialarini va gʻalabalarini koʻrsatgan yirik
epik asardir.
ASOSIY QISM
“Ufq” romani trilogiya boʻlib, uch qismdan iborat. Har bir qismda oʻz davrining ijtimoiy hayoti,
insoniy kechinmalari va qahramonlarning oʻzgarishi yoritilgan.
I-qism: "Qirq besh kun"
Romanning birinchi qismi “Katta Fargʻona kanali” qurilishida ishtirok etayotgan xalq va
ularning qahramonligi haqida hikoya qiladi. Bu qismda Azizxon, Lutfinisa, Akbarali, Orzixon
aya, Eshpolvon kabi obrazlar hayotiy va taʼsirchan tarzda gavdalantirilgan. Ayniqsa, Azizxon
obrazi yoshlik shijoati, kuch va begʻubor ishonch bilan taʼriflanadi. Biroq hayot sinovlari uni
ogʻir va vazmin inson sifatida shakllantiradi. Azizxonning Lutfinisaga boʻlgan muhabbati va
uning fojiali o‘limi romanning dramatik cho‘qqisini tashkil etadi. Azizxon bu dard bilan yashab,
oʻzini kanal qurilishiga bagʻishlaydi va xalq orasida hurmat qozonadi. Bu qismda o‘zbek
xalqining birdamligi, jasorati va mehnatga bo‘lgan sadoqati yuksak badiiy tasvir topgan.
II-qism: "Hijron kunlari"
Ikkinchi qism Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan xalqning ogʻir hayoti
va sabr-toqatini aks ettiradi. Asarga yangi qahramonlar — Nizomjon, Dildor, Asrora, Inoyat
oqsoqol, A'zamjon va boshqalar kirib keladi. Inoyat oqsoqol va uning oilasi orqali ochko‘zlik,
xudbinlik va axloqiy inqiroz yoritiladi. Nizomjon esa ogʻir hayotiy sinovlar fonida o‘z baxtini
izlaydi. Asarda Tursunboy obrazi orqali vatan xoini sifatida qoralangan inson fojiasi yurakni
larzaga soladi. Uning qochoq sifatida o‘lim topishi va nafs yo‘lida ona sadoqatini ham
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
unutganligi yozuvchi tomonidan kuchli dramatizm bilan ko‘rsatilgan. Shu orqali asarda urush
yillarining inson maʼnaviyatiga ko‘rsatgan ogʻir taʼsiri ochib berilgan.
III-qism: "Ufq bo'sag'asida"
Asarning yakuniy qismi qahramonlarning taqdirlarini mantiqan yakunlaydi. Bu qismda
urush va uning oqibatlari yana bir bor chuqur tahlil etiladi. Tursunboyning xoinlik tamg‘asi bilan
el oldida sharmanda bo‘lishi, Jannat xolaning o‘g‘il dardida halok bo‘lishi roman dramatizmini
yanada kuchaytiradi. Nizomjon va Dildor qiyinchiliklar ichida o‘z baxtlarini topadilar, ammo
boshqa ko‘plab qahramonlar hayot sinovlarida mag‘lub bo‘ladilar. Asar nihoyasida
Ikromjonning choʻlda, Nizomjon yelkasiga bosh qo‘yib jon berishi voqealarning fojiali yakuni
boʻlib, oʻquvchining qalbida chuqur iz qoldiradi.
XULOSA
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi oʻzbek adabiyotida inson ruhiyati va ijtimoiy hayotini
chuqur yoritgan asarlardan biridir. Asarda tasvirlangan voqealar orqali yozuvchi oʻz davrining
murakkab siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy holatini ko‘rsatadi. Qahramonlarning hayot yoʻli,
ularning kechinmalari va sinovlari oʻzbek xalqining urush yillaridagi mashaqqatli, lekin
matonatli hayotini aks ettiradi. Asardagi har bir obraz insoniy fazilatlar, xato va toʻgʻriliklar
timsoli sifatida gavdalantirilgan. Ayniqsa, Azizxon va Nizomjon obrazlari orqali hayotda kurash
va sabr bilan inson
baxtini topishi mumkinligi taʼkidlanadi.
Roman voqealarining keng qamrovi, hayotiy tasvirlari va insoniy dramalar asarni nafaqat badiiy,
balki tarbiyaviy ahamiyatga ega qilgan. Yozuvchi oʻz asari orqali insonni oʻz kechinmalari,
vijdoni va qadriyatlari bilan yuzma-yuz qoldiradi. Shuning uchun ham “Ufq” romanini oʻqir
ekanmiz, oʻzbek xalqining oʻtmishi bilan birga, bugungi kun uchun ham dolzarb boʻlgan
saboqlarni ko‘ramiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Normatov U. Said Ahmad (adabiy portret). — Toshkent, 1971.
2. Mirvaliyev S. O'zbek adiblari. — Toshkent: “Yozuvchi”, 2000.
3. Said Ahmad. Ufq. — Toshkent, 1969.
4. Qosimov Sh. O‘zbek romanchiligi taraqqiyoti. — Toshkent: Fan, 1985.
5. Suyunov N. O‘zbek adabiyoti nazariyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
6. To‘xtaboyev O. 20-asr o‘zbek adabiyotida epik asarlar. — Toshkent: Universitet, 2004.
