JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Iskandarova Zebo Ro’zimboy qizi
Ilmiy rahbar: tfd.dotsent
. Yuldasheva D.Y
Toshkent davlat tibbiyot universiteti,Toshkent,O’zbekiston
QOG’ANOQ PARDANING MUDDATIDAN OLDIN YORILISHIDA
HOMILADORLIK,TUG’RUQ VA NEONATAL NATIJALARNING BASHORATLASH
MEZONLARI
Annotatsiya:
Homiladorlik davrida uchrovchi holatlar orasida qog’anoq pardalarning
muddatidan oldin yorilishi akusherlika maliyotida e’tiborga molik holatlardan biri hisoblanadi.
Ushbu holatning rivojlanishiga juda ko’p omillar sabab bo’ladi. Shuningdek, ona va bola
tomonidan yuzaga keladigan asoratlar ham ushbu holatga shifokorlar tomonidan alohida
yondashuvni talab qiladi.
Kalit so’zlar:
homiladorlik, muddatidan oldingi tug’ruqlar, qog’anoq pardalarning muddatidan
oldin yorilishi
Aktualligi
Homiladorlik bachadon , homila va homilaoldi suvlari hajmining oshishi bilan xarakterlanuvchi
holat hisoblanadi .Rivojlanayotgan homila homila qavatlari (amnion va xorion)ni o’z ichiga
oluvchi homila oldi suvlari bilan o’ralgan bo’lib,yo’ldosh va detsidual qavat orqali ona
organizmi bilan aloqa qiladi .Ushbu gomeostazning unikal holati homila organizmining
fiziologik yetilishi va ona organizmining tug’ruqqa tayyor bo’lgunligicha davom etadi . Tug’ruq
faoliyatining boshlanishi bir qancha mexanizmlarning birikmasi ya’ni bachadon bo’ynining
yetilishi, qog’anoq pardaning yupqalashuvi va bachadon kontraksiyasidan iborat. Odatda ,
bachadon bo’ynining ochilishi bilan kechuvchi bachadon qisqarishlaridan birining cho’qqisida
qog’anoq pardalarining yorilishi kuzatiladi.Ammo ba’zi omillar sababli qoga’noq pardalarning
yumshashi ularning tug’ruq dardlari boshlanishidan avval butunligi buzilishiga olib keladi.[1]
Akusherlik asoratlari chastotasi butun dunyo bo’yicha yuqori o’rinlarda turishni davom
etmoqda. Qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi –zamonaviy akusherlikning muhim
muammolaridan biri hisoblanib,tug’ruq faoliyati boshlanishidan avval homila pardasining
yorilishi bilan ifodalanadi.Statistik ma’lumotlarga ko’ra , qog’anoq pardalarining muddatidan
avval yorilishi chastotasi so’nggi yillarda 1.5-2 barobarga oshgan. Ushbu holat barcha
homiladorliklarning 2-20% ini tashkil qiladi.[8]
Muammoning dolzarbligi onalar va bolalar kasallanishi va o’limi miqdorining oshishi sur’ati
bilan ham bog’liq. Onalar hayoti uchun yuzaga keluvchi xavflar septik asoratlarning rivojlanishi
bilan , neonatal o’limning sabablari esa yetilmaganlik , homilaichi infisirlanishi ,o’pka
gipoplaziyasi ,tug’ruq travmalari va qorincha ichi qon quyilishi ko’rinishida bosh miyaning
gipoksik zararlanishi bilan ifodalanadi .Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda , QPMOYo bilan
bog’liq neonatal o’limning asosiy uch sabablari mavjud : yetilmaganlik , sepsis va o’pka
gipoplaziyasi , ona uchun xavf esa xorionamnionit bilan bog’liqdir .[13,14]
Qog’anoq pardalarining muddatidan oldin yorilishi normal fiziologik homiladorlikning
asoratlanishi hisoblanib ,ushbu holatning etiopatogenezini to’la yoritish uchun avvalo homila
pardalarining fiziologik tuzilishi haqida bilib olishimiz zarur .
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Amniotik suyuqlik va xorion orasida yotuvchi avaskulyar amnion besh qavatdan iborat :
amniotik epiteliy , bazal membrana ,kompakt qavat ,fibroblastlar va bulutsimon qavat. [ 3]
Xorion esa o’z navbatida retikulyar qavat va bazal membranadan iborat . Amnionning
mustahkamligini kompakt qavat ta’minlaydi,ushbu qavat I va III tip kollagenlarga boy
bo’lib ,tarkibida V,VI va VII kollagenlarni kamroq miqdorda saqlaydi.[4] Ammo,aynan V,VI va
VII tip kollagenlar membrananing mustahkamligi uchun muhim hisoblanib ,hujayra ichi tayanch
komponentlarining asosiy qismi hisoblanadi.[4] Qayd qilib o’tish lozimki, homila pardasining
unikal tarkibi yuqorida sanab o’tilgan tarkibiy qismlar bilan , balki elastin , mikrofibrin va
fibronektinlar mavjudligi bilan ham bog’liqdir.[1]
Tadqiqotlarga ko’ra , amnion va xorion orasidagi suyuqlik hajmining kamayishi membranalar
qo’zg’aluvchanligiga olib keladi ,ushbu holat esa qog’anoq pardalarining muddatidan oldin
yorilish xavfini oshiradi.[5 ] Homiladorlikning yetilgan muddatlarida, hujayralararo bo’shliq
kollagenlari va boshqa komponentlarining remodellanishi va apoptoz jarayonining faollashishi
tufayli bachadonning pastki segmentidagi bachadon bo’yniga birikkan homila pardalarida
nozik ,yupqalashgan soha paydo bo’ladi. Ushbu sohaning mavjudligi fiziologik tug’ruqning o’z
vaqtida boshlanishida muhim rol o’ynaydi .
Homiladorlikning yetilmagan muddatlarida ham qog’anoq pardalari ushbu yupqalashgan sohani
o’zida saqlaydi ,ammo normada ushbu zona homiladorlik davom etishi uchun o’z
mustahkamligini yetarlicha ta’minlay oladi. [5;6] Istalgan etiologiyali patologik yallig’lanish
jarayonining rivojlanishi esa qog’anoq pardalarining butunligiga javob beruvchi hujayralarning
massiv o’limiga olib keluvchi mediatorlar sintezi rivojlanishiga turtki omil bo’lib xizmat qilishi
mumkin.[ 7]
Homila pardalarining murakkab struktur tarkibi va rivojlanish mexanizmlari hamda ularning
yorilishidan avval membranalar remodellanuvining uzoq muddatli jarayonlari shuni
ko’rsatadiki ,muddatidan oldingi homila pardalarining yupqalashuvi va butunligining
buzilishining etiologik komponenti ko’p qirrali jarayondir,jarayonni izohlash uchun esa ko’plab
omillarga e’tibor qilish lozim.[1]
Ko’pchilik klinik bayonnomalarda ko’rsatilishicha , ushbu holat qog’anoq pardalarining
tug’ruqqacha yorilishi (37 hafta va undan keyingi muddatlarda bachadon muskullarining
regulyar qisqarishi faoliyati boshlanishidan avval amniotik pardalarning yorilishi ) va qog’anoq
pardalarning muddatidan oldin yorilishi (22 dan 37 haftagacha bo’lgan muddatlarda bachadon
muskullari regulyar qisqarishlari boshlanishidan avval amniotik pardalarning yorilishi ) ga
bo’linadi.[15-16]
Muddatdan oldingi tug’ruqlar bilan birgalikdagi QPMOYo rivojlanishining xavf omillariga
ekstragenital patologiyalar ,onaning zararli odatlari va mehnat sharoitining noqulay omillari,past
ijtimoiy-iqtisodiy status, nasliy sabablar, anamnezda muddatidan oldingi tug’ruqlarning
bo’lishi,o’tkazilgan virusli kasalliklar,istmiko-servikal yetishmovchilik,bachadon rivojlanish
anomaliyalari,homiladorlik davridagi xirurgik aralashuvlar kiradi . Infeksiya esa bir muncha
ko’p tarqalgan sabablardan biri hisoblanadi.
QPMOYo rivojlanishida xavf omillarining o’rni. QPMOYo ning patogenetik kechish
mexanizmlari
Shuningdek , so’nggi ma’lumotlarga ko’ra QPMOYo ning xavf omillarini ona tomonidan,
bachadon-yo’ldosh va yatrogen omillarga bo’lishimiz mumkin .Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, ona
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tomonidan xavf omillariga past ijtimoiy-iqtisodiy status nikohsiz homiladorlik ,zararli odatlar
(alkogol,tamaki iste’moli),tana vazni yetishmovchiligi (TMI≤19.8),og’ir ekstragenital
patologiyalar(yurak kasalliklari, arterial gipertenziya,qandli diabet,qalqonsimon bez
kasalliklari ,anemiya),anamnezida differensiyalanmagan biriktiruvchi to’qima displaziyalari qon
tomir
kollageni
tarkibining
o’zgarishi
,biriktiruvchi
to’qimaning
tizimli
kasalliklari ,antifosfolipid sindrom, uzoq muddatli steroidli terapiya ,ushbu homiladorlikdagi qon
ketishlarni misol qilsak bo’ladi.[16,17] Infeksion omillar bilan bog’liq bo’lgan ( surunkali
piyelonefrit ,surunkali bronxit ,surunkali gastrit, ushbu homiladorlikdagi o’tkir respirator
infeksiyalar ,ayollar jinsiy organlari yallig’lanish kasalliklari ), asoratlangan akusherlik-
ginekologik anamnez (muddatidan oldingi tug’ruqlar ,spontan abortlar,sun’iy abortlar,
EKU,anamnezda QPMOYo) lar ham ona tomonidan sabablarga kiradi.[17,18]
Bachadon-yo’ldosh xavf omillariga esa bachadon tuzilish anomaliyalari(bachadondagi to’siq,
ikki shoxli bachadon),bachadon miomasi ,normal joylashgan yo’ldoshning vaqtdan oldin
ko’chishi ,ko’psuvlilik va ko’p homilali homiladorlik,istmiko-servikal yetishmovchilik tufayli
bachadon bo’ynining qisqarishi (2.5 sm dan kam) kabilar kiradi.[19]
Yatrogen omillarga esa homila pardalarining mexanik zararlanishiga olib keluvchi davolash
yoki diagnostik muolajalar (amniosentez,xorion biopsiyasi ,istmiko-servikal yetishmovchilikda
bachadon bo’yniga choklar qo’yilishi ) kabilar kiradi.[20]
Zamonaviy fanning ma’lumotlariga ko’ra , muddatdan oldingi tug’ruqlar bilan assosirlangan
QPMOYo homiladorlikning 22-27 haftalik muddatlarida infeksion etiologiyali homilaning
tug’ma nasliy patologiyasi bilan uchrasa,gestatsiyaning 28-33 haftalarida 50% holatlarda
infeksion omillar sababli , 34 haftalikdan keyingi muddatlarda esa infeksiyadan tashqari boshqa
ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi.[2]
Shuni aytib o’tish kerakki , etiologik omillar homiladorlik muddatlariga ko’ra farq qilishi bilan
birga QPMOYo uchrovchi ayollarni olib borish va kasallik oqibatlari ham homiladorlik
muddatlariga ko’ra turli xil bo’ladi .22-27 haftalik muddatlarda muddatidan oldingi tug’ruqlar
istmiko-servikal yetishmovchilik,intraamniotik yallig’lanish bilan ,28-33 haftalik muddatlarida
polietiologik omillar , 34 haftalik muddatlardan boshlab infeksiya bilan bog’liq bo’lmagan
omillar (akusherlik asoratlari-preeklampsiya, platsentar yetishmovchilik ,normal joylashgan
yo’ldoshning barvaqt ko’chishi ,rezus konflikt ,ko’p homilalik) bilan bog’liq bo’ladi . QPMOYo
homiladorlikning qanchalik erta muddatlarida sodir bo’lsa,yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun
shunchalik yomon oqibatlar bilan tugaydi
Bir qancha olimlarning fikricha, QPMOYo rivojlanishida “ kollagenli” nazariya ya’ni homila
pardalaridagi kollagen moddasi tuzilishidagi defektlar rol o’ynaydi. Homiladorlikning 16 haftalik
va undan keyingi muddatlarida kolagen 1-tip C-propeptid miqdorining oshishi QPMOYo
rivojlanish ehtimolini oshiradi. Ushbu holat mikroelementlar va vitaminlar almashinuvi
yetishmovchiligi bilan bog’liq homila pardasidagi lokal defektlar rivojlanishiga olib keladi.
Aynan,mikroelementlar homila pardalarida elastin va kollagen biosintezini boshqarishda
ishtirok etadi.[9]
Zamonaviy ma’lumotlarga qaraganda,shuningdek ushbu jarayonning stimullovchilardan biri
plazminogen almashinuvining buzilishi hamdir. [10].
Prostaglandinli nazariya mualliflarining fikricha,amnion epiteliysida prostaglandin F2a va E2
miqdorining ortishi QPMOYo rivojlanishi bilan uzviy bog’liq.[11] Prostaglandinlar miqdori
ortishi neytrofillar faollashuvi,shuningdek,bakteriyalarning xususiyatlari bilan bog’liq. Bakterial
infeksiya yuzaga keltirgan yallig’lanish jarayoniga javoban reaksiya neytrofillar orqali
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
prostaglandinlar sintezi ortishiga olib keladi,ushbu holat esa homila oldi qobiqlarida kollagen
destruksiyasiga olib keladi.[12] Prostaglandinlar esa tug’ruq jarayonini rivojlantiruvchi
mediatorlar hisoblanadi. Glukokortikoidlar infeksiyalar bilan to’qnashganda immun reaksiyani
hosil qiladi.Glukokortikoidlar prostaglandinlar sintezini pasaytiradi,ammo homila pardasi
glukortikoidlari prostaglandinlar sintezini oshiradi.[10]
QPMOYo bilan o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlarga qaramasdan,ushbu kasallikning oqibatlari va
olib boriladigan davo usullarining samaradorligi haqida aniq bir dalillar mavjud emas.Ko’pgina
hollarda kasallikning diagnostikasi qiyinchilik tug’diradi,ammo to’g’ri qo’yilgan tashxis keyingi
akusherlik taktikasida muhim rol o’ynaydi.
O’z vaqtida qo’yilmagan tashxis davolash va tashxislashga qaratilgan chora-tadbirlarning
kechikishiga va natijada,infeksion asoratlar yuzaga kelishining xavfi oshishiga olib keladi.
Ammo, shu bilan birga,giperdiagnostika ham muddatdan oldingi tug’ruq xavfini ma’lum
darajada oshiradi.
Steril ko’zgularda ko’rish, “yo’tal turtkisi” belgisi,”qirqbo’g’im simptomi”, nitrazin belgisi , qin
ajralmalarida kislota-ishqor muvozanatini aniqlash,kamsuvlilik,UTT tekshiruvini o’tkazish kabi
usullar har doim ham homilador ayolda QPMOYo borligini tasdiqlamaydi.[21]
Eng ishonchli belgilar esa vaginal ko’rik jarayonida homila pardasining yo’qligi va homilaning
oldinga keluvchi qismi surilganda qog’onoq suvlari kelishining kuchayishi hisoblanadi.[22]
Shuningdek, klinik amaliyotda QPMOYo ning markerlaridan biri bo’lmish alfa-mikroglobulin
miqdorini immunoxromotografik testlarda aniqlash ham QPMOYo ning ishonchli belgilaridan
biri hisoblanadi.[23]
QPMOYo patogenezi va kasallik kechishini aniqlashda qiyinchilik tug’diruvchi omillardan biri
ona va tug’ilajak bola hayotiga xavf soluvchi homila ichi infeksiyasining oqibatlarini avvaldan
bashorat qilish hisoblanadi. Ba’zi mualliflarning fikricha,amniotik suyuqlikda aniqlanuvchi
yallig’lanish jarayonini qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarning barchasi intraamniotik infeksiya
hisoblanadi. [24]. Boshqa mualliflarning fikricha ,homilaoldi suvlaridagi mikroblar
invaziyasining aniqlanishi doim ham xorionamnionitni tasdiqlamaydi.Klinik xorionamnionit
10% hollarda muddatiga yetgan homiladorlikning asorati, har ikkinchi ayolda – xavfli neonatal
oqibatlarga olib keluvchi muddatidan ilgari tug’ruqning sababchisi va ko’pgina hollarda yangi
tug’ilgan bolalar markaziy nerv sistemasining zararlanishiga olib keluvchi omillardan biri
hisoblanadi.[25]
Gestatsiya muddatiga yetgan homiladorlikda klinik xorionamnionit tashxisi qo’yilgan
ayollarning 56% ida intraamniotik infeksiya va bakteriyalar aniqlangan.[26]
QPMOYo kechishida xorionamnionit realizatsiyasini tashxislash qiyinchilik yuzaga keltirishidan
tashqari,intraamniotik infeksiyalanish va septik asoratlarni oldindan ko’ra olish ham o’ziga xos
mushkulliklarni keltirib chiqaradi. C-reaktiv oqsil nospetsifik yallig’lanish belgisi sifatida
infeksiya rivojlanish xavfini belgilab beruvchi omillardan biri bo’lib hisoblanishi mumkin. Ba’zi
tadqiqotlar natijalariga ko’ra,qon tarkibi tahlilida C-reaktiv oqsil miqdorining 800 ng|ml dan
ortishi intraamniotik infeksiya bilan assosirlanishi mumkin.
Tadqiqotlar ma’lumotlariga ko’ra, homilador ayol qoni zardobidagi C-reaktiv oqsil va
prokalsitonin miqdori 34 haftalikdan kichik muddatlarda QPMOYo mavjud bo’lgan homilador
ayollarda subklinik homilaichi infeksiyasini bashoratlashda diagnostik ahamiyatga ega bo’lib,
gestatsiyaning 28-33/6 haftalik muddatlaridagi ayollarda prokalsitoninning miqdori homiladagi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
infeksiyalarni realizatsiya qilishda birmuncha informativ ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biri
hisoblanadi.[27]
Ekstremal tana vazni va juda kam tana vazniga ega bo’lgan yangi tug’ilgan chaqaloqlarda erta
neonatal davrda infeksion asoratlar rivojlanishi xavfining yuqoriligi ushbu holatni erta
diagnozlash zarurligini talab qiladi. Chaqaloq hayotining dastlabki 48-72 soatlarida tug’ma
sepsis va tug’ma zotiljamni tashxislashda C-reaktiv oqsil miqdori unchalik yuqori bo’lmagan
sezgirlikka ega,ammo ba’zi hollarda yuqoridagi patologik holatlarda C-reaktiv oqsil va
prokalsitonin darajasining qonda yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lishi yuqori spetsifiklikka ega
bo’lishi mumkin. Ushbu ta’kidlab o’tish lozimki,yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotining 48-72
sutkalarida tug’ma sepsisni tashxislashda prokalsitonin miqdori yuqori diagnostik ahamiyatga
ega bo’lib hisoblanadi.[28]
Yuqoridagi mualliflar fikrlari va xalqaro klinik qo’llanmalarga asosan aytish
mumkinki,QPMOYo uchrovchi homilador va tug’uvchi ayollarda xavfsiz suvsizlik davrining
davomiyligi, tug’ruq induksiyasining eng optimal shakllari,onalar va bolalar hayotiga muqarrar
xavf soluvchi omillarning oldini olishni asoslaydigan akusherlik taktikasining to’liq asoslangan
prinsiplari haligacha mavjud emas.
Bugungi kunda,akusherlik amaliyotida QPMOYo uchragan homiladorlik va tug’ruqlarni olib
borishda shifokor taktikasi ko’p hollarda homiladorlikning muddatiga asoslangan bo’ladi.
Homiladorlikning 22-25 haftalik muddatlarida uchrovchi ushbu patologik holat homila uchun
salbiy oqibatlarga, ona salomatligi uchun esa yiringli-septik jarayonlar rivojlanishi uchun katta
xavf tug’dirgani sababli keyingi taktika maqsadli ravishda homilador ayollarda qon umumiy
tahlili, qon biokimyoviy analizi(C-reaktiv oqsil va prokalsitonin miqdorini aniqlashga
qaratilgan),tana haroratini o’lchash,siydikdan bakterial ekma tayyorlash,qin ajralmalarni
bakteriologik tekshirish,antibiotiklarga sezgirlikni aniqlash va koagulogrammada D-dimer oqsil
miqdorini nazorat qilishni dinamik olib borish yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarning
oldini oladi.[29,30] Va albatta,o’tkir tokoliz o’tkazilmaydi.
QPMOYo bilan bemorlarni olib borish taktikasi
Gestatsiyaning 25 haftalikdan keyingi muddatlarida ushbu patologiya aniqlanganda,shifokorning
taktikasi homila RDS profilaktikasini o’tkazish va onada septik yallig’lanish jarayonlari rivojini
oldini olish bilan birga homiladorlikni uzaytirishga qaratilgan tadbirlar yig’indisidan iborat
bo’ladi.[29,30]
Maqsadli ravishda homiladorlikni 34 haftalikkacha uzaytirish(olib borish) perinatal o’limlar
miqdori va yangi tug’ilgan chaqaloqlarda fiziologik va aqliy-psixik buzilishlar chastotasini
kamayishiga olib keladi.
QPMOYo uchrovchi homilador ayollarda tezda tug’dirib olishga ko’rsatmalar quyidagilardan
iborat – homila holatining yomonlashuvi, onalar hayotiga xavf soluvchi xorionamnionit va
boshqa asoratlarning rivojlanishi kabilar hisoblanadi.[29,30]
Gestatsiyaning 34 haftalik muddatlaridan keyin uchrovchi QPMOYo da taktika faol olib boriladi.
Tokolitik terapiya homilador ayollarda xorionamnionit rivojlanishi xavfini oshiradi va faqatgina
tokolitik terapiya homila RDS sindromi 1 kurs profilatikasini o’tkazish zaruriyati tug’ilganda
yoki homilador ayolni uchinchi darajadagi tug’ruq muassasasiga o’tkazish zarur bo’lganda
o’tkazilishiga ruxsat beriladi.[16,29]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ba’zi mualliflar QPMOYo fonida tug’ruq induksiyasini maslahat berishsa,boshqalari esa kutish
taktikasini taklif qilishadi.
Bir necha tadqiqotlar natijalariga ko’ra, tug’ruqqacha bo’lgan suvsizlik davrining davomiyligi 18
soatdan oshib ketganda, yetilmagan yangi tug’ilgan chaqaloqlarda infeksion asoratlar rivojlanishi
xavfi bir necha 10 barobarga oshishi aniqlangan.[31]
Shu bilan birga, tug’ruq induksiyasi usullari ya’ni oksitotsin,misoprostol,dinoprostol, mifepriston
yoki boshqa mexanik usullardan foydalanishni hal qilish haligacha ochiq savolligicha qolmoqda.
Va hozirgi paytda yiringli-septik asoratlar rivojlanish ehtimoli va suvsizlik davrining
davomiyligi orasidagi bog’liqlik haqida aniq bir fikrlar mavjud emas.
Xulosa
Qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi amaliy akusherlikda olib borilayotgan qator
izlanishlarga qaramasdan, dolzarb muammoligicha qolmoqda. Ushbu patologiyaning asoratlari
bilan tanishar ekanmiz, xavf omillarining oldini olish va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab
chiqishni yo’lga qo’yish onalar va bolalar o’limnini ahamiyatli darajada kamaytirishga sabab
bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.2019/ Кузнецова Н.Б., Буштырева И.О., Дыбова В.С., Баринова В.В., Дмитриева М.П .
Этиология и патогенез преждевременного разрыва плодных оболочек при недоношенной
беременности .
2.2018/ Кондратюк Д.В., Рыбалка А.Н., Шлапак И.М., Сулима А.Н. Этиопатогенез и
профилактика преждевременного разрыва плодных оболочек
3.Parry S., Strauss JF 3rd.Premature rupture of the fetal membranes.N Engl J
Med.1998;338(10):663-670.doi:10.1056/NEJM199803053381006
4.Bryant-Greenwood GD. The extracellular matrix of the human fetal membranes:structure and
function.Placenta. 1998;19(1):1-11.doi: 10.1016/s0143-4004(98)90092-3
5.Verbruggen SW, Oyen ML, Phillips AT,Nowlan NC. Function and failure of the fetal
membrane: modeling the mechanics of the chorion and amnion.PLoS One.
2017;12(3):e0171588.doi:10.1371/journal.pone.0171588
6.Kumar D,Moore RM, Mercer BM, et al.The physiology of fetal membrane weakening and
rupture: Insights gained from the determination of physical properties revisited. Placenta. 2016;
42:59-73 doi:10.1016/j.placenta.2016.2016.03.015
7.George RB, Kalich J, Yonish B, Murtha AP. Apoptosis in the chorion of fetal membranes in
preterm premature rupture of membranes.Am J Perinatol.2008;25(1)29-32.doi:10.1055/s-2007-
1004828
8.Сухих Г.Т., Серов В.Н.,Адамян Л,В.,Филиппов О.С.,Баев О.Р.,Клименченко Н.И.
Тетруашвили Н.К.,Тютюнник В.Л.,Ходжаева З.С.,Холин А.М. Преждевременный разрыв
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
плодных оболочек: клинические рекомендации(протокол).Москва: ФГБУ «НЦАГП
им.акад.В.И.Кулакова»Минздрава России; 2014.
9.Hamilton S.,Oomomian Y., Stephen G., Tower C.L, Garrod A., Lye S.J., Jones R.L.
Macrophages infiltrate the human and rat decidua during term and preterm labor: evidence that
decidual
inflammation
precedes
labor.
Biol.Reprod.2012;86(2):39.doi:10.1095/biolreprod.111.095505.
10. Gomez-Lopez N.Y.,Vadillo-Perez L.,Hernandez-Carbajal A., Godines-Enriquez M.,Olson
D.M.,Vadillo-Ortega F. Spesific inflammatory microenvironments in the zones of the fetal
membranes
at
term
delivery.
Am.J.Obstet.Gynecol.
2011;205(3):235.e15-
24.doi:10.1016/j.ajog.2011.04.019.
11.Storme L., Rakza T., Houfflin-Debarge V., Dufour P.,Bouissou A.,Subtil D., Deruelle P.
Consequences of premature rupture of the membranes in the perinatal lung Arch Pediatr.
2007;14(Suppl 1):S42-48.
12.Norman J.E., Bollapragada S.,Yuan M., Nelson S.M. Inflammatory pathways in the
mechanism of parturition.BMC Pregnancy and Childbirth.2007;7(Suppl 1):S7.doi:10.1186/1471-
2393-7-S1-S7
13. Индукция родов: клин.протокол мед. вмешательства №177 : одобрен Объедин.комис.
по качеству мед услуг М-ва здравоохранения Республики Казахстан от 13 янв.2023 г.
14. Г.Ж.Бодыков [ и др]. Особенности течения родов при дородовом разрыве плодных
оболочек. 2017.№4. С.40-43.
15. Diguisto ,C. Term Prelabor Rupture of Membranes :CNGOF Guidelines for Clinical Practice
–Definition,Epidemiology,
Complications
and
Risk
Factors/
C.Diguisto//
Gynecol.Obstet.Fertil.Senol. 2020 Jan.Vol.48, N 1.P.19-23.
16. Преждевременный разрыв плодных оболочек.Дородовое излитие околоплодных вод:
клин. Протокол диагностики и лечения №181: одобрен Объедин.комис.по качеству
мед.услуг М-ва здравоохранения Республики Казахстан от 26 мая 2023 г.
17.Ведение беременности, осложненной преждевременнымизлитием околоплодных вод
при недоношенной беременности/ А.В.Михайлов [ и др]|// Акушерство и
гинекология.2014. №2.С. 67-73
18.Increased susceptibility to hyperoxic lung injury and alveolar simplification in newborn rats
by prenatal administration of benzopyrene/ V.S.Thakur[et al]// Toxicol.Lett.2014 Oct.Vol.230,N
2.P.322-332.doi: 10.1016/j.toxlet.2014.03.00
19.Артымук,Н.В.Факторы риска прежвременного разрыва плодных оболочек у женщин с
преждевременными родами в Кемеровской области/ Н.В.Артымук, Н.Н.Элизарова
//Фундам.и клин. Медицина.2016.Т.1,№2.С.6-11.
20.Князева,Т.П.Причины и факторы риска преждевременного разрыва плодных оболочек
/Т.П.Князева// Дальневосточ.мед.журн. 2016.№2.С.128-135
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
21.Kondratyuk DV, Rybalka AN, Shlapak IM, Sulima AN.Etiopathogenesis and prevention of
premature rupture of fetal membranes. Tavricheskii Mediko-biol Vestn.2018;21(2-2):174-81.(In
Russ)
22.Gomez-Lopez N, Romero R, Panaitescu B, Miller D, Zou C, Gudicha DW, et al.Gasdermin
D:in vivo evidence of pyroptosis in spontaneous labor at term.J Matern Fetal Neonatal Med.2021
Feb;34(4):569-79.doi:10.1080/14767058.2019.1610740
23.Баев,О.Р.Диагностика преждевременного разрыва плодных оболочек на основании
биохимических тестов./ О.Р.Баев, Г.Б.Дикке// Акушерство и гинекология.2018.№9.С.132-
136.doi:10.18565/aig.2018.9.132-136
24.Clinical chorionamnionitis at term I: microbiology of the amniotic cavity using cultivation
and molechular techniques/ R.Romero[et al] // J.Perinat.Med.2015 Jan.Vol.43 N 1.P.19-
36.doi:10.1515/jpm-2014-0249
25. A rapid interleukin-6 bedside test for the identification of intraamniotic inflammation in
preterm labor with intact membranes/ P.Charmsaithong[et al] // Am. J.Obstetrics Gynecol.2013
Jan.Vol.208, N 1,suppl.5. doi:10.1016/j.ajog.2012.10.182
26.Clinical chorionamnionitis at term VI: acute chorionamnionitis and funisitis according to the
presence or absence of microorganisms and inflammation in the amniotic cavity/ R.Romero[et
al.]// J.Perinat.Med.2016 Jan.Vol.44, N 1.P.33-51.doi:10.1515/jpm-2015-0119
27.Accuracy of several maternal seric markers for predicting histological chorionamniotis after
preterm premature rupture of membranes: a prospective and multicentric study /J. Caloone [et al.]
//
Eur.J.Obstet.Gynecol.Reprod.Biol.2016
Oct.Vol.205.P.133-
140.doi:10.1016/j.ejogrb.2016.08.022
28.Диагностическая ценность прокальцитонина и С-реактивного белка при врожденных
инфекциях у детей с экстремально низкой и очень низкой массой тела при рождении/
О.В.Михайлова [ и др]/.Педиатр.фармакология.
2015.Т.12, №4. С.422-428.doi:10.15690/pf.v12i4.1423
29.Клинический протокол «Медицинское наблюдение и оказание медицинской помощи
женщинам в акушерстве и гинекологии» :постановление М-ва
злравоохранения
Респ.Беларусь, 20 февр.2018 г.,№17: в ред.постановления М-ва здравоохранения
Респ.Беларусь от 09.02.2024 г.
30. Патогенетические аспекты и перинаталные исходы при дородовом разрыве плодных
оболочек/ У.Р.Хамадьянов[ и др.]// Мед. вестн.Башкортостана.2015.Т.10,№6 .С.88-92
31.Herbst, A.Time between membrane rupture and delivery and septicemia in term neonates/ A.
Herbst,
K.Kallen
//
Obstet.Gynecol.
2007
Sep.Vol.110,
N
3.P.612-
618.doi:10.1097/01.АОГ.0000277632.361 86.84
