JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Abdurahmonova Rayhon Abduxopiz qizi
Guliston davlat universiteti lingvistika-
oʻzbek tili yoʻnalishi 1-kurs magistranti
rayhon0902@gmail.com
QOʻSHMA GAP HAQIDAGI UMUMIY QARASHLAR VA QOʻSHMA GAP TURLARI
Annotatsiya
: Ushbu maqolada bog'langan qo'shma gaplar haqida ba'zi olimlarning qarashlari
keltirib o'tilgan va qo'shma gaplarning turlari keltirilib, misollar asosida tahlil etilgan.
Kalit so'zlar:
qo'shma gaplar, mazmuniy munosabat, intonatsiya, konstruksiyalar.
Qoʻshma gapning ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmunan va grammatik qonun-
qoidalariga koʻra birikuvidan tashkil topishi haqidagi tushuncha tilshunoslik fanida azaldan
maʼlum. Lekin, shunday boʻlsa-da, qoʻshma gap tarkibiga kiritilgan gaplarni mustaqil holdagi
sodda gaplar bilan tenglashtirib boʻlmaydi. Ularda kommunikativ birlik va tugal fikr berilishi
alohida qoʻllanilgan sodda gaplarda boʻlgani singari ifodalanmaydi. Chunki fikr ifodasining
butunligi va tugalligi qo'shma gapning umumiy vazni zimmasiga tushadi. Qoʻshma gap sodda
gap bilan mustahkam bogʻlangan, biroq undan
ham struktur, ham uzatilayotgan axborot
miqdori va sifati nuqtayi nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma. [1,379]Shu bois qoʻshma
gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gap bilan oʻzaro munosabatida ochiladi. Lisoniy
struktura jihatidan qoʻshma gapning sodda gapdan farqi ma'lum darajada ravshan. Aniqrog'i,
sodda gapda shakllangan kesim bitta boʻlsa, qoʻshma gapda u birdan ortiq boʻladi va birdan ortiq
sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar:
Shahnoza tushlik uchun ovqat tayyorladi va kiyimlarni yuvdi. Mazmuni, grammatik tuzilishi
hamda intonatsiyasiga koʻra bir butunlikni tashkil etgan, bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi
vositalar yordamida birikkan konstruksiyalar qoʻshma gapni tashkil etadi. "Qo'shma gap
sintaktik butunlikning eng yuqori shaklidir. Sodda gap bilan qo'shma gaplar o'rtasidagi eng
asosiy va muhim farqlardan yana biri shuki, sodda gap birgina predikativ markazdan tashkil
topadi. Qo'shma gapda esa bunday markaz ikkita yoki undan ko'p bo'ladi "[4,-В.195] .
Qoʻshma gap shaklan birdan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tarkib topib, bu sodda
gaplar mazmunan yaxlit holda birikib, umumiy bir fikrni, maqsadni ifodalaydi. Bunday gaplar
turli bogʻlovchilar yoki bogʻlovchi vazifasidagi vositalar, yohud intonatsiya yordamida oʻzaro
birikadi. Qoʻshma gapning asosiy belgilari quyidagicha:
1. Qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-birini yoki biri ikkinchisini mazmunan
izohlaydi va har ikkisi birikib, umumiy fikrni reallashtirish uchun xizmat qiladi. Masalan,
Qoʻshning tinch — sen tinch. (Maqol.) Bu qoʻshma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir fikrni
— kishining tinchligi nimaga bogʻliq boʻlishini ifodalaydi, har bir sodda gap alohida olinganda
esa, bu mazmun anglashilmay qoladi.
2. Qoʻshma gap tarkibidagi gaplar mazmun jihatdangina emas, grammatik tomondan ham
bir-biriga bogʻliq boʻladi. Bu xil gaplar kesimining bir xil yoki bir-biriga mos shaklda ekanligi,
ularda umumiy darajali boʻlaklarning boʻlishi, sodda gaplar tarkibida mazmunan izohlanayotgan
boʻlaklarning mavjudligi, kesimlar bir xil boʻlganda, ularning bir oʻrinda umumlashgan holda
berilishi va boshqa xususiyatlar — qoʻshma gap tarkibiy qismlarini grammatik struktura
tomondan bir-biriga yaxlit bogʻlab qoʻyadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3.Qoʻshma gap tarkibidagi gaplarning intonatsiya jihatdan ham oʻziga xos xususiyati bor:
bir gapning intonatsiyasi, shuningdek, har ikki gap orasidagi pauza ikkinchi bir gapni talab etadi,
intonatsiya qoʻshma gapning oxirida tugallanadi.Demak,qoʻshma gapni tashkil etgan gaplar
mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi bilan alohida qoʻllanuvchi mustaqil sodda
gaplardan farq qiladi. Shuning uchun ham har qanday sodda gapni briktirib qoʻshma gap
hosil qilishi mumkin emas. Oʻzbek tilida qoʻshma gaplar ma'lum mazmun munosabatlarini
ifodalash grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra uch tipga boʻlinadi.
1) bog'lovchisiz qoʻshma gaplar;
2) bogʻlangan qoʻshma gaplar ;
3)ergashgan qoʻshma gaplar. [2, -B.114].
Qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda
gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bogʻlovchilar, yuklamalar, olmoshlar,
ohang)yordamida bogʻlanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo ‘shma gap
tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi tushuniladi. Har qanday sodda gap
oʻzaro bogʻlanib, qoʻshma gapni hosil qila bermaydi. Faqat o‘zaro mazmuniy muvofiq boʻlgan
gaplargina bir-biri bilan bogʻlanib, qoʻshma gapni tashkil etadi. Masalan: Qor yogʻdi va gullar
ochildi, Bahor keldi, paxta
terimi boshlandi boʻlmaydi, chunki bu gaplar bir-biri bilan
mazmunan muvofiq kelmaydi. Qoʻshma
gapni
tashkil
etgan
sodda gaplar alohida
qoʻllangan sodda gaplar bilan teng emas. Alohida qoʻllangan sodda gaplar grammatik, mazmun
va ohang tugalligiga ega boʻladi. Ammo qoʻshma
gap tarkibidagi sodda gaplar esa bunday
xususiyatga ega emas. Ularning har biri garchi gapning asosiy belgisini o‘zida namoyon etsa
ham, grammatik, mazmun va ohang tugalligi qoʻshma gapning oxirida namoyon boʻladi.
Shuning uchun qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida-alohida gaplar emas, balki bir
umumiy gapning qismlari sanaladi. Bir qismning ohangi ikkinchi qismni talab qilib turadi.
Masalan: Suv keldi — nur keldi. [3,-B.548].Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar teng va
ergashtiruvchi bog'lovchilar, bog'lovchi-yuklamalar, fe'lning vazifaviy shakllari, nisbiy so‘zlar
va faqat ohang vositasida o‘zaro bog'lanadi. Qo'shma gaplar ana shu bog‘lovchi vositalariga
ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo'shma gaplar.
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo'shma gaplar.
3. Fe'lning vazifaviy shakllari yordamida bogʻlangan qo'shma gaplar.
4. Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo'shma gaplar.
5. Nisbiy so'zlar vositasida bog‘langan qo'shma gaplar.
6. Faqat ohang vositasida bog‘langan qo'shma gaplar.
Qo'shma gap tarkibiy qismlarini bir-biriga bog'lashga xizmat qiluvchi kim...u, qayerda... o ‘sha
yerda, qancha... shuncha, qachon... o ‘sha vaqtda, qaysi... o'sha, qayerda... uyerda,
qachon...o'shanda, kim... o'sha kabi so'zlar nisbiy so‘zlar deb ataladi. Nisbiy so'zlarning birinchi
so‘zi so'roq olmoshlari bilan, ikkinchi qismi esa ko‘p hollarda ko'rsatish yoki kishilik olmoshlari
bilan ifodalanadi [5,-B.168,169].
Tilning birlamchi fikr anglatish birligi — sodda gapshakl; qo‘shmagapshakl esa sodda
gapshaklga nisbatan ikkilamchi, tuzma sintaktik birlik. Mazmunan o‘zaro zich bog‘liq ikki (va
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
undan ortiq) sodda gapshakllarning gaplik ohangi bilan yaxlitlanishi natijasida tuziladigan
sintaktik birlikka qo‘shma gapshakl deyiladi. Bu ta'rifda qo‘shma gapshakllarning barcha turlari
uchun umumiy bo‘lgan to‘rt belgi hisobga olindi:
I) sodda gapshakllarning mavjud bo‘lishi,
2) kamida ikkita sodda gapshaklning mavjud bo‘lishi,
3) bunday gapshakllarning mazmunan o‘zaro zich bog‘liq bo‘lishi,
4) birgalikda gaplik ohangi bilan yaxlitlanishi
O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, qo‘shma gapshaklga yaxlitlanuvchi
gapshakllardan birinchisining kesimi −b ravishdoshi shaklida
ishlatilishi mumkin: Bahor kelib, tabiat jonlandi kabi (Xuddi shunday holat uyushiq qator bilan
ifodalanadigan kesimda ham mavjudligi o‘z o‘rnida ta'kidlandi). Bunday ishlatishda birinchi
qism kesimi shaxs−son, zamon ma'nosiniifodalash jihatidan betaraf bo‘ladi, uning bunday
ma'nolari ikkinchi qism kesimi – tuslangan leksemashakl asosida belgilanadi. Shaxs−son, zamon
ma'nolarining betaraflashuviga qaramay −b ravishdoshi shaklidagi bunday leksemashakl
kesimlik xususiyatini, demak, bunday kesim qatnashadigan birinchi qism gapshaklga tenglik
xususiyatini yo‘qotmaydi; faqat grammatik ma'nolarning ifodalanishida o‘ziga xos umumlashish
voqe
bo‘ladi. Asli −b ravishdoshi shaklidagi leksemashakl ham boshqa ravishdosh yasovchilari
shaklidagi leksemashakllar qatori hollovchi vazifasida ishlatiladi(Hollovchi tasvirlangan bahsga
qarang). Boshqa ravishdosh yasovchilaridan farqli holda −b ravishdosh yasovchisida tobe
holatdagi kesimni shakllantirish vazifasi ham mavjud [6,-B.392].
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R Sayfullayeva, B Mengliyev., G Boqiyeva Hozirgi o'zbek adabiy tili sintaksisi, III-tom. –
Toshkent: 2006. –B.345.
2. G' Abdurahmonov., A Sulaymonov., X Xoliyorov., J Omonturdiyev Hozirgi o'zbek
adabiy tili. –T: O'qituvchi, 1979. –B.111.
3. A. Nurmonov , A. Sobirov , N. Qosimova " Hozirgi o'zbek adabiy tili" I , II ,III kitoblar
Toshkent - "ILM ZIYO" - 2013
4. A Г Гуломов, М А Аскарова Хозирги узбек адабий тили синтаксиси -
Тошкент.:Укитувчи,1965. - С.315.
5. X Muhiddinova, D Xudoyberganova, I
Umirov Hozirgi o'zbek adabiy tili -
Toshkent :O‘qituvchi, 2006. -B.207.
6. Sh Rahmatullayev Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -T:O'qituvchi, 2006.-B.476.
