JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Abdujabborov Shohruhbek Abrorjon o‘g‘li
Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik kafedrasi “Amaliy siyosatshunoslik”
mutaxassisligi 1-kurs magistranti
E-mail:
Toshkent, O‘zbekiston
ADOLATLI SAYLOV-SIYOSIY HOKIMIYATNI LEGITIMLASHTIRISH
TEXNOLOGIYASI SIFATIDA
Annotatsiya:
Saylov – bu fuqarolarning davlat hokimiyatiga yoki mahalliy organlariga o‘z
vakillarini saylash va siyosiy qarorlar qabul qilishda ishtirok etish jarayonidir. Saylov orqali
fuqarolar o‘z irodasini erkin bildiradi hamda u demokratik tizimlarda hokimiyatning qonuniyligi
ifodalashning
asosiy
vositasi
hisoblanadi.
Adolatli
saylov
siyosiy
hokimiyatni
legitimlashtirishning asosiy texnologiyasi sifatida xizmat qiladi, chunki u xalqning erkin va teng
huquqli ishtirokiga asoslanadi. Mazkur maqolada, saylov jaroyonlarini shaffofligini va adolatli
shakllanishini yoritish uchun siyosiy tatqiqotlarda foydalaniladigan metod va texnalogiyalar
orqali ko‘rib chiqadi.
Kalit so‘zlar:
Saylov, saylov tizimi, saylov turlari, saylov kampaniyasi, siyosiy hokimiyat,
davlat, legitimlashtirish, siyosiy jarayonlar, fuqaro, siyosiy ishtirok.
СПРАВЕДЛИВЫЕ ВЫБОРЫ КАК ТЕХНОЛОГИЯ ЛЕГИТИМИЗАЦИИ
ПОЛИТИЧЕСКОЙ ВЛАСТИ
Аннотация:
Выборы – это процесс участия граждан в выборах своих представителей в
государственную власть или местные органы власти и принятии политических решений.
Посредством выборов граждане свободно выражают свою волю и являются основным
средством выражения законности власти в демократических системах. Справедливые
выборы служат основной технологией легитимации политической власти, поскольку они
основаны на свободном и равноправном участии народа. В данной статье
рассматриваются методы и технологии, используемые в политических исследованиях для
освещения прозрачности и справедливого формирования избирательного процесса.
Ключевые слова:
Выборы, избирательная система, виды выборов, избирательная
кампания, политическая власть, государство, легитимация, политические процессы,
гражданин, политическое участие.
FAIR ELECTIONS AS A TECHNOLOGY FOR LEGITIMIZING POLITICAL POWER
Abstract:
Elections are the process of participation of citizens in the election of their
representatives to state or local authorities and political decision-making. Through elections,
citizens freely express their will and are the primary means of expressing the legitimacy of
power in democratic systems. Fair elections serve as the main technology for legitimizing
political power, since they are based on free and equal participation of the people. This article
examines the methods and technologies used in political research to highlight the transparency
and fairness of electoral processes.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Key words:
elections, electoral system, types of elections, electoral company, political power,
state, legitimation, political processes, civil, political participation.
KIRISH
Saylov – davlatning demokratik shakllanishining siyosiy jarayoning muhim qismi,
fuqarolar o‘z vakillarini davlat hokimiyati organlariga ovoz berish orqali siyosiy jarayonda
ishtirok etadi. Demokratik davlatlar jamiyatida saylovlar erkinlik, tenglik va adolat tamoyillariga
asoslanadi. Ular xalqning siyosiy irodasini ifoda etish va hokimiyatni qonuniy, huquqiy va
adolatli shakllantirish vositasidir.
Saylov jarayonida siyosiy texnologiyalarni qo‘llash mamlakatdagi saylov tizimiga, bu
jarayonni tartibga soladigan qonunlar na jamiyatdagi an’analarga bog‘liq bo‘ladi. Nomzodlarga
qo‘yiladigan talablar, saylovlarni tashkil etishga javobgar organlar faoliyati ning asosiy
yo‘nalishlari, saylovchilar va saylov birlashmalarining maqomi, saylovoldi tashviqoti qoidalari,
ovoz berish tartibi va shikoyat qilish usullari huquqiy me’yorlarda o‘z aksini topadi.
Ushbu maqolaning maqsadi, saylovlarning siyosiy hokimiyatni legitimlashtirishdagi rolini,
ularning asosiy tamoyillarini va adolatsiz saylovlarning oqibatlarini, saylov kampaniyasi, turlari
va tizimini, shuningdek saylov jarayonlarini adolatli tashkil qilinishi tahlil qilinadi. Shu bilan
birga saylov jaroyonlarining demokratik siyosiy tizimi, hamda davlatning siyosiy hokimiyatni
legitimlashtirish texnologiyasi sifatida ahamiyatini aniqlashni maqsad qilamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xalqaro saylov normalariga va standartlariga muvofiq davlat saylov tizimi turini mustaqil
ravishda belgilaydi, hamda uni xalqaro normalariga va standartlarga mos ravishda demokratik
tarzda amalga oshiradi. Saylov tizimini tanlash eng avvalo, davlatning ichki xususiyatlari, milliy
konstitutsiya qoidalari, siyosiy tizim, tarixiy an’analar, partiyaviy qurilishning rivojlanish
bosqichi, jamiyat talablari va shu kabilar bilan belgilanadi. Bunda davlatlar tanlov turini tanlash,
fuqarolar huquq va erkinligini, xalqaro majburiyatlarni hamda demokratik saylovlar sohasidagi,
xalqaro saylov normalari va standartlari huquqlarini buzmasligi va cheklamasligi kerak.
Siyosiy
hokimiyatning legitimligi demokratik jamiyatlarda xalqning roziligiga asoslanadi. Adolatli va
erkin saylovlar ushbu rozilikni ta’minlashning asosiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi va
zamonaviy demokratik jamiyatlarning ajralmas institutidir. Saylovlar fuqarolarga o’z vakillarini
erkin tanlash, ovoz berish imkonini beradi va hokimiyatning xalq manfaatlariga mos kelishini
kafolatlaydi. Shu sababli, saylovlarning adolatli, shaffof va erkin o‘tishi siyosiy hokimiyat
legitimlikliligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat
xavfsizligining ta’minlanishidemokratik saylov tamoyillari-ning qay darajada ro‘yobga chiqi-
shiga ham bevosita bog‘liqdir. Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda
chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining
asosi ekanligi va har bir shaxsning o‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali
qatnashish huquqi ko‘pgina xalqaro hujjatlarda alohida ta’kidlangan. Fuqarolarning bevosita
saylov jarayonida, o‘zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish
1
R.Jumayev, Sh.Yovqochev. Siyosiy texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma.–T.: TDShI, 2018. – 99 b.
2
Выборы в мире: избирательные системы / И. Б. Борисов, А. Г. Головин, А. В. Игнатов;
под общ. ред. И. Б. Борисова. — СПб.: ИВЭСЭП, 2015. — 200 с.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
huquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlat qay darajada
demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga baho berish mumkin.
Saylov tizimi — bu davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda saylov o‘tkazish
tartiblarini o‘rnatuvchi xalqaro normalar va standartlari kompleksi hamda fuqarolarning siyosiy
ishtirokini taʼminlovchi qonuniy tartibi bo‘lib, unda fuqarolarning ovozlari qanday tartibda
hisoblanishi va natijada qanday qilib vakillar yoki rahbarlar aniqlanishini belgilovchi siyosiy va
huquqiy mexanizmdir. U demokratik boshqaruvda muhim o‘rin tutadi. Saylov tizimi davlat
vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish,
saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan uzaro munosabatlarini belgilaydigan
tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Saylov tizimining asosiy 2
komponenti mavjud, ular:
Saylov jarayoni — saylov jarayonidagi harakatlar majmuini ifodalaydi;
Saylov huquqi — saylov jarayonini tartibiga oid huquqiy normalar majmuidir.
Hozirgi vaqtda jahon mamlakatlarida saylov tizimi bo‘yicha 3 ta turi mavjud, ular:
Majoritar saylov tizimi;
Proporsional saylov tizimi;
Aralash saylov tizimi.
Majoritar saylov tizimi (frans. majorite – ko‘pchilik, lat. major – katta), eng qadimiy va
keng tarqalganlan saylov tizimini biridir. Bu tizimga ko‘ra, qonun bilan belgilangan saylovda
eng ko‘p ovoz olgan nomzod (yoki nomzodlar ro‘yxati) yoki partiya muayyan okrug bo‘yicha
saylangan hisoblanadi. Unga ko‘ra “g‘olib hammasini oladi” tamoyiliga asoslanadi va siyosiy
vakillarni tanlashning eng sodda va keng tarqalgan saylov turining biridir. Majoritar tizim asosan
bir mandatli saylov okruglarida qo‘llaniladi, bunda har bir okrugdan faqat bitta vakil saylanadi.
U oddiy va tushunarli mexanizmga ega bo‘lgani uchun ko‘plab davlatlar tomonidan qo‘llaniladi.
Majoritar saylov tizimining asosiy 3 ta turi mavjud, ular kuyidagilar:
Mutlaq ko‘pchilik;
Nisbatan ko‘pchilik;
Malakali ko‘pchilik.
3
Omonov B., Isanova G. Siyosiy tizim. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, Mumtoz so’z, 2023. – 144
bet
4
Omonov B., Isanova G. Siyosiy tizim. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, Mumtoz so’z, 2023. – 145
bet
5
Казим Столяров. Преподаватель политологии в Московском Международном
Университете. “Основные компоненты избирательной системы”.
com.com/spravochnik/politologija/izbiratelnaja-sistema-i-ee-komponenty/izbiratelnaja-sistema/
6
Omonov B., Isanova G. Siyosiy tizim. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, Mumtoz so’z, 2023. – 146
bet
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Birinchi turiga asoslangan majoritar tizimida saylanish uchun berilgan va haqiqiy deb tan
olingan saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini (50% + 1 ovoz) to‘plash kerak. Agar
saylovchilarning ovozlari turli nomzodlar o‘rtasida taqsimlansa va nomzodlardan hech biri zarur
miqdordagi ovozlarni ololmasa, saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkazilib, unda, odatda, birinchi
bosqichda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod saylovchilarning ovoziga qo‘yiladi. Ikkinchi turda
nisbatan ko‘p ovoz olgan nomzod g‘alaba qozonadi. Har doim faqat haqiqiy deb tan olingan
ovozlar hisobga olinadi, masalan, haqiqiy bo‘lmagan byulletenlar (saylovchi o‘z xohish-irodasini
bildirmagan va boshqalar) hisobdan chiqariladi. Ba’zi mamlakatlarda parlament quyi palatasi
deputatlarini ikkinchi turga saylashda uch va undan ortiq nomzod ko‘rsatilishi mumkin
(Fransiyada birinchi turda 12,5 foizdan ortiq ovoz olganlarning barchasi, Vengriyada - 15
foizdan ortiq). 2 nafardan ortiq nomzod bo‘lsa, ikkinchi turdagi yakuniy hisob-kitob ham nisbiy
ko‘pchilik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi turiga asoslangan majoritar tizimida har qanday boshqa nomzodga nisbatan
ko‘proq ovoz olgan nomzodning saylovda g‘alaba qozonishini nazarda tutadi. Saylovlar birinchi
turdayoq yakunlanadi, chunki nomzodlardan birortasi nisbiy ko‘pchilikni qo‘lga kiritadi. Nisbiy
ko‘pchilikning majoritar tizimi mamlakatda barqaror ikki partiyaviy tizim mavjud bo‘lganda va
asosan ushbu partiyalarning nomzodlari o‘zaro raqobatlashganda samarali bo‘lishi mumkin.
Ammo bunday sharoitda ham partiya nomzodlari saylovchilarning yarmidan kam ovozini
to‘plashi, ammo ko‘pchilik o‘rinlarni egallashi mumkin (masalan, 1992-yilda Buyuk
Britaniyadagi Leyboristlar partiyasi nomzodlari 42 foiz ovoz to‘plagan bo‘lsa-da, parlamentda
51 foiz o‘rin olgan). Bunda kam ovoz olgan va ko‘pchilik saylovchilar tomonidan qo‘llab-
quvvatlanmagan nomzodlar saylanishi mumkin. Bunday tartibni qisman tuzatish uchun qonunlar
o‘tish ballini nazarda tutadi, undan pastga saylanish hisobga olinmaydi.
Uchinchi turiga asoslangan majoritar tizimida qonun saylovning birinchi bosqichidayoq
saylanish uchun nomzod olishi kerak bo‘lgan ovozlarning ma’lum foizini (har doim yarmidan
ancha ko‘p) belgilaydi (masalan, Chilida birinchi bosqichda saylanish uchun deputat 2/3 ovoz
olishi kerak).
Majoritar saylov tizimining xususiyatlari:
Saylov bir mandatli okruglar asosida o‘tkaziladi;
Har bir okrugdan faqat bitta nomzod saylanadi;
Natijalarni aniqlash oson va tushunarli. Ko‘pchilikning ovozi bilan g‘olib aniqlanadi (nisbiy
yoki mutlaq ko‘pchilik);
Ovozlar boshqa nomzodlar o‘rtasida taqsimlanmaydi.
Majoritar saylov tizimining afzalliklari:
Aniqlik va tushunarlilik: Oddiy va tushinarli hisoblash mexanizmi;
Barqarorlik
:
Yakka partiyali hukumat shakllanishini osonlashtiradi
,
barqaror hukumat
shakllanishi osonlashadi, hududiy manfaatlar hisobga olinadi;
Adolatli vakillik: Kichik partiyalar imkoniyat oladi;
Ovozlar samaradorligi: Ovozlar “behuda” ketmaydi, nomzodlar oʻz okrugi aholisiga masʼul;
Xilma-xillik: Turli guruhlar vakillik qiladi;
Inkluzivlik: Ko‘proq guruhlar jalb qilinadi.
7
Чиркин Вениамин Евгеньевич. Первая публикация: Большая российская энциклопедия,
2011.
https://bigenc.ru/c/mazhoritarnaia-izbiratel-naia-sistema-613e94
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Majoritar saylov tizimining kamchiliklari:
Koalitsion hukumatlar murakkablik keltiradi, hamda saylovchilar va vakillar o‘rtasidagi
bog‘lanish kamayadi;
Ko‘p kichik partiyalar va guruhlar paydo bo‘lishi mumkin va ularni manfaati e’tiborsiz
qolishi mumkin;
Saylovchilarning barcha ovozlari teng ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin (ayniqsa, ko‘p nomzod
bo‘lsa) 49% ovoz olgan nomzod magʻlub hisoblanadi;
Nisbatan kam ovoz olgan nomzodlar ham g‘olib bo‘lishi mumkin (agar bo‘linish bo‘lsa).
Majoritar tizim — siyosiy barqarorlik va aniq g‘oliblikni ta’minlovchi saylov tizimi.
Biroq u siyosiy xilma-xillik va vakillik muvozanatini har doim ham to‘liq ifodalay olmaydi,
hamda barqarorlik va soddalikni ta’minlasa-da, uning adolatsiz taqsimotga olib kelishi mumkin.
Shu sababli ayrim davlatlar bu tizimni Proporsional tizim bilan birgalikda (aralash) qo‘llaydi.
Shuningdek, mahalliy darajada fuqarolarning haqiqiy vakilligini taʼminlash uchun tizimni isloh
qilish zarur.
Proporsional saylov tizimi — bu saylovda siyosiy partiyalar saylovda yoki nomzodlar
guruhlari olgan ovozlar ulushiga qarab parlamentda yoki boshqa saylanadigan organlarda
o‘rinlarga ega bo‘ladigan tizimdir. Bu tizim demokratik jamiyatlarda saylovchilarning siyosiy
xilma-xil manfaatlarini aks ettirishga xizmat qiladi va ko‘pincha ko‘p partiyali tizimlarda
qo‘llaniladi.
Proporsional saylov tizimidan ko‘pmandatli saylov okruglarida tashkil etilgan saylovlarda
foydalaniladi. Bunda saylovchi vakillik organlariga ko‘rsatilgan bitta nomzod uchun emas, balki
saylovbirlashmasi yoki partiya syezdida tasdiqlangan bir necha kishilik nomzodlar ro'yxatiga
ovoz beradi. Natijada, tegishli organdagi o‘rinlar partiya olgan ovoziga qarab, Proporsional
ravishda taqsimlanadi.
Proporsional saylov tizimi uncha katta bo‘lmagan saylov bloklari va siyosiy
partiyalarning vakillik organlaridan joy egallashiga imkon beradi. Amaliyotning ko‘rsatishicha,
bu holat parlamentdagi siyosiy kuchlarning kichik guruhlarga
parchalanishiga olib keladi. Natijada, parlament faoliyati “falajlanib” qolishi ehtimoli paydo
bo‘ladi. Bunday holatning oldini olish uchun, vakillik organi tarkibiga kirish uchun o‘ziga xos
“chegaralovchi to‘siq” o‘rnatiladi. Ya’ni, partiyalar saylovchilar ovozining ma’lum foizini
to'plashlari talab etiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Proporsional saylov tizimida saylovchi bir nomzodga emas,
balki partiya yoki saylov birlashmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar ro‘yxatiga ovoz beradi.
Odatda, bu ro‘yxatda ko‘rsatilgan nomzodlar
soni mandatlar sonidan ortiq bo‘ladi. Shu sababli ro‘yxatda ko‘rsatilgan nomzodlardan kim
parlament deputati bo‘lishi ikki tamoyil asosida hal qilinadi. Birinchisi - navbatiga ko‘ra, ya’ni
ro‘yxatning boshida turganlar birinchilardan bo‘lib, parlament a’zoligiga o‘tadi. Ikkinchisi -
preferensiallik tamoyiliga ko‘ra,
ya’ni saylovchiga ro'yxatda ko'rsatilgan biror nomzodni belgilash huquqi beriladi. Ta’kidlash
joizki, Proporsional saylov tizimi faqat kollegial organlarga (masalan, parlament) o‘tkaziladigan
saylovlardagina qo‘llanishi mumkin. Bu saylov tizimiga aksariyat g‘arbiy Yevropa davlatlari
amal qiladilar.
8
Bo‘tayev, U.X. Siyosatshunoslik [Matn]: darslik/ U.X.Bo‘tayev-Toshkent: Info Capital Books,
2024.-279-280 b.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Proporsional saylov tizimining turlari:
1. Partiya ro‘yxatiga asoslangan tizim saylovchilar partiyaga ovoz beradi, o‘rinlar
ro‘yxatdagi nomzodlarga taqsimlanadi. Ular quydagicha:
Yopiq ro‘yxat;
Ochiq ro‘yxat.
2. Bitta o‘tkaziladigan ovoz (Single Transferable Vote) saylovchilar nomzodlarni afzallik
tartibida belgilaydi, ovozlar qayta taqsimlanadi.
Proporsional saylov tizimining xususiyatlari:
Saylovchilar odatda odatda nomzodlarga emas partiyalarga ovoz beradi, partiyalar esa
oldindan tuzilgan ro‘yxatlar orqali parlamentga nomzodlarini taqdim etadi;
Saylovlar ko‘p mandatli okruglarda o‘tkaziladi;
Har bir partiya egallagan o‘rinlar soni ularning olgan ovoziga mutanosib tarzda aniqlanadi;
Partiya olgan ovozlar foiziga qarab parlamentdagi o‘rinlar taqsimlanadi. Masalan, agar
partiya 30% ovoz olsa, u taxminan 30% o‘rin oladi.
Proporsional saylov tizimining ijobiy taraflari:
Proporsional tizim siyosiy adolatni ta’minlaydi: har bir partiya saylovda olgan ovozi
darajasida vakillikka ega bo‘ladi;
Kichik partiyalarning parlamentga kirish imkoniyati yuqori bo‘ladi;
Fuqarolarning siyosiy irodasi parlament tarkibiga kengroq aks etadi;
Inkluzivlik: Ko‘proq guruhlar jalb qilinadi va turli ijtimoiy guruhlar vakillik qiladi.
Proporsional saylov tizimining salbiy taraflari:
Ko‘p partiyali parlament shakllanadi, bu esa barqaror hukumat tuzishni qiyinlashtiradi
hamda koalitsion hukumatlarga olib kelishi mumkin va qaror qabul qilish jarayonini
murakkablashtiradi;
Saylangan vakillar saylovchilarga emas, partiyaga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘p kichik partiyalar paydo bo‘lishi mumkin, shuningdek siyosiy tizimni parchalanib
ketishiga olib kelishi mumkin.
Ovozlarning taqsimlanishi va hisoblanishi majoritar tizimga qaraganda murakkabroq.
Proporsional saylov tizimi fuqarolarning siyosiy qarashlarini va kengroq doiradagi
manfaatlarini to‘liqroq aks ettirishga imkon beradi, shuningdek ushbu tizim demokratik
jamiyatlarda xilma-xil siyosiy kuchlarning ishtirokini ta’minlaydi. Biroq, uning samaradorligi,
barqarorligi va boshqaruv yengilligini ta’minlash uchun qonuniy baza, saylov organlarining
9
ЦИК РФ. Методические рекомендации по выбору вида пропорциональной избирательной системы
при подготовке проекта закона субъекта Российской Федерации о выборах депутатов
законодательного (представительного) органа государственной власти субъекта Российской
Федерации, утв. Постановлением Центральной избирательной комиссии РФ от 25 декабря 2002 г. №
167/1419-3.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
mustaqilligi va siyosiy madaniyatga bog‘liq, shuning uchun ayrim hollarda aralash saylov tizimi
qo‘llaniladi.
Aralash saylov tizimi — bunda ikki tizim ya’ni majoritar va proporsional ovoz berish
tizimlarining elementlarini birlashtiradi. Bu bir mandatli okruglar orqali fuqarolarning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakilligi va parlamentdagi partiyalar o‘rtasidagi o‘rinlarning mutanosib
taqsimlanishi o‘rtasidagi muvozanatga erishish imkonini beradi, bu esa ovozlarni yanada adolatli
va demokratik taqsimlashga yordam beradi.
Ushbu tizim siyosiy partiyalarning siyosiy jarayonda ishtirok etish imkoniyatlarini
kengaytirish orqali ularni faollashtirishi, turli ijtimoiy va siyosiy guruhlarning vakilligini
oshirishi, shuningdek, siyosiy raqobatni kuchaytirishga hissa qo‘shishi mumkin.
Saylov kampaniyasi — bu nomzodlarni yoki siyosiy partiyalarni saylovchilarga
tanishtirish, ularning dasturlarini yoritish, eʼtiborini jalb qilish va ovoz olish maqsadida olib
boriladigan tashkiliy targʼibot va tashviqot faoliyati, siyosiy va axborot tadbirlari majmuasidir. U
saylov jarayonining muhim bosqichi boʼlib, bunda saylov kampaniyasi nomzodlari va siyosiy
partiyalarning platformalarini, gʼoyalarini va vaʼdalarini saylovchilarga yetkazishga xizmat
qiladi.
Saylov kampaniyasi - bu katta tadbir. Bu korxona, har qanday ishlab chiqarish tuzilmasi
kabi, aholi ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqaradi. Boshqa har qanday korxona
kabi saylov kampaniyasi ishlab chiqarish tashkilotining faoliyat ko‘rsatishi - huquq va
majburiyatlarni taqsimlash qonunlariga rioya etilishini talab qiladi, hokimiyat va mas’uliyat,
topshiriqlarni nazorat qilish va bajarish. Biroq, saylov kampaniyasi - bu siyosiy tadbir, bu uning
ishini ancha murakkablashtiradi. Gap shundaki, saylov kampaniyasida "ishlab chiqarish
jarayoni" va ishni tashkil etishning o‘ziga mamlakatda va xorijda oddiy saylovchidan tortib, to
oliy hokimiyat organlarigacha bo‘lgan turli siyosiy subyektlarning “ishonch – ishonchsizlik”,
“qo‘llab-quvvatlash - qarshilik ko‘rsatish” kabi omillari bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
NATIJALAR
Amerika Qoshma Shtatlari majoritar saylov tizimining asosan nisbiy ko‘pchilik turiga
asoslangan va barcha shtatlarda "g‘olib barchasini oladi" siyosati mavjud bo‘lib, unda shtat faqat
butun shtat bo‘ylab umumiy ovoz berish g‘olibiga e’tiborini qaratadi. Biroq ushbu tamoyil Meyn
va Nebraska shtatlari mustasno, sababi, har bir Kongress okrugi doirasidagi umumiy ovoz berish
g‘olibiga qarab individual saylovchilarni, keyin esa butun shtat bo‘ylab umumiy ovoz berish
g‘olibiga qarab 2 ta “katta” saylovchilarni tayinlaydi. Quyida AQShning saylov turlariga ko‘ra
majoritar tizimning qo‘llanilishi:
1. Prezident saylovlari. Saylovchilar kollegiyasi 538 nafar saylovchidan iborat. Prezidentni
saylash uchun saylovchilarning 270 ta ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Sizning shtatingiz
Kongress delegatsiyasi a’zolari bilan bir xil miqdordagi saylovchilarga ega: Vakillar palatasining
10
Ш.М.Ходжаев. Главный научный сотрудник сектора анализа в сфере общественно-
политического развития
Института законодательства и правовой политики при
Президенте Республики Узбекистан // Институт законодательства и правовой политики.
URL:
11
В.Н. Амелин, З.М. Зотова Эффективное управление избирательной кампанией — М.:
РЦОИТ, 2001.-14 b.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
har bir a’zosi uchun bittadan va ikkita senator. Umumiy saylovlar har to‘rt yilda bir marta noyabr
oyining birinchi dushanbasidan keyin seshanba kuni o‘tkaziladi. Prezidentlik nomzodiga ovoz
berganingizda, siz aslida o‘z nomzodingizning afzal ko‘rgan saylovchilari uchun ovoz berasiz.;
2. Kongress saylovlari (Senat va vakillar palatasi);
3. Shtat va mahalliy saylovlari;
4. Praymeriz.
AQSh saylov tizimi oʻzining barqarorligi va anʼanaviyligi bilan ajralib turadi va majoritar
tizimning nisbiy ko‘pchilik turiga asoslanadi. Prezident saylovlarida Saylov kollegiyasi tufayli
bu tizim shtat darajasida nisbiy ko‘pchilik sifatida qo‘llaniladi, lekin umumiy natija saylov
ovozlarga bog‘liq. Kongress, shtat va mahalliy saylovlarda ham nisbiy ko‘pchilik tizimi
hukmron bo‘lib, mutlaq ko‘pchilik yoki boshqa usullar kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. Bu
tizim soddaligi bilan ajralib tursa-da, kichik partiyalarning imkoniyatlarini cheklashi va Saylov
kollegiyasining nomutanosibligi tanqid qilinadi.
Shvetsiya – konstitutsion monarxiyaga respublika bo‘lib, saylovlar asosan parlamentga
bo‘lib o‘tadi, uning saylov tizimi demokratik va proporsional vakillik tamoyillariga asoslanadi.
U umumiy, teng, erkin va yashirin ovoz berish asosida tashkil etiladi, yuqori darajadagi ishonch
va ishtirok bilan ajralib turadi. Shvetsiyada har bir dam qaror qabul qilishga hissa qo‘shishi
mumkin, bu esa demokratik jarayyonning asosidir. Shuningdek, Shvetsiya parlamentiga
saylovlar 4 yilda bir tashkil etiladi, hamda Evroparlament saylovlari 5 yilda 1 marotaba
o‘tkaziladi. Saylov jarayonida fuqarolar qaysi partiyaning siyosiy dasturini afzal ko‘rsalar osha
partiyaga ovoz beradilar va ko‘proq ovoz toplagan partiyalar Shvetsiya xalqi nomidan
boshqaradi. Riksdagda (Shvetsiya parlamenti) 349 ta o‘rin mavjud bo‘lib, ular deputatlar orasida
taqsimlanadi. Parlament saylovida ko‘proq ovoz olgan partiyalar, parlamentda ko‘proq joy olish
imkoniga ega bo‘ladi. Odatda Shvetsiyada partiyalar parlamentda ko‘pchilikni tashkil etish va
shu orqali o‘z siyosiy loyihalarini amalga oshirish uchun birlashadi.
Shvetsiya umumiy saylovlar 4 ta darajada o‘tkaziladi, ular:
Munitsipal kengashlarga saylovlar;
Hududiy kengashlarga saylovlar;
Shvetsiya parlamentiga saylovlar;
Evropa parlamentiga saylovlar.
Barcha partiyalar ham parlament vakili bola olmaydi, unga kirish uchun parlament
saylovlarida kamida 4 %, bir saylov okrugi ichida 12 % ovoz toplashi lozim, lekin munitsipal va
hududiy kengashlarga saylovlariga boshqacha qoidalar amal qiladi.
12
https://www.archives.gov/electoral-college/about
13
https://www.informationsverige.se/ru/om-sverige/att-paverka-i-sverige/det-svenska-
14
https://www.riksdagen.se/en/how-the-riksdag-works/democracy/elections-to-the-riksdag/
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shvetsiyaning saylov tizimi — bu ochiq ro‘yxatli proporsional tizim bo‘lib, ikki darajali
shakliga asoslanadi, u adolatli vakillik, siyosiy plyuralizm, raqobatbardosh siyosiy muhit va
barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan. U Riksdag, mahalliy, munitsipal va Yevropa Parlamenti
saylovlarini o‘z ichiga oladi. Tizim adolatli vakillik, yuqori ishtirok va gender tengligi bilan
ajralib tursa-da, koalitsion hukumatlarning murakkabligi va byulleten maxfiyligi bilan bog‘liq
muammolar mavjud. Shvetsiya saylov tizimi jahondagi eng shaffof, adolatli va ishonchli
tizimlardan biri sifatida tan olinadi.
Rossiya Federatsiyasi saylov tizimi demokratik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, asosan
aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional vakillik tizimlarining kombinatsiyasi) sifatida
faoliyat olib boradi. Rossiya Federativ yig‘ilishi ikki palatali bo‘lib:
Davlat Dumasi (Quyi palata);
Federatsiya Kengashi (Yuqori palata).
Rossiya Federatsiyasi Prezidentligiga majoritar saylov tizimining mutlaq ko‘pchilik
asosida o‘tkaziladi. Xuddi shu tizim bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi subyektlari rahbarlari 1991-
yildan 2005-yildan 2011-yilgacha tanaffus bilan saylangan. Prezident saylovlari 6-yilda bir
marotaba o‘tkaziladi.
Proportsional saylov tizimi 2007-2011 yillarda Rossiya Federatsiyasining Davlat dumasi
(Гос. Дума РФ) va mintaqaviy parlamentning shakllanishining asosi bo‘lgan. Davlat dumasiga
saylovlar 5-yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Proporsional-majoritar yoki aralash saylov tizimi ma’lum bir hokimiyat organini
saylashda ikki turdagi tizimni birlashtirishni nazarda tutadi. 2016-yilgi Davlat Dumasiga
saylovlar yana aralash tizim bo‘yicha o‘tkaziladi: deputatlarning yarmi (225) bir mandatli
okruglar bo‘yicha nisbiy ko‘pchilikning majoritar tizimi bo‘yicha, ikkinchi yarmi - yagona
saylov okrugi bo‘yicha 5% to‘siq bilan proporsional tizim bo‘yicha saylanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, parlamentga o‘tgan partiyalar Rossiya prezidenti
saylovida o‘z nomzodlarini imzo to‘plamasdan ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga,
saylovlarda kamida 3% ovoz olgan barcha partiyalar bir qator davlat imtiyozlari va afzalliklariga
ega bo‘ladilar: Davlat Dumasiga navbatdagi saylovlarga va Rossiya Federatsiyasi subyektlarida
qonun chiqaruvchi (vakillik) davlat organlariga saylovlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat berish, bu
saylovlar Davlat Dumasiga navbatdagi saylovlardan kechiktirmay bo‘lib o‘tadi; o‘tgan saylovlar
uchun barcha xarajatlarni qoplash va keyingi saylovlargacha bo‘lgan barcha vaqt uchun
oshirilgan moliyaviy ta’minot ta’minlaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Quyida adolatli saylovlar — siyosiy hokimiyatni legitimligini oshirishda, hamda
demokratik jarayyonlarning asosiy texnalogiyalaridandir. Unda fuqorolar davlatning siyosiy
jarayonlarida ishtirokini ta’minlaydi, hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.
Fuqorolar saylovlarda faol ishtiroki bilan davlatni siyosiy jihatlarini, shu bilan birga demokratik
davlat shakllanishida hissalarini qoshadilar. Har bir mamlakatning saylov tizimi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, shaffoflik, tenglik va xalq ishtiroki kabi universal tamoyillar
muhim ahamiyatga ega. Jahon mamlakatlarida saylov jarayonlarini yaxshilash uchun qonuniy
15
Е. Г. Пономарева. “Избирательная система в РФ”. URL:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
islohotlar, texnologik yutuqlar va fuqarolar faolligini oshirish zarur. Bu nafaqat hokimiyatning
legitimligini mustahkamlaydi, balki jamiyatda ishonch va barqarorlikni ham ta’minlaydi. Har bir
mamlakatning saylov tizimi uning tarixiy, siyosiy va ijtimoiy hollatiga mos ravushda shakllanadi.
Adolatli saylovlar siyosiy hokimiyatni legitimlashtirishning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi.
Bunda fuqarolar ishtirokini ta’minlanadi, shaffoflik, adolat va tenglikni ta’minlanadi. Siyosiy
tizimlar esa davlatning boshqaruv shaklini belgilaydi yani demokratik, avtoritar, totalitar va
an’anaviy. Yuqorida ta’kinlanganidek saylov tizimining 3 ta turi mavjud:
- Majoritar tizim soddaligi va barqarorligi bilan ajralib tursada, biroq kichik partiyalarni chetlab
o‘tadi;
- Proporsional tizim adolatli vakillik va xilma-xillikni ta’minlasada, lekin ko‘p partiyali
parlamentni vujudga kaeltiradi, bu esa qaror qabul qilish va koalitsion hukumatga olib keladi;
- Aralash tizim majoritar va proporsional saylov tizimlarning afzalliklarini birlashtiradi.
Saylov kampaniyalari faqatgina targ‘ibot vositasi emas, shuningdek nomzodlar va
saylovchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi, hamda fuqarolarning siyosiy faolligini oshiruvchi va
davlatning demokratik jarayyonlarni rivojlanishi uchun vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Mazkur maqola yuqoridagi milliy va xorijiy adabiyotlar, tatqiqot ishlari natijalari va tatqiqot
mavzusining taktik ahamiyatini inobatga olgan holda quyidagi takliflarni beradi:
1. Mustaqil saylov organlarini mustahkamlash va xalqaro kuzatuvchilarni jalb qilish. Shu bilan
birga saylov jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish ya’ni elektron ovoz berish, lekin
bunda adolat va shaffoflikni ta’minlash uchun qat’iy nazorat o‘rnatish;
2. Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish uchun ta’lim dasturlarini kengaytirish Masalan,
Shvetsiyadagi maktab saylovlari;
3. Majoritar tizimlarda kichik partiyalarga imkoniyat berish uchun qisman proporsional
elementlar joriy etish, proporsional tizimlarda o‘tish chegarasini moslashtirish yoki shaxsiy ovoz
berishni kengaytirish. Masalan, Shvetsiya saylov tizimi;
4. Saylov kampaniyalarini moliyalashtirish uchun maxsus platformalar yaratish, saylov
jarayoonlarini ta’minlashda OAV, ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibotini qonuniy tartibga solish va
axborot erkinligini oshirish, hamda xalqaro kuzatuvchilarni jalb qilish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. R.Jumayev, Sh.Yovqochev. Siyosiy texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma.–T.: TDShI, 2018. – 99
b.
2. Выборы в мире: избирательные системы / И. Б. Борисов, А. Г. Головин, А. В. Игнатов;
под общ. ред. И. Б. Борисова. — СПб.: ИВЭСЭП, 2015. — 200 с.
3.Omonov B., Isanova G. Siyosiy tizim. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, Mumtoz so’z, 2023. –
144 bet
4. Omonov B., Isanova G. Siyosiy tizim. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, Mumtoz so’z, 2023. –
145 bet
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. Казим Столяров. Преподаватель политологии в Московском Международном
Университете. “Основные компоненты избирательной системы”.
com.com/spravochnik/politologija/izbiratelnaja-sistema-i-ee-komponenty/izbiratelnaja-sistema/
6. Omonov B., Isanova G. Siyosiy tizim. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, Mumtoz so’z, 2023. –
146 bet
7. Чиркин Вениамин Евгеньевич. Первая публикация: Большая российская
энциклопедия, 2011.
https://bigenc.ru/c/mazhoritarnaia-izbiratel-naia-sistema-613e94
8. Bo‘tayev, U.X. Siyosatshunoslik [Matn]: darslik/ U.X.Bo‘tayev-Toshkent: Info Capital Books,
2024.-279-280 b.
9. ЦИК РФ. Методические рекомендации по выбору вида пропорциональной
избирательной системы при подготовке проекта закона субъекта Российской Федерации о
выборах депутатов законодательного (представительного) органа государственной власти
субъекта Российской Федерации, утв. Постановлением Центральной избирательной
комиссии
РФ
от
25
декабря
2002
г.
№
167/1419-3.
https://www.democracy.ru/library/laws/cec/cec_167_1419_3/
0.
Ш.М.Ходжаев. Главный научный сотрудник сектора анализа в сфере общественно-
политического развития
Института законодательства и правовой политики при
Президенте Республики Узбекистан // Институт законодательства и правовой политики.
URL:
1. В.Н. Амелин, З.М. Зотова Эффективное управление избирательной кампанией — М.:
РЦОИТ, 2001.-14 b.
2.
https://www.archives.gov/electoral-college/about
3.
https://www.informationsverige.se/ru/om-sverige/att-paverka-i-sverige/det-svenska-
4.
https://www.riksdagen.se/en/how-the-riksdag-works/democracy/elections-to-the-riksdag/
5. Е. Г. Пономарева. “Избирательная система в РФ”. URL:
