JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
G’ulomova Malika Xaydarali qizi
Andijon Davlat pedagogika instituti talabasi
ZAMBURUG’LARNING EVOLYUTSIYA, TARQALISHI VA AHAMIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, zamburug’lar evolyutsiyasi, tarqalishi va ahmiyati,
zamburug’larni o’simliklar va hayvonlardan alohida ajratib turadigan alohida biologic
xususiyatlari va ularning evolyutsiyasini qadimgi prokariotlardan eukariot organizmlarga o’tish
jarayonida shakllangan bo’lib, genetik jihatdan yaqin ekanligi yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
xlorofill, saprofit, parazit, xitin, plastida, gifa, mitseliy, sporangiy, konidiyaspora,
izogamiya
ЭВОЛЮЦИЯ, РАСПРОСТРАНЕНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ ГРИБОВ
Аннотация:
В статье рассматриваются эволюция, распространение и значение грибов,
уникальные биологические характеристики, отличающие грибы от растений и животных, а
также их эволюция, сформировавшаяся при переходе от древних прокариот к
эукариотическим организмам, и их генетическая близость.
EVOLUTION, DISTRIBUTION AND SIGNIFICANCE OF FUNGI
Annotation:
This article discusses the evolution, distribution and significance of fungi, the special
biological characteristics that distinguish fungi from plants and animals, and their evolution, which
was formed during the transition from ancient prokaryotes to eukaryotic organisms, and their
genetic closeness.
Kirish
. Zamburug‘lar 100000 dan ortiq turga ega bo‘lib, har xil muhitda yashashga moslashgan.
Ular xlorofill donachalarini yo'qotib, geterotrof oziqlanadi, parazit va saprofit holda yashaydi.
Zamburug’larning tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy esa ingichka shoxlanadigan ipchalardan
tashkil topgan bo‘lib, bu ipcha gifalar deb ataladi. Gifalar o‘rtasida to‘siq boMmasa - tuban
zamburugMar, agar gifalar o‘rtasida to‘siq bo‘lsa — yuqori zamburug‘ar hisoblanadi.
Zamburug’lar plastidasiz organizm boMib, uning sitoplazmasi bitta yoki bir nechta yadrochaga
ega, hujayrasi tashqi tomondan xitinli yoki sellyulozali po‘st bilan o ‘ralgan. Zamburug‘laning bir
132 guruhi suvo‘tlarga o‘xshab suvda yashasa, boshqa guruhlari quruqlikda yashaydi. Ularning
jinssiz ko‘payishi xlomidosporalar, kurtaklanish yo‘li bilan hamda zoosporalar yordamida o‘tadi,
shuningdek, konidiyasporalar, sporangiyasporalar ham hosil qilib ko‘- payadi. Jinsiy ko‘payishi
esa, izogamiya, geterogamiya, oogamiya bilan boradi. Zamburug‘laning parazit vakillari
o‘simliklarda, hayvonlarda yashab turli xil kasalliklarni chaqiradi va ko‘plab zarar keltiradi,
ulaming foydali turlari ham mavjud. ZamburugMar bo‘limi olti sinfga boMinadi: 1.
Xitridiomisetsimonlar - Chytridiomycetopsidae. 2. Oomisetsimonlar - Oomycetopsidae. 3.
Zigomisetsimonlar - Zigomycetopsidae: 4. Askomisetsimonlar yoki xaltali zamburug‘lar - A scom
ycetopsidae. 5. Bazidiomisetsimonlar - Basidiomycetopsidae. 6. Deytiromisetsimonlar yoki
takomillashmagan zamburugMar - Deuteromycetopsidae yoki Fungi. Ulaming 1-2-3-sinflari tuban
zamburug‘lami tashkil qilsa, 4-5- sinflari yuqori zamburug‘lardir. Oltinchi sinf esa mitseliysining
tuzilishiga ko‘ra yuqori zamburugMarga o'xshab ketadi, lekin xaltacha, bazidiya hosil qilmaydi.
Shu sababli bu zamburug‘lar noaniq takomillashmagan zambumg‘lar deb ataladi. Tuban
zamburug‘lar Tuban zambug‘lar mitseliysi to‘siqsiz giflardan tashkil topgan. Ko‘pchilik
vakillarining hayot taraqqiyotida gaploidli shakli ustun boMsa, diploidlisi faqat zigotadagina
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
uchraydi. Tinim vaqti 0 ‘tishi bilan zigotada zoospora qisqa gifli zoosporangiya yoki sporangiya
hosil bo‘ladi. 1-sinf. Xitridiomisetsimonlar - Chytridiomycetopsida. Bu sinf vakillarining
mitseliysi taraqqiy etmagan, vegetativ tanasi yalang‘och, ko‘p yadroli sitoplazmatik massa -
plazmodiydan iborat. Bundan ingichka yadrosiz o‘simta — boshlang‘ich gifalar hosil bo‘ladi. Bu
sinfning vakillari jinssiz ko‘payishda bir xivchinli zoospora hosil qilsa, jinsiy ko‘payish -
izogamiya, geterogamiya hamda oogamiya usuli bilan boradi. Asosan, suvli muhitda yashaydi.
Vakillari: olpidium-Olpidium va sinxitrium - Synchitriumdir. Olpidium-olpidium brassica. Asosan,
karam ko‘chatining ildiz bo‘g‘zida yashab, shu yemi zararlaydi, zararlangan joyi qorayib qurib
qoladi. Shuning uchun ham bu ildiz qorayish kasali deb ataladi. Bu yerda yalang‘och hujayradan
iborat bo‘lgan yadroli parazit zamburug‘lar hayot kechiradi. U qalin po‘st bilan o ‘ralib
zoosporangiyni hosil qiladi. Zoosporangiydan esa bir xivchinli zoosporalar tashqariga chiqa
boshlaydi. Bu ham yangi ko‘chatga tushsa, qaytadan zararlantiradi. Simatrium-Sinxitrium
endobioticum. Asosan, kartoshkada parazitlik qilib yashab, kartoshka saratonining sababchisi
boMadi. Uning zoosporalari zich boMib yashaydi. Izogamiya usulida jinsiy ko‘payadi. Zigotalari
birmuncha oddiy bir xivchinlidir. Uning zoosporalari yangi tuganakni zararlaydi. Asosan, Afrika,
Amerika, Yaponiya hamda Janubiy Yevropada uchraydi. 2-sinf. Oomisetsimonlar -
Oomycetopsida. Mitseliysi kuchli taraqqiy etgan gifdan iborat. Ikki xivchinli zoosporalar hosil
qilish hamda oogomiya jinsiy usul bilan ko‘payadi. Bu sinfning parazit va saprofit vakillari ham
bor. Saprofit vakillari suv havzalaridagi organik qoldiqlarida, nam tuproqlarda, baliqlar, baqalar va
hasharotlar tanasida yashaydi. Saprolegniya - Saprolegnia ana shunday zamburugMardandir.
Ba’zan baliq va ko‘l baqasining ikralarida ham yashaydi. Fitoftora - Phytophtora infestans
kartoshka bargi va tuganagida parazitlik qilib yashaydi. Boshqa turlari esa har xil o ‘t, buta,
daraxtlaming nina barglarida parazitlik qilib va saprofit holda yashaydi. Kartoshka fitoftorasi
yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari katta zarar keltiradi. Fitofora bilan zararlangan kartoshka
bargida qoramtir, qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi, bu uning mitseliysidir. Uning gifasi zoosporalari
bargidan poyaga, poyadan esa tuganaklarga o‘tadi, kartoshka qorayadi va quriydi. Jinssiz
ko‘payish sporangiya yoki konidiyalar bilan bo‘ladi. Kartoshkachilik xo‘jaliklariga katta zarar
keltiradi. Jinsiy ko‘payish oogamiya yo‘li bilan boradi. Bu sinfga, shuningdek, plazmopara
(Plasmoiktra video) turi ham kiradi. Bu zamburug‘ tokning bargida, yosh novdalarida, pishmagan
mevalami unsimon g‘ubor bilan qoplab, zararlangan joyi qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. Bu sinfga,
asosan, quruqlikdagi o‘simlik chirindilarida, hayvon qoldiqlarida po‘panak hosil qiladigan saprofit,
ba’zan parazit yashovchi 500 ga yaqin tur kiradi. Bularning mitseliysi sershox bo‘lib, ular to‘siqsiz.
Jinsiy ko‘payish izogamiya yo‘li bilan boradi, hosil bo‘lgan zigota qalin po‘st bilan o‘ralib, tinch
holatini o‘tkazgandan so‘ng, u qaytadan unib, oq ipcha-gifani hosil qiladi. Gifa rivojianib,
sporangiyni hosil qiladi. Zamburug‘lar va o‘simliklar uzoq yillik evolyutsiya davomida bir-biri
bilan bevosita bog‘liq holda rivojlangan. Ularning ekotizimdagi roli juda muhim bo‘lib, quyidagi
asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:
1.
Mikoriza hosil qilish – Zamburug‘larning ko‘pchiligi o‘simliklarning ildiz tizimi bilan
simbioz aloqada bo‘lib, ozuqa moddalari almashinuvida ishtirok etadi.
2.
O‘simlik parazitlari – Ayrim zamburug‘lar o‘simlik kasalliklarini keltirib chiqaradi, masalan,
zang, chang chiriyotgan va qora dog‘ kasalliklari.
3.
O‘simlik qoldiqlarining parchalanishida ishtirok etish – Tuproq unumdorligini oshirishga
yordam beradi.
Mikoriza – bu zamburug‘larning o‘simlik ildizlari bilan simbioz aloqasi bo‘lib, tuproqdan ozuqa
moddalari va suvni olishda yordam beradi. Mikoriza ikki asosiy turga bo‘linadi:
1. Ektomikoriza – Zamburug‘larning mitseliylari ildiz yuzasida qoplama hosil qiladi va ildiz
hujayralarining orasiga kiradi, lekin ichiga kirmaydi. Bu holat asosan ignabargli daraxtlarda
uchraydi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2. Endomikoriza – Zamburug‘larning mitseliylari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ildiz hujayralariga kirib,
ularning ichida o‘sadi. Bu mikoriza turi ko‘pchilik o‘simliklarda uchraydi.
Mikoriza quyidagi foydalarni beradi:
4.
O‘simliklarning fosfor va azot olishini osonlashtiradi.
5.
Tuproqning suv ushlash qobiliyatini yaxshilaydi.
6.
Stress sharoitlarga (qurg‘oqchilik, sho‘rlanish) chidamliligini oshiradi.
Fitopatogen zamburug‘lar va o‘simlik kasalliklari:
7.
Ko‘plab zamburug‘lar o‘simliklarda patogenlik xususiyatiga ega bo‘lib, turli kasalliklarni
keltirib chiqaradi. Eng mashhur fitopatogen zamburug‘lar quyidagilar:
8.
Zamburug‘larning ushbu patogen turlari qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi va
hosildorlikni pasaytiradi. Bunday kasalliklarni oldini olish uchun biologik va kimyoviy kurash
usullari qo‘llaniladi.
Zamburug‘larning Tuproq Ekologiyasidagi Roli:
9.
Zamburug‘lar tuproq unumdorligi va uning tuzilishini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Ularning asosiy ekologik vazifalari quyidagilardan iborat:
10. Organik moddalarni parchalaydi – O‘simlik qoldiqlari, yog‘och va boshqa organik
birikmalarni tuproq tarkibiga kiritadi.
11. Gumus hosil bo‘lishiga yordam beradi – Tuproqning azot va fosfor moddalari bilan
boyishini ta’minlaydi.
12. O‘simliklarning stressga chidamliligini oshiradi – Tuproq sho‘rlanganda yoki kislorod
miqdori kamayganda ham o‘simliklar yashab qolishiga yordam beradi.
Zamburug‘larning Tarqalishi va Evolyutsion Moslashish Strategiyalari
13. Zamburug‘lar turli muhitlarda yashashga moslashgan bo‘lib, ularning tarqalish strategiyalari
quyidagilardan iborat:
14. Sporalar orqali tarqalish – Zamburug‘lar havoda, suvda yoki tuproq orqali sporalarini
tarqatadi.
15. O‘simliklar va hayvonlar bilan aloqada bo‘lish – Masalan, lishayniklar o‘simliklar bilan
simbiozda yashaydi.
16. Ekstremal sharoitlarga moslashish – Ayrim zamburug‘lar cho‘l, Arktika va Antarktida kabi
og‘ir iqlim sharoitlarida ham yashay oladi.
Biotexnologiyada Zamburug‘larning Ahmiyati
17. Antibiotiklar ishlab chiqarishda – Penicillium dan olinadigan penitsillin eng mashhur tabiiy
antibiotiklardan biridir.
18. Biologik nazorat vositasi sifatida – Ayrim zamburug‘lar zararkunandalarga qarshi tabiiy
vosita sifatida ishlatiladi.
19.
Oziq-ovqat sanoatida – Saccharomyces cerevisiae (xamirturush) non, pivo va vino ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
20. Biologik yoqilg‘i ishlab chiqarishda – Ayrim zamburug‘lar bioetanol ishlab chiqarishda
ishlatiladi.
Xulosa:
Zamburug‘lar biologik xilma-xillikning muhim qismi bo‘lib, ularning o‘simliklar bilan
bo‘lgan simbioz aloqalari va ekologik roli juda katta. Ular ekotizimlarda organik moddalarni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
parchalaydi, tuproq unumdorligini oshiradi va o‘simliklarning oziq moddalar bilan ta’minlanishiga
yordam beradi. Shu bilan birga, ayrim zamburug‘lar qishloq xo‘jaligida jiddiy kasalliklarni keltirib
chiqarishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar davom etar ekan, zamburug‘larning ahamiyati va ularning
yangi foydalanish sohalari kengayib bormoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Sh.J. Tojiboyev "Tuban o'simliklar" Toshkent "O'qituvchi" nashriyoti (1995)
2. Sh. Tojiboyev, N. Nuraliyeva " Tuban o'simliklar" Namangan nashriyoti (2016)
3. A. A. Matkarimova, T. X. Mahkamov, M.M. Maxmodova, X. Ya. Azimov, G.B. Vaisova
"Botanika" (o'quv qo'llanma) Toshkent (2018)
4. B.B. Islomov, M.A.Hasanov "Botanika" (darslik) Samarqand (2020)
5. Xolida Mirfayoz qizi Mahkamova "Botanika" Toshkent " O‘qituvchi" (1995)
