Авторы

  • СОБИРОВА ХАНИФАБОНУ НОРКУЗИ КИЗИ, Мирзаева Малохат Тохиржон кизи

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104269

Ключевые слова:

yurak yetishmovchiligi tomir yoshi arterial qattiqlik puls to’lqini tezligi yurak remodellanishi biologik qarish

Аннотация

Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) yurakning nasoslik funksiyasining pasayishi bilan kechuvchi murakkab sindrom bo‘lib, yurak-qon tomir tizimida uzoq muddatli yuklanish va struktura-funksional o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda “tomir yoshi” tushunchasi — tomirlarning biologik qarish darajasi — SYY bo‘lgan bemorlarda kasallik prognozini aniqlovchi muhim biomarker sifatida paydo bo‘ldi. Pasport yoshiga nisbatan tomirlarning tezroq qarishi yurak yuklamasining ortishiga, diastolik disfunksiyaning chuqurlashishiga va yurak qayta remodellanishi xavfiga olib keladi. Ushbu narrativ tahliliy maqola tomir yoshining mohiyati, uni baholash usullari, (puls to’lqini tezligi, arterial qattiqlik) va yurak yetishmovchiligi mavzusidagi klinik ahamiyatini so‘nggi ilmiy adabiyotlar asosida yoritadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

СОБИРОВА ХАНИФАБОНУ НОРКУЗИ КИЗИ

Ilmiy rahbar:

Мирзаева Малохат Тохиржон кизи

YURAK YETISHMOVCHILIGI MAVJUD BEMORLARDA TOMIR YOSHINING

O‘ZGARISHI

Annotatsiya:

Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) yurakning nasoslik funksiyasining

pasayishi bilan kechuvchi murakkab sindrom bo‘lib, yurak-qon tomir tizimida uzoq muddatli

yuklanish va struktura-funksional o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda “tomir yoshi”

tushunchasi — tomirlarning biologik qarish darajasi — SYY bo‘lgan bemorlarda kasallik

prognozini aniqlovchi muhim biomarker sifatida paydo bo‘ldi. Pasport yoshiga nisbatan

tomirlarning tezroq qarishi yurak yuklamasining ortishiga, diastolik disfunksiyaning

chuqurlashishiga va yurak qayta remodellanishi xavfiga olib keladi. Ushbu narrativ tahliliy

maqola tomir yoshining mohiyati, uni baholash usullari, (puls to’lqini tezligi, arterial qattiqlik)

va yurak yetishmovchiligi mavzusidagi klinik ahamiyatini so‘nggi ilmiy adabiyotlar asosida

yoritadi.

Kalit so‘zlar:

yurak yetishmovchiligi, tomir yoshi, arterial qattiqlik puls to’lqini tezligi, yurak

remodellanishi, biologik qarish

ИЗМЕНЕНИЕ СОСУДИСТОГО ВОЗРАСТА У ПАЦИЕНТОВ С СЕРДЕЧНОЙ

НЕДОСТАТОЧНОСТЬЮ

Аннотация: Хроническая сердечная недостаточность (ХСН) представляет собой сложный

синдром, сопровождающийся снижением насосной функции сердца, и приводит к

длительной нагрузке на сердечно-сосудистую систему, а также к структурно-

функциональным изменениям. В последние годы понятие «сосудистый возраст» —

степень биологического старения сосудов — стало важным биомаркером для

прогнозирования течения заболевания у пациентов с ХСН. Преждевременное старение

сосудов по сравнению с паспортным возрастом приводит к увеличению нагрузки на

сердце, углублению диастолической дисфункции и повышению риска ремоделирования

миокарда. Настоящая обзорная статья посвящена анализу понятия сосудистого возраста,

методов его оценки (скорость пульсовой волны, артериальная жесткость) и клинического

значения в контексте сердечной недостаточности на основе последних научных

публикаций.

Ключевые слова: сердечная недостаточность, сосудистый возраст, артериальная жесткость,

скорость пульсовой волны, ремоделирование сердца, биологическое старение

CHANGES IN VASCULAR AGE IN PATIENTS WITH HEART FAILURE

Abstract:

Chronic heart failure (CHF) is a complex syndrome characterized by a reduction in

the heart's pumping function, leading to prolonged stress on the cardiovascular system as well as

structural and functional changes. In recent years, the concept of "vascular age" — the degree of

biological aging of blood vessels — has emerged as an important biomarker for predicting the

progression of the disease in patients with CHF. Premature vascular aging, compared to

chronological age, results in increased cardiac load, deepened diastolic dysfunction, and an

elevated risk of myocardial remodeling. This narrative review article is dedicated to analyzing

the concept of vascular age, its assessment methods (pulse wave velocity, arterial stiffness), and

its clinical significance in the context of heart failure, based on the latest scientific publications.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Keywords:

heart failure, vascular age, arterial stiffness, pulse wave velocity, myocardial

remodeling, biological aging.

Kirish.

Yurak yetishmovchiligi (YY) — yurakning organizm ehtiyojiga mos darajada qon

chiqarolmasligi bilan tavsiflanadigan sindrom bo‘lib, yurak-tomir kasalliklari orasida yetakchi

o‘lim sabablaridan biri hisoblanadi. SYY rivojlanishi faqat yurak mushagidagi o‘zgarishlar bilan

emas, balki tomirlar, ayniqsa katta arteriyalardagi qarish va qattiqlik jarayonlari bilan

chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, “tomir yoshi” tushunchasi klinik amaliyotda dolzarb

ahamiyat kasb etmoqda.

Tomir yoshi

— bu bemorning haqiqiy (pasport) yoshidan mustaqil tarzda, uning arteriyalarining

biologik qarish darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichdir. Arterial qattiqlik, endoteliy disfunksiyasi,

kollagen/elastin nisbatining buzilishi, yallig‘lanish va oksidlovchi stress omillari tomir

devorlarining elastikligini pasaytiradi va tomir yoshini oshiradi. Yurak yetishmovchiligi bilan

og‘rigan bemorlarda tomir yoshining ortishi yurakga tushadigan sistolik yuklamani kuchaytiradi,

yurak devorining gipertrofiyasi va qayta remodellanishini jadallashtiradi, bu esa kasallikning

og‘irlashuvi va davoga javob yomonlashuviga olib keladi. Puls to’lqini tezligi (PTT) — bu tomir

yoshini baholashda asosiy va eng keng qo‘llaniladigan marker bo‘lib, yurak zarbasining aorta

bo‘ylab tarqalish tezligini o‘lchash orqali tomir devorining elastikligini baholash imkonini beradi.

Ushbu maqola aynan yurak yetishmovchiligi mavjud bemorlarda tomir yoshining ahamiyati, uni

aniqlovchi mezonlar va diagnostik qiymatini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tomir yoshi —

bu inson tomir tizimining (asosan aorta va yirik elastik arteriyalarning) biologik qarish darajasini

ifodalovchi integratsion biomarker bo‘lib, u bemorning pasport yoshi bilan har doim ham mos

kelavermaydi. Bu ko‘rsatkich arterial devorning struktura va funksional holatiga, ya’ni elastikligi,

kollagen/elastin nisbatiga, endoteliy funksiyasiga va arterial qattiqlikka tayanadi. Ayniqsa, puls

to’lqini tezligi yordamida aniqlangan tomir qattiqligi tomir yoshini baholashda eng ishonchli

usul hisoblanadi.

Tomir yoshining klinik turlari tahlil qilinganda, u odatda bemorning pasport yoshi bilan

taqqoslanadi va quyidagi uch holatdan biriga to‘g‘ri keladi:

Normal tomir yoshi

bo‘lib, bu holatda insonning tomir tizimi pasport yoshi bilan mutanosib

tarzda qarigan bo‘ladi. Ya’ni tomirlar biologik jihatdan ham o‘z yoshidagi odamlardek

elastikligini saqlagan. Bunday shaxslarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi o‘rtacha darajada

bo‘ladi.

Ikkinchi holat — bu

supernormal tomir yoshi

. Bunda tomirlar pasport yoshiga nisbatan ancha

“yoshroq”, ya’ni elastik, sog‘lom va funktsional jihatdan faol holatda bo‘ladi. Bu holat ko‘pincha

muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanuvchilar, sportchilar yoki sog‘lom turmush tarziga

amal qiluvchilarda kuzatiladi. Bunday shaxslarda yurak yetishmovchiligi va aterosklerotik

kasalliklar xavfi sezilarli darajada past bo‘ladi.

Uchinchi holat — bu

tomir erta qarishi

(TEQ) deb ataladi. Bu holatda tomirlar bemorning

haqiqiy yoshiga nisbatan ancha tez qarigan bo‘ladi, ya’ni biologik tomir yoshi pasport yoshidan

5–10 yilga katta bo‘ladi. TEQ asosan gipertenziya, qandli diabet, metabolik sindrom,

dislipidemiya va surunkali yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan TEQ holatida

yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi, ayniqsa, diastolik disfunksiya va

FsSYY ( fraksiya saqlangan surunkali yurak yetishmovchiligi) rivojlanishida muhim rol

o‘ynaydi. Shunday qilib, tomir yoshining bu uch klinik holati bemorlarning yurak-tomir

salomatligini baholashda, profilaktika choralarini belgilashda va davo samaradorligini

monitoring qilishda muhim axborot manbaidir.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bu yondashuv ko‘plab nufuzli adabiyotlarda qo‘llab-quvvatlangan. Masalan, Ben-Shlomo et al.

(JACC, 2014) o‘z meta-tahlilida PWV 10 m/s dan yuqori bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir

kasalliklari xavfi ikki barobarga ortishini ko‘rsatgan. Boutouyrie va Laurent (Nat Rev Cardiol,

2021) esa tomir yoshi biologik stress, metabolik sindrom va gipertenziya bilan yaqin

bog‘liqligini aniqlagan. Shu bilan birga, Cecelja va Chowienczyk (J R Soc Med Cardiovasc Dis,

2012) arteriyalarning “funksional qarishi” yurak yetishmovchiligi prognoziga kuchli ta’sir

ko‘rsatishini tasdiqlagan.

Tomir yoshiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi:

Biologik yosh o‘zgarishi

– tabiiy qarish jarayonida elastin parchalanib, kollagen miqdori ortadi.

Arterial gipertenziya

– surunkali yuqori bosim natijasida tomir devorlari “qattiqlashadi”.

Dislipidemiya

– aterosklerotik blyashkalar rivojlanishi orqali tomirlar elastikligini yo‘qotadi.

Yallig‘lanish omillari

(SRO, IL-6) – endoteliyni zararlab, fibroz jarayonlarini faollashtiradi.

Oksidlovchi stress

– erkin radikallar elastik strukturalarni buzadi.

Qandli diabet

– glikozillangan oqsillar endotelial disfunksiyani kuchaytiradi.

Metabolik sindrom

– abdominal semizlik, insulinga rezistentlik orqali tomir qarishini

tezlashtiradi.

Chekish va gipodinamiya

– tomirning yallig‘lanishli va oksidlovchi muhitga tushishiga olib

keladi.

Genetik omillar

– ayrim oilalarda TEQ holati kuzatiladi.

Tomir yoshi ortishi

— bu arterial devorning tuzilma va funksiyasida ro‘y beruvchi quyidagi

patobiokimyoviy o‘zgarishlar bilan kechadi:

Elastin parchalanishi va o‘rnini kollagen to‘qimaning egallashi → tomir devori qattiqlashadi.

Endoteliy disfunksiyasi → NO (azot oksidi) ishlab chiqarilishi kamayadi → tomir kengaya

olmaydi.

Yallig’lanish → IL-1, IL-6, TNF-α→ qattiqlik va fibrozni kuchaytiradi.

Oksidlovchi stress → superoksid va peroksid radikallar elastik strukturalarni yemiradi.

Ateroskleroz → blyashka bilan to‘silgan joylarda laminar oqim buziladi va devor

shikastlanadi.

Bu o‘zgarishlar aorta va yirik arteriyalarning elastiklik darajasini pasaytiradi, yurakka qaratilgan

sistolik bosimni oshiradi va reflektiv to‘lqinlarning tez qaytishini yuzaga keltiradi.

Klinik ahamiyati:

1. Yurak yuklamasining ortishi

Tomir yoshining ortishi yurakga reflektiv to‘lqinlar erta qaytishi orqali so’nggi yuklamani

oshiradi, bu esa:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Sistolik bosim ortishiga

Yurak mushagining gipertrofiyasiga

Diastolik disfunksiyaga olib keladi.

2. Yurak qayta remodellanishi

Yuqori tomir yoshi yurak mushagining geometriyasini o‘zgartiradi (konsentrik gipertrofiya) va

bu qon otish fraksiyasi saqlangan yurak yetishmovchiligi (FsSYY) bilan bog‘liq.

3

.

Yurak-qon tomir kasalliklari prognozi

Ko‘plab tadqiqotlar (masalan, Ben-Shlomo et al., JACC, 2014) shuni ko‘rsatadiki, PWV > 10

m/s bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari (MI, insult, SYY yomonlashuvi) xavfi 2

baravargacha ortadi.

4. Qarish va metabolik sindrom bog‘liqligi

Metabolik sindromli bemorlarda tomir yoshi har doim tezroq ortadi. Bu SYY kechishini

yomonlashtiradi va davolash samaradorligini pasaytiradi.

Tomir yoshi

— bu modifikatsiya qilinadigan biomarker. Sport, ovqatlanish, antigipertenziv

terapiya, SGLT2 ingibitorlar, statinlar yordamida uni yoshartirish mumkin. Bu yurak

yetishmovchiligi prognozini yaxshilashi isbotlangan.

Xulosa

Tomir yoshi — bu yurak yetishmovchiligi patofiziologiyasida tobora katta klinik ahamiyat kasb

etayotgan, ammo hanuz to‘liq baholanishi yo‘lga qo‘yilmagan muhim biomarker hisoblanadi.

Yurak yetishmovchiligi mavjud bemorlarda tomir yoshining pasport yoshidan ortib borishi

kasallik kechishining og‘irlashuvi, yurak yuklamasining oshishi, diastolik disfunksiya va yurak

qayta remodellanishi bilan bevosita bog‘liq. Arterial qattiqlik darajasini baholovchi PTT kabi

parametrlar tomir yoshini aniqlashda ishonchli va oddiy usul bo‘lib, ularning ko‘rsatkichlari

yurak yetishmovchiligi prognozini aniqlashda, individual davo strategiyasini tuzishda katta

yordam beradi. Ayniqsa, metabolik sindromli bemorlarda tomirlarning erta qarishi yurak

yetishmovchiligining klinik manzarasini yomonlashtiradi va kechki bosqichlarga o‘tish xavfini

oshiradi. Tomir yoshi — bu nafaqat kasallik og‘irligini ko‘rsatuvchi passiv marker, balki uni

ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, profilaktik va terapevtik imkoniyatlarga ochiq

bo‘lgan biomarkerdir. Shu bois, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni kompleks

baholashda tomir yoshini o‘lchashni amaliyotga joriy etish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. McDonagh T.A., Metra M., Adamo M., et al.

2021 ESC Guidelines for the diagnosis and treatment of acute and chronic heart failure.

European Heart Journal

, 2021; 42(36): 3599–3726.

doi:10.1093/eurheartj/ehab368

2. Vlachopoulos C., Aznaouridis K., Stefanadis C.

Prediction of cardiovascular events and all-cause mortality with arterial stiffness: a systematic

review and meta-analysis.

J Am Coll Cardiol

, 2010; 55(13):1318–1327.

doi:10.1016/j.jacc.2009.10.061


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

3. London G.M., Guerin A.P.

Influence of arterial pulse and reflected waves on blood pressure and cardiac function.

Am Heart J

, 1999; 138(3 Pt 2): S220–S224.

doi:10.1016/S0002-8703(99)70241-7

4. Ben-Shlomo Y., Spears M., Boustred C., et al.

Aortic pulse wave velocity improves cardiovascular event prediction: an individual participant

meta-analysis of prospective observational data from 17,635 subjects.

J Am Coll Cardiol

, 2014; 63(7):636–646.

doi:10.1016/j.jacc.2013.09.063

5. Janner J.H., Godtfredsen N.S., Ladelund S., Vestbo J., Prescott E.

High arterial stiffness predicts hospitalization and mortality in individuals with known or

suspected heart failure.

Eur J Heart Fail

, 2014; 16(6): 688–695.

doi:10.1002/ejhf.86

6. Safar M.E., London G.M.

Arterial stiffness and wave reflections in hypertension.

Hypertension

, 2000; 36(5): 805–812.

doi:10.1161/01.hyp.36.5.805

7. Cecelja M., Chowienczyk P.

Role of arterial stiffness in cardiovascular disease.

J R Soc Med Cardiovasc Dis

, 2012; 1(4): 1–10.

doi:10.1258/cvd.2012.012016

8. Yoon H.J., Kim S.A., Choi D.J., et al.

Arterial stiffness by brachial-ankle pulse wave velocity is closely associated with left ventricular

diastolic dysfunction in patients with hypertension.

Hypertens Res

, 2010; 33(3): 241–246.

doi:10.1038/hr.2009.234

9. Dumor K., Shoemaker-Moyle M.

Pulse Wave Velocity as a Marker of Arterial Stiffness and Cardiovascular Risk in Heart Failure

Patients: Current Evidence and Future Applications.

Curr Heart Fail Rep.

, 2023; 20(1): 1–10.

doi:10.1007/s11897-022-00560-1

10. Boutouyrie P., Laurent S.

Arterial stiffness and pulse wave velocity: pathophysiological mechanisms and clinical

applications.

Nat Rev Cardiol

, 2021; 18: 684–698.

doi:10.1038/s41569-021-00543-7

Библиографические ссылки

McDonagh T.A., Metra M., Adamo M., et al.

ESC Guidelines for the diagnosis and treatment of acute and chronic heart failure.

European Heart Journal, 2021; 42(36): 3599–3726.

doi:10.1093/eurheartj/ehab368

Vlachopoulos C., Aznaouridis K., Stefanadis C.

Prediction of cardiovascular events and all-cause mortality with arterial stiffness: a systematic review and meta-analysis.

J Am Coll Cardiol, 2010; 55(13):1318–1327.

doi:10.1016/j.jacc.2009.10.061

London G.M., Guerin A.P.

Influence of arterial pulse and reflected waves on blood pressure and cardiac function.

Am Heart J, 1999; 138(3 Pt 2): S220–S224.

doi:10.1016/S0002-8703(99)70241-7

Ben-Shlomo Y., Spears M., Boustred C., et al.

Aortic pulse wave velocity improves cardiovascular event prediction: an individual participant meta-analysis of prospective observational data from 17,635 subjects.

J Am Coll Cardiol, 2014; 63(7):636–646.

doi:10.1016/j.jacc.2013.09.063

Janner J.H., Godtfredsen N.S., Ladelund S., Vestbo J., Prescott E.

High arterial stiffness predicts hospitalization and mortality in individuals with known or suspected heart failure.

Eur J Heart Fail, 2014; 16(6): 688–695.

doi:10.1002/ejhf.86

Safar M.E., London G.M.

Arterial stiffness and wave reflections in hypertension.

Hypertension, 2000; 36(5): 805–812.

doi:10.1161/01.hyp.36.5.805

Cecelja M., Chowienczyk P.

Role of arterial stiffness in cardiovascular disease.

J R Soc Med Cardiovasc Dis, 2012; 1(4): 1–10.

doi:10.1258/cvd.2012.012016

Yoon H.J., Kim S.A., Choi D.J., et al.

Arterial stiffness by brachial-ankle pulse wave velocity is closely associated with left ventricular diastolic dysfunction in patients with hypertension.

Hypertens Res, 2010; 33(3): 241–246.

doi:10.1038/hr.2009.234

Dumor K., Shoemaker-Moyle M.

Pulse Wave Velocity as a Marker of Arterial Stiffness and Cardiovascular Risk in Heart Failure Patients: Current Evidence and Future Applications.

Curr Heart Fail Rep., 2023; 20(1): 1–10.

doi:10.1007/s11897-022-00560-1

Boutouyrie P., Laurent S.

Arterial stiffness and pulse wave velocity: pathophysiological mechanisms and clinical applications.

Nat Rev Cardiol, 2021; 18: 684–698.

doi:10.1038/s41569-021-00543-7