Авторы

  • Valiyeva Dildora Kamalovna
    O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104276

Ключевые слова:

deyksis matn muloqot tadqiqot xushmuomalalik konsepsiya ijobiy salbiy kontekst individualism xulq-atvor.

Аннотация

Ushbu maqolada samarali nutqiy muloqotni tashkil qilishda til normalari va xushmuomalalik tamoyillariga rioya etish, deyksis va nutqiy muloqot matni yohud matnda mazmunning ifoda topishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Bu qoidalar o‘z navbatida chuqur munosabatlarga yo‘naltirilgan nutqiy muloqot  kontsepsiyasini rivojlantirishini hisobga olgan holda , nutqiy muloqot jarayonida holatga mos tilni qo‘llash va xushmuomalalik ko‘rsatish xulq atvori muvaffaqiyatning asosiy elementi ekanligi tahlil qilingan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Valiyeva Dildora Kamalovna

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

Mustaqil izlanuvchisi

DEYKSIS VA NUTQIY MULOQOT MATNI YOHUD MATNDA MAZMUNNING

IFODA TOPISHI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada samarali nutqiy muloqotni tashkil qilishda til normalari va

xushmuomalalik tamoyillariga rioya etish, deyksis va nutqiy muloqot matni yohud matnda

mazmunning ifoda topishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Bu qoidalar o‘z navbatida chuqur

munosabatlarga yo‘naltirilgan nutqiy muloqot kontsepsiyasini rivojlantirishini hisobga olgan

holda , nutqiy muloqot jarayonida holatga mos tilni qo‘llash va xushmuomalalik ko‘rsatish xulq

atvori muvaffaqiyatning asosiy elementi ekanligi tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

deyksis, matn, muloqot, tadqiqot, xushmuomalalik, konsepsiya, ijobiy, salbiy,

kontekst, individualism, xulq-atvor.

Deyksis va nutqiy muloqot matni yohud matnda mazmunning ifoda topishi.

Isroillik professor Yehoshua Bar-hillel ingliz tilida tuzilgan gaplarning mazmunini qay yo‘sinda

aniqlash va ular vositasida uzatilayotgan axborotning to‘liq anglash muammosi haqida to‘xtalib,

quyidagi misollarni keltirgan edi

1) Ice floats on water – Muz suvda suzib yuribti .

2) It’s raining – Yomgir yog‘ayapti .

3) I am hungry – Och qoldim

Birinchi gap mazmunini qariyib barcha ingliz tili sohiblari bir xilda tushunishadi, chunki muz

qayerda suzayotganligi aniq , lekin mazmun idrokining keyingi bosqichlarida “qaysi suvda:

daryodami, dengizdami? kabi savolning tug‘ulishi ehtimoldan holi emas. Keyingi gapning

mazmunini anglash uchun ushbu voqea ya’ni yomgir yog‘ishi qachon va qayerda

kechayotganligini bilish zarur. Yoki bu gap talaffuz etilayotgan vaqt va joyni aniqlash kerak.

Shuningdek, gap mazmunining to‘liq idroki uning kim va qayerda aytayotgani bilan bog‘liq.

Muloqot faoliyati uchun makon va zamon hodisalarining muhumligini unutmaslik kerak. Har bir

voqea ma’lum makon va zamonda kechadi hamda u yoki bu hodisa haqidagi axborotning qabul

qilayotgan tinglovchi uning qachon va qayerda sodir bo‘lganligini bilishga intiladi. Undan

tashqari, axborotning to‘liq idroki uchun, har qanday faoliyat ma’lum shaxs tomonidan bajarilishi

sababli ushbu faoliyat amalining subyekti haqidagi ma’lumot ham talab qilinadi. Demak,

“qachon” va “qayerda“ savollari “kim” savolining hamrohligida nutqiy tuzilma mundarijasini

belgilaydi.

Ideal lisoniy faoliyat nutqiy tuzilmalar tarkibida aynan shu savollarga javob beruvchi

birliklarning to‘liq tartibda mavjud bo‘lishini taqazo etadi. Masalan, “15 avgust 2007 yil soat 17:

00 SN50 50 raqamli nexia va SN37 37 raqamidagi damas rusumli avto mashinalar Bo‘stonsaroy

ko‘chasida to‘qnashganlar” turidagi gapning mazmuni aniq, chunki sodir bo‘lgan voqea haqidagi

ma’lumot anchagina batafsil; qachon , qayerda, kim yoki nima savollariga javob bor. Huddi shu


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

gapni boshqacha shaklda ham tuzish mumkin: “Kecha kechqurun shu yerda o‘sha ikki mashina

to‘qnashgan”. Ammo bu ikki tuzilma mazmun mundarijasi jihatidan teng emas. Menimcha,

keyingi gapda ifodalanayotgan ma’lumot DAN xodimlarini hech ham qoniqtirmasa kerak.

Keyingi gapdagi kecha, kechqurun, o‘sha , shu yerda birliklarining qo‘llanilishi qandaydir ikki

mashina to‘qnashgan. Lekin bu holda , zamon va sub’yekt-ob’yektlar haqidagi aniq ma’lumotni

ola olmaymiz. Umumlashtirish , kechayotgan hodisalar, predmetlar sifat-xususiyatlari kabilar

haqidagi ma’lumotni mujassamlashtirgan holda kontseptual qoliplar vositasida idrok etish

kognitiv faoliyatning samarasidir. Bunday qoliplar kontseptual birliklarning lisoniy voqelanishida

o‘z aksini topadi. Albatta, tashqi dunyodagi voqealar, predmetlar xususiy ko‘rinishdagi belgi,

xususiyatlarga egadirlar. Lisoniy tafakkur faoliyatining kognitiv bosqichidan lisoniy voqelanish

bosqichiga o‘tishda qiyoslash, analiz va sintez amallari muhim rol

o‘ynaydi. Shu amallar

vositasida umumiylik va xususiylik farqlanadi. Shuningdek , kognitiv faoliyat bevosita

mavhumlashtirish amalini ham qamrab oladi, chunki ushbu amal umumlashtirishning muhim

bosqichini tashkil etib, idrok etilayotgan ob’yektlarning alohida muhim xususiyatlarini ajratib

olib, ularni qiyoslash hamda yagona “mahrajga keltirish “ imkonini beradi.

Lisoniy tafakkur faoliyati jarayonida kuzatiladigan yana bir amal – tizimlashtirish, tasniflash

amalidir. Til ma’lumotni to‘plash va uzatishdan tashqari uni tartibga keltirish vazifasini

bajarishini ham unutmasligimiz zarur. Fransuz faylasufi Lill Universitetining professori Noil

Mulut nutqiy birliklar mazmunan ifodasining mantiqiy ifodasi haqida fikr yuritayotib, “nutqiy

ibora ma’lum bir ma’noni oddiygina belgilab, umumlashtirib va ifodalab qolmasdan, balki, u

bularning barchasini qanday tartiblashtirsa, huddi shu tartibda bajaradi”, degan xulosaga kelgan.

Mantiqshunos olimning mazmunning shakllanishi va nutqiy voqelanishi lisoniy tartiblashtirish va

umumlashtirish faoliyatlari natijasi ekanligi haqidagi fikri diqqatga sazovordir. Mantiqiy va

lisoniy umumlashtirish bir birini taqozo etadi va yaxlit yo‘nalishda kechadi. Mavhumlashtirilib,

tartibga keltirilgan tushunchalar umumlashtirilgan holda lisoniy qobiqqa ko‘chadi va lisoniy

birlikka aylanadi. Bunday umumlashmalar nutqiy faoliyatning mazmundorligini ta’minlab,

ma’lum qilinayotgan axborotning uni qabul qiluvchi shaxslar tomonidan idrok qilinishi uchun

imkon yaratadilar. Shu asnoda yuqorida keltirilgan “Kecha kechqurun shu yerda o‘sha ikki

mashina

to‘qnashgan” shaklidagi tuzilmalar mazmun ifodalsh qobiliyatiga ega bo‘lishadi.

Ammo semantik struktura jihatidan yetarli darajada to‘liq bo‘lgan ushbu gapning aniq mazmuni

yoki axborot mundarijasi faqat uning ma’lum muloqot muhitida, matn tarkibida qo‘llanilishi bilan

bog‘liq. Shuning uchun ham pragmatik nuqtai nazardan olganda , ushbu gapning mazmuni aniq

emas.

Buning sababi birinchidan , “kecha”, “kechqurun”, “shu yerda”, “o’sha ” bo‘laklarining

ma’nosi kontekst, matnda

qo‘llanishi bilan izohlanadi, ikkinchidan esa, har qanday

lisoniy struktura ma’lum maqsadni ko‘zlab tuziladi. Bu maqsad – nutqiy muloqotdir. Nutq

ijodkorlari u yoki bu lisoniy srtukturani tuzayotganida uni nutq vaziyatiga moslashtirishga

harakat qilishadi, ya’ni “lisoniy tuzilmalar bevosita matn qismlariga “langar” tashlaydilar”

1

( Levinson, 1983: 55): qizig‘i shundaki S. Levinson va boshqa ayrim tilshunoslar lisoniy

strukturalarni kontekstdan ayri holda o‘rganishga qanchalik harakat qilmasinlar, baribir nutq,

matn muhiti “zanjiri” dan chiqish imkonini topa olmadilar. Bu shundan dalolat beradiki,

kontekst qurshovining kuchi , ayniqsa, deyksis hodisasi talqinida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Til

1

Levinson, S. C. 1983.

Pragmatics

. Cambridge: Cambridge University Press. Norwood, NJ: Ablex. 55–75.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tizimi va kontekst o‘rtasidagi bog‘liqlikning lisoniy srtukturalarda aks etishini yaqqol

ko‘rsatuvchi yagona hodisa – bu deyksis hodisasidir”.

2

Jon Layonz va Stefen Levinsonlar aslida tilda avtonom, kontekstdan holi tizim sifatida qarash

mumkinligi haqidagi fikr tarafdoridirlar. Ular bu fikrni isbotlash uchun deyksis hodisasidan

foydalanadilar, go‘yo, deyksis belgilari

qo‘llanmaguncha, lisoniy srtukturalar

alohida tizimda saqlanaveradi. Har qanday hodisaning bir tamonlama tahlili natijasida

bildiriladigan fikr xolisonalikdan yiroqlashib qolish xavfidan ogohlantiradi. Ma’quli, til va nutqni

bir- biridan ozuqa oluvchi, yaxlitlikda faoliyat ko‘rsatuvchi tizimlar sifatida tasavvur qilishdir.

Ularning yaxlitligini ta’minlovchi omil va vositalarni aniqlash borasidagi ilmiy izlanishlarning

mahsuli tilshinoslik fani taraqqoyotida o‘z o‘rnini topadi. Til tizimi va uning nutqiy faollashuvi

o‘rtasidagi

“vositachilik”,

“hakamlik” rolini tilshunoslar bekorga deyksis hodisasiga

bag‘ishlayotganlari yoq. Til tizimining o‘zi nutqiy faoliyat natijasida mavjuddir, uning tabiati va

mohiyati nutqiy muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan , til birliklarining ma’no

xususiyatlari nutqda voqealanadi, aniq tus oladi. Har bir nutq ijodkori (matn muallifi) voqealikda

kechayotgan hodisani o‘zicha idrok etadi, uni ma’lum makon , zamon hududida tasavvur qilib ,

hosil bo‘lgan mantiqiy tasavvurga lisoniy libos beradi. Lisoniy voqealanish va mazmun

shakllanishi nutq muallifi tanlagan ”sanoq boshi”, yani kechayotgan hodisani zamon, makon

maydoniga joylashtirish bilan bog‘liqdir.

Demak, nutqiy faoliyatda doimo lisoniy shaklni voqelik bilan bo‘shlash hamda unga nisbatan

shaxsiy munosabat bildirish ehtiyoji tug‘iladi. Huddi shu vazifalar deyktik vositalar zimmasidadir.

Shu o‘rinda “deyksis” so‘zining ma’nosiga

to‘xtalsak, u asl yunoncha ma’noga ega

bo‘lib, “ko‘rsatish”, “ishora” bo‘lib ilmiy qo‘llanishda lison vositasida “voqelikka ishora,

ko‘rsatish” mazmunini olgan.

Ko‘rsatish, ishora vazifasini ado etuvchi birliklarni deyktik

idora deb atashadi. Bu iboralarga nisbatan ayrim faylasuf va tilshunoslar “indeksikallar”

(indexicalls) atamasini ham qo‘llab kelishmoqda. Ushbu turdagi iboralar nutqiy muloqot tizimi

mazmundorligini ta’minlovchi doimiy vositalardan biridir. Masalan, biror bir notanish narsani

ko‘rib qolib, “bu nima?” savoli bilan suhbatdoshga murojaat qilinganda deyktik ibora (“ bu “)

vositasida shu muhitda mavjud bo‘lgan narsa predmetga ishoradir.

Deyktik iboralar bolalar nutqiy rivojining dastlabki bosqichlaridanoq paydo

bo‘ladi.

Lingvistlarninng kuzatishlari guvohlik berishicha 3-7 yoshdagi bolalar nutqi, birinchidan,

egosentrik bo‘lsa, ikkinchidan, telegraf uslubida, yani “grammatikasiz” tartibda yuzaga keladi.

Shu sababli bo‘lsa kerakki, go‘daklar grammatik shakllardan ko‘ra “men”, “sen”, “u yerda”,

“mana”, “bu”, “hozir”, “keyin”, kabi iboralarni ma’qul ko‘radilar. Bunday iboralarning lisoniy

qobiliyat shakllanishining dastlabki bosqichlarida paydo bo‘lishiga yana bir sababi ushbu

iboralarning ma’no xususiyatlari bilan bog‘liq deb hisoblash tarafdorimiz. Ma’lumki, deyktik

belgilarining ma’no xususiyatlari boshqa nominativ belgilarnikidan tubdan farq qiladi. Ular

voqelikdagi predmet-hodisalarni bevosita atamasidan, balki predmet, hodisa, shaxslarning nutq

vaziyatiga nisbatan joylashuvini ko‘rsatadi. Bunday ko‘rsatish muloqot ishtrokchilari (so‘zlovchi

va tinglovchi) predmet va shaxslarni egallagan o‘rni hamda muloqot kechayotgan vaqt kabilarni

qamrab oladi. Shu xususiyatlariga binoan deyktik iboralar bilvosita ma’noga ega lisoniy belgilar

sifatida qaraladi. Go‘daklar talaffuz qiladigan so‘zlar ham, odatda, bevosita referentga ega emas,

ular vositasida aniq hodisa nomlanmaydi. Go‘dak yagona bir so‘z bilan butun bir kechayotgan

hodisani yoki hodisalar qatorini ifodalashga qodir (Ushakova ,1991).

2

Lyons,J “Language, meaning and context”, 1981.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Nutqiy harakat koordinatlarining qaysi biri ko‘rsatilishiga ko‘ra deyktik birliklar turli

guruhlarga

ajratiladi. Ilk tasniflar morfologik tamoyilga asoslangan bo‘lib ularda shaxs

olmoshlari “ men-sen-u “deyektiv guruhlariga taqsimlangan. Nemis

tilshunosi Karl

Brugmanning ushbu morfologik tasnifining keyinchalik Karl Byuller qayta ko‘rib chiqib,

guruhlar soni va tarkibini nutqiy vaziyatning boshqa qismlari hisobida kengaytirdi. Til tizimi

tahlili nazariy asoslari bilan qiziqqan ushbu psixolog olim 1936 yilda e’lon qilingan “Tilning

struktural modeli” nomli maqolasida “til nazariyasi ijtimoiy nutq vaziyati tahliliga tayonmog’i

shart va lozimmi?”,-degan savolga tastiq javobining dalillarini izlaydi. U har qanday tilda

ko‘rsatish maydoni mavjudligini va bu maydon uchun “hizmat qiluvchi ko‘rsatgich so‘zlar”

guruhlari borligini qayt etadi. Bu so‘zlar egallagan o‘ringa ishora (bu yerda, shu yerda,

u

yerda) va shaxslar ishtirokini ko‘rsatuvchilar turlariga bo‘linadi. Haqiqatda ham K.Byuller

aytganidek, “Aniq nutqiy vaziyat tahliliga tayanmasdan turib, qanday boshqa yo‘sinda barcha

ko‘rsatish so‘zlarining vazifalarini aniqlash mumkin?”. Muallif “Til nazariyasi” asarida deyksis

hodisasining mohiyati haqidagi o‘z ilmiy qarashlarini jamlab, ushbu hodisaning til qurilishi va

nutqiy muloqot tizimida tutgan o‘rni, bajaradigan vazifalarini yanada aniqlashtirishga harakat

qilgan. Deyktik iboralarni guruhlashda u nutqiy muloqot maydonining asosiy belgilovchi “o‘q”

lari so‘zlovchi – tinglovchi munosabati predmet yoki shaxsning nutq subyektiga nisbatan

egallagan o‘rni va nutqiy akt vaqti farqlariga tayanishini taklif qiladi.

K.Byuller aynan shu kitobida ko‘rsatish obyektining farqlanishiga nisbatan deyksis iboralarni

yana o‘zgacha uch turga ajratish mumkunligini ham qayd etadi: 1) ko‘rinib turgan obyektga

ishora : so‘zlovchi o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turgan obyektni ko‘rsatish vazifasini bajaruvchi lisoniy

belgilar;

2) kontekst deyksisi yani matnda oldingi o‘rinlarda qo‘llangan so‘zlarga ishora;

3) tasavvur deyksisi ya’ni so‘zlovchi bevosita ko‘rmayotgan va matnda eslatilmagan, ammo

so‘zlovchilar uchun ma’lum bo‘lgan predmetga ishora.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki , deyksis hodisasining mohiyati matnda so‘zlarning

egallagan o‘niga nisbatan ma’nosini anglash nutqiy muloqot jarayonida shaxslar ishtirokini

ta’minlash bilan chambarchas va uzviy tarzda olib boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. A.Musayev “Nutqiy muloqotni shakllantirish omillari va uning asosiy

xususiyatlari”. 1998. jdpu.uz.

2. “Til va nutq”. Ne’matov X. , Bozorov A. Toshkent 1993.

3. Maqsudova M.A. “ Muloqot psixologiyasi”. Toshkent 2006. nauchniyimpuls.ru

4. Sh. Hamroyev “Zamon va yoshlar nutqi”. Toshkent 2020.

5. Aslonov I. N. “Ijtimoiy faoliyat va muomala Psixologiyasi”. Toshkent 2019.

americanjournal.org

6. Brown P, Levinson S “Politeness” Cambridge, 1987


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Библиографические ссылки

A.Musayev “Nutqiy muloqotni shakllantirish omillari va uning asosiy

xususiyatlari”. 1998. jdpu.uz.

“Til va nutq”. Ne’matov X. , Bozorov A. Toshkent 1993.

Maqsudova M.A. “ Muloqot psixologiyasi”. Toshkent 2006. nauchniyimpuls.ru

Sh. Hamroyev “Zamon va yoshlar nutqi”. Toshkent 2020.

Aslonov I. N. “Ijtimoiy faoliyat va muomala Psixologiyasi”. Toshkent 2019.

americanjournal.org

Brown P, Levinson S “Politeness” Cambridge, 1987