JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Zayniddinova Dinara Xusnitdin qizi
Matematika yo’nalishi, Navoiy Davlat Universiteti magistranti
Zayniddinova Sabrina Xusnitdin qizi
Iqtisod yo’nalishi, Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti talabasi
O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYASI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodoyotni rivojlantirish
tendensiyalari muhokama qilinadi. Maqolada raqamli infratuzilmaning yangilanishi, davlat
xizmatlarining raqamlashtirilishi startap va innovatsiyalarni rag’batlantirish, moliya sohasida
raqamlashtirish, ta’lim va kadrlar tayyorlash kabi muhim yo’nalishlarga e’tibor qaratilgan.
Kalit so’zlar:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt,
istiqbolli loyihalar, global, zamonaviy axborot texnologiyalari.
Annotation:
This article discusses the trends in the development of the digital economy in the
Republic of Uzbekistan. The article focuses on such important areas as the modernization of
digital infrastructure, the digitization of public services, the promotion of startups and
innovations, digitization in the financial sector, education and training.
Keywords:
information and communication technologies, digital economy, artificial intelligence,
promising projects, global, modern information technologies.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются тенденции развития цифровой экономики
в Республике Узбекистан. В статье рассматриваются такие важные направления, как
обновление цифровой инфраструктуры, цифровизация государственных услуг,
продвижение стартапов и инноваций, цифровизация финансового сектора, а также
образование и обучение.
Ключевые слова:
информационно-коммуникационные технологии, цифровая экономика,
искусственный
интеллект,
перспективные
проекты,
глобальные,
современные
информационные технологии.
Sun'iy intelekt hozirgi axborot asrida nihoyatda dolzarb bo'lib, insoniyat sun'iy intellekt orqali
XXI asrning global muammolariga ilm-fanda yangi imkoniyatlarni kashf etish yo'li bilan ijobiy
yechimlarni topdi. Shuningdek, bu tibbiyot, ta'lim, energetika, qishloq xo'jaligi, shaharsozlik va
ayniqsa raqamli iqtisodiyot sohalarda sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini oshiradi.
Mamlakatimizda ham so'nggi yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha va tarmoqlar
faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, “aqlli dasturlar”ning qo'llanish sohasini
kengaytirish bo'yicha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qator huquqiy hujjatlar
qabul qilindi va ijro etilmoqda. Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal
taraqqiy etib borayotgan bugungi sharoitda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va
jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik, qishloq
xo‘jaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va
sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish urfga kirmoqda. O‘zbekistonda ham
axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar innovatsion
taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Qayd etish joizki, «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da axborot
texnologiyalari va raqamlashtirish borasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, bir qator muhim
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
dasturlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyot
va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Aholiga davlat
ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan. Raqamli iqtisodiyotning O‘zbekistonda joriy etilishi
nafaqat iqtisodiy sohani transformatsiya qilish, balki jamiyatni ham yangi ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumga moslashtirishni talab etadi. Bu jarayonni amalga oshirishda ta’lim va kadrlar tayyorlash,
innovatsiyalarni rag‘batlantirish, texnologiyalarga bo‘lgan e’tibor va xalqaro hamkorlik muhim
omillar hisoblanadi.
O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tendensiyalari so‘nggi yillarda sezilarli
darajada o‘zgarib, mamlakatning iqtisodiy tuzilmasini yangi raqamli va innovatsion tizimlar
bilan boyitishga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni ilgari surmoqda. Raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishi nafaqat texnologik yutuqlarga, balki jamiyatning barcha qatlamlarining
integratsiyasiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli
bo‘lishi uchun bir qator omillarni inobatga olish zarur.
1. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi.
O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish
uchun davlatning raqamli infratuzilmasini mustahkamlash zarur. Mamlakatda internet
tarmoqlarining kengayishi, yuqori tezlikda internetga kirish imkoniyatlarining ta’minlanishi va
telekommunikatsiya sohasida innovatsion yechimlarning joriy etilishi raqamli iqtisodiyotning
asosiy ustunlarini tashkil etadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan
xizmatlarining raqamlashtirilishi va aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘rilgan choralar
raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
2. Raqamli biznes va tadbirkorlikning o‘sishi.
Raqamli iqtisodiyotda biznesning roli o‘sib
bormoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlar yangi texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash va internet
savdosini rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda. Shuningdek, startaplar va kichik biznes
subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishiga turtki bermoqda. Elektron tijoratning o‘sishi, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi
davrida kuzatilgan tendensiyalarni kuchaytirdi va bu sohada raqamli texnologiyalarni
qo‘llashning zarurligi ortdi.
3. Innovatsiyalar va texnologik taraqqiyot.
Yangi texnologiyalarning joriy etilishi va sun’iy
intellekt, blokcheyn, katta ma’lumotlar (Big Data) kabi sohalarda O‘zbekiston o‘z salohiyatini
rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Masalan, texnologik startaplar va IT korxonalarini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari nafaqat raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga,
balki yangi ish o‘rinlari yaratishga ham yordam bermoqda. Shuningdek, innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash sohasidagi o‘zgarishlar, O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini jahon
bozorida yanada raqobatbardosh qilishga imkon yaratadi.
4. Mehnat bozoridagi o‘zgarishlar va malakali kadrlar tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishi mehnat bozorida yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. IT sohasidagi malakali
mutaxassislar, dasturchilar va raqamli marketing bo‘yicha ekspertlar talab etilmoqda. Shu sababli,
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash zarur.
Ta’lim tizimida yangi texnologiyalarni o‘rgatish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish va
yoshlarni texnik sohalarga jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda.
5
. Tarmoq xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilish.
Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi bilan
birga, kiberxavfsizlik masalalari ham jiddiy muammolarga aylanmoqda. Mamlakatda internetda
ma’lumotlar va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tizimlarini rivojlantirish zarurati oshmoqda.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shu ma’noda, O‘zbekiston hukumati tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan
dasturlar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishda bu sohadagi
xavfsizlikni kuchaytirish katta ahamiyatga ega. Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50
foizdan ortiq sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va
raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini
vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon banki hisob-
kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko‘payishi yillik YaIM
ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan.
Raqamli iqtisodiyotning asosiy komponentlari, jumladan elektron tijorat, raqamli to'lov tizimlari,
va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish orqali O'zbekistonda iqtisodiy
o'sishni ta'minlashda katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, korxonalar uchun
samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yangi bozorlarni ochish kabi ijobiy
natijalarga olib kelmoqdadir. Shuningdek, davlat tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
dasturlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan strategik maqsadlar
doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish,
inson kapitalini tayyorlash, va raqamli ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan e'tibor yo'nalishida
davom etmoqda. Natijada, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tendensiyalari
mamlakatning iqtisodiy barqarorligini oshirish, global raqobatbardoshligini ta'minlash va
aholining turmush sharoitini yaxshilashda muhim rol o'ynamoqda. Shu sababli, raqamli
iqtisodiyot sohasidagi innovatsiyalarni joriy etish va rivojlantirish davom etishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. K.M. Seitniyazov. Some traditional names in Toponimics. Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 11(4), 2023 y.
2. Rob Bogosian "Digital Economy in the Age of Disruption", Global Economic Forum, 2020.
3. Xalikov B.Sh. Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli boshqaruv texnologiyalarni
rivojlanish tendensiyalari, 2023 yil.
