Ushbu maqolada tarjima jarayonida madaniyatlararo tafakkurning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Madaniyatlararo tafakkur tarjimonning turli madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni tushunishi va ular asosida matnni aniq va to‘g‘ri tarjima qilishi uchun zarur. Tadqiqotda tarjima va madaniyatlararo muloqot nazariyalari, shuningdek tarjima amaliyotida yuzaga keladigan madaniy muammolar ko‘rib chiqildi. Maqola tarjimonlik faoliyatida madaniy kontekstni hisobga olishning ahamiyatini yoritadi va tarjimada sifatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.