JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
42
Baratova Maftuna Zafar qizi
Qarshi davlat texnika universiteti “Yerdan foydalanish, geodeziya va geoinformatika”
kafedrasi o„qituvchisi
Yuldosheva Yulduz Shuhrat qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 2-kurs talabasi
YER UCHASTKASIDA SERVITUT BELGILANISHINING HUQUQIY ASOSLARI
VA TARTIBI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yer uchastkalaridan foydalanishda servitut huquqining
qonunchilikdagi o„rni, shakllanish asoslari va amaliyotdagi qo„llanilishi yoritilgan. Shuningdek,
ommaviy va shaxsiy servitut turlarining huquqiy tafovutlari, ularni belgilash va bekor qilish
tartibi, prezident tomonidan 2023-yilda imzolangan O„RQ-871-son Qonun asosida kiritilgan
yangiliklar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida fuqarolar, yer egalari va manfaatdor
tashkilotlar uchun huquqiy takliflar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
servitut, yer uchastkasi, ommaviy servitut, qonunchilik, ijaraga berish, yer
huquqlari, O„RQ-871-son Qonun.
Аннотация:
В статье рассматривается роль права сервитута в использовании земельных
участков в законодательстве, основы его формирования и применение на практике. Также
были проанализированы правовые различия между публичными и частными сервитутами,
порядок их установления и прекращения, а также нововведения, введенные Президентом в
2023 году Законом № ZRQ-871. По результатам исследования были выдвинуты
законодательные предложения для граждан, землевладельцев и заинтересованных
организаций.
Ключевые
слова:
сервитут,
земельный
участок,
публичный
сервитут,
законодательство, аренда, права на землю, Закон Республики Узбекистан № 871.
Abstract
: This article discusses the role of the right of easement in the use of land plots in the
legislation, the foundations of its formation and its application in practice. It also analyzes the
legal differences between public and private types of easement, the procedure for their
establishment and cancellation, and the innovations introduced by the President in 2023 under
Law No. ORQ-871. Based on the results of the research, legal proposals are put forward for
citizens, landowners and interested organizations.
Keywords:
easement, land plot, public easement, legislation, lease, land rights, Law No.
ORQ-871.
Kirish:
Yer munosabatlari sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari o„zaro
to„qnash kelgan holatlarda, ayniqsa, qo„shni yer uchastkalaridan foydalanish ehtiyoji yuzaga
kelganida, “servitut” instituti muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada er uchastkalariga
nisbatan servitut belgilanishining huquqiy asoslari, tartibi va amaliy muammolari yoritiladi. Yer
uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
43
Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan oʻzga yer uchastkasining egasi oʻrtasidagi
bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan
oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida
kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab
qilayotgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan hal etiladi. Jamoat ehtiyojlari uchun zarur
boʻlgan hollarda servitut qonunga muvofiq tegishli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin
(ommaviy servitut).
Tadqiqot obyekti va uslublari:
Yer egasining muayyan hollarda qoʻshni yer egasiga tegishli
yerdan foydalanishini talab qilish huquqi servitut huquqi deb nomlanadi. Servitut quyidagi
maqsadlarda belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar,
irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sugʻorish
uchun suv olish;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga
taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi oʻrtasidagi bitimga asosan belgilanadi. Agar ikki
taraf kelisha olmasa, ushbu masala sudda koʻrib chiqiladi. Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv davlat
roʻyxatiga olinishi lozim va yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda ham saqlanib qoladi.
Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv uni belgilashga sabab boʻlgan yuqoridagi asoslar barham topganda
bekor qilinishi mumkin.
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o„zga yer uchastkasining egalik
qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o„rtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga
erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.
Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo„lgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va
Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).
Servitut to„g„risidagi shartnoma davlat ro„yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa
shaxsga o„tgan taqdirda ham saqlanib qolinadi. Servitut to„g„risidagi shartnoma uni belgilashga
sabab bo„lgan asoslar o„z ahamiyatini yo„qotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.
Servitut belgilanishi yer egasini, yerdan foydalanuvchini, yer uchastkasining ijarachisi va
mulkdorini ushbu yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish
huquqidan mahrum etmaydi.
Yer uchastkasiga nisbatan servitut to„g„risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
44
Servitut to„g„risidagi shartnomada quyidagi shartlar ko„rsatilishi kerak:
servitut belgilanishi kerak bo„lgan yer uchastkasining kadastr raqami;
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
shartnoma taraflari to„g„risidagi ma‟lumotlar;
servitutning amal qilish muddati;
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo„lganda);
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan
maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda
servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxs servitut ishtirokchilaridir.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari
quyidagi huquqlarga ega:
servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxsdan servitutdan
belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;
servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan
bo„lsa, o„sha shaxsdan haqning o„z vaqtida to„lanishini talab qilish;
servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun
yaroqli holatga keltirishni talab qilishservitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa,
o„sha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan
taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxs servitut uchun
belgilangan haqni (mavjud bo„lganda) muntazam ravishda to„lamagan taqdirda, shuningdek unda
o„z hududiga jamoat ehtiyojlari uchun mo„ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali o„tish
imkoniyati paydo bo„lgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:
servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxs bilan birgalikda
servitut to„g„risidagi shartnomani davlat ro„yxatidan o„tkazishi;
servitut to„g„risidagi shartnoma davlat ro„yxatidan o„tkazilgan paytdan e‟tiboran servitut
kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan
tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;
servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxsga servitutdan
belgilangan maqsadda foydalanilishiga to„sqinlik qilmasligi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
45
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda
saqlash uchun o„z kuchi bilan va o„z hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qo„riqlashi,
ta‟mirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat ko„rsatishi shart.
Servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxs quyidagi huquqlarga
ega:
yer uchastkasidan servitut to„g„risidagi shartnomada ko„rsatilgan maqsadlarda cheklangan
tarzda foydalanish;
servitut to„g„risidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut to„g„risidagi
shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan to„sqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan
zararning o„rnini qoplash to„g„risidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
Servitut kimning manfaatlarini ko„zlab belgilangan bo„lsa, o„sha shaxs servitut to„g„risidagi
shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi mumkin.
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut to„g„risida shartnoma tuzish haqida
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan
xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan e‟tiboran yozma shaklda javob
berishi shart.
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili:
Prezident tomonidan 23.10.2023 yildagi «Yer
toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-871-son
Qonun imzolandi
«Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan qoʻshimchalarga koʻra:
ijara munosabatlarining ob‟yektlari boʻyicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining
roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaхsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi)
mumkin;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda, ushbu ob‟yekt bilan birga
mazkur ob‟yekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasi ijarasiga
doir huquq va majburiyatlar ham boshqa shaхsga oʻtadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab
etilmaydi;
elektron onlayn-auksion orqali qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga
olgan shaхslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa
shaхsga ijara muddatidan oshmagan muddatga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. tnomasi
boʻyicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga oʻtadi.
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkinservitut ishtirokchilarining oʻzaro
kelishuviga koʻra;
yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхsning asoslangan talabiga
koʻra;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
46
servitutdan uzoq muddat (kamida 3 yil) foydalanilmaganda;
servitutning amal qilish muddati tugaganda;
agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib хizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan
boʻlsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra;
jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi
(ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv
ishlarini amalga oshirish;
oʻzganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa
liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sugʻorish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari
hamda boshqa tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish.
Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent
shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasida e‟lon qilingan va 25.10.2023 yildan
kuchga kirdi.
Xulosa va takliflar:
Tadqiqot shuni ko„rsatadiki, servitut huquqi – zamonaviy yer
munosabatlarining muhim tarkibiy qismi bo„lib, yerdan oqilona va adolatli foydalanishni
ta‟minlaydi. Servitutlar bo„yicha huquqiy normalarning takomillashishi fuqarolik huquqlari
kafolatini oshiradi, manfaatlar to„qnashuvini kamaytiradi.
Takliflar:
1. Servitutga oid shartnomalar yagona elektron reyestrda qayd etilishi majburiy etib
belgilanmog„i lozim.
2. Ommaviy servitutlarning asoslanishi va belgilanish jarayonini shaffoflashtirish, fuqarolik
nazoratini kuchaytirish kerak.
3. Yer egalariga va foydalanuvchilarga servitut huquqi bo„yicha ma‟rifiy treninglar va
maslahat xizmatlarini kengaytirish lozim.
4. Sudlarda servitut bilan bog„liq ishlar uchun maxsus ekspertiza yoki vositachilik
mexanizmlari joriy etilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Oʻzbekiston Respublikasi "Yer Kodeksi"
2.
A.R Bobojonov, Q.R Rahmonov, A.J Gʻofirov, "Yer kadastri" Toshkent-2014
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
47
3.
Sobir Nurberdiyev Norma-Aхborot - huquqiy portali www.norma.uz SERVITUTNI
AMALGA OSHIRISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
4.
https://yuz.uz/uz/news/servitut-huquqi-nima
