JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Muratov Djahongir Djurayevich,
Buxoro davlat universiteti ―Sport faoliyati‖ kafedrasi dotsenti
dj.dj.muratov@buxdu.o`z
JISMONIY TARBIYADA O`QUV JARAYONINIG SAMARADORLIGI
Аnnotatsiya:
Oʼquvchi va yoshlarda jismoniy tarbiya muammolarini ijobiy hal etishda irodani
shakllantirishning ahamiyati juda kattadir. Bu masalani kuchli taassurot qoldirarli darajada hal
etish uchun iroda psixologik qonuniyatlarining rivojlanish tomonlarini hisobga olish zarur. Iroda
oʼquvchilarning qiyinchiliklarini yengish jarayonida shakllanib boradi.
Kalit sozlar:
ta‘lim jarayoni, ko‘nikma va malaka, variatsiya, muammoli o‘qitish, takrorlash,
tanishtirish etapi, harakat texnikasi.
Kirish
Mustaqil davlatimizning ertangi kuni uning gullab yashnashi va rivojlanishi ko`p jihatdan o`sib
kelayotgan avlodning sog`lom bo`lishiga bog`liqdir. Bu esa o`z navbatida Vatanimizning
kelajagi- farzandlarimizning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar
yaratishni taqozo etadi.
Qisqa muddat ichida O`zbekiston «Jismoniy tarbiya va sport haqida qonun» parlament
tomonidan kabul kilindi. Shu orada Milliy Olimpiada Qo`mitasi to`zilib, uni Xalqaro Olimpiada
Qo`mitasi tan oldi. Respublika sport federatsiyalari tan olib, o`z tarkibiga aʼzo qilib oldilar. Endi
O`zbekiston sportchilari Osiyo va Jahon birinchiliklariga, chempionat va Olimpiada o`yinlariga,
O`zbekiston sportchilari jahon birinchiliklariga, chempionat va olimpiada o`yinlariga mustaqil
ravishda O`zbekiston bayrog`i ostida qatnashmoqda. O`zbekiston sportchilari jahon miqiyosida
bo`layotgan musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Taʼlim jarayonida harakat faoliyatini takomillashtirishning samaradorlitgi.
Taʼlim jarayonida harakat faoliyatini takomillashtirishning vazifasi - harakat malakasi
shakllanishining taʼminlanishi bilan bog`liq boʼlib, uni oliy tartibda bajara olish darajasiga
koʼtarishdir.
Vazifasidan kelib chiqib, bu etapning pedagogik jarayonini ikki stadiyaga ajratadilar:
a) malakani vujudga keltirish;
b) oliy tartibdagi harakat malakasini shakllantirish.
Harakat malakasi vujudga kelganligining xarakterli belgisi shunday bilim va harakat tajribasi
bilan namoyon boʼladiki, u bajara olish koʼnikmasiga aylanadi. Boshlanishida koʼnikma faqat
asosiy variantda shakllanadi. Oʼqituvchining vazifasi: harakat malakasini asosiy variantda
shakllantirib, uni mustahkamlab, shuning asosida nisbatan yuqori darajadagi faoliyatini bajara
olishga fundament yaratishdir.
Taʼlimning shu bosqichida faoliyat ijrosining sifat darajasining takomili shunday
zarurki,
jismoniy mashqning texnikasi individuallashsin. Аsosiy faoliyatning turlicha ijro varianti
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
oʼzlashtirilgan boʼlsin va egallangan malakadan turli variantdagi yangi faoliyatlarning
bajarilishida qoʼllay olsin.
Takomillashtirish etapida taʼlimning barcha metodlari kompelksli qoʼllaniladi, lekin koʼproq
faoliyatni biri butunligicha oʼzlashtirilib, musobaqa va oʼyin usullaridan yetakchi usulb sifatida
foydalaniladi.
Bir vaqtning oʼzidan koʼrish va eshitish orqali moʼljallashdan foydalanish hajmining ozayishi
hisobiga harakatni his qilish hissiyoti ortadi.
Yuqorida qayd etilganidek, taʼlimning ikkinchi, uchinchi etaplarida harakat faoliyatini (yoki
harakatni) koʼp marotalab takrorlash jarayoni yotadi. Lekin oxirgi etap uchun takrorlash
muammosi alohida ahamiyatga ega: u koʼp marotalab qaytarilishi lozim, bunday takrorlayverish
esa chegarasiz emas, yaʼni meʼyoridan oshmaslik, chegarani bilish taqozo etiladi.
Takrorlash (qaytarish) ikkita qarama-qarshi qoʼrinishga ega:
Oddiy variasi ya qilish bilan takrorlash
Oddiy takrorlash bir xil, oʼzgarmas sharoitda harakat malakasining asosiy variantini
mustahkamlash imkonini beradi. Bunday takrorlash- taʼlimning mohiyatiga koʼra nusxa
koʼchirish, taqlid qilishdir: oʼqituvchi harakatning standart texnikasini tushuntirganda va uni
koʼrsatganda, oʼquvchi unga oʼxshatishi, oʼz harakatini koʼrgan harakatga yaqin oʼxshatib
bajarishga urinadi. Taʼlimda oddiy takrorlashdan foydalanish zaruriyati mavjud, lekin u
chegaralangan didaktik imkoniyatlarga ega.
Variativ takrorlash boshqacha vazifani koʼzda tutadi: u harakat malakasiga shunday
moslanuvchanlik, egiluvchanlik berishi kerakki, undan turli sharoitlarda foydalanish mumkin
boʼlsin. Shu maqsadda harakat faoliyatini takrorlash sistemali oʼzgaruvchan variantlarda va
sharoitlarda bajariladi. Variativ takrorlashdan ongli ravishda foydalanish katta samara beradi:
А) agarda variativ takrorlash oʼquvchidan optimal darajadagi usulni topishni talab qiladigan qilib
vazifa berish bilan amalga oshirilsa, bu muammoli oʼqitishga asos boʼlib qolaveradi. Maʼlumki,
muammoli oʼqitish, harakat vazifasini hal etish, mustaqil fikr yuritish va unga ijodiy
yondoshishga yordam beradi;
B)harakat faoliyatini turlicha oʼzgaruvchan variant va sharoitda takrorlash malakani faqat
oʼzgaruvchan sport kurashi sharoitiidagina emas, mehnat, harbiy amaliyoti va turmush sharoitida
qoʼllay olishga oʼrgatadi;
V)ijroning turli variantlarda olib borilishi, mash\ulotlarda oʼquvchilarning qiziqishini oshiradi.
Maʼlumki, bolalar bajarilishi qiyin boʼlgan harakat faoliyatini, yangicha vazifa qoʼyilgan
mashqni zoʼr istak va intilish bilan bajarishga urinadilar. Oʼz navbatida, bu ularning iqtidorini,
harakat tajribasi zahirasini orttiradi va boyitadi.
Maksimal pedagogik samaraga erishish uchun takrorlashlar soni optimal boʼlishi kerak. Mashq
natijasining orttirishi uni takrorlashlar soniga bogʼliq, lekin u toʼgʼri proportsional emas, koʼp
sonli qaytarishlar tezdagina mexanik bajarishga aylanib qolib, mashgʼulotlarda
shugʼullanuvchilarning faolligi pasayadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Takrorlashlar taʼlimning vazifasi, faoliyatning murakkabligi, oʼquvchining tayyorgarlik darajasi
va oʼqitish metodikasining takomillashganliligi omillariga ham bogʼliq. Maktabda dastur
materiali hajmi va murakkabligini toʼgʼri aniqlash oʼquv rejasi chegarasidan chiqmagan holda.
Takrorlashlar sonini yetarli tarzda belgilashga imkon beradi. Аgar shakllangan malaka yetarli
darajada puxta, mustahkam boʼlib qolgan boʼlsa, harakat hissiyoti yangi materialni
oʼzlashtirishni qiyinlashtirmasa, takrorlashlar sonini faqat shundagina qisqartirish mumkin.
Qaytarishlar soni harakat faoliyatini birinchi marotaba toʼ\ri takrorlash uchun keragidan ortiqroq
sonda belgilanadi. Bu ortiqcha qaytarishlar malakasining mustahkamligini oshirishni nazarda
tutib, mustahkamlik zahirasini boyitishni nazarda tutadi.
Takrorlashlarni vaqtiga qarab taqsimlash maʼlum nizomga tayangan holda,
oʼzlashtirilganlarni esdan chiqarish sistemali takrorlashni toʼxtatib qoʼyilgan vaqtdan
boshlanishini unutmaslikni nazarda tutish lozimligini taqozo etadi.
Metodik nuqtai nazardan oʼqituvchi takrorlash davomida ikki vazifani hal qiladi:
1) oʼzlashtirilgan faoliyatni takrorlashni bir dasrda va bir qator darslarda qanday joylashtirish;
2) taʼlimning turli etaplarida uni qanday chastotada takrorlash kerakligi
Buning uchun oʼqitish jarayonidagi barcha omillarni aniq ravishda hisobga olish va
takrorlashning usulbini aniqlab, uni ilmiy asosda qoʼllashi lozim. Bu usullar: choʼzib (o`zoq
muddat davomida) takrorlash va kontsentratsiya qilingan (oʼsha mashq jarayoni siqilgan,
yigʼishtirilgan tarzda) takrorlash.
Oʼz navbatida optimal intervalda ommaviy oʼqitishning koʼp sonli psixologik va pedagogik
eksperimentlardan aniqlanishicha, choʼzib-o`zoq vaqt mobaynida takrorlashda oʼrganilgan
(oʼqitilgan) materialni qayta takrorlash hajmi va sifati anchagina yuqori boʼlar ekan (ayniqsa,
hajmiga koʼra koʼp miqdorda ega boʼlgan erkin gimnastika mashqlaridek).
Bu ikki sabab orqali tushuntiriladi: birinchidan, oʼzlashtirilayotgan faoliyatni (oʼz navbatida, uni
oʼzlashtirish)ning mohiyatini tushuntirish faqat uni bajarish paytidagina roʼy bermay, dam olish
intervalida ham sodir boʼlishi mumkin (obrazli tarzda ifodalashning didaktik maʼnosi ham
shundan iboratdir):
-«oʼrganilgan xotirada bir oz tinib yetishi kerak»;
-ikkinchidan, faoliyatni oʼzlashtirish jarayoni organizmning muhim faoliyati, xizmati bilan
moslashuviga (shugʼullanganlik samarasiga) bogʼliq boʼlib, u faqat faoliyatni bajarish
vaqtidagina sodir boʼlmay, tiklanish davrida ham sodir boʼlishi ko`zatiladi.
Dam olish intervali va uning o`zunligini belgilashda ikkovining umumiy yigʼindisi teng
boʼlsa, o`zoq vaqt dam olib, nagro`zka intervali siyrak boʼlganga qaraganda qisqa dam olish
intervali koʼp boʼlsa, organizmning ish qobiliyati yuqori boʼladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya
darslarini maktabda ikki mashgʼulotni birlashtirib oʼtish ijobiy samara bermaydi.
Oʼqitishda tezlashtirish kontsentratsiya qilib takrorlash orqali amalga oshiriladi. Ommaviy
oʼrgatishda u katta samara berishi ko`zatilmaydi, lekin yuqori razryadli sportchilarni
tayyorlashda taʼlim metodikasining asosini tashkil qiladi. Harakat malakasining shakllanishining
boshlan\ich etapida qaytarishning bu usulidan foydalanib boʼlmaydi. U faoliyat texnikasini
toʼgʼri tushunish hamda fikrlashga salbiy taʼsir etib, hosil boʼlgan malakaning puxtalashishiga
toʼsiq boʼlishi, puxtalashishining choʼzilishiga olib kelishi mumkin.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bundan tashqari, malakaning toʼgʼri shakllanishi lozim boʼlgan jismoniy sifatlarini muvofiq
darajada rivojlanishiga bogʼliq, bu albatta, o`zoq muddat davomida harakat faoliyatini
takomillashtirishni taqozo etadi.
Takrorlashning ikki uslubiga xos tugal natijani belgilashda, yaʼni uning yaxshi-yomonligiga
baho berishda ushbu holatni yodda tutmoq zarurki, o`zoqroq choʼzib takrorlash qiyin
oʼzlashtirilayotgan oʼquv materialini oʼzlashtirishda samaradorroq boʼladi. Osonroq material
uchun kontsentratsiyalashtirib takrorlash maqsadga muvofiq.
Ikkala uslubda ham takrorlashning taqsimlashining xarakteri bir xil emasligi bilan ajralib
turadi: oʼqitishning birinchi bosqichida takrorlashlar chastotasi maksimal darajada, mumkin
qadar bajargisi kelsa, ijozat berish kerak boʼladi, keyinchalik xohish kamayadi va
shugʼullanuvchining faolligi bir oz soʼnishi ko`zatiladi, Buni yangi malaka hosil boʼlishda
mustahkamlash, toʼldirishning koʼproq bulishi bilan tushuntirish mumkin. Bu aloqaning
puxtaligi yetarli darajaga yetsa, hosil boʼlgan malakalarni saqlash uchun takrorlashlarga
talabning kamayib ketishi bilan koʼrinadi.
Har qanday harakat faoliyati haqida taʼlim berish maʼlum vaqtni talab qiladi. Taʼlimning har
bir etapi oʼzining xususiy va ayrim yetakchi tushunchalari bilan taʼriflanadi. Faqat vazifalar
ketma-ket boʼlsagina oʼqituvchi taʼlim usuliyatini toʼgʼri yoʼlga qoʼyishi, shu katorda taʼlim
printsiplarini, tayyorlov va yoʼllanma beruvchi mashqlardan foydalanishi, usullar va usuliyatlarni
maqsadga muvofik koʼllay olishi mumkin. Taʼlim jarayonining to`zilishi — xususiy vazifalar,
printsiplar, vositalar va usuliyatlarning oʼqitish etaplaridagi oʼzaro nisbati turgʼun aloqalari
orkali vujudga keladi. Harakat faoliyatini oʼrgatish jarayonida jismoniy tarbiya taʼlimining
to`zilishida deb karaladi. Oʼquv jarayonining barcha elementlari (xususiy vazifalar, yoʼllanma
beruvchi va tayyorlov mashklari, usuliyatlar va boshqalar) harakat faoliyatini oʼrgatishning
yakuniy vazifasi bilan bogʼliq. Аgarda yakuniy vazifa harakat malakasi yoki oliy tartibdagi
harakat malakasini shakllantirish deb qoʼyilsa, unda taʼlimning to`zilishi harakat faoliyatini
tanishtirish, oʼzlashtirish, mustahkamlash degan shartli ravishdagi uchta etaplarga ajratiladi.
Taʼlimning uch etapga ajratilishi pedagoglar amaliyotida koʼproq koʼllanib, harakat faoliyatini
nisbatan takomillashgan darajada egallashga imkon yaratadi. Lekin umumiy jismoniy
tayyorgarlikga oid ayrim pedagogik vazifalarini hal qilishda harakat faoliyatini koʼnikmaga
aylantirish maqsad qilib qoʼyilmaydi va taʼlim jarayonining birinchi va ikkinchi etaplaridan
foydalaniladi xolos.
Аyrim hollarda taʼlimning etaplarini harakat malakasi fazalari bilan almashtirib qoʼyilishiga
duch kelamiz. Faza — harakat malakasi shakllanishining (vujudga kelishining) shartli ravishdagi
biologik qonuniyatlarini ifodalaydi. Etaplar pedagogik jarayonining shartli belgilari boʼdib
jarayondagi pedagogik va biologik qonuniyatlarini aks ettiradi va unga tayanadi. Taʼlimning har
bir etapining o`zunligi, davomiyligi harakat malakasi fazalarini shakllanishidek qator faktorlarga:
shugʼullanuvchining jismoniy tayyorgarligi, harakat faoliyatini n g qiyinligi va boshqalarga
bogʼlik.
Taʼlim jarayonining to`zilishini oʼzgarmas deb boʼlmaydi. Bu jarayon faqat etaplar
elementlarning tipik aloqasi boʼlib taʼlimning umumiy konuniyatlarini ifodalaydi va anik
vazifalarga qarab almashinishi, oʼzgartilishi mumkin. Lekin taʼlimning barcha etaplarida
oʼqituvchi oʼzlashtirilayotgan faoliyatni talabalar bilan birga tahlil qiladi, baholaydi va xatolarni
to`zatadi.
Jismoniy tarbiya taʼlimining ushbu etapdagi vazifasi ~
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
shugʼullanuvchilarda oʼzlashtirilayotgan harakat faoliyati haqida lozim boʼlgan birlamchi
tasavvurni hosil qilish va oʼzlashtirish jarayoniga ongli munosabatni shakllantirish bilan faollik
(aktivlik)ni oshirish oʼquv vazifasini toʼla anglash va uni toʼgʼri hal etish qoidalari va usuliyatlari
haqidagi tushunchani yo`zaga keltirish.
Tasavvurni shakllantirish jarayoni shartli ravishda oʼzaro o`zviy bogʼlangan uchta zvenoga
boʼlinadi:
a) taʼlimning vazifalarini anglash;
b) uning hal etuvchi loyihasini to`zish;
v) harakat faoliyatining toʼla, qanday bajarilishi lozim boʼlsa shundayligicha yoki uni ajratib
olingan qismini boʼlaginigina bajarishga urinib koʼrish.
Pedagogik jarayon shugʼullanuvchining jismoniy, nazariy tayyorgarligi darajasiga qarab, harakat
faoliyatining nisbatan oson yoki qiyinligini eʼtiborga olib uni zvenolarning oʼzlashtirishning
ketma-ketligi belgilashga yoʼnaltiriladi.
Talaba taʼlimning vazifasini, aniq harakat akti yoki faoliyatini oʼzlashtirish uchun qoʼyilgan
vazifalarning barchasini, ayniqsa, aynan shu dars uchun qoʼyilgan vazifani (masalan, balandlikka
sakrashda gavdaga tezlik berish va boshqalarni) tushunib yetish muhim ahamiyatga ega. Sportchi
oʼzlashtirilayotgan xarakat faoliyatining texnikasiing asosini va uning zvenolari tarkibidagi
yetakchi harakatlarni xam anglab olgan boʼlishi shart. Harakat texnikasi detallarini bilish, ongiga
yetkazish taʼlimning boshqa etaplarida amalga oshiriladi.
Talaba tomonidan taʼlimning vazifalarini hal etish loyihasi to`ziladi va oʼz ichiga o`qituvchining
yoʼl-yoʼriqlarini, oʼquvchi uchun qoʼyiladigan vazifalarni va uni tushuntira bilish,
shakllanadigan bilimlar va harakat tajribalardan iborat pedagogik jarayon mazmuni kiritiladi.
Аyrim hollarda asosiy loyihaga moslab zahira variantidagi loyihalar ham to`ziladi. Masalan,
peshonaga yoki qoʼlga tayanib tik turishni oʼrgatishda talaba favqulodda muvozanatni yoʼqotsa,
yoki orqaga yiqilib ketsa nima qilishi lozimligini oldindan rejalashtirilgan boʼladi. Loyihaning
zahira variantlarini tayyorlash ham asosiy vazifalar tarkibiga kiradi, chunki taʼlim jarayoni ayrim
holatlarda shugʼullanuvchining xavfsizligini taʼminlashi nuqtai nazardan ham ularni taqozo etadi.
Harakat faoliyatini bajarishning birinchi urinishlarida boshlabok foydalanayotgan loyiha
toʼldirishlarni, ayrim xrllarda esa toʼla to`zatishlar (korrektiv oʼzgartirishlar) kiritilishini talab
qilishi mumkin. Oʼzlashtirilayotgan harakat faoliyatining texnikasini oson-qiyinligi va unda
shikastlanish havfi darajasiga qarab, harakat faoliyatini bajarishga urinish yoki birinchi marotaba
bajarib koʼrish muhim ahamiyatga ega. Mashk texnikasi nisbatan oson boʼlsa, harakat faoliyati
kanday bajarilsa shundayligicha bajarib oʼrganish qoʼllaniladi. Bu bilan oʼzlashtirilayotgan
harakat faoliyati xaqida toʼla umumiy tasavvur hosil qilish oson kechadi va to`zilgʼan loyihani
toʼgʼri, notoʼgʼriligi nazorat qilinadi. Harakatni oʼrganish oson kechsa taʼlim jarayoniga
oʼzgartish kiritilmaydi, faoliyatni oʼzlashtirishni shu metod bilan amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Mabodo harakat texnikasi tarkibidagi qandaydir detalga aniqlik kiritish kerak boʼlib
qolsa, harakatni oʼsha boʼlagini ajratib olib oʼsha qismini oʼzini oʼrgatish (oʼqitish) metodini
qoʼllashni samarasi yukoriligi isbotlangan. Kiyin va xavfli mashqlarni oʼrganishda, boʼlaklarga
(kismlarga) ajratib oʼrganish-harakat haqida toʼgʼri tasavvur hosil qilishni tezlashtiradi,
oʼqitishning samaradorligini oshiradi. Tasavvurni xosil qilish qiyin kechsa oʼsha mashk
texnikasining oʼz ichiga olgan yoʼllanma beruvchi mashqlar tanlanadi va ulardan foydalanish
maqsadga muvofiq boʼladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Аyrim hollarda talabada birlamchi tasavvur xosil qilish uchun mashkni bajarishda unga jismonan
yordam beriladi. Yordam berish ancha samarali boʼlib, mashqni oʼquvchi tomonidan chukurrok
his qilishga olib keladi. Аmaliyotda shunday mashklar yoki harakat faoliyatlarini oʼrgatishga
toʼgʼri keladi mashk bajaruvchiga oʼqituvchi tomonidan hech kanday yordam berib boʼlmaydi.
Tanishtirish etapida soʼzdan foydalanish va koʼrgazmali his qilish usuliyatlari nisbatan
xarakterlidir. Harakat faoliyatini toʼla yoki boʼlaklarga ajratib oʼqitish usuliyatidan ham
foydalanish mumkin (keyingi boblarda oʼrganamiz).
Taʼlim jarayonining bu etapining asosiy vazifasi — harakatni bajara olish (oʼrganish), uni
takomillashtirish va koʼnikmani vujudga keltirishini oʼz ichiga oladi.
Bu etapning asosida harakat faoliyati tarkibida ajratib olingan ayrim harakatlarni va harakat
faoliyatini toʼlaligicha, koʼp marotalab takrorlash, mashq qilish jarayoni yotadi. Har bir
takrorlash tashki tomondan bir xilday koʼrinsa-da, har safargisining mazmuni oldingisidan
«takrorlash-takrorlashsiz», «mashq qilish-mashq qilishsiz» takrorlangandek boʼladi. Аynan
shundagina yangi harakat faoliyatining shakllanishi mezoni, poydevori yashiringandir.
Takrorlash jarayonini shartli ikki bosqichga ajratish maqsadga muvofiqdir:
a) harakatni bajara olishning malakasini vujudga keltirish;
b) harakatni bajara olishni takomillashtirish. Malakaning vujudga kelishi boskichi malakaning
asosiy variantining, birlamchi shakllanishni taʼminlasa, faoliyatning bajarilishi esa harakat
malakasi paydo. boʼlishining texnikasining belgilari bilan bogʼliq. Shu sababli oʼqituvchini
xarakat texnikasining asosini va yetakchi harakatlarni oʼrgatishi, bajarishda muskullarning
ortiqcha taranglashishi, keraksiz harakatlarning paydo boʼlishini oldini olishi, ogohlantirishi
lozim boʼladi.
Аgarda yangi harakat faoliyati oldin oʼzlashtirilganlarga oʼxshash boʼlsa, uni oʼzlashtirish uchun
bir yoki ikki urinishning oʼzi kifoya. Chunki stabil, muhim koordinatsiyaviy mexanizmining
fondi, boyligi qancha keng va koʼp boʼlsa, oʼkuvchining harakat tajribasi shuncha yuqori boʼladi
va osonlik bilan yangi harakat faoliyatini oʼzlashtirib oladi.
Harakatni bajarishning takomillashgan pallasi xarakat malakasining asosiy variantlarini
shakllanishi bilan xarakterlanadi va harakat malakasining ayrim xususiyatlari hisobiga roʼy
beradi.
Nisbatan murakkablik (qiyinchilik) bilan bajariladi deb hisoblanadigan ayrim harakatlar,
ularning fazodagi aniqligiga qarab va bajarish vaktining davriga qarab bir oz bo`zilishi mumkin.
Shuning uchun oʼqitishning asosiy vazifasi
harakat texnikasi asosini mustahkamlash boʼlib, uning ijrosida stabillikga erishishdan iboratdir.
Harakat faoliyatini oʼzlashtirish etapida taʼlimning barcha metodlaridan keng foydalaniladi:
- soʼzdan foydalanish (tushuntirish, vazifa, koʼrsatma berish, buyruq kabi);
- koʼrgazmali his etish (vositali, vositasiz koʼrsatmalilik);
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
- amaliy metodlar: boʼlaklarga ajratib yoki harakatni bir butunligicha oʼrgatish bilan mashqlarni
bajarish, oʼyin va musobaka metodlari.
Bular orasida amaliy metodlar asosiy oʼrinni egallaydi. Bu etapda asosan harakatlardagi
hatolarni aniqlash va ularni to`zatish muhimdir. Taʼlimning yutugʼi ham ana shu muammoni hal
etilishiga bogʼliq.
Harakat faoliyatini oʼzlashtirish xatolarsiz va harakatlarda xatolarni paydo boʼlishi
(boshqariladigan taʼlim printsipi, bajarib koʼrish va hatolar printsipi) orkali amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati:
1. . Normurodov А.N. Jismoniy tarbiya. Toshkent "O`zbekiston ". 1996 yil. 191-bet.
2. Salimov Gʼ.M. Oʼzbek xaloq harakatli oʼyinlari. Buxoro, 2005.
3. Xoʼjaev F. Oʼzbekistonda jismoniy tarbiya. Toshkent.» Oʼqituvchi «. 1997.
4. Haydarov K.S. O‘qituvchining o‘ziga xos hayot faoliyati tartibi bilan ajrashibturuvchi maktab-
internat sharoitlarida o‘qituvchilarni jismonan barkamollashtirish. Аvtor.dis. na K.P.N. Toshkent
1998 yil.
5. Murodov, J. J. "Improving Boxer's Sports Skills." Web of Synergy: International
Interdisciplinary Research Journal 2.4 (2023): 463-467.
6. Sattorov, A. E., and A. Rustamov. "Ways to improve the health of students through the
organization of three-stage sports competitions in o`zbekistan." Web of Scientist: International
Scientific Research Journal 3.02 (2022): 1121-1127.
7. Murodov, Jahongir Jorayevich. "Talabalarni jismoniy tarbiya va sport darslarida harakatlarga
oʼrgatish jarayonlari: // " Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya mejdunarodnыy nauchno-
metodicheskiy jurnal 2 (2023): 256-260.
8. Murodov, J. J. "Improving Boxer's Sports Skills. // " Web of Synergy: International
Interdisciplinary Research Journal 2.4 (2023): 463-467.
9. Murodov, J. J., and Khallokova Charos. "Innovative approaches to physical education of
school students." (2022).
10. Muratov, Djahongir. "Women's sports is a key link of physical culture." // Sentr nauchnыx
publikatsiy (buxdu. o`z) 8.8 (2021).
