Авторы

  • Ibodova Khosiyat Amin kizi
    Osiyo Xalqaro Universiteti “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim)” mutaxassisligi 2-bosqich magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104320

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar taraqqiy etgan hozirgi davrda boshlang‘ich sinflarda o‘qish va ona tili darslarini innovatsion vositalar yordamida tashkil etishning afzalliklari yoritilgan. Interaktiv metodlar, multimedia resurslari, onlayn platformalar orqali o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlash, savodxonlik, ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirishda qanday xizmat qilishi haqidagi amaliy misollar keltirilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ibodova Khosiyat Amin kizi

Osiyo Xalqaro Universiteti “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim)”

mutaxassisligi 2-bosqich magistri

HOZIRGI TEXNOLOGIYA TARAQQIY ETGAN DAVRDA O‘QISH VA ONA TILI

DARSLARIDA INNOVATSION VOSITALARDAN KENG FOYDALANISHNING

FOYDALI XUSUSIYATLARI

Annotatsiya

: Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar taraqqiy etgan hozirgi davrda

boshlang‘ich sinflarda o‘qish va ona tili darslarini innovatsion vositalar yordamida tashkil

etishning afzalliklari yoritilgan. Interaktiv metodlar, multimedia resurslari, onlayn platformalar

orqali o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlash,

savodxonlik, ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, bu texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirishda qanday xizmat qilishi haqidagi

amaliy misollar keltirilgan.

Аннотация

: B данной статье рассматриваются преимущества использования

инновационных технологий на уроках чтения и родного языка в начальных классах в

условиях стремительного развития современных технологий. Освещены методы

повышения интереса учащихся к обучению с помощью интерактивных ресурсов,

мультимедиа и онлайн-платформ. Также приведены практические примеры того, как

такие подходы способствуют развитию грамотности, критического мышления и

творческих способностей школьников, повышая эффективность учебного процесса.

Abstract

: This article explores the benefits of integrating innovative technologies into reading

and native language lessons in primary schools in the context of rapid technological

advancement. It discusses how interactive methods, multimedia tools, and online platforms can

enhance students' interest in learning, as well as improve literacy, independent thinking, and

creativity. The article also presents practical examples demonstrating how these technologies

contribute to making the educational process more effective and engaging.

Bugungi kunda butun dunyoda ta’lim tizimi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ilm-fan

taraqqiyoti, jamiyat ehtiyojlarining o‘zgarishi va global axborot makonining kengayishi

natijasida ta’lim sohasida yangicha yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Xususan, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) tezkor va izchil rivojlanishi nafaqat sanoat, tibbiyot,

iqtisodiyot va boshqa sohalarni, balki ta’lim tizimini ham tubdan o‘zgartirib yubormoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha jabhalariga chuqur kirib

kelgani bois, zamonaviy o‘quvchi ham an’anaviy dars shakllaridan ko‘ra interaktiv va vizual

uslublarga nisbatan ko‘proq qiziqish bildiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilardan dars

jarayonini texnologiyalar asosida tashkil etishni, bilim berish bilan birga, o‘quvchini

rag‘batlantirish, motivatsiya berish va uni faol ishtirokchi sifatida darsga jalb etishni talab qiladi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim berish — bu faqatgina yangi vositalarni joriy etish

emas, balki o‘quv jarayonini yanada mazmunli, tizimli va zamonaviy ehtiyojlarga mos holda

tashkil qilishdir. Bu yondashuv bolalarda nafaqat bilimlarni egallash, balki ularni tahlil qilish,

mustaqil fikrlash, savol berish, muammo yechish, kreativ fikr yuritish, o‘z nuqtai nazarini

asoslash kabi XXI asr kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xususan,boshlang‘ich sinflarda o‘qish va ona tili darslarida innovatsion vositalardan foydalanish

— bu eng avvalo o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga

o‘zgartirish demakdir. An’anaviy dars jarayonida faqat o‘qituvchi faol bo‘lsa, innovatsion

yondashuvlarda o‘quvchi darsning asosiy ishtirokchisiga aylanadi. Multimedia vositalari,

slaydlar, interaktiv taqdimotlar, didaktik o‘yinlar, onlayn mashqlar va testlar yordamida darslar

nafaqat tushunarli, balki qiziqarli ham bo‘ladi.

Shuningdek, bunday yondashuv orqali o‘quvchilar matnni o‘qib tushunish, grammatik qoidalarni

mantiqan izohlash, so‘z boyligini kengaytirish, fikrini ravon bayon etish, tahliliy va ijodiy

yondashuv kabi ko‘nikmalarni mustahkamlashga erishadi. Darslar mobaynida AKT vositalaridan

foydalanish orqali har bir o‘quvchi o‘zining bilim darajasiga mos tempda ishlay oladi, bu esa

individual yondashuvga imkon yaratadi.

Umuman olganda, o‘qish va ona tili darslarida zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi

o‘quvchilarda ilgari faqat nazariy tarzda o‘rgatilgan bilimlarni amaliy faoliyat orqali

mustahkamlash imkonini beradi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshirib, o‘quvchining o‘qishga

bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini kuchaytiradi. Innovatsion yondashuvlar ta’limni nafaqat

ma’lumot berish jarayoni, balki tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va hayotga tayyorlovchi tizimga

aylantiradi.

Zamonaviy texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni

Zamonaviy texnologiyalar deganda, birinchi navbatda, interaktiv doskalar, multimedia

qurilmalari, kompyuter va planshetlar, internet resurslari, elektron darsliklar, onlayn test tizimlari,

ta’limga ixtisoslashgan mobil ilovalar va platformalar nazarda tutiladi. Bu vositalar o‘qituvchiga

darsni jonli va interaktiv tashkil qilish imkonini bersa, o‘quvchiga darsni tushunishda

ko‘maklashadi.

Bugungi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalarga tez moslashuvchan bo‘lib,

ularning e’tiborini jalb qilish va uni saqlab qolish uchun an’anaviy dars usullaridan ko‘ra

zamonaviy yondashuvlar samaraliroqdir. Shuning uchun zamonaviy vositalarni darsga tatbiq

etish, ayniqsa o‘qish va ona tili kabi asosiy fanlarda, dolzarb ahamiyatga ega.

O‘qish darslarida innovatsion vositalardan foydalanishning afzalliklari

O‘qish darslarida o‘quvchilarga matnlarni o‘qitish, ularni tushunish, mazmunini tahlil qilish,

obrazlarni tasavvur qilish kabi ko‘nikmalar beriladi. Bu jarayonni qiziqarli va samarali o‘tkazish

uchun quyidagi innovatsion vositalar yordam beradi:

Audiokitoblar va videohikoyalar

: O‘quvchilarga ertak yoki hikoyani faqat matn shaklida

emas, balki eshitish yoki tomosha qilish orqali taqdim etish, ularning matnni chuqur tushunishiga

yordam beradi.Masalan,biror asaerni o’qib uni You tube platformasidan videorolik ko’rinishida

qo’yib bersa yanada tushunarli bo’ladi,bundan tasgqari bolada visual xotira rivojlanadi.

Interaktiv o‘yinlar

: Masalan, "Matnni to‘ldir", "Savol-javob", "To‘g‘ri noto‘g‘ri" kabi

topshiriqlarni

kompyuter

yoki

planshet

orqali

bajarish

bolalarda

ishtirokni

kuchaytiradi.Masala,Kahoot platformasi orqali so’rovnoma yoki test shaklida so’rash yaxshi

natija beradi.Oddiy va ana’anaviy savol-javob usulidan ko’ra ancha foydaliroq hisoblanadi.

Slaydlar va vizual materiallar

: Har bir matnga oid rasm, animatsiya yoki infografikani

qo‘llash orqali matn mazmuni tez va oson tushuntiriladi.Ayniqsa hozirgi paytda sun’iy intellect

orqali video materiallar,rasm va grafikalar juda ham ommalashyabdi,albatta bu juda katta

imkoniyatlarni ochib beradi.U orqali siz matn yozib tayyor mavzuga mos videoroliklar,slayd va

boshqa rivojlantiruvchi materiallar taqdim etishingiz mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tinglab tushunish testlari

: Matn audio shaklida berilib, keyin unga doir savollar berilishi

o‘quvchilarning eshitib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiradi.Va bundan tashqari,bu usul

kelajakda har xil sertifikat va tanlovlarda qatnashish uchun poydevor sanaladi.Bu sullar

kelajakda ularga asos sifatida qo’l keladi.

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarning roli

Ona tili darslarida grammatik qoidalar, so‘z tuzilmalari, imlo va uslubiy normalar o‘rgatiladi. Bu

mavzularni oddiy izohlar orqali o‘rgatish ba’zida zerikarli bo‘lishi mumkin. Lekin zamonaviy

texnologiyalar yordamida ushbu mavzularni o‘quvchilar yodda saqlab qolishi osonlashadi.

Quyidagi vositalar bunda katta yordam beradi:

Wordwall, Quizlet, LearningApps

kabi platformalarda tayyorlangan testlar va mashqlar

orqali o‘quvchilar grammatikani o‘yin shaklida o‘zlashtiradi.

Diktantlar va avtomatik tekshiruvlar

: O‘qituvchi matnni audio shaklida beradi, o‘quvchi

yozadi, keyin esa maxsus dastur orqali xatolar ko‘rsatiladi va baholanadi.

Interaktiv taqdimotlar

: Har bir grammatik mavzuni slaydlar, animatsiyalar va misollar

bilan tushuntirish orqali bolalar tushunmagan qoidani tezroq anglaydi.

Nutqiy topshiriqlarni video yozish

: O‘quvchilarning nutqiy rivojlanishini baholash uchun

ularning gapirayotgan videolari yozib olinib, muhokama qilinadi.

Innovatsion yondashuvning tarbiyaviy va metodik ahamiyati

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish nafaqat bilim berishda, balki o‘quvchilarni mustaqil

fikrlash, o‘z ustida ishlash, izlanish, jamoa bo‘lib ishlash, axborotni tahlil qilishga o‘rgatadi.

Shuningdek, quyidagi ijobiy natijalar kuzatiladi:

Tarbiyaviy foydalarini keltirib o’tadigan bo’lsak masalan,texnologiyalar orqali berilgan

materiallar (vatanparvarlik, odob-axloq, ekologiya, sog‘lom turmush tarzi haqida) o‘quvchilarni

ma’naviy tarbiyalashga xizmat qiladi.

Ko‘p kanalli ta’lim tizimida esa,o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘radi, eshitadi, yozadi va

o‘ylaydi. Bu esa bilimni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

Ijodkorlikni rivojlantirish ham juda muhim jihati hisoblanadi.Xusuan,Slayd tayyorlash,

hikoya yozish, drama sahnalashtirish kabi topshiriqlar orqali bolalarda ijodiy tafakkur

shakllanadi.

Amaliy misollar va tajriba

Misol uchun, 3-sinf ona tili darsida "Fe’l" mavzusi o‘rganilayotgan bo‘lsa, Wordwall

platformasida fe’l va boshqa so‘z turkumlarini ajratish bo‘yicha o‘yinli test tashkil qilinadi.

Bolalar bu testni mobil qurilmada bajarganidan so‘ng, eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi

rag‘batlantiriladi. Bu yondashuv nafaqat mavzuni o‘rgatadi, balki musobaqalashish ruhini ham

kuchaytiradi.

Shuningdek, o‘qish darsida "Alpomish" dostoni haqida qisqa video ko‘rsatiladi. So‘ngra

o‘quvchilarga ushbu video asosida savollar beriladi va kichik guruhlarda tahlil qilinadi. Natijada,

o‘quvchi faqat matnni emas, uning mazmuniy, ma’naviy va badiiy jihatlarini ham o‘zlashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi texnologik rivojlanish sharoitida o‘qish va ona tili darslarida

innovatsion vositalardan keng foydalanish — bu zaruratdir. Bu yondashuv darslarni zamonaviy,

samarali va bolalar uchun qiziqarli qiladi. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, so‘z boyligi,

savodxonligi va nutq madaniyati rivojlanadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O‘qituvchi esa doimo yangiliklarga ochiq bo‘lishi, texnologiyalarni o‘rganib borishi va ulardan

o‘rinli foydalanishni bilishi lozim.Chunki kelajak avlodni raqobatbardosh qilib tarbiyalash -

bugungi ta’lim tizimining eng muhim vazifasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. “Ta’lim

to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Toshkent,

2020.O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etish

asoslari bayon etilgan.)

2. Zokirova M.X. – Boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish. – Toshkent:

TDPU, 2021.Boshlang‘ich sinflarda innovatsion vositalar qo‘llanilishi va pedagogik

yondashuvlar haqida.)

3.

Qodirova D. – O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy usullari. – Toshkent: Fan va texnologiya,

2019.Ona tili darslarida texnologik yondashuvlar, interaktiv metodlar haqida metodik qo‘llanma.)

4. Asqarov A. – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish va ona tili o‘qitish metodikasi. –

Toshkent, 2020.

5. Alimjanova, G. (2022).”Innovative Methods in Primary Education: Practical Application of

Digital Tools.”

6. Rahmonov, A. Saidova, M. (2021).“Integrating ICT into Language and Reading Instruction

in Early Grades.” Journal of Modern Education Technology, 6(2), 45–58.

Библиографические ссылки

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni – Toshkent, 2020.O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etish asoslari bayon etilgan.)

Zokirova M.X. – Boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish. – Toshkent: TDPU, 2021.Boshlang‘ich sinflarda innovatsion vositalar qo‘llanilishi va pedagogik yondashuvlar haqida.)

Qodirova D. – O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy usullari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.Ona tili darslarida texnologik yondashuvlar, interaktiv metodlar haqida metodik qo‘llanma.)

Asqarov A. – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish va ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2020.

Alimjanova, G. (2022).”Innovative Methods in Primary Education: Practical Application of Digital Tools.”

Rahmonov, A. Saidova, M. (2021).“Integrating ICT into Language and Reading Instruction in Early Grades.” Journal of Modern Education Technology, 6(2), 45–58.