Авторы

  • Xusanova Mohim
    Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti

Биография автора

  • Xusanova Mohim, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti

     

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104330

Ключевые слова:

Najmiddin Komilov tasavvuf so‘fiy tafakkuri tahlil uslubi ruhiy kamol tarixiy yondashuv ma'naviyat dalillash adabiy tafsir falsafa.

Аннотация

 Ushbu maqolada Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” asari asosida uning tasavvuf adabiyotini tahlil qilishdagi uslubi, tili, ilmiy yondashuvi va dalillash mahorati tahlil qilinadi. Muallif o‘zining boy ilmiy saviyasi va tafakkuri orqali tasavvufiy matnlarni falsafiy, tarixiy va adabiy jihatdan sharhlaydi. Maqolada Komilovning masalaga yondashuvidagi obyektivlik, dalillarga tayangan tahliliy usuli va Sufi tafakkurini zamonaviy ong bilan bog‘lay olish qobiliyati yoritilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xusanova Mohim

Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va

adabiyoti universiteti magistranti

NAJMIDDIN KOMILOV – TASAVVUF ADABIYOTI

TADQIQOTCHISI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” asari asosida uning tasavvuf

adabiyotini tahlil qilishdagi uslubi, tili, ilmiy yondashuvi va dalillash mahorati tahlil qilinadi.

Muallif o‘zining boy ilmiy saviyasi va tafakkuri orqali tasavvufiy matnlarni falsafiy, tarixiy va

adabiy jihatdan sharhlaydi. Maqolada Komilovning masalaga yondashuvidagi obyektivlik,

dalillarga tayangan tahliliy usuli va Sufi tafakkurini zamonaviy ong bilan bog‘lay olish qobiliyati

yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Najmiddin Komilov, tasavvuf, so‘fiy tafakkuri, tahlil uslubi, ruhiy kamol, tarixiy

yondashuv, ma'naviyat, dalillash, adabiy tafsir, falsafa.

NAJMIDDIN KOMILOV – A RESEARCHER OF SUFI

LITERATURE

Annotation:

This article analyzes Najmiddin Komilov's analytical method, language, scientific

approach, and argumentation skills in his book “Tasavvuf.” The author presents a philosophical,

historical, and literary interpretation of Sufi texts. The paper highlights Komilov’s objective

methodology, his evidence-based analytical style, and his ability to connect Sufi thinking with

contemporary intellectual frameworks.

НАЖМИДДИН КАМИЛОВ – ИССЛЕДОВАТЕЛЬ

СУФИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация:

В данной статье рассматриваются метод анализа, язык, научный подход и

аргументационные навыки Наджмиддина Комилова на основе его труда «Тасаввуф». Автор

философски, исторически и литературно интерпретирует суфийские тексты. В статье

анализируются объективность его подхода, использование доказательной аналитики и

способность увязать суфийскую мысль с современным сознанием.

KIRISH

XX asr oxiri va XXI asr boshlarida o‘zbek ilm-fanida tasavvufga ilmiy yondashuvda yangi bosqich

boshlangan bo‘lsa, bu jarayonda professor Najmiddin Komilovning o‘rni beqiyosdir. U o‘zining

chuqur bilim va tahliliy salohiyati bilan nafaqat tasavvuf tarixini o‘rgandi, balki uni falsafiy, adabiy

va ruhiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan qayta talqin qildi. Komilovning asarlari, xususan “Tasavvuf”

nomli monografiyasi, bu yo‘nalishda bir maktabga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Olim umr

bo‘yi shug‘ullangani tasavvuf ta’limotining mag‘zida ilmi Haq – botin ilmi, qalb tafakkuri yotadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Inson o‘z zakovatiga ishonib, Haqning yagonaligi va ulug‘ligi haqida tafakkur qilishi lozim. So‘fiy

shoirlar ijodining markazida shu maqsadlar yotadi. Lekin, sobiq tuzum davrida bu ilm, hatto islom

dinining maqsad va vazifalari xalqimizdan yashirildi. Oqibatda o‘zbek xalqi ham dinsizlik,

e’tiqodsizlik va fikrsizlik botqog‘iga botdi. Asli, bu – shaxs va jamiyat tanazzuli, ulkan yo‘qotish,

orqaga ketish edi. Olim masalaning ayni shu nozik jihatiga jamoatchilik e’tiborini qaratib, fandagi

“bo‘shliq”ni to‘ldirishga harakat qiladi. Olim hokimiyat, podshoning imkoniyati bilan ma’rifat,

bilimning darajasini qiyoslab, mansabga xos ijobiy va salbiy qusurlarni sanab o‘tgan, insondagi

hokimiyatga hirs, dunyoparastlikni qattiq tanqid qilar ekan, «Har qanday podsho yaxshilarni

himoyasiga olib, olimlardan doimo maslahat so‘rab, yomonlarni jilovlashi va jazolashi lozim»,

degan fikrni ilgari suradi. Ushbu g‘oyalar hozirda ham jamiyatimizda o‘z qimmatini

yo‘qotmaganiga to‘la amin bo‘lmoqdamiz. Najmiddin Komilov Sharq xalqlari tafakkuri tarixida

chuqur ildiz otgan tasavvuf ta’limotini yaxshi bilmay turib, Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy

merosini barcha murakkabliklari, falsafiy teranligi bilan to‘liq holda to‘g‘ri, haqqoniy yoritib berish

mushkulligini ta’kidlaydi.

Asosiy qism

Komilovning yondashuvi klassik musulmon falsafasiga, ayniqsa Ibn Sinoning “nafs” va “ruh”

haqidagi qarashlariga tayanadi. U tasavvufda ko‘tarilgan masalalarni ontologik va epistemologik

doirada talqin qiladi. Misol uchun, “haqiqiy inson” tushunchasi Komilovda faqat diniy me’yor

bilan emas, balki mavjudlik va o‘zlik anglash doirasida tahlil qilinadi. Najmiddin Komilov

tasavvufiy tafakkurni o‘rganishda uni tarixiy sharoitdan ajratmaydi. U Ahmad Yassaviy,

Bahouddin Naqshband, Navoiy kabi mutasavviflar asarlarini ularning yashagan davri, siyosiy-

ijtimoiy muhiti bilan bog‘lab tahlil qiladi. Yozuvchi yoki shoir mehnati va badiiy asari salmog‘ini

kitobxon ongiga yetkazish, uni to‘g‘ri baholay olish adabiyotshunosdan bilimdonlikdan tashqari,

dadillik va jur’atni ham talab qiladi. Oqni oq, qorani qora deb aytish oson emas. Adabiyotshunos

bo‘lishning qiyinligi ham, uning eng kerakli jihati ham shunda. Ammo chin tanqidchi uchun faqat

jur’at, dadil fikr aytishning o‘zi yetarli emas. Bunda yana aytadigan so‘ziga, bildirayotgan fikriga

talabchanlik ham zaruriy talablardan sanaladi. N.Komilovning munaqqidlik faoliyatiga nazar

tashlanganda, uning o‘ziga talabchanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tanqidchi uslubi mavzu, badiiy

matn, kompozisiya, til, ilmiylik va badiiylik sintezi, xayotiy tajriba va ijod etilayotgan davr ta’siri

singari masalalarning uyg‘un birligida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos tizim. Yozuvchining uslubi

uning dunyoni ko‘rish, san’atni (asosan, badiiy) idrok etish va bu hayot qonunlarini anglashi bilan

bog‘liq. Tanqidchi uslubi ham uning ijodiy niyatini, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni, uning

boshqalardan ajralib turadigan yozish uslubini amalga oshirish vositasi va usuli sanaladi.

Adabiyotshunoslikda ma’lum bir milliy mentalitetning xususiyatlarini aks ettiruvchi milliy uslub

mavjud bo‘ladi. Milliy uslub uslub tizimining barcha darajalarida namoyon bo‘ladi: so‘z, ifoda,

janrlarda, ilmiy tafakkurda, muxolifning nuqtai nazarida va shu kabilar.

Najmiddin Komilovning tili ilmiy aniqlik va badiiy yuksaklik uyg‘unligiga ega. Bu esa uni

o‘quvchiga yanada yaqinlashtiradi. Quyidagi jihatlar alohida ta’kidlashga arziydi:

Tushunarli va obrazli ifoda: Komilov eng murakkab tushunchalarni ham ravon, sodda va

badiiy tilda tushuntira oladi.

Ramz va metaforalar: “Ichki zolim” – nafs, “qalb g‘avvosi” – mutasavvif olimlar, “zohir –

qobiq, botin – yadro” kabi iboralar orqali fikrini ta’sirli yetkazadi.

Uslubiy aniqlik: Har bir bo‘lim mavzuga muvofiq tarzda izchil va mantiqiy tuzilgan.

Dalillash va manbashunoslik madaniyati: Najmiddin Komilovning ilmiy yondashuvi,

avvalo, dalillashga asoslanadi. U o‘z fikrlarini hech qachon sub’ektiv qarash asosida bermaydi. Har

bir da’vo Qur’on, hadis yoki klassik tasavvufiy asarlar bilan asoslanadi. Bu uslub Komilov ilmida

puxta manbashunoslik va ilmiy halollik asosida ishlashini ko‘rsatadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Komilov tasavvufni tarixiy-folkloriy meros emas, balki bugungi ma’naviy inqiroz davrida

insoniyat uchun zarur bo‘lgan ruhiy tizim sifatida ko‘radi. Tasavvufda dunyoviylik va ruhiylik

muvozanatiga urg‘u beriladi. Bu esa uni hozirgi jamiyatda dolzarb qiladi. Komilov faqatgina bir

olim emas – u butun bir ilmiy maktab asoschisi. Uning shogirdlari, izdoshlari, tasavvuf merosini

o‘rganayotgan ilmiy tadqiqotchilar undan ilhom olib, yangi asarlar yaratmoqda.

Xulosa

Jahon sivilizasiyalari tarixidan ma’lumki, insondagi axloqiy sifatlarni tarbiyalash yo‘li orqali

jamiyatni barqarorlashtirish, yuksaltirish imkoniyati mavjud. Shundan kelib chiqib, professor

N.Komilov “jamiyatda oddiy insonga hurmat, e’zoz, e’tibor va rag‘bat hamisha ulug‘lanishi

darkor» , deydi. Murakkab davrda inson ham o‘zini anglab, tarbiyalab, pog‘onama-pog‘ona

yuksalib bormog‘i lozim. Taniqli adabiyotshunos olim B.Omon professor Najmiddin Komilovning

o‘zbek ilm-fani, adabiyoti, umuman, jamiyatimiz oldidagi xizmatlarini quyidagicha e’tirof etadi:

«Najmiddin Komilovning birinchi xizmati shuki, davlatning yuqori lavozimlarida ishlagan davrida

jamiyat hayotida ma’naviyatning nufuzi, obro‘sini oshirish zarurligini isbotlab berdi.

Ikkinchi xizmati shuki, davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari bo‘lgan vazirlik

va idoralar rahbarlari, o‘rinbosarlari, mas’ul xodimlariga islom dinining ma’rifiy vazifasi, tasavvuf

ilmining mohiyatini yangi talqinlarda tushuntirib, ilm-fan, ma’naviyatga o‘zgacha mehr-

muhabbatni uyg‘ota bildi. Islom falsafasi, taraqqiyot falsafasi, o‘tish davri psixologiyasini

talabalarga, rahbarlarga yaxshi anglata bildi. Uchinchi xizmati shuki, qadim yurtimizda tasavvuf

qoidalarini yoyib, o‘zining ilmiy maktabini yaratdi. Bu maktabning Ibrohim Haqqul, Sultonmurod

Olim, Sadriddin Salim Buxoriy, Anvar Tursunov singari davomchilari tug‘ildi. To‘rtinchi xizmati

shuki, tasavvuf ilmidan boxabar, halol, iymonli, sadoqatli shogirdlarni tarbiyalashga erishdi.

Najmiddin Komilov – tasavvuf adabiyotini chuqur, ilmiy va zamonaviy ong bilan tahlil qila olgan

yirik tadqiqotchidir. U ilmiy an’ana va ruhiy tafakkurni uyg‘unlashtirib, tasavvufni yangi bosqichga

olib chiqqan. Uning asarlari nafaqat tarixiy yoki nazariy ahamiyatga ega, balki ma’naviy

hayotimizda amaliy o‘ringa ega. Komilov yondashuvi, uning tili, dalillash uslubi va metodologiyasi

o‘zbek ilm-fanida, xususan, diniy-falsafiy fikrda muhim o‘rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Komilov, N. (2020). Tasavvuf. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

uyi.

2.

Haqqul, I. Ma’naviyat izlari. G‘oyibnazarov, A. (2018). “Tasavvufiy tafakkur va

zamonaviylik.” Ilm va Hayot jurnali.

Chittick, W. (2000). Sufism: A Short Introduction. Oxford: Oneworld. Nasr, S. H. (1975). Sufi

Essays. New York: SUNY

Библиографические ссылки

Komilov, N. (2020). Tasavvuf. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Haqqul, I. Ma’naviyat izlari. G‘oyibnazarov, A. (2018). “Tasavvufiy tafakkur va zamonaviylik.” Ilm va Hayot jurnali.

Chittick, W. (2000). Sufism: A Short Introduction. Oxford: Oneworld. Nasr, S. H. (1975). Sufi Essays. New York: SUNY