Авторы

  • Mirzaliyev Ulug’bek Begmurzayevich
    Guliston davlat pedagogika institute dotsenti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104331

Ключевые слова:

O’zbekiston tarixshunoslik aholi urush dissertasiya xalq millat ko’chish iqtisod ijtimoiy tarixshunoslik..

Аннотация

 Maqolada O’zbekiston tarixshunosligida ikkinchi jahon urishi davrining tutgan o’rni yoritilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Mirzaliyev Ulug’bek Begmurzayevich

Guliston davlat pedagogika institute dotsenti.

KKINCHI JAHON URUSHI YILLARI O”ZBEKISTON TARIXSHUNOSLIGI

ANNOTASIYA:

Maqolada O’zbekiston tarixshunosligida ikkinchi jahon urishi davrining tutgan

o’rni yoritilgan.

Kalit so’zlar:

O’zbekiston, tarixshunoslik ,aholi, urush , dissertasiya, xalq, millat, ko’chish,

iqtisod , ijtimoiy, tarixshunoslik..

Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston xalqi jang maydonlarida, front ortida tengsiz jasorat

va matonat namunalarini ko’rsatib, g’alabani ta’minlashga munosib hissa qo’shdi. Shu bilan

birga O’zbekiston urush tufayli uy-joyi va yaqinlaridan ajralgan insonlarni o’z bag’riga oldi.

Turli millat bolalarini asrab olgan oilalar- xalqimiz insoniyligining ramziga aylandi.

Ikkinchi jahon urushi haqida so’z borganda avvalo, xalqimiz uchun o’rnini to’ldirib bo’lmas

yoqotishlar gavdalanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-

may- Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g’alabaning

79 yilligi munosabati bilan “O’zbekiston xalqiga bayram tabrigi”da qayd etilganidek, “O’sha

og’ir yillarda frontga safarbar etilgan 1 million 950 mingdan ziyod o’zbekistonlik janchilardan

538 mingdan ko’prog’i halok bo’lgani, 158 mingdan ortig’i bedarak yo’qolgani, 870 mingdan

oshig’i turli jarohatlar olgani, 60 ming nafardan ziyodi esa nogiron bo’lib qaytgani bu g’alaba

biz uchun naqadar qimmatga tushganini yaqqol ko’rsatib turibdi. Ana shu qirg’inbarot urush

xalqimiz qalbida qoldirgan bitmas jarohatni, oradan shuncha vaqt o’tgan bo’lsada, hamon

unutib bo’lmaydi{1}

Tarix va zamonaviylik o’rtasidagi bog’liqlik jamiyat taraqqiyotining shartlaridan biri sanaladi.

O’zbekiston tarixi fani ham bundan mustasno emas.

Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekiston tarixida alohida o’rin egallaydi. Bu davrni o’rganish

bo’yicha ma’lum ma’noda o’ziga xos natijalar ham qo’lga kiritilgan.O’tgan yillar davomida

mavzuga tarixchilardan tashqari ijtimoiy fanlarning boshqa vakillari ham murojaat etganlar.

1950-1990-yillar oralig’ida bu borada o’nlab yirik asarlar, yuzlab risolalar, minglab ilmiy

maqolalar, ommabop va badiiy asarlar dunyoga keldi.

Ularning tarixshunoslik bahosi mustaqillikning dastlabki yillarida D.A. Alimova, L.S.

Ivanovaning hammuallifligida yozilgan risolada aks etdi{2}

1995 yilda himoya qilingan O.I.Ivanovaning nomzodlik dissertasiyasi O’zbekistonning 1941-

1945- yillarda ijtimoiy rivojidagi muammolarni ilmiy adabiyotlarda yoritilishi masalalariga

bag’ishlangan{3}

Tadqiqotda urush yillarida sanoat va qishloq xo’jaligi, front orti holati, fan va ta’lim, ilmiy

tadqiqot muassasalarining o’rni, madaniy-ma’rifiy jarayonlarda ijodiy uyushmalar va

tashkilotlarning ahamiyatiga bag’ishlangan sovet yillari adabiyotlari, tarixchilarning

yondashuvlariga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlil qilindi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1990-yillarning birinchi yarmida urush yillarida halok bo’lgan va bedarak yoqolgan

o’zbekistonlik janchilarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida har bir viloyat va tumanlarga

bag’ishlangan 34 jilddan iborat “ Xotira” kitobining chop etilishi Respublika ijtimoiy ma’naviy

hayotida voqelik bo’ldi. Ushbu kitob O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-

yil 22-iyuldagi “1941-1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilingan g’alabaning50

yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlashga oid chora- tadbirlar to’g’risida” gi 380- sonli

qarorida belgilangan topshiriq asosida bajarildi.

Shuningdek, 1995-yil o’zbekistonlik tarixchilar tomonidan mavzu doirasida yirik ilmiy-nazariy

anjumanning tashkillashtirilganligi va uning materiallarini nashr etilishi milliy tarixshunoslikda

o’ziga xos tarix egalladi{4}

Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarix fanida Ikkinchi jahon urushi yillarini o’rganishga

bo’lgan qiziqish nisbatan pasaydi, deb aytish mumkin. To’g’ri, XX asr tarixi bilan bog’liq yirik

asarlar, darsliklar va boshqa ketma ketlikning bir qismi sifatida boblar, paragraflar ko’rinishida

taqdim etiladi. Ularda O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi, front oldi va orti safarbarligi,

ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarning harbiy sur’atlarga moslashuvi va boshqa turli masalalar

yoritilgan.Ular alohida tarixshunoslik tahlilini taqozo etadi. Fanlar akademiyasi Tarix instituti va

respublikaning bir necha yetakchi olimlari tomonidan yaratilgan ikki jildlik “ O’zbekiston tarixi

(1917-1991)” bu boradagi eng yangi asarlardan biri hisoblanadi. Kitobning ikkinchi bo’lim, 3-

bobi to’laligicha O’zbekistonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixiga bag’ishlanadi{5}

Maxsus Ikkinchi jahon urushiga bag’ishlangan A.A. Golovanov va I.M. Saidov, H.I. Azimov, H.

Ziyoyevning asarlari mustaqillik yillari tarixshunosligi uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi.Qayd

etish kerak, A.A.Golovanov va I.M. Saidovning hammuallifligidagi 2 qismli asarida yangi davr

nuqtayi nazaridan sovet davlati siyosati va mafkurasini Keskin qoralovchi fikrlar taqdim etilgan.

Biroq unda berilgan aksariyat ma’lumotlar 1981-1985- yillarda yaratilgan uch jildlik”

Uzbekskaya SSR v godi Velikoy Otechestvennoy voyni” kitobidagi ma’lumotlarni takrorlaydi.

Ma’lumki, tarix fanining rivojlanish darajasini belgilashda dissertasiya tadqiqotlari alohida o’rin

tutadi. Ular orqali milliy tarixshunoslikda kechayotgan o’zgarishlar, davr ruhi, fan rivojidagi

ziddiyatlarni aniqlash imkoniyati mavjud. Shu ma’noda, mustaqillik davrida O’zbekistonning

1941-1945- yillardagi tarixi mavzusiga bag’ishlangan maxsus dissertasiyalar soni

kamayganligini ta’kidlash o’rinli.

Statistic usul bilan tahlil etilsa, 1991-2020- yillar mobaynida O’zbekistonning Ikkinchi jahon

ururshi yillaridagi turli muammolar tarixi bilan bog’liq himoya qilingan nomzodlik

dissertasiyalalar 8 tani tashkil etadi.

Agar mustaqillikning dastlabki yillaridagi dissertasiyalarda muammoga yondashuvda sovet davri

fani tamoyillari ustuvorligi kuzatilsa, 1997-yildan boshlab oldingi tadqiqotlarda yetarli e’tibor

qaratilmagan ijtimoiy mavzularga qiziqish ortib bordi.

Xususan, D. M. Li dissertasiyasida o’zbekistonliklarning insonparvarlik va baynalmilallik

jihatlari nafaqat ko’chirib kelingan aholi, balki surgun qilingan xalqlar bilan munosabatida ham

ko’rsatishga harakat qilindi{6}

H. I. Azimov tadqiqoti o’zbek xalqSining Ikkinchi jahon urushiga safarbar etilishi, milliy

diviziyalar va umumqo’shin birlashmalarining tuzilishi. O’zbekistonlik harbiylarning frontdagi

jasoratlari, ularning hayotiga urushning ta’siri va oqibatlariga bag’ishlangan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Aytish lozim, mustaqillik yillarida bir qator maqola va kitoblarda harbiy asirlar va ularning

taqdiri, xususan “ Turkiston legion” masalasiga alohida to’xtala boshlandi{7}.

Ushbu mavzu yuqorida qayd etilgan “O’zbekiston tarixi (1917-1991)” ikkinchi kitobiga

kiritilganligini aytish zarur.

Shunday ekan, tarix-badiiy mavzuga qo’l urgan yozuvchi eng avvalo xolis yondashuvda bo’lishi,

so’nggi tadqiqotlar va yangi tarixiy faktlar bilan ham yaqindan tanishishi talab etiladi. Zero

jamiyatning tafakurini shakllantirishda yaratilayotgan har bir turdagi adabiyot oldida mas’uliyat

borligini unutmaslik darkor.

Фойдаланилган адабиётлар.

1.

Shavkat

Mirziyoyev.O’zbekiston

xalqiga

bayram

tabrigi.2024

yil

8

may-

https:president.uz/uz/lists/view/7219.

2.Alimova D.A., Ivanova L.S. 50 let izucheniya istorii Uzbekistana v godi voyni 1941-1945 gg.,

sovremenniye zadachi i perespektivi istoriografii.-Tashkent, 1995.-24 s.

3.Ivanova O.I. Aktualniye problem obshestvennogo razvitiya Uzbekistana v godi voyni 1941-

1945 gg. V istoricheskoy literature. Dissertasiya na soiskaniya uchenoy stepeni kandidata

istoricheskix nauk.-Tashkent, 1995.-218 s.

4.Fashizm ustidan qozonilgan g’alabada O’zbekistonning tarixiy hissasi (Ilmiy- nazariy

konferensiya materiallari). -Toshkent: Fan, 1995.-382 b.

5.O’zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Ikkinchi kitob.- Toshkent: O’zbekiston, 2019.-B.5-76.

6.Li D.M. Ukrepleniye splochennosti Naroda Uzbekistana v period voyni s germanskim

fashizmom (1941-1945 gg.). Dissertasiya na soiskaniya uchenoy stepeni kandidata istoricheskix

nauk.- Tashkent,1997.-S.94-140.

7.Hayitov Sh. Ikkinchi jahon urushi oqibatida muhojirlikda o’tgan o’zbeklar// O’zbekiston

tarixi.-Toshkent, 2005.-2-son.-B. 15-23.

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyev.O’zbekiston xalqiga bayram tabrigi.2024 yil 8 may-https:president.uz/uz/lists/view/7219.

Alimova D.A., Ivanova L.S. 50 let izucheniya istorii Uzbekistana v godi voyni 1941-1945 gg., sovremenniye zadachi i perespektivi istoriografii.-Tashkent, 1995.-24 s.

Ivanova O.I. Aktualniye problem obshestvennogo razvitiya Uzbekistana v godi voyni 1941-1945 gg. V istoricheskoy literature. Dissertasiya na soiskaniya uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk.-Tashkent, 1995.-218 s.

Fashizm ustidan qozonilgan g’alabada O’zbekistonning tarixiy hissasi (Ilmiy- nazariy konferensiya materiallari). -Toshkent: Fan, 1995.-382 b.

O’zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Ikkinchi kitob.- Toshkent: O’zbekiston, 2019.-B.5-76.

Li D.M. Ukrepleniye splochennosti Naroda Uzbekistana v period voyni s germanskim fashizmom (1941-1945 gg.). Dissertasiya na soiskaniya uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk.- Tashkent,1997.-S.94-140.

Hayitov Sh. Ikkinchi jahon urushi oqibatida muhojirlikda o’tgan o’zbeklar// O’zbekiston tarixi.-Toshkent, 2005.-2-son.-B. 15-23.