JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Raxmonberdiyeva Oygul Rayimjonovna
Guliston davlat pedagogika instituti
“Tasviriy san’at” mutaxassisligi 7-24 guruh magistranti
Email:raxmonberdiyevaoygul@gmail.com.
Telefon:+99895 852 24 26.
TASVIRIY SAN’AT FANIDA RANGTASVIR MASHG‘ULOTLARIDA
O‘QUVCHILARGA INSON PORTRETINI ISHLASH METODIKASI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada rangtasvir mashg‘ulotlarida portret ishlash metodikasi haqida
aytib o‘tilgan bo‘lib, asosan qalamtasvirda portretni tasvirlab chizish bilan bir-biriga bog‘liq
bo‘lib, xavaskor rassomlar portret janrida rangtasvirda rasm chizishni mukammal o‘rganishi
kerakligi haqida aytib.o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Rangtasvir, portret, yorug‘lik, fon, soya, rang, grizayl, plener.
Qalamtasvirda portret chizgan xavaskor rassom rangtasvirda ham ijodiy asarlar yaratayotgan
paytda ranglarni yorug‘-soyada to‘g‘ri chizishni o‘rganishi lozim. Portretni rangtasvirda
tasvirlashda nisbatlarni aniq olgan holda, qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirgan holatda asarning
mazmun-mohiyatini ifodalash kerak. Portret chizishda insonning boshi bilan gavda rangtasvirini
chizish orqali to‘liq mukammal mahorat bilan o‘rganib tasvirlash, nazariy va amaliy bilimlarni
chuqur egallash orqali tasvirlab chizish muhim hisoblanadi. Portretni rangtasvirda o‘rganish
jarayonida grizayl texnikasida inson boshini tasvirlab chizish, inson boshini tabiiy yorug‘likda
rangtasvirda chizish, portretni sun’iy yorug‘likda rangtasvirda chizib o‘rganish va portretni
chizish vaqtida plenerda odam boshini rangtasvirda tasvirlash orqali o‘rganish mumkin.
Shuningdek, rangtasvirda rasm chizishni o‘rganishda asta-sekin chizish orqali xavaskor
rassomlarning ijodkorlik qobiliyatlarida kompozitsiya shakllanadi.
Rangtasvirni rassomlar shunday ta’riflaydi: “Bu 100% qalamtasvir va 100% rangtasvirning
bir-biriga chambarchas bog‘liqligidir.[1;5].
Demak, rassomlarning ta’rifiga qarab shuni aytishimiz mumkinki, qalamtasvirda mahorat
bilan chizgan rassom rangtasvirda ham shunday mukammal chizish qobiliyatlari rivojlanib borar
ekan. Portret chizishda inson boshini grizayl texnikasida ishlashda rangtasvirda tus
munosabatlarini va rang munosabatlarini haqqoniy ifodalash alohida ahamiyat kasb etadi. Portret
rangtasvirida ishlashda birinchi navbatda grizayl uslubida tasvirlab chizish lozim. Grizayl
uslubida mukammal chizishni o‘rgangan xavaskor rassom akvarelda ham to‘liq va aniq chizishni
o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Rasm chizishni o‘rganishda chizishni mashq qilgan holda asosiy
e’tibor kontrast ranglarni qarama-qarshiligiga alohida ahamiyat bergan holda chizish kerak.
Odam boshini yon tarafdan yoritilgan holatdagi rangtasvirni chizish vaqtida anatomik
qurilmasiga aniq model tanlab olinib chiziladi. Rangtasvirda chizish paytida ozgina
qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘proq xavaskor rassomlar asosiysi mayda detallarga
berilib ketishi natijasida yaxlit rasmni tasvirlay olishmaydi. So‘ngra esa portretni chizib
tugatishmaydi. Albatta, portretni tasvirlash paytida asosiy diqqat e’tibor yorug‘-soya qismilarini
tasvirlab chizish va fonni alohida ifodalab tasvirlash lozim. Rasm chizish jarayonida orqa fon
ba’zida ochroq rangda, ba’zida esa to‘qroq rangda tasvirlab chiziladi. Rangtasvirda naturani
tasvirlab chizishda orqa fon bilan oldi fonda bir xil to‘qroq ranglardan foydalanib chizgan
xavaskor rassomlarning chizgan rasmi ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin.
Portret rangtasvirida rasm chizishdan oldin natyurmort, manzara rangtasvirini chizib o‘rganish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
kerak. Undan keyin esa portretni chizishni mashq qilish mumkin. Rangtasvirda rasm chizishdan
oldin qalamtasvirda chizishni yaxshilab o‘rganish kerak. Albatta rangtasvir fani o‘ziga xos
qiziqarli fan hisoblanib, o‘qituvchi rangtasvirdan amaliy mashg‘ulotlarda akvarel, guash,
moybo‘yoqlar bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘quvchilarga o‘rgatadi.
Rangtasvirning ijodiy qurilish masalalari o‘qituvchi-rassomlarining ijodiy tajribasini
umumlashtirishdan iborat. Rangtasvir nazariyasi muammolari turli rassomlarning, ba’zan
subyektiv bo‘lgan fikrlarini va ularning umumiy jihatlarini topishni o‘z ichiga oladi. Bu jihatga
rangtasvir nazariyasi ilmiy qarashlar tizimi, barcha qonun va qoidalarga ega bo‘lgan ilmiy fan
sifatida amal qilishi lozim.[2;15].
Albatta, rangtasvir fanida o‘quvchilarga darsda nazariy bilimlarni o‘rgatish orqali amaliy
mashg‘ulotlarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bilan rasm chizishni o‘rganadilar.
Shuningdek,akvarelda chizish ham murakkab hisoblanib, oq qog‘ozga tasvirlab chizishda uning
kompanovkasiga e’tibor berish kerak. Albatta, tasviriy san’atda portret chizishda boshning
rangtasviri (tabiiy yorug‘likda) rasm chizish jarayonida grizaylga o‘xshash rang munosabatlari
orqali tasvirlanib, tus va rang farqlari mukammal ishlanishi kerak bo‘ladi.Agar xavaskor
rassomlar rang munosabatlarini to‘g‘ri va aniq ifodalab tasvirlasa, portretda tus va rang
munosabatlari tugallangan holatda jamlanadi. Portretni tasvirlab chizishda umumiydan xususiyga
qarab rangtasvirda ishlanadi. Portret rangtasvirida bosh rangtasvirini to‘g‘ri topa bilish muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, tabiiy yorug‘likda boshning rangtasvirini tasvirlashda qisqa muddatli
etyudlarni ranglar orqali tasvirlab chizishdan boshlanadi. Bosh rangtasvirini shaklini fonga
qaraganda aniq va mukammal tasvirlash lozim bo‘ladi.
Odam gavdasini har xil ko‘rinishlarini turli vaziyatlarda aks ettirish inson tanasi tuzilishi,
anatomiyasi, o‘ziga xos shakl-shamoyilini o‘rganishni plastik yechimini topishni taqozo etadi.
Shuning uchun chizilayotgan odam keksami, yoshmi gavdasining konstruktiv tuzilishini avvalo
qalamtasvirini chizib o‘rganilishi kerak. Buning uchun mayda qalamchizmalar, ranglavhalar
bajarish, shakl va rang-tus munosabatlarini tahlil qilib o‘rganish lozim.[3;44].
Shuningdek,portretni chizish jarayonida kompozitsiyada tasvirlashda qog‘ozga tasvirni
tushirishda rang uyg‘unligiga alohida e’tibor bergan holda mahorat bilan yakuniga yetkazib
tugatish zarur.
Etyudda rasm chizishda ko‘proq mayda detallarni chizishga alohida e’tibor berib
ishlanmaydi. Keyin esa mashg‘ulotlar vaqtida individual ranglarni tasvirlashda qiyofalilar
rangtasvirini va yon tomondan tasvirlangan portretni kontrastini tasvirlab ishlangan etyudlarda,
to‘g‘ridan yoritilgan holatdagi portretning rangtasviri yorug‘likka qarshi qo‘yilgan holatda
boshning rangtasvirini aniqlashda, tasvirlashda natura rangtasviriga e’tibor berish lozim.Plener
sharoitida portret rangtasvirini tasvirlab chizishni o‘rganib bo‘lgandan keyin ketma-ket
rangtasvir mashg‘ulotlarida tinimsiz mehnat qilib chizish orqali rangtasvirda portret chizishni
mukammmal o‘rganish mumkin.
O‘quvchilar rasm chizish ya’ni kompozitsiyani yaratish vaqtida mayda
elementlardan foydalanib ijod qiladilar. Ijod, mehnatning turi, uning maxsus va oliy shakli
hisoblanadi. Ijod shunday mehnatki, u ma’naviy boyliklar yaratishga qaratiladi. Mehnat
natijasida san’at asari yaratiladi. Rassomning keng ko‘lamdagi mehnati, ijodiy jarayonining
murakkkabligi- bular barchasi san’atda professionallik majburiyatini yuklaydi, tasviriy san’atda
yanada alohida maxsus holatlari talab etiladi. O‘quvchilarning faol ijod qilishda o‘qituvchining
mavzuga tayyorlagan ko‘rgazmalar juda yaxshi samarasini ko‘rsatadi.[4;18].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Rangtasvirda portret chizishda plastik anatomiyaga rioya qilib kompozitsiyani o‘rganish
kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, portret chizish murakkab bo‘lib, xavaskor rassomlar
mahorat, ijodkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi.
Portret san’atida o‘xshashlikni topish muhim hisoblanadi. va fon katta ahamiyatga ega
bo‘lib, fon bilan portret bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Portretda milliy kiyimlardan
tanlanib rasm chizilsa, yana ham chiroyli chiqadi. Chunki, kiyim insonning kasbi, kelib chiqishi,
ichki ruhiy holatini ham ochib beradi.[5;615].
Shunday ekan, rangtasvirda portret chizishda xavaskor rassomlarning ijodiy ko‘nikmalarini,
badiiy-estetik tafakkurini shaklantirish muhim hisoblanib, ijodiy jarayonlarda badiiy asarlarni
yaratishdsa iroda asosiy rol o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.S.Abdirasilov, N. Tolipov, N. Oripova, Rangtasvir Toshkent-“O‘zbekiston”-2006.[1;5].
2.Berikbayev Alisher Alikulovich
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy
kompetentligini rivojlantirish Toshkent-2024.[2;15].
3.N.P.Jumaboyev Rangtasvir Toshkent-2023.[3;44].
4.Sh.A.Yusupova Tasviriy san’at to‘garaklarining uslubiy asoslari. Toshkent-2023.[4;18].
5.Raxmonberdiyeva Oygul Rayimjonovna Akademik qalamtasvir mashg‘ulotlarida talabalarga
inson portretini ishlash metodikasi
Ijtimoiy- gumanitar fanlarning dolzarb muammolari
/актуальные проблемы социальныx и гуманитарныx наук /Actual problems of social and
humanitarian sciences [5;615
