Авторы

  • Abduraximova Gulsanam Safar qiz
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104343

Ключевые слова:

Oila mustahkamligi Ijtimoiylashuv qoʻrgʻon fidoyililik mustahkam oila ishonch hurmat bepisandlik muqaddas dargoh yosh oilalar

Аннотация

Ushbu maqolada oilaning mustahkamligi va oilaning tinchligi hamda oilani inqirozga olib boruvchi omillar oʻrganiladi. Hozirgi kundagi zamonaviy oilalar haqida hamda yurtimizda yosh oilalar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilganligi haqida tahlil qilinadi


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

177

Abduraximova Gulsanam Safar qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

OILA MUSTAHKAMLIGI, OILA TINCHLIGI VA OILANI INQIROZGA OLIB

BORUVCHI OMILLAR

ANNOTATSİYA:

Ushbu maqolada oilaning mustahkamligi va oilaning tinchligi hamda oilani

inqirozga olib boruvchi omillar oʻrganiladi. Hozirgi kundagi zamonaviy oilalar haqida hamda
yurtimizda yosh oilalar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilganligi haqida tahlil qilinadi.

KALİT SO’ZLAR:

Oila mustahkamligi, Ijtimoiylashuv, qoʻrgʻon, fidoyililik, mustahkam oila,

ishonch, hurmat, bepisandlik, muqaddas dargoh, yosh oilalar.

KİRİSH

Qadim zamonlardan boshlab oila tushunchasi insoniyat paydo boʻlgandan buyon rivojlanib

bormoqda. Oila degan muqaddas qoʻrgʻon har bir insonni eng muhim kichik jamiyat hisoblanadi.
Ijtimoiylashuvimizda eng muhim omillardan biri oila hisoblanadi. Oila mustahkam qoʻrgʻon
boʻlishi uchun oila aʼzolari bir biriga eʼtiborlilik jihatlari hamda bir birlarini fikirlarini inobatga
olgan holda yashashlari kerak. Hozirgi kunda yirtimizda zamonaviy oilar uchun yosh oilalar uchun
koʻplab imkoniyatlar yaratilganligi va oliy oʻquv yurtlariga oʻqiydigan yosh oilalar uchun davlat
tomonidan alohida stipendiyalar ajratilgan. Natijada kelajagi porloq, insonlarga koʻmaklashadigan,
yurtimizga foydasi tegadigan buyuk kadrlar boʻlishi uchun hamda oilani inqirozga olib boradigan
omillarni oldini olish uchun ham shunday imkoniyatlar yaratilgan. Shu boisdan insonlarni ruhiy
ham jismoniy tayyorlovchi eng katta omil bu oila hisoblanadi. " Modomiki, er-xotin bir-birlariga
hayot sheriklari va yo'ldoshi ekanlar, bas, ular tirikchilikning ba'zi ishlari va mas'uliyatini o'z
zimmalariga olib, shularni bajarishi lozim. Ma'lumki, yashash uchun pul va pul topish uchun sa’y
va amal lozim. Ayollar erkaklarga o'xshab hayot mashgʻulotlariga tob bermay, turmush tahliliga
qodir emaslar." [3] Oilada bir biriga ishonch yanada oilani mustahkam qiladi. Oila mustahkam
qoʻrgʻon boʻlishi uchun insonga avvalo farzand nemati kerak. Agarda farzand boʻlmasa u qancha
mustahkam va ishonchli boʻlmasin, taqdir uni qulatishi mumkin. Oilada mehr, muhabbat,
fidoyililik, tinchlik, salomatlilik, bir biriga muruvvatli boʻlish hamda hurmat izzatda boʻlmoq bu
oilalarimizning eng katta yutugʻlari hisoblanadi. Shuning uchun oila muqaddas dargoh demakdir.
Har bir farzand oilada tarbiyalanar ekan unga ijtimoiy muhitda salbiy taʼsir qiluvchi omillar
kuzatilmaydi. "Yer yuzidagi har bir kishining baxti toʻkisligi oilasidagi tinchlik va farovonlik bilan
bevosita bogʻliq. Uyida xotirjamlik boʻlgan insonning boshqa ishlarida ham halovat va tartib
boʻladi. Bu kabi baxtga erishishda erkakning ham ayolning ham oʻz haq huquq va majburiyatlari
mavjud."[1] Davlatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng ancha rivojlanish davri boshlangandan
keyin Oilalarga katta eʼtibor qaratila boshlandi. 2012 yil Mustahkam oila yili deb nom berilishi
inson oila va jamiyat ravnaqi yoʻlida qoʻyilgan qadam boʻladi. Oila eng asosiy tayanch nuqta
ekanliligi konstitutsiyasida belgilangan. Oila qancha mustahkam boʻlsa jamiyatimizning
birdamligi hamkorligi yanada oshadi.

Hozirgi kunda jamiyatimizning eng muhim omillardan biri bu oila demakdir. Oila jamiyatning
asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. 2018-yil 27-
iyundagi Oʻzbekiston Respublikasida oila instituti mustahkamlash borasida konsepsiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida qarori asosida 15-may "Xalqaro oila" kuni nishonlanadi. "Ma’lumki, oila har
bir jamiyatning boshlang‘ich hujayrasi hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa,
jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik,
buzg‘unchilik bo‘lsa, halol-haromning farqi qolmasa, o‘sha jamiyat buziladi, tinchi yo‘qoladi,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

178

oxir-oqibat u chuqur tanazzulga yuz tutadi. Shuning uchun ham qadimdan har bir jamiyat oila
masalasiga katta e’tibor berib, oilalarning mustahkam va baxtiyor bo‘lishi uchun imkonida bor
bo‘lgan barcha chora va tadbirlarni ko‘rib kelgan. Zotan, sof insoniy tabiat xuddi shunday
bo‘lishini taqozo qiladi". [4]

Oila bu jamiyat. Agar oilamiz tinch boʻlsa jamiyatimiz ham tinch boʻladi. Oila bu xotirjamlik,
farovonlik va xursandchilik maskani va uning aʼzolari oʻrtasidagi hurmat va munosabatlarning
sogʻlom boʻlishi holatini ifodalaydi. Oila mustahkam boʻlishi uchun bir qancha omillar katta rol
oʻynaydi. Farzand tarbiyasiga kelsak, farzand oiladan maʼnaviyatini axloqini boyitishi, ham ruhiy
ham jismoniy tarbiyalanishi lozim . Ota ona farzandiga bilim berish borasida bu diniy bilim bu
dunyoviy bilim deb ajratmasdan ularni bir xil olib borgan holda bilim berishi joiz hisoblanadi.
Oila mustahkam bo‘lishi uchun avvoli ishonchga berishimiz kerak Ishonch bo‘lmasa oilani umri
qisqa bo‘ladi. Oilaning kamchiliklarsiz boʻlishi masʼuliyat va vazifalarga ham bogʻliq yaʼni har
bir oila aʼzosi oʻz vazifasini bilib unga masʼuliyat bilan yondashsa, muammolar kamayadi.
Inqirozga olib boruvchi omillarga kelsak, xiyonat, yolg‘on hamda bir biriga hurmatsizlik va
bepisandliklar boʻlishi mumkin. . Inqiroz degani lug‘atta tugash manosini beradi aslida, har bir
inson avvolo o‘zini hurmat qilsa hammasi yaxshi bo‘lsa kerak . Inqirozga olib boruvchi omillarga,
masalan, gap toshish, boriga qanoat qilmaslik, va iloji yo‘q narsani talab qilish ko‘proq sabab
bo‘ladi o‘ylayman.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI

1-modda. Oila to‘g‘risidagi qonunchilik hamda ularning vazifalari. Oila to‘g‘risidagi qonunchilik
ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

Mazkur Kodeksning 5-moddasi. "Oila to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari oilani
mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-
biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida
qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l
qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu
huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir."[2]

XULOSA

Hozirda oila mustahkamlik darajasini yuqori qiluvchi omillar bu bir birini toʻgʻri tushungan holda
hamda oilada ota onaning fikrini inobatga olishlilik shu oʻrinda farzandning ham oʻz
dunyoqarashidagi fikirlarini inobatga olgan holda ish yuritish kerak deb oʻyliman.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR ROʻYXATİ:

1. Abdukamol Abdujalilov, Oysha (roziyallohu anho) "Credo Print group" MCHJ nashriyot -
matbaa ijodiy uyi .. Toshkent - 2024.: 3-b.

2. Abdurauf Fitrat, Cho'lpon nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi Toshkent 2013. : 46-b.

3. Oʻzbekiston Respublikasi oila kodeksi
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Baxtiyor Oila «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi
2024 (2022) yil 4-b.

Библиографические ссылки

Abdukamol Abdujalilov, Oysha (roziyallohu anho) "Credo Print group" MCHJ nashriyot - matbaa ijodiy uyi .. Toshkent - 2024.: 3-b.

Abdurauf Fitrat, Cho'lpon nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi Toshkent 2013. : 46-b.

Oʻzbekiston Respublikasi oila kodeksi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Baxtiyor Oila «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi 2024 (2022) yil 4-b.