JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ernazarova Laylo Abdusaitovna
O‘z-FIN pedadogika instituti assistenti FarDU mustaqil izlanuvchisi
Tolliboyeva Marjona Doniyor qizi
O‘z-FIN pedadogika instituti 2-bosqich talabasi
O`TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” QISSASIDA QO‘LLANILGAN
TOPONIMLARNING PRAGMATIK TADQIQI
Annotatsiya:
Maqolada toponimlarning fanlar kesimida o‘rganilishi, olimlar tomonidan amalga
oshirilgan ilmiy izlanishlar, mazkur sohaning tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi
haqida so‘z boradi. Joy nomlarining nasriy asarlarda, jumladan O‘tkir Hoshimovning
“Dunyoning ishlari” qissasida qo‘llanilishiga doir misollar keltiriliadi va pragmatik jihatdan
tahlil etiladi. Yozuvchining adabiy ijodi, o‘ziga xos uslub va tasviriy vositalarni qo‘llash
mahorati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
toponimika, toponimlar, onomastika, tarixiy etimologik manba, tarix, geografiya,
tilshunoslik, lug‘at, qissa, pragmatika, konsept, nutqiy akt, perlokutiv akt, ma’naviy qadriyatlar,
badiiy uslub, axloqiy qadriyat, adabiy tahlil.
Аннотация:
В статье рассматривается изучение топонимов в области наук,
научные исследования, проводимые учеными, а также изучение этой области с
точки зрения лингвистики. Приводятся и прагматически анализируются примеры
использования топонимов в прозаических произведениях, в том числе в повести
«Труды мира» Уткира Хошимова. Рассматривается литературное творчество
писателя, его неповторимый стиль и мастерство использования образных средств.
Ключевые слова:
топонимия, топонимы, ономастика, историко-этимологический
источник, история, география, лингвистика, словарь, рассказ, прагматика, концепт,
речевой акт, перлокутивный акт, духовные ценности, художественный стиль,
нравственная ценность, литературный анализ.
Annotation:
The article discusses the study of toponyms in the field of sciences,
scientific research conducted by scientists, and the study of this area from the point of
view of linguistics. Examples of the use of place names in prose works, including in the
story "The Works of the World" by Otkir Hoshimov, are given and analyzed
pragmatically. The writer's literary work, his unique style and skill in using figurative
means are discussed.
Keywords:
toponymy, toponyms, onomastics, historical etymological source, history,
geography, linguistics, dictionary, story, pragmatics, concept, speech act,
perlocutionary act, spiritual values, artistic style, moral value, literary analysis.
Toponimika (yunoncha topos — joy va onyma — ism, nom) —onomastikat joy nomlari
(geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo bo`lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish
va o`zgarishini, tarixiy etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini,
tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini oʻrganuvchi bo‘lim. Toponimika masalalari tarix,
geografiya, tilshunoslikka oid asarlarda qadim zamonlardan boshlab uchraydi. Har qanday fan
amaliyot talablari ta’sirida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Toponimika birinchi galda
geografiyaning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Dastlabki sayyohlar o`zlari kashf etgan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
yerlarga nom berdilar, uzoq o`lkalar va shaharlarning nomlarini hammaga ma’lum qildi.
Professor H.Hasanov «O`rta Osiyolik geograf va sayyohlar» asarida (Toshkent, 1964) shu
mintaqada tug‘ilib-o‘sib ijod qilgan 28 allomaning geografiyaga, toponimikaga qo‘shgan hissasi,
sayohatlari haqida keng ma’lumotlar bergan. O‘rta Osiyo geografiya fanining rivojiga salmoqli
hissa qo‘shgan matematik va geograf Muhammad Xorazmiy, astronom va geograf Abu Zayd
Balxiy (850-934), O‘rta Osiyo geografiya fanida maktab yaratgan alloma Abu Rayxon Beruniy,
geograf-filolog Mahmud Qoshg‘ariy, astronom va matematik Mirzo Ulug‘bek (1394-1449),
geografik terminologiya, toponimikaga qimmatli hissa qo‘shgan mashhur sayyoh va lug‘atchi
Shayx Sulaymon Saxoniy (1821-1880) kabi allomalar shular jumlasidandir. Boshqa o‘lkalarda
ham dunyo kezgan, yangi-yangi yerlarni kashf qilgan, kishilarning geografik tasavvurlarini va
toponimik ma’lumotlarini kengaytirgan sayyohlar, geograflar ko‘p bo‘lgan. Toponimikaga katta
hissa qo‘shgan nemis olimi A.Gumboldni, rus geograflari V.P.Semyonov- Tyanshanskiylarni
aytib o‘tish mumkin. XIX asr oxiriaridan e’tiboran dunyoda amaliy grammatika, xususan
kartografiya ehtiyojlari munosabati bilan toponimikaga qiziqish kuchaydi. Joy nomlarini tizimli
ravishda tasniflagan birinchi tadqiqotchi, toponimkani o‘rganish bo‘yicha yetakchi olimlardan
biri Jorj R.Styuartni qayd etishimiz mumkin. Uning 1954-yilda “Ismlar” jurnalida
“Joy
nomlarining tasnifi” nomli maqolasi chop etilgan. Dunyoda eng yirik toponimistlardan biri atoqli
geograf E.M.Mirzayevdir (1908-1998). Olim yarim asrdan ortiq vaqt davomida geografik
nomlarning, jumladan O‘zbekiston toponimlarining kelib chiqishi, transkripsiyasi, xususan
mahalliy geografik atamalar haqida ko‘plab qimmatli asarlar, maqolalar, monografiyalar,
lug`atlar yaratdi. E.M.Mirzayev ko‘p yillik ilmiy faoliyatida toponimikaning nazariy masalalari
bilan bir qatorda geografik atamalarga alohida ahamiyat berdi.
Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmuyi toponimiya, alohida olingan joy nomi toponim deb
ataladi. Toponimlar ham til leksikasining bir qismi sifatida mustaqil so‘zlar singari til
qonuniyatlariga va o‘zining paydo bo‘lishi, ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning
kundalik moddiy va ma’naviy holati, ijtimoiy-iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador
bo‘lib, boshqa guruh so‘zlaridan farq qiladi.
Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos
boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saqlangan boʻladi. Joyning
tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti,
qazilma boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari
hisoblanadi.
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o‘zbek adabiyotida munis Onalar siymosiga
bitilgan hayotiy asarlardan biri bo‘lib, unda insoniy tuyg‘ular, qadriyatlar va hayotning o‘tkinchi
ekanligi yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Ushbu qissada toponimlar – joy nomlari
muhim badiiy vosita sifatida qo‘llanilgan. Ular asarning realistik ruhi va milliy qiyofasini
shakillantirishda katta ahamiyatga ega. “Dunyoning ishlari” asarida keltirilgan toponimlar
nafaqat geografik hududlarni belgilash, balki qissaning ruhiyatini chuqurlashtirish va
qahramonlarning ichki kechinmalarini ifodalash uchun ham qo‘llangan.
Dunyoda yaxshi odamlar ko`p. Judayam ko`p. Ammo sen adangni, opangni,
akalaringni yaxshi ko`rmasang...
– Sizniyam, - deyman uning gapini bo`lib.
–Meniyam... - deydi onam kulib. Meniyam yaxshi ko`rmasang, dunyoda hech kimni yaxshi
ko`rolmaydigan bo`lib qolasan.
– Oyi, - deyman sekin.
–Toshkentda yuz qavatli uy bormi?
–Yo‘q
–Moskvada-chi?
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
–Bor bo`lsa kerak.
– Moskva eng katta shaharmi?
–Eng katta shahar.
–Undan kattasi yo`qmi?
–Bo`lsa bordir. Sen o‘sha shaharlarni yaxshi ko‘rish uchun Toshkentni yaxshi ko`rishing kerak.
Toshkentni yaxshi ko`rish uchun o‘zimizning Do`mbirobodni yaxshi ko`rgin, xo`pmi?
(“Qarz”
hikoyasi
)
Qissadagi kichik novellaga e’tibor qarataylik. Diologda keltirilgan ona-bolaning suhbati
asosiga muallifning maqsadi singdirilgan perlokutuv akt ifodalanganiga guvoh bo`lamiz. Inson
o`zga yurt, o`zga shaharlarning go`zalligini anglashi uchun avvalo kindik qoni to`kilgan
muqaddas makonni qadrlamog`i lozimligi Do`mbirobod toponimi orqali ifodalangan. Muallif
mazkur joy nomi vositasida shaxsiga doir biografik ma’lumotni, volidasining ruhiyatini,
vatanparvarligini oddiygina o`zbek ayolining nutqi orqali ifodalab, kichik matn zamiriga
singdirgan. Asarning bugungi kun kitobxoni uchun tarbiyaviy ahamiyati cheksizdir.
Laylaktepadan o`tib Qozirobodga borganda Qaynama buloqdan muzday tiniq suv ichdik.
Keyin Chilonzor keldi. Yo`lning shundoqqina
bo`yida oqish yaprog`ini chang bosgan, tikanlari “tish qayrab” turgan chakalakzor — chilon
jiydalar (Shuning uchun bu yer Chilonzor deyiladi).
(
“Oltin baldoq”
hikoyasi)
Mazkur novellada Laylaktepa, Qozirobod, Qaynama, Chilonzor, Beshyog`och singari joy
nomlari keltirilgan. Shuningdek toponimlarning yaratilish tarixi: geogragik joylashuvi va relyefi
bayon etligan.
Kislovodskka dam olishga borgan edik. To‘rtta о`zbek yig`ilsa osh qilish harakatiga tushib
qoladi. Sanatoriy yaqinidagi xonadondan qozon topdik. Bu yerning aholisi yoz paytida uyiga
dam oluvchilarni ijara qo`yadi. Bu xonadonda ham sibirlik juvon ijara o‘tirarkan. Sap-sariq
sochli, barvasta gavdali, yuzini sepkil bosgan juvon qishloq ayollariga xos soddadillik bilan
bizga
darhol elakishib ketdi.
O‘zbеk pаlоvining tа’rifini ko‘p
eshitsа hаm, hеch yеmаgаnini dilkаshlik bilаn аytib kulаdi. Birgаlаshib оsh yеdik, ko`k chоy
ichdik. Kеyin sibirlik juvоn kichkintоyini ko`tаrib uygа kirib kеtdi. Orаdаn chоrаk sоаtchа
o`tgаch, ichkаridаn uning оvоzi kеldi:
Bа-yu bа-yushki bаyu, bа-yu bаy...
Qiziq, yurаgimdа yanа o‘shа shirin оrziqish uyg‘оndi…
dunyoning bu chеkkаsidа turib оnа
аytgаn аllаdаn dunyoning
nаrigi chеkkаsidаgi go‘dаk bеmаlоl оrоm оlаdi. Nеgа shunаqа?
Nаhоtki, go‘dаk tushungаn nаrsаgа biz tushunmаsаk? Ehtimоl,
buning bоisi bоshqа jоydаdir. Ehtimоl, оnа tushungаn nаrsаni bizlаr
tushunmаsmiz. Bаlki shuning uchun hаm Onа – tаbiаtning eng
buyuk iхtirоsidir.
(“
Alla
” hikoyasi)
Hikoyada keltirilgan Kislovodsk toponimi joy nomini ifodalash barobarida uning iqlimiga
xos tomonlarni ham mujassam etgan. Shuningdek mentalitetga xos konsept taom, samimiylik va
alla orqali ifoda etilgan, barcha xalqlarga xos milliy qadriyatga nisbatan munosabat
bildirilgan.Yozuvchi ona timsolidagi fazilatlarni, mehr, kuch va quvvatni makon orqali qiyosan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tahlil etadi va barcha onalarning millatidan, yashash joyidan qat’i nazar
tabiatning buyuk
ixtirosi ekanligini ta’kidlaydi.
O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi toponimlar nafaqat geografik joylarni
bildiradi, balki voqealar rivojini personajlarning dunyoqarashini va ichki kechinmalarini
chuqurroq anglash imkonini beradi Bu joy nomlari asar mazmuni bilan bog‘lanib ijtimoiy
madaniy va psixologik o‘rnini belgilab beradi. Shuning uchun toponimlar asar uchun beqiyos
ahamiyatga ega O‘.Hoshimov o‘zining murakkab psixologik porteritlarini yaratishda
personajlarning ruhiy holatini ifodalashda va voqealarni to‘liqroq anglashda toponimlarga
murakkab ko‘p qatlamli ma’no yuklaydi. Toponimlar orqali O‘.Hoshimov o‘z o‘quvchilariga
o‘tmish va hozirgi zamon o‘rtasidagi bog‘lanishni shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni
bog‘liq holda yoritadi. Bu esa asarning eng muhim badiiy kuchini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining izohli lug‘ati. T., “O‘qituvchi”, 1977. 2. Enazarov
T., Nazarov K. Joy nomlarini yig‘ish so'roqligi. T., 1995, 32 b.
3. Mahmud Koshg’ariy. Devonu lug’atit turk. T., “Fan” 1967.
4. Мурзаев Э.М. Очерки топонимики, M., “Наука”. 1974. 5.
5. Nafasov T. O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati. T., “O‘qituvchi”. 1988.
6.Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari. – Toshkent: “Yosh gvardiya” nashriyoti,1991.
7.Xayrullayeva D. O‘tkir Hoshimov ijodida xalq og‘zaki ijodi va uning roli.
– Toshkent:” Fan” nashriyoti,2006.
8.Iskandarova N. O‘tkir Hoshimov va zamonasi: Asarlaridagi ma’naviy qadriyatlar.–Toshkent:
“Adabiyot va san’at” nashriyoti, 2013.
9.Rahimov S. O‘tkir Hoshimov: Adabiy tahlil va intertekstual bog‘lanishlar. –Toshkent:
Universitet nashriyoti, 2008.
10.Mirzaeva G. O‘tkir Hoshimov va o‘zbek romanining taraqqiyoti. Toshkent: O‘zbekiston
Milliy Universiteti nashriyoti, 2011.
11. Ҳакимов М., Газиева М. Прагмалингвистика асослари. Тошкент: “Poligraf Seper Servis”,
2020.
12. Nosirova U. Poetik matnlarning pragmatik xususiyatlari. Monografiya.– Farg‘ona: “Classic”,
2020.
13. Safarov Sh. Pragmalingvistika. Monografiya. – Toshkent, 2008.
14.Сафаров Ш., Тоирова Г. Нутқнинг этносоциопрагматик таҳлили асослари. – Самарқанд:
СамДЧТИ, 2007.
14. Ҳакимов М. Ўзбек тили прагматикасини ўрганиш. – Фарғона, 2011.
15. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. –Тошкент: ЎзМЕ, 2008.
