Авторы

  • Сарвиноз Бахромова
    Kokand University Andijon filiali tibbiot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi 2 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.118626

Аннотация

Ushbu maqolada varikoz kasalligining etiologiyasi va patofiziologiyasini chuqur tahlil qilish orqali, ushbu kasallikni davolashda fitoterapiya va girudoterapiyaning samaradorligini o‘rganish hamda aholi orasida varikoz kasalligining tarqalishini kamaytirishga qartilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bahromova Sarvinoz Sherzotbek qizi

Kokand University Andijon filiali tibbiot fakulteti

Davolash ishi yo'nalishi 2 bosqich talabasi

[Xat yozish uchun:

bahromova.010@gmail.com

]

VARIKOZ KASALLIGINI FITOTERAPIYA VA GIRUDOTERAPIYA BILAN

KOMPLEKS DAVOLASH YONDASHUVLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada varikoz kasalligining etiologiyasi va patofiziologiyasini chuqur

tahlil qilish orqali, ushbu kasallikni davolashda fitoterapiya va girudoterapiyaning

samaradorligini o‘rganish hamda aholi orasida varikoz kasalligining tarqalishini kamaytirishga

qartilgan.

Kalit so’zlar:

Venoz yetishmovchilik, Flebologiya, Qon aylanishi, Fitoterapiya, Girudoterapiya,

Minimal-invaziv usulla, Skleroterapiya, Flebektomiya, Profilaktika, Trofik yaralar, Venotonik

preparatlar.

Mavzuning dolarbligi:

JSST ma’lumotlariga ko’ra varikoz kasalligi bugungi kunda keng tarqalgan kasalliklardan biri

bo‘lib, u sivilizatsiya kasalliklari ro‘yxatiga kiritilgan. Venoz tizimning asosiy vazifalaridan biri

qonning yurakka qaytishini ta’minlashdir. Agar venoz tizimni suyuqlik bilan to‘ldirilgan va tik

turgan quvur sifatida tasavvur qilsak, uning quyi qismida suyuqlik ustuni bosim hosil qiladi.

Venoz qon oqimi yurakka qaytish jarayonida tortishish kuchiga qarshi harakat qiladi. Organizm

bu sharoitlarga turli moslashuv mexanizmlari orqali moslashgan. Passiv holatda (yotgan, o‘tirgan

yoki tik turgan) venoz qon oqimini ta’minlashda sistolik bosim va nafas olish jarayoni muhim rol

o‘ynaydi. Nafas olayotganda pastki vena kavak tizimidagi bosim ortib, qon oqimi sekinlashadi.

Chuqur nafas olayotganda yoki nafasni ushlab turganda, u deyarli to‘xtaydi. Nafas chiqarish

jarayonida esa qorin bo‘shlig‘idagi bosim pasayib, qon oqimini rag‘batlantiruvchi assimilyatsiya

mexanizmi ishga tushadi. Varikoz kasalligining rivojlanishiga turmush tarzi va kasb bilan

bog‘liq omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt harakatsiz qolish yoki doimiy o‘tirish talab

qilinadigan kasblarda ishlash (masalan, transport haydovchilari) kasallik xavfini oshiradi. Dunyo

miqyoshida rivojlangan mamlakatlar aholisi orasida varikoz kassaligining turli belgilari 70

foizgacha odamda uchraydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, varikoz kassaligi ayollarning 35

foizi 25-45 yosh oralig’ida, erkaklarning esa 20 foizi 45-50 yosh oralig’ida ushbu kassalikdan

aziyat chekadi. Bu esa venoz tizimning arterial tizimga nisbatan murakkab sharoitlarda ishlashini

ko‘rsatadi.

Varikoz kasalliklarini rivojlantiruvchi asosiy omillar;

Kun davomida tik turgan holda ishlash,

genetika - biriktiruvchi to'qimalarning yetishmasligi tufayli qon tomirlari devorlarining

kongenital zaifligi[1]. qattiq kiyim- inguinal burmalardagi asosiy tomirlarni siqib chiqarish qon

aylanishini buzadi. Semizlik-tana massasi indeksining 27 kg/m2 gacha oshishi kasallik xavfini

33% ga oshiradi, harakatsiz ish va harakatsiz turmush tarzi-statik holat oyoq-qo'llardagi qonning

turg'unligini qo'zg'atadi, og'ir yuklarni ko'tarish bilan bog'liq ishlarda, noto'g'ri ovqatlanish

muhim ozuqa moddalarining yetishmasligi qon tomirlari devorlarining tuzilishini tiklashni

sekinlashtiradi, gormonal muvozanat varikoz tomirlarining rivojlanishi menopauza sindromi va

osteoporozni davolash uchun gormonal kontratseptsiya va dorilarni qo'llashni qo’zg’atada

xomiladorlik-kattalashgan bachadon tomonidan retroperitoneal venalarning siqilishi qon

aylanishini buzadi[2]. Varikoz rivojlantiruvchi kasalliklarini ikkilamchi omillarga esa

quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: stress va asab kasalliklari, arterial- venoz anastomozlar,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

sportiv zo'riqishlar, noqulay kiyim va poyabzallarni kiyish. Yu.L.Shevchenko varikoz

alomatlarini bevosita bosqichlarga bo'lib o'rganishni taklif qilgan. 1 va 2 bosqichlarda: oyoq,

boldir va sonlarda venoz naqshlarning paydo bo'lishi, oyoqlarda og'irlik, bosim, o'rtacha

og'riqlarni his qilish, tortishishlar (ayniqsa kechasi), ishdan keyin, kunning oxirida oyoqlarning

shishishi, tez charchash. 3 va 4 bosqichlarda: shishlar; qon tomirli yulduzlar (telangioektaziyalar),

turli og'riqlar (pulsli, mushaklarda qichishish, yurish paytida og'riq, vena bo'ylab og'riq, umumiy

og'riq va oyoqlarning qaqshab og'rishi), boldir va tovon yonlari terisi yuzasida uzun varikoz

venalar paydo bo'lishi, teri o'zgarishlari uning qurishi va pigmentatsiyasi, qorayishi va jigarrang

dog'lar bilan qoplanishi. Bundan tashqari, bu belgilarga keyinchalik bir qator kasalliklar, xususan

dermatit, ekzema va trofik kasalliklar, yaralar qo'shilishi mumkin[3].

Varikozni davolashda fitoterapiyaning ahamyati:

Fitoterapiya varikoz kasalligini yengillashtirishda yordam beruvchi tabiiy muolaja usullaridan

biri hisoblanadi[4]. Hamda ushbu kassalikni simtomlarini yegilashtirishda quyidagi tabiiy

mahsulotlarda foydalanish tavsiya etiladi. Andiz ildizi, mavrak va yalpizdan 100 g dan olib,

aralashma tayyorlanadi. Uch osh qoshiq yig‘mani kechqurun termosga solib, ustiga uch stakan

qaynoq suv quyiladi. Ertalab damlama suzilib, kun davomida to‘rt mahal ovqatdan yarim soat

oldin 150 ml dan ichiladi. Anor gulining quritilgan shakli issiq suvda ivitilib, tomirlarning

ko‘karib ketgan joylariga qo‘yiladi va ustidan bog‘lanadi. Bu usul ko‘karishlarni kamaytirishda

samarali hisoblanadi. Bo‘yimodaron, ruta va gazanda o‘simliklaridan bir choy qoshiqdan

aralashma tayyorlanadi. Ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlanadi. Kuniga ikki

mahal, ertalab va kechqurun, ovqatdan 15 daqiqa oldin bir stakandan iste’mol qilinadi. Bundan

tashqari, bo‘yimodaron va limono‘t 10 g dan, tog‘jumro‘t 15 g dan olinib, aralashtiriladi. Ustiga

qaynoq suv quyib, bir soat damlanadi va kuniga ikki mahal iste’mol qilinadi. Qichitqio‘t

bargidan ikki osh qoshiq olinib, ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va bir soat davomida

damlanadi. Ushbu damlama kuniga uch mahal yarim stakandan ichiladi. Parhezga rioya qilish

(go‘sht, baliq, qovurilgan taomlardan tiyilish) venalarning varikoz kengayishini davolashda

yaxshi natija beradi. Qichitqio‘t, bo‘yimodaron va ruta o‘simliklaridan bir choy qoshiqdan olib,

aralashma tayyorlanadi. Ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlanadi va kuniga

ikki mahal iste’mol qilinadi. Dalachoy damlamasi ichish hamda vannalar qabul qilish venalar

tugunlariga ijobiy ta’sir qiladi. Soxtakashtan, tol va eman novdalaridan 500 g dan olinib, sirli

idishda yarim soat qaynatiladi. So‘ngra, 200 g ittikanak, moychechak va dalachoy o‘simliklari

qo‘shilib, bir kecha davomida damlanadi. Keyin uch buxanka javdar noni ham qaynatilib, har

ikkala qaynatma vanna uchun ishlatiladi. Har kuni uyqu oldidan 30-40 daqiqa davomida qabul

qilinadi. Suv harorati 38-40°C bo‘lishi lozim. Yerqalampir asosida dorivor bog‘lam tayyorlash

uchun 100 g javdar uni, 50 g dog‘lanmagan yog‘ va ikki osh qoshiq qirg‘ichdan chiqarilgan

yerqalampir aralashtiriladi. Ushbu aralashma og‘rigan joylarga surtiladi. Yashil, pishmagan

zaytun yong‘oqlari to‘g‘rab idishga solinadi va ustidan zaytun yog‘i quyiladi. Aralashma o‘n kun

davomida quyosh nuri ostida saqlanadi. So‘ngra, tayyor damlama ertalab va kechqurun og‘rigan

joylarga surtiladi. Olma sirkasi venalar varikozi uchun foydali hisoblanadi. Kuniga ikki mahal

suvda eritilmagan olma sirkasi jarohatlangan joylarga surtiladi. Bundan tashqari, bir stakan

suvga ikki choy qoshiq olma sirkasi solib, kun davomida 2-3 marta ichiladi. Shuningdek, ikki

choy qoshiq sirka bir stakan qaynoq suv bilan aralashtirilib, og‘rigan joylarga surtiladi.

Olmaning "Antonovka" navi damlamasi qonni tozalash, uyqu va ishtahani yaxshilash

xususiyatiga ega. Uch dona olma sovuq suvda yuvilib, sirli idishga joylashtiriladi va ustidan bir

litr qaynoq suv quyiladi. Idish yopilib, to‘rt soat davomida jun mato bilan o‘rab qo‘yiladi. Keyin

olmalar ezilib, damlama suzib olinadi va asal bilan ichiladi. 50 ml olma damlamasiga bir osh

qoshiq asal qo‘shilib, nahorgi paytda va uxlash oldidan ichiladi. Bu usul venalar varikozi va

tromboflebitda qo‘llaniladi.Tirnoqgul va qoncho‘pdan 75 g dan, gazanda va mavrakdan 100 g

dan olinib, aralashma tayyorlanadi. Uch osh qoshiq yig‘mani kechqurun termosga solib, ustiga

uch stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab damlama suzilib, kun davomida to‘rt mahal ovqatdan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yarim soat oldin 150 ml dan ichiladi. Eman novdalari qaynatmasi venalarning varikozini

davolashda foydalidir. Eman, tol va kashtan novdalaridan bir osh qoshiqdan olib, bir litr suvda

yarim soat davomida qaynatiladi. So‘ngra, bir osh qoshiqdan moychechak, dalachoy va ittikanak

o‘simliklari qo‘shilib, 12 soat davomida damlanadi. Suzib olingandan keyin, unga ikki osh

qoshiq asal qo‘shiladi. Dastlabki ikki kun davomida 50 ml, keyingi ikki kun 100 ml, qolgan

kunlar 150 ml dan ichiladi. Davolanish kursi 20 kun davom etadi. 5-10 kun tanaffus qilingandan

so‘ng, muolaja takrorlanadi.

Varikozni davolashda girudaterapiyaning ahamyati:

Girudoterapiya – bu zuluklar yordamida amalga oshiriladigan muolaja bo‘lib, u qadimdan turli

kasalliklarni, jumladan, varikoz kengaygan venalarni davolashda qo‘llanib kelinadi. Ushbu

terapiyaning asosiy maqsadi qon aylanishini yaxshilash, tomirlardagi tiqilmalarni oldini olish va

yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishdir. Girudoterapiya varikoz kasalligini to‘liq davolay

olmasa ham, kasallikning simptomlarini yengillashtirish va bemorning holatini yaxshilashda

muhim rol o‘ynaydi[6]. Girudin – 65 aminokislotali polipeptid va u trombinning eng kuchli

tabiiy ingibitori hisoblanadi. Girudin trombinning serin, proteaza faol joyiga, shuningdek

fibrinogenni bog’lovchi ekzozit I bilan bog’lanadi. Girudin thrombin bilan bog’lanishi juda

yaqinlik bilan sodir bo’ladi va asosan qaytarilmas hisoblaniladi. Girudinning N-terminal

hududiga 3 ta disulfide ko’prik bilan o’zaro bog’langan ixcham tuzulmani hosil qiladi.Qon

quyuqlashining V, Vll, Xlll faktorlariga ta’sir ko’rsatadi[5]. Apiraza trombotsitlar agregatsiyasini

pasaytiradi, ya’ni qon hujayralarining bir-biriga yopishib, quyqaga aylanishining oldini oladi.

Gialuronidaza to‘qimalar o‘rtasidagi o‘tkazuvchanlikni oshiradi va hujayralar orasidagi modda

almashinuvini yaxshilaydi. Lipaza va kollagenaza yog‘ va oqsil moddalarning parchalanishini

faollashtiradi, bu esa qon tomirlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Varikoz kasalligida zuluk qo‘yish nuqtalari

; Zuluklarni to‘g‘ri nuqtalarga joylashtirish muhim

ahamiyatga ega bolib. Varikoz kasalligida quyidagi biologic faolnuqtalarga qo‘yilishi tavsiya

etiladi: Shikastlangan venalarning atrofida – to‘g‘ridan-to‘g‘ri venalar ustiga emas, balki uning

yon tomonlariga (2-3 sm uzoqlikda) qo‘yiladi. Son va boldir mushaklari atrofida – qon

aylanishini yaxshilash uchun ushbu sohalarga qo‘yiladi. Chanoq sohasida – venoz qon

aylanishining umumiy yaxshilanishi uchun qo‘llaniladi. Jigar sohasi – jigar faoliyatini qo‘llab-

quvvatlash va organizmdan toksinlarni chiqarish uchun tavsiya etiladi. Bir seans davomida

odatda 3-7 ta zuluk ishlatiladi. Kurs 7-10 muolajadan iborat bo‘lib, ularning har biri 3-5 kun

oralig‘ida o‘tkaziladi. Girudoterapiya tabiiy va muolajaviy usul bo‘lsa ham, ba’zi nojo‘ya

ta’sirlar kuzatilishi mumkin: Allergik reaksiya – ba’zi odamlarda zuluk so‘lagiga allergiya

kuzatilishi mumkin. Qon ketishi – zuluklar qonni suyultirgani sababli, ba’zan uzoq davom

etuvchi qon ketishlari kuzatilishi mumkin. Terining qizarishi va shish – muolaja o‘tkazilgan

joylarda qizarish va yengil shish paydo bo‘lishi mumkin. Infeksiya xavfi – noto‘g‘ri antiseptika

yoki gigiyenaga rioya qilinmaganida infeksiya rivojlanishi ehtimoli mavjud. Kamqonlik

(anemiya) – ko‘p va tez-tez o‘tkaziladigan girudoterapiya seanslari qonda hemoglobin

darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun girudoterapiya shifokor nazorati

ostida amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Ayniqsa, qandli diabet, gemofiliya, onkologik kasalliklar

va homiladorlik holatlarida zuluk bilan davolanish tavsiya etilmaydi.

Xulosa:

Varikoz kasalligi – bu venoz tizimning surunkali yetishmovchiligi bilan bog‘liq

patologik holat bo‘lib, unda venalarning kengayishi va qon aylanishining buzilishi kuzatiladi.

Kasallik rivojlanishining asosiy omillari orasida irsiy moyillik, uzoq vaqt davomida tik yoki

o‘tirib ishlash, gormonal o‘zgarishlar, noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakat turmush tarzi muhim

o‘rin tutadi. Xulosa o'mida shuni aytish kerakki, varikoz kasalligi hozirgi kunda sezilarli


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

darajada ko'payib borayotgan kasalliklaridan biri bo'lib, uni davolash uchun xalq tabobatidan

foydalanish juda samaralidir. Varikoz kasalligini davolashda ishlatiladigan dori vositalarining

organizmga nojo'ya ta'sirlari ko'p. Sintetik vositalardan ko'ra tabiiy mahsulotlar organizmga tez

ta'sir ko'rsatadi hamda oson so'riladi. Shuningdek, tabiiy mahsulotlarning tannarxi sintetik dori

vositalaridan ancha arzon. Shuning uchun ham varikoz kasalligini davolashda ayniqsa, ushbu

kasallikning dastlabki bosqichida xalq tabobatidan foydalanish har tomonlama samarali.

Foydalanilgan adabiotlar:

1. Xolmirzayev S. S. Flebologiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy nashriyoti, 2018.

2. Веденский А.Н. Варикозная болезнь. Л., Медицина, 1983.

3. Ю.Л. Шевченко Ю.М. Стойко клиническая флебология. М., ДПК Пресс, 2016.

4. Karimov A. T. Tibbiyotda muqobil davolash usullari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

5.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Lipaza.

6. Nurmatov U. H. Girudoterapiya va uning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati. – Samarqand:

Ilmiy Nashr, 2019.

Библиографические ссылки

Xolmirzayev S. S. Flebologiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy nashriyoti, 2018.

Веденский А.Н. Варикозная болезнь. Л., Медицина, 1983.

Ю.Л. Шевченко Ю.М. Стойко клиническая флебология. М., ДПК Пресс, 2016.

Karimov A. T. Tibbiyotda muqobil davolash usullari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

Nurmatov U. H. Girudoterapiya va uning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati. – Samarqand: Ilmiy Nashr, 2019.