JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Fayziyeva Zulayho
Toshkent islom instituti talabasi 403-guruh,Tel: +998 977120098
Email: mrsfayziyeva99@gmail.com
AYOLLARGA TEGISHLI MASALALAR
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hayz, nifos va istehoza holatlarining fiqhiy jihatlari yoritilgan.
Islom dini ayollar hayotidagi ushbu tabiiy jarayonlarga alohida e’tibor qaratgan bo‘lib, ularning
har biri ibodatlarga ta’siri, davomiyligi va hukmlari bilan tafsilotli izohlangan. Maqolada ushbu
masalalarning dolzarbligi, fiqhiy manbalar asosidagi sharhlari va zamonaviy jamiyatdagi
ahamiyati muhokama qilingan.
Kalit so‘zlar:
Hayz, nifos, istehoza, fiqh, ibodat, tahorat, namoz, tozalik.
Islom fiqhida ayollar hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hayz, nifos va istehoza holatlari
muhim diniy masalalar sirasiga kiradi. Bu mavzular Qur’oni Karim va hadislar asosida keng
muhokama qilingan bo‘lib, to‘rt mazhab – Hanafiy, Shofeiy, Molikiy va Hanbaliy – ularning har
biriga oid huquqiy va amaliy jihatlarni alohida tartibda bayon etgan. Ayniqsa, hayz holati nafaqat
ayolning jismoniy salomatligiga, balki ibodat, poklik, ro‘za, Qur’on tilovati kabi diniy
vazifalarni bajarishiga ham bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, har bir musulmon ayolning bu
holatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, diniy majburiyatlarini bilib bajarishi uchun aniq
ma’lumotga ega bo‘lishi muhimdir. Ushbu maqola aynan hayz, nifos va istehoza holatlarining
diniy va fiqhiy asoslarini turli mazhablar talqinida yoritishga bag‘ishlangan. Fiqh kitoblarida
hayz mavzusi muhokama qilinar ekan, uning doirasida yana nifos va istehoza holatlari ham
ko‘rib chiqiladi. Shunga qaramay, mavzu sarlavhasi sifatida odatda hayz atamasi ishlatiladi.
Buning sababi shuki, hayz holati ayollarda ko‘proq uchraydi va unga oid diniy hukmlar ham
boshqa holatlarga qaraganda ancha ko‘p.
So‘zning lug‘aviy ma’nosiga qaralsa, hayz – “suvning yoki qonning oqib ketishi” degan ma’noni
bildiradi. Tarixiy manbalarda bu holat uchun o’nta turli nom ishlatilgan: tams, hayz, nifos, dahk,
iroq, ikbar, i’sar, diras, firoq. (Ramli, 323. Shirbiniy 170. Buhutiy 1/180)
Fiqhiy ta’rifga ko‘ra, hayz – bu balog‘atga yetgan sog‘lom ayolning bachadonidan tabiiy
ravishda, ma’lum oraliqlarda chiqadigan qon hisoblanadi. (Ibn Hajar Haytamiy. 1/383) Bu holat
odatda qiz bolalar balog‘atga yetganidan boshlab, klimaks (menopauza) davrigacha davom etadi.
Ayol tanasidagi bu fiziologik jarayonga hayz holati deyiladi. O’zbek tilida bu holat “oy ko’rish”
yoki “xos kunlar” kabi so’zlar bilan ifodalanadi.
Hayz holati ayol organizmidagi tabiiy biologik jarayonning bir qismi bo‘lib, bu davrda tuxum
hujayra urug‘lanmagani sababli, bachadon ichki devorini qoplagan shilliq qavat yangilanadi va
qon orqali tashqariga chiqadi. Bu jarayon har bir ayol uchun odatiy va sog‘lom belgidir. Agar
tuxum urug‘lanmasa, u bachadonga joylashmaydi va tanadan hayz qoni bilan birga tashqariga
chiqariladi. Aksincha, tuxum urug‘lanib, bachadon devoriga joylashsa, hayz ro‘y bermaydi, ya’ni
ayol homilador bo‘ladi. (Yavuz. Yunus Vahbiy. Hayiz. Istanbul 1998. 17/51)
Qur’oni Karimda bu holat haqida: “(Ular) sizdan hayz haqida so‘rashadi…” degan oyat mavjud.
(Baqara 222) Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hayz haqida shunday deganlar:
“Bu – Allohning Odam qizlari uchun belgilagan bir holatidir.” (Buhoriy Hayz kitobi 1-hadis)
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Demak, hayz ko’rgan birinchi ayol Havvo onamizdan boshlab, barcha ayollar boshidan
kechiradigan tabiiy va fitriy jarayondir.
Ayollarda hayz ko‘rish yoshi ham, davomiyligi ham har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zilar
yoshligidanoq hayz ko‘ra boshlasa, boshqalar biroz kechroq ko’radi. Shuningdek, hayzning
davomiyligi ham farq qiladi — ayrim ayollarda u uzoq davom etsa, boshqalarda qisqaroq bo‘ladi.
Bunday farqlarning sababi — har bir ayolning fiziologik (jismoniy), psixologik holati,
yashaydigan iqlimi va hayot tarzi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham Islom olimlari bu
masalada aniqlik kiritish maqsadida muayyan minimal va maksimal vaqtlar belgilab berishgan.
Bu esa ayollar uchun diniy masalalarni (ibodat, ro‘za, tozalikka oid qoidalar) to‘g‘ri ado etishda
osonlik yaratadi.
Shofeiy mazhabiga ko‘ra, ayolning hayz ko‘rish yoshi eng erta to‘qqiz qamariy yiliga to‘lishi
bilan boshlanadi. U hatto sovuq mintaqada tug‘ilgan bo‘lsa ham, bu holatni boshidan kechirishi
mumkin
. Agar undan oldin qon ko‘rgan bo‘lsa, bu qon hayz qoniga kirmaydi. Yuqorida
“qamariy yil” ifodasini ishlatdik, bunday holatlarda qamariy taqvim qo’llanilishini dalili “
Sizdan
(ey, Muhammad), hilollar (yangi oylar) haqida so'raydilar
”, (Baqara 142) oyatidir.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, ayol eng erta to‘qqiz yoshida hayz ko‘ra boshlaydi. Agar undan oldin
qon ko‘rgan bo‘lsa, bu qon hayz qoniga kirmaydi
Hanbaliy mazhabida esa, ayolning yashash joyi (issiq yoki sovuq mintaqa) farq qilmasdan, eng
erta to‘qqiz yoshida hayz ko‘ra boshlaydi. Agar undan oldin qon kelgan bo‘lsa, bu qon hayzga
aloqador hisoblanmaydi. Eng kech ellik yoshida hayzdan qoladi, ya’ni klimaks davri boshlanadi
.
Shofeiy mazhabiga ko‘ra, hayzning eng qisqa davomiyligi — qon kelishining bir kun va bir
kechaga teng bo‘lgan davri. Ya’ni, bu yigirma to‘rt soatni tashkil etadi. Hayzning eng uzoq
davomiyligi esa, kechalari bilan birga, o‘n besh kunga tengdir. Ikki hayz davri orasidagi poklik
muddati kamida o‘n besh kun bo‘lishi kerak. Chunki bir oy ichida odatda bir hayz davri va bir
poklik davri bo‘ladi va hayzning maksimal muddati o‘n besh kun bo‘lganligi sababli, poklik
davrining ham kamida o‘n besh kun bo‘lishi kerak. Umuman olganda, hayzning o‘rtacha
davomiyligi oltidan yetti kungacha bo‘ladi. Poklik davrining maksimal muddati yo‘qdir.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, hayzning eng qisqa davomiyligi — kechalari bilan birga uch kun, eng
ko‘p davomiyligi esa o‘n kunni tashkil etadi. Agar hayz muddati kamroq yoki ko‘proq bo‘lsa, bu
istehoza hisoblanadi
.
Hanbaliy mazhabiga ko‘ra, hayzning eng qisqa davomiyligi, Shofeiy mazhabida bo‘lgani kabi,
bir kun, eng uzoq davomiyligi esa o‘n besh kun bo‘ladi. Umumiy davomiyligi esa oltidan yetti
kungacha bo‘ladi. Ikki hayz davri orasidagi poklik muddati eng kamida o‘n besh kun bo‘ladi,
1
Navaviy. Minhajut talibin va umdatul muftin. Bayrut: Darul minhaj, 2005. – B. 87.
2
Alouddin Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy. Badoius sanoiy fi tartibi sharoiy. Bayrut 2003. 1/192.
3
Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrut DKI. 1997. 1/235
.
4
Abdurahmon ibn Muhammad ibn Sulaymon Shayxzoda. Majmaul anhur fi sharhi multaqo abhur. Bayrut DKI, 1998. 1/77-78.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
boshqa bir fikrga ko‘ra esa, bu o‘n ikki kun bo‘lishi mumkin. Poklik davrining maksimal
muddati yo‘q
.
Molikiy mazhabiga ko‘ra, poklik davrining maksimal muddati yo‘q. Hayzning eng qisqa davri
esa, Ibn Molikning fikriga ko‘ra, bitta qonning kelishi ham hayz deb hisoblanadi. Eng ko’pi esa
o’n besh kundir. Poklikning eng ozi masalasida mazhab ichida bir necha fikrlar bor. Lekin eng
sahihi o’n besh kundir
.
Hayz holatidagi ta’qiqlar
Hayz holatida bajarilishi mumkin bo‘lmagan amallar mazhablar orasida farq qiladi. Shuning
uchun biz har bir mazhabga alohida to‘xtalib, quyidagi ta’qiqlarni keltirdik:
Shofeiy mazhabiga ko‘ra, junub holatida ta’qiqlangan amallar hayz holatida ham ta’qiqlanadi,
chunki hayz holati junub holatidan og‘irroq hisoblanadi. Bu ta’qiqlar quyidagilarni o‘z ichiga
oladi
1. Namoz o‘qish: Namozning farz yoki nafl bo‘lishidan qat’iy nazar, hayz holatidagi ayol
namoz o‘qishi mumkin emas.
2. Ro’za tutish: Hayz holatida ayol ro’za tutmaydi, lekin hayzdan keyin ro’zalarini tutishi
farzdir.
3. Qur’oni Karimni o‘qish: Hayz holatidagi ayol Qur’oni karimni o‘qishi mumkin emas.
4. Qur’oni Karimga tegish yoki uni ko‘tarish: Hayz paytida Qur’onga tegish va uni ko‘tarish
harom.
5. Masjiddan o‘tish: Agar masjidni ifloslantirishdan qo‘rqilsa, hayzli ayol masjidga o‘tishi
haromdir. Agar masjidni ifloslantirmaslikka ishonch bo‘lsa, u holda masjiddan o‘tish makruhlik
bilan ruxsat etiladi. (Bu faqat hayzli ayollar uchun emas, masjidga najas (ifloslik) olib kirishi
mumkin bo‘lgan har bir kishi uchun amal qiladi).
6. Tavof qilish: tavofning farzi yoki nafil bo‘lishidan qat’iy nazar, hayz holatida ayol tavof
qilishi mumkin emas.
7. Jinsiy aloqa: hayz holatida ayol va er jinsiy aloqada bo‘lishi haromdir. Bunday amallar
gunohdir.
8. Hayzli ayolning badani: hayzli ayolning qornidan pastki qismi va tizzasidan yuqorisiga
erining tegishi haromdir.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, hayz holatidagi ta’qiqlar quyidagilardan iborat
1. Namoz o‘qish: hayzdan chiqqan ayol, hayzli bo‘lgan davrda o‘qimagan namozlarining
qazosini o‘qimaydi.
2. Ro’za tutish: hayzdan keyin, hayz paytida tutmagan ro’zalarini qazosini tutadi.
3. Masjiddan o‘tish: Hayzli ayol masjidga kirishi mumkin emas.
4. Tavof qilish: Kaba masjidning ichida joylashgan bo‘lganligi sababli, hayzli ayol tavof
qilishi mumkin emas.
5
Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/388-390.
6
Ibn Rushd. Bidayatul mujtahid va nihayatul muqtasid. Qohira 1994. 1/136.
7
Ibn hajar Haytami. 386.
8
Byrhoniddin Marg’inoniy. Hidoya bidayatul mubtadi. Bayrut 1/208.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. Jinsiy aloqa: Hayz holatidagi ayol va erining jinsiy aloqada bo‘lishi haromdir, bu gunoh
hisoblanadi.
6. Qur’on o‘qish: Agar Qur’onni o‘qish niyati bilan o‘qilsa, bu holatda hayzli ayol Qur’on
o‘qishi mumkin emas. Ammo shukronalik maqsadida, masalan, "Alhamdulillah" deb aytish
muammo yaratmaydi.
7. Qur’oni karimga tegish: Qur’onni bevosita yoki hech qanday to‘sqinliksiz ushlash harom
hisoblanadi.
Hanbaliy mazhabiga ko‘ra, hayz holatida quyidagi ta’qiqlar mavjud
1. Namoz o‘qish: Namozning farzi yoki nafl bo‘lishidan qat’iy nazar, hayzli ayol namoz
o‘qishi mumkin emas.
2. Ro’za tutish: Hayz holatida ayol ro’za tutolmaydi.
3. Qur’oni Karim o‘qish: Hayz holatidagi ayol Qur’on o‘qishi mumkin emas.
4. Qur’oni Karimga tegish: Qur’onni bevosita tutish harom.
5. Masjiddan o‘tish: Hayz holatidagi ayol masjidga o‘tishi mumkin emas.
6. Tavof qilish: Hayzli ayol Kaba atrofida tavof qilishi mumkin emas.
7. Jinsiy aloqa: Hayz holatidagi ayol va er jinsiy aloqa qilishi mumkin emas.
Molikiy mazhabiga ko‘ra, hayz holatidagi ayolga quyidagi ta’qiqlar mavjud
:
1. Hayz va nifos holatida, betahoratlik holati davom etadi.
2. Namoz: Hayzli ayol namoz o‘qiy olmaydi, chunki namoz vujudiyati ortga chekinadi.
3. Ro’za tutish: Hayz holatidagi ayol ro’za tutolmaydi, ammo ro’zalarini keyinroq tutishi kerak.
4. Qur’oni Karimga tegish: Hayz holatidagi ayol Qur’onga tegishi mumkin emas.
5. Jinsiy aloqa: Hayz holatidagi ayol va erining jinsiy aloqada bo‘lishi haromdir.
6. Masjiddan o‘tish: Hayz holatidagi ayol masjidga kira olmaydi.
Nifos — so‘nggi tug‘ruqdan keyin kelgan qon bo‘lib, ayolning rahmining normal holatiga
qaytishi uchun zarur bo‘lgan vaqtni bildiradi.
Shofeiy mazhabiga ko‘ra, ayol farzand dunyoga keltirganidan so‘ng, bu holat "alaqo"
yoki
"mudg’a"
bo‘lganligi farq qilmasdan, nifos davri boshlanadi. Nifosning eng qisqa muddati bir
on (ya’ni qisqa vaqt), eng uzoq muddati esa oltmish kun bo‘lib, odatda qirq kun davom etadi.
Ummu Salamaning hadisida, "Rasululloh (s.a.v) davrida nifos bo‘lgan ayollar qirq kun davomida
o'tirishardi" deb aytilgan
. Bu hadis nifosning maksimal muddati qirq kun ekanligini anglatadi.
Agar ayol nifos davrini o‘tib, hayzga kirsa, hayzli ayolning muddati o‘tgani kabi, bu holatda ham
shunday qoidalar amal qiladi, chunki nifos va hayz ko‘plab jihatlardan o‘xshash.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, nifosning eng qisqa muddatiga doir aniq fikr yo‘q, lekin eng uzun
muddati qirq kun deb qaraladi. Ummu Salamaning hadisi hanafiylar uchun nifosning maksimal
muddati bo‘yicha dalil sifatida olinadi.
9
Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/226-229.
10
Ibn Rushd. Bidayatul mujtahid va nihayatul muqtasid. Qohira 1994. 1/135-136.
11
Lahta qon
12
Chaynalgan go’sht
13
Imom Termiziy. Sunani Termiziy. Bayrut. Tahorat 105.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Hanbaliy mazhabiga ko‘ra, nifos davri tug‘ruq bilan bog‘liqdir. Agar tug‘ruqdan oldin ikki-uch
kun ayol qon ko‘rsa, bu qon ham nifos qoniga kiradi, ammo bu ikki-uch kun nifos vaqtidan
hisoblanmaydi. Nifosning eng qisqa muddati tug‘ruqdan boshlab bir on, eng uzun muddati esa
qirq kun deb qaraladi
. Hanbaliylar ham Ummu Salamaning hadisiga tayanib, nifosning
maksimal muddatini belgilaganlar.
Molikiy mazhabiga ko‘ra, nifosning eng qisqa muddati ilm ahlining ittifoqi bilan bir on deb
belgilangan. Nifosning eng uzun muddati bo‘yicha esa mazhab ichida fikrlar mavjud. Imom
Molik nifosning maksimal muddati haqida so‘ralganda, birinchi marta oltmish kun deb javob
bergan, ammo keyinchalik, ayolning holatiga qarab, bu muddatni belgilash mumkinligini aytgan.
Istehoza so‘zi lug‘atda "suvning oqib to‘kilishi, qoning oqishi" ma’nosini anglatadi. Fiqhda esa,
hayz va nifos kunlaridan tashqari, ayolning rahmidan kasallik sababli kelgan qon istehoza deb
ataladi. Bunday holatdagi ayolga mustahoza deyiladi.
Shofeiy mazhabiga ko‘ra, istehoza holatida ayolga hayzda taqiqlangan amallarni bajarish
ta’qiqlanmaydi. Istehozali ayol har bir namoz uchun a’zosini yuvishi, a’zosiga paxta yoki boshqa
material yordamida tampon qo‘yishi va ustidan mato bilan yopishi kerak. Agar ayol ro’za
tutayotgan bo‘lsa, tampon qo‘ymasligi mumkin, chunki bu ro’zaga zarar keltirmasligi uchun
zarur
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, agar qon hayzning eng qisqa muddati (uch kun)dan kam va eng uzun
muddati (o‘n kun)dan ko‘p bo‘lsa, bu qon istehoza qonidir. Istehozali ayol namoz o‘qishi, ro’za
tutishi va jinsiy aloqa qilishda hech qanday to‘sqinlikka uchramaydi
Hanbaliy mazhabida, Shofeiy mazhabiga o‘xshab, istehoza holatidagi ayol har bir namoz uchun
a’zosini yuvishi, a’zosiga tampon qo‘yishi va uni yopishi kerak
.
Molikiy mazhabiga ko‘ra, istehoza holatidagi ayol har bir namoz uchun tahorat olishi kerak
Xulosa qilib aytganda, hayz, nifos va istehoza holatlari ayolning tabiiy hayotiy jarayonlari bo‘lib,
ular islomiy e’tiqod va fiqhda alohida o‘rin egallaydi. Har bir mazhab bu holatlarga nisbatan
o‘ziga xos yondashuvni taklif etadi, bu esa ayolning ibodatdagi to‘g‘ri yo‘l tutishini ta'minlaydi.
Hayz va nifos holatlarida ayollarga nisbatan ba’zi ibodatlar taqiqlanadi, istehoza holatida esa bu
taqiqlar amal qilmaydi. Shuning uchun har bir ayol bu holatlarni farqlab, unga qarab o‘z diniy
amallarini belgilashi lozim. Bu esa nafaqat shaxsiy poklik, balki ibodatdagi aniqlik va
mas’uliyatni ham o‘z ichiga oladi. Fiqhiy tafsilotlarni bilish, ayniqsa, balog‘at yoshiga yetgan
ayollar uchun muhim bo‘lib, bu ilm nafaqat amaliy hayotda, balki diniy to‘g‘rilikni saqlashda
ham muhim ahamiyatga ega.
Ayollarga tegishli fiqhiy masalalarni to‘g‘ri tushunish va amal qilish har bir musulmon ayol
uchun muhimdir. Hayz, nifos va istehoza kabi holatlarning hukmlarini bilish, ibodatlarda
xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi. Shuningdek, jamiyatda bu mavzularga doir to‘g‘ri
ma’lumot yetkazish orqali noto‘g‘ri e’tiqod va amaliyotlarning oldi olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
[1] Navaviy. Minhajut talibin va umdatul muftin. Bayrut: Darul minhaj, 2005. – B. 87.
14
Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/259.
15
Haytamiy. 1/394.
16
Byrhoniddin Marg’inoniy. Hidoya bidayatul mubtadi. Bayrut 1/217.
17
Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/255
18
Ibn Rushd. Bidayatul mujtahid va nihayatul muqtasid. Qohira 1994. 1/124.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
[2] Alouddin Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy. Badoius sanoiy fi tartibi sharoiy.
Bayrut 2003. 1/192.
[3] Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/235.
[4] Abdurahmon ibn Muhammad ibn Sulaymon Shayxzoda. Majmaul anhur fi sharhi multaqo
abhur. Bayrut DKI, 1998. 1/77-78.
[5] Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/388-390.
[6] Ibn Rushd. Bidayatul mujtahid va nihayatul muqtasid. Qohira 1994. 1/136.
[7] Ibn hajar Haytami. 386.
[8] Byrhoniddin Marg’inoniy. Hidoya bidayatul mubtadi. Bayrut 1/208.
[9] Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/226-229.
[10] Ibn Rushd. Bidayatul mujtahid va nihayatul muqtasid. Qohira 1994. 1/135-136.
[11] Lahta qon
[12] Chaynalgan go’sht
[13] Imom Termiziy. Sunani Termiziy. Bayrut. Tahorat 105.
[14] Abu Is’hoq ibn Muflih. Al-Mubdi sharhul muqni. Bayrul DKI. 1997. 1/259.
[15] Haytamiy. 1/394.
