Авторы

  • Sidiqova Yulduz Sobirovna
    Osiyo Xalqaro universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.121532

Ключевые слова:

AKT kreativ nutq tafakkur maktabgacha yosh mediasavodxonlik mediamatn metodika

Аннотация

Mazkur maqolada kreativ yondashuv asosida bolalar nutqi va tafakkurini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning samarali usullari yoritilgan. Bolalar bilan ishlash jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali ularning muloqot ko‘nikmalari, mustaqil fikrlash qobiliyati, tasavvuri va ijodiy salohiyati qanday shakllanishi tahlil etilgan. Metodik asosda multimediali vositalar, interaktiv dasturlar, o‘yinli texnologiyalar va raqamli resurslardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatib berilgan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

283

Sidiqova Yulduz Sobirovna

Osiyo Xalqaro universiteti

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi

.

KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BOLALAR NUTQI VA TAFAKKURINI

O`STIRISHDA AKTDAN FOYDALANISH METODIKASI

tel:+998914164032

yulduzsobirova048@jmail.com

Annotatasiya:

Mazkur maqolada kreativ yondashuv asosida bolalar nutqi va tafakkurini

rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning samarali
usullari yoritilgan. Bolalar bilan ishlash jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo„llash orqali
ularning muloqot ko„nikmalari, mustaqil fikrlash qobiliyati, tasavvuri va ijodiy salohiyati qanday
shakllanishi tahlil etilgan. Metodik asosda multimediali vositalar, interaktiv dasturlar, o„yinli
texnologiyalar va raqamli resurslardan foydalanish yo„llari ko„rsatib berilgan.

Kalit so’zlar:

AKT,kreativ, nutq tafakkur, maktabgacha yosh, mediasavodxonlik,

mediamatn, metodika.

Kirish.

Maktabgacha davr bu bolada motivatsiya, o'z o'zini namoyon etish, o'z-o'zini tatbiq eta

olish, nimanidir bajarish xohish istagi intilishlari rivojlanadigan ajoyib davrdir. Shuning uchun bu
soha ota onalardan tortib mazkur sohaga mutasaddi bo'lgan barchaga bolalarning ta'lim olishga
tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvni talab qiladi.

Asosiy qism.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o„stirish va tafakkurini rivojlantirishda

hayotimiz mazmun-mohiyatiga aylanib borayotgan media, internet, televidenie, multfilm, kino,
video, telefon va boshqa axborot texnologiyalari ham o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda. Mazkur holatni
tajriba va kuzatishlarimiz asosida tahlil etadigan bo„lsak tabiiy holatda ijobiy va salbiy jihatlari
ko„zga tashlanadi. Axborot texnologiyalardan foydalanish ko„nikmalarining ijobiy jihatlariga
e‟tibor qaratadigan bo„lsak, mazkur texnologiyalar katta va maktabga tayyorlov guruhi bolalarini
mediamatnlarni qabul qilish, tahlil qilish, baholash va yaratish qobiliyatlarini shakllanishiga
yordam beradi. Salbiy jihatlariga e‟tibor qaratadigan bo„lsak ota – onalarning yoki oiladagi yoshi
katta insonlarning “bolalar tinch o„tirishini ko„zlab” mobil aloqa vositalari, planshetlar,
kompyuter texnologiyalari bilan siylashlari, bolalarda tabiiy ravishda “multimedia vositalariga
tobelik” holatini keltirib chiqarib ortiqcha xar xas‟halarga sabab bo„lmoqda.

Masalaga ilmiy jihatdan yondashib “mediasavodxonlik” tushunchasining lug„aviy

ma‟nosiga diqqatimizni qaratsak. G„arb mediapedagoglari “mediasavodxonlik” (media literacy)
tushunchasini quyidagicha izohlashadi:

“Mediasavodxonlik”-mediamatnlarni sharhlash, tahlil etish va yaratish qobiliyati

“Mediasavodxonlik” - turli shakllardagi axborotlarni olish, tahlil etish, baholash va uzatish
qobiliyati .


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

284

“Mediasavodxonlik” – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarda axborot texnologiyalari bilan

muloqotda, ularning hayotidagi media mazmunini tushunishda tanqidiy nuqtayi – nazar bilan
qarashga yordam beradi. Mediasavodxon tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarda mediamatnlarga
baho berishda tanqidiy va tahliliy yondashuvi, manipulatsiyaga qarshilik qilishga xizmat qilishi
kerak .

Uzluksiz ta‟lim tizimini modernizatsiyalash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

maktabgacha ta‟lim tashkilotlari o„quv-tarbiya jarayonini mediatexnologiyalar asosida tashkil
etish, uning samaradorligini oshirish, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o„stirish va
tafakkurini rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“Ilk qadam” Davlat dasturida belgilab qo„yilgan maktabgacha yoshdagi bolalar maktabga

tayyorligiga oid xarita ta‟lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlash, ta‟lim
jarayoni holati sifatini boshqarish imkonini beradi.

Bugungi kundagi texnik va ilmiy o„sish, bir tomondan, maktabgacha ta‟lim yoshidagi

bolalar turmush tarziga o„z ta‟sirini ko„rsatayotgan bo„lsa, ikkinchi tomondan, aynan inson
hayotiga bo„lgan yangi tahdidlarni keltirib chiqarmoqda (virtual borliqda yashash, psixologik
jihatdan virtual borliqni afzal ko„rish, virtual tahdidlar v.b.). Shu nuqtayi nazardan, oilada va
maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida bolalar nutqini o„stirish va tafakkurini rivojlantirishga bo„lgan
munosabat aslida milliy va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning asosiy kategoriyasiga
aylanib bormog„i darkor.

Ta‟kidlash lozimki, mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalar tarbiyasiga

alohida e‟tibor qaratilayotganligi texnogen o„sish va globallashuv ta‟siri bolalar g„oyaviy va
huquqiy, ta‟bir joiz bo„lsa texnik savodxonligini o„sishi bilan mushtarak holda kechadi. Bu
muammo jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar amalga oshirilayotgan,
yangilanish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda, ayniqsa dolzarblik kasb etadi.

Tarbiyada noan‟anaviy usullarga, pedagogik texnologiyaga, ijtimoiy pedagogika va

psixologiyadagi ilg„or milliy hamda xalqaro tajribaga asoslanish, hayotdagi shaxsiy namuna, o„z
faoliyatini rejalashtirish, sog„lom turmush tarzi qoidalariga rioya etish, ehtiyoj va imkoniyatning
mosligi, natijani oldindan ko„ra bilgan holda maqsadni qo„yish, pedagogik mahorat va texnika
muhim rol o„ynaydi.

Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida “Nutq o„stirish”, “Badiiy adabiyot”, “Ikkinchi til”

mashg„ulotlari, ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarni tashkil etish ma‟lum bir qolib asosida tashkil
etiladi. Bu yaxshi albatta. Biroq bugungi kun bolalarini “kechagi ma‟lumot”, “qolibdagi xabarlar”
bilan dunyoqarashini o„stirib bo„lmaydi. Vaholanki, maktabgacha yoshidan boshlab bolalarga
axborot tahlili madaniyatini shakllantirish ijtimoiy – ma‟naviy himoyasi uchun ta‟lim
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan har bir pedagog birdek mas‟ul va javobgardir. Shuning uchun
zamonaviy pedagog o„z kasbining mohir ustasi bo„lishi bilan bir qatorda, “psixolog”, “aktyor”,
“san‟atkor”, “texnolog” “ota– ona”bo„lishi, bolalar “dunyosiga” ham kirib bilishi ta‟lim va
tarbiya samaradorligini ta‟minlashda muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari asosida amalga oshiriladigan

ta‟limiy ishlarning samaradorligi tarbiyalanuvchi shaxsini pedagogik va psixologik jihatdan
o„rganish ularning individual tipologik xususiyatlarini bilish bilan bog„liq. Shuningdek, axborot
texnologiyalar vositasida tashkil etiladigan mashg„ulotlar tuzilishi jihatdan o„qitish va o„qish
elementlaridan tarkib topgan bo„lishi lozim. Tarbiyachi o„z oldiga o„qitish maqsadi, ta‟lim


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

285

tamoyillari, ta‟lim qoidalari, ta‟lim mazmuni, metodlari, didaktik ta‟lim vositalaridan samarali
foydalanish mexanizmlarini loyihalashtirib oladi.

Kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o„stirish va tafakkurini

rivojlantirish

jarayonini

samarali

tashkil

etish

va

uzviyligini

ta‟minlashda

mediatexnologiyalardan foydalanish, didaktik ta‟lim vositalarini bir vaqtning o„zida bir necha
yo„nalishlarda qo„llash imkonini beradi. Ayni vaqtda “Apparatmatnlar” tizimi (videokitoblar,
o„quv disklari, matnli albomlar va boshqalar)dan ommaviy ravishda foydalanilmoqda. Bu esa
pedagoglarning o„zaro muloqot va bahs munozara qilish imkoniyatini kengaytirishi bilan birga,
o„quv biluv faoliyati loyihalarini yaratishda pedagogtexnolog va metodistlarning kasbiy
mahoratlarini oshirishga yordam beradi. Zamonaviy jamiyat yosh avlod ta‟lim yizimiga ,
jumladan maktabgacha ta‟limga yangi talablarni qo‟ymoqda.

Iqtidorli shaxsni tarbiyalash uchun, maktabgacha yoshdagi bolada ijodiy tafakkurni

rivojlantirishni, nostandart fikrlash qobiliyatini, tevarak atrofdagi dunyoni bilish qobiliyatini
rivojlantirish kerak. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida TRIZ texnologiyasidan foydalanishning
maqsadi, bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektizm kabi fikrlash
fazilatlarini rivojlantirish; boshqa tomondan, yangilikka intilish, qidiruv faoliyati; nutq va ijodiy
tasavvurni rivojlantirishdan iborat. ТРИЗ (IMEN) metodi bu(теория решения изобретательских
задач), ixtirochilik muammosini hal qilish nazariyasi bo‟lib, bu texnologoyaga T.S.Alitshuller
asos solgan. Maktabgacha ta‟lim tashkilotida TRIZ metodi maxsus ajratilgan vaqtni talab
qilmaydi. Masalan, ertakni o‟qiyotganda, siz uning oxirini topishingiz yoki qahramonning xulq -
atvorini tahlil qilishingiz, unga qanday yordam berish haqida o‟ylashingiz mumkin. TRIZ
pedagogikasining diqqat markazida moslashuvchan tizimli boy, tassavurga ega bo‟lgan ijodkor
shaxs turadi. TRIZ texnologiyalaridan foydalanish bolalar nutqini shakllantirishda yaxshi samara
beradi. Bolalar bilan ishlashning asosiy vositasi pedagogfik izlanishdir. Ushbu metodikada
pedagog bolalarga tayyor bilim va haqiqatni ochib bermasligi, aksincha avval bolani masalaga
qiziqtirib , keyin uni yechimini qanday topishga yo‟naltirishi kerak. IMEN usulidagi jumboqli
o`yinlar orqali bolalar qobiliyatini o`stirish bilan birga, ularda hozirjavoblik, fantaziya, ixtiro
qilish va qiyin vaziyatdan to`g`ri yo`l topa olish kabi xususiyatlarni tarbiyalash mumkin.
“Sholg`om polizda kichkina bo`lib o`sibdi”, “Bu teremokda kimlar yashaydi?”, “Zamonaviy
Zumrad va Qimmat”, “Men-Robot”-hikoya va ertaklarini yangi talqinda ixtiro qilish orqali
lug‟atlarini yangi so‟zlar bilan boyitadilar . Ertakni qayta ixtiro qilish orqali bolalarning
tafakkurlari ham kengaya boradi.

Kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o„stirish va tafakkurini

rivojlantirishda axborot texnologiyalar yordamida maxsus mashg„ulotlar tashkil etish bolalarning
dialogik ravon nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dialogik ravon nutqini
rivojlantirish suhbat metodi va imitatsiya metodi asosida o„tkaziladi va quyidagi usullar
yordamida amalga oshiriladi:

- tayyorgarlik suhbati ( so„zlashish usullari);

- sahnalashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).

Mediamatnlardan foydalanib suhbat jarayonini tashkil etishda bolalarni suhbatdosh

so„zlarini bo„lmasdan tinglash, suhbatdosh uchun tushunarli qilib so„zlash, yo„ldosh – talaffuz va
grammatik ko„nikmalarni mashq qilish, ma‟lum so„zlar ma‟nosini aniqlashtirishga o„rgatiladi.
Bunga tevarak- atrof va ona-Vatan, maishiy mavzudagi, buvuk siymolar va bayramlar, harbiy
qo„shinlar, mashhur sarkardalar, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalari, maishiy-
xo'jalik va mchnat buyumlari, xalq ijodi, tabiat, shuningdek, bolalar bog'chasida bolalarning


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

286

turli faoliyatlari (o'yinlari, mchnat, o „zaro yordam va hokazo) kiradi. Suhbatda asosiy
o‟rgatish usuli savollar berishdir. Mazmunan va shakl jihatdan har xil murakkablikka ega bo`lgan
savollardan foydalanish mumkin .

Xulosa o‟rnida shuni aytish mumkinki, kreativ yondashuv asosida bolalar nutqi va

tafakkurini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy
ta‟limning ajralmas qismi hisoblanadi. AKT vositalari orqali ta‟lim jarayoni nafaqat qiziqarli va
interaktiv tarzda tashkil etiladi, balki bolalarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkur va nutqiy
faollikni shakllantirish imkoniyati ortadi. Multimedia vositalari, animatsion dasturlar, interaktiv
o„yinlar va vizual kontent bolalarning e‟tiborini jalb qilgan holda, ularning tafakkur doirasini
kengaytiradi. Bu metodika o„qituvchilarga yangicha, samarali va ijodiy yondashuvlar orqali
bolalar bilan ishlash imkonini beradi. Shunday qilib, kreativ yondashuv va AKT vositalarining
uyg„unligi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta‟minlovchi muhim omil bo„lib xizmat
qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Sobirovna, S. Y. (2024). MAKTABGACHA TA‟LIMDA NUTQ, MULOQOT

OQISH VA YOZISH MALAKALARINING SOHALARI. TECHNICAL SCIENCE
RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1), 52-62.

2.

Sobirovna, S. Y. (2023). Creativity in the work of an educator. American Journal of

Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 361-367.

3.

Yulduz, S. (2024). SYUJETLI-ROLLI OYINLARNING BOLA FAOLIYATIDAGI

AHAMIYATI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1), 44-51.

4.

Yulduz, S. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK

TAʼLIM

BERISHNING

OʻZIGA

XOSLIGI.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 21(3), 124-129.

5.

Sobirovna, S. Y. (2023). O „YIN ORQALI BOLA TAFAKKURI VA NUTQINI

OSTIRISH. SAMARALI TA‟LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(3), 93-99.

6.

Sobirovna, S. Y. (2022). PEDAGOGNING KREATIVLIGI BOLALAR IJODIY

RIVOJLANISHINING ZARUR SHARTI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 219-220.

7.

Yulduz, S. (2023). KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA BOLALAR NUTQI

VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ, 23(2), 87-92.

8.

Sobirovna, S. Y. (2022). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O „QUVCHILAR

BILISH

FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 158-160.

9.

Sobirovna, S. Y. (2023). METODIST FAOLIYATI ASOSLARI. SAMARALI

TA‟LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(5), 108-114.

10.

Sobirovna, S. Y. (2024). AESTHETIC EDUCATION AS A TOOL TO LEAD

CHILDREN TO PERFECTION. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ
И ПРАКТИКА, 2(2), 354-367.

11.

Yulduz, S. (2024). Estetik tarbiya bolalarni komillikka yetaklovchi vosita sifatida.

TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(2), 95-106.

12.

Sobirovna, S. Y. (2023). Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya

berish. SAMARALI TA‟LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(4), 160-166.

13.

Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALAR RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI

OILAVIY VA IJTIMOIY OMILLAR. Methods of applying innovative and digital technologies
in the educational system, 1(2), 199-204.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

287

14.

Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING

NEYROPEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. Methods of applying innovative and digital
technologies in the educational system, 1(2), 253-258.

15.

Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALAR RIVOJLANISH NAZARIYASIDA

PIAJENING KOGNITIV RIVOJLANISH MODELI. Methods of applying innovative and digital
technologies in the educational system, 1(2), 193-198.

Библиографические ссылки

Sobirovna, S. Y. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA NUTQ, MULOQOT OQISH VA YOZISH MALAKALARINING SOHALARI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1), 52-62.

Sobirovna, S. Y. (2023). Creativity in the work of an educator. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 361-367.

Yulduz, S. (2024). SYUJETLI-ROLLI OYINLARNING BOLA FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1), 44-51.

Yulduz, S. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK TAʼLIM BERISHNING OʻZIGA XOSLIGI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 21(3), 124-129.

Sobirovna, S. Y. (2023). O ‘YIN ORQALI BOLA TAFAKKURI VA NUTQINI OSTIRISH. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(3), 93-99.

Sobirovna, S. Y. (2022). PEDAGOGNING KREATIVLIGI BOLALAR IJODIY RIVOJLANISHINING ZARUR SHARTI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 219-220.

Yulduz, S. (2023). KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA BOLALAR NUTQI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 23(2), 87-92.

Sobirovna, S. Y. (2022). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O ‘QUVCHILAR BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 158-160.

Sobirovna, S. Y. (2023). METODIST FAOLIYATI ASOSLARI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(5), 108-114.

Sobirovna, S. Y. (2024). AESTHETIC EDUCATION AS A TOOL TO LEAD CHILDREN TO PERFECTION. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(2), 354-367.

Yulduz, S. (2024). Estetik tarbiya bolalarni komillikka yetaklovchi vosita sifatida. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(2), 95-106.

Sobirovna, S. Y. (2023). Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berish. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(4), 160-166.

Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALAR RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI OILAVIY VA IJTIMOIY OMILLAR. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 199-204.

Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING NEYROPEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 253-258.

Sobirovna, S. Y. (2024). BOLALAR RIVOJLANISH NAZARIYASIDA PIAJENING KOGNITIV RIVOJLANISH MODELI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 193-198.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)