JO9-]URNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
SSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL
374
Usmanov Botir Allaberdiyevich
Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
TASVIRIY SAN’ATDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: ZAMONAVIY
YONDASHUV VA YANGI IMKONIYATLAR
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tasviriy san‘at sohasida innovatsion texnologiyalarning, xususan
grafik planshetlar, 3D printerlar, virtual va kengaytirilgan haqiqatning ijodiy faoliyat va ta‘lim
jarayonidagi ahamiyati ko‗rib chiqiladi. Zamonaviy texnologiyalar rassomlarga yangi
imkoniyatlar yaratib, san‘at asarlarini interaktiv va noyob shakllarda ifodalashga yordam beradi.
Shuningdek, innovatsion vositalarning tasviriy san‘at o‗qituvchilarini tayyorlashda qo‗llanilishi
va ularning ijodiy malakalarni rivojlantirishdagi roli ta‘kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
tasviriy san‘at, innovatsion texnologiyalar, virtual haqiqat, kengaytirilgan haqiqat,
grafik planshet, 3D printer, sun‘iy intellekt, san‘at ta‘limi, interaktiv san‘at, pedagogika.
Kirish:
O‗zbekiston Respublikasi bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda izchil
islohotlarni amalga oshirgan holda, xalqaro maydonda munosib o‗rin egallashga intilmoqda.
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli modernizatsiya jarayonlari jahonning yetakchi
davlatlari tajribasini o‗rganish, iqtisodiy va intellektual resurslardan samarali foydalanish asosida
yo‗lga qo‗yilmoqda. Bu esa jamiyat hayotining turli jabhalarida sezilarli yutuqlarga erishish
imkonini bermoqda. Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, o‗zining ijobiy
natijalarini ko‗rsatmoqda. Biroq, erishilgan natijalarni mustahkamlash, milliy mustaqillik
poydevorini yanada mustahkamlash hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish zarurati
jamiyat a‘zolaridan yuqori darajadagi mas‘uliyat, fidoyilik, tashabbuskorlik va qat‘iyatni talab
qilmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida oliy ta‘lim tizimi ham tubdan
yangilanib, pedagogik kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan,
oliy ta‘lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari doirasida
turli soha o‗qituvchilarining intellektual salohiyati, kasbiy mahorati va innovatsion fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Bu jarayonda
pedagoglarni zamonaviy innovatsion ta‘lim texnologiyalari bilan tanishtirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ayni yo‗nalishda ―Innovatsion ta‘lim texnologiyalari‖ o‗quv modulining joriy etilishi
o‗qituvchilarning innovatsion texnologiyalar doirasidagi tashkiliy, texnik va didaktik
imkoniyatlar bilan chuqur tanishib, ularni o‗z kasbiy faoliyatida samarali qo‗llash ko‗nikmalarini
shakllantiradi. Natijada pedagoglarning zamonaviy bilim, malaka va kompetensiyalariga bo‗lgan
ehtiyojlari ta‘minlanadi, ularning ilmiy-tadqiqot olib borish salohiyati kuchayadi hamda mehnat
bozorida raqobatbardoshligini saqlab qolish imkoniyati ortadi.
Mazkur modul doirasida tinglovchilar innovatsion ta‘lim texnologiyalarining nazariy
asoslari, mohiyati va ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari bilan tanishadi. Ular kasbiy
faoliyatda pedagogik texnologiyalarni samarali va maqsadli qo‗llash, yangi pedagogik
yondashuvlarni ishlab chiqish va mualliflik dasturlarini yaratish bo‗yicha zarur bilim va
ko‗nikmalarga ega bo‗ladilar. Bu esa o‗z navbatida ta‘lim jarayonining sifatini oshirish,
JO9-]URNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
SSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL
375
o‗quvchilarning darsga jalb etilish darajasini kuchaytirish va umumiy samaradorlikni
ta‘minlashda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi.
Xususan, bo‗lajak tasviriy san‘at o‗qituvchilarini tayyorlash jarayonida ham mazkur
yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish – nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy malakalarni chuqurlashtirishga
xizmat qiladi. Bu esa san‘at ta‘limi sifatini oshirish va ijodiy fikrlovchi, zamonaviy
kompetensiyalarga ega mutaxassislarni shakllantirish imkonini beradi.
Tasviriy san‘at har doim inson tafakkuri, ichki kechinmalari va estetik qarashlarini
ifodalashda muhim vosita bo‗lib xizmat qilib kelgan. Rassomlar asarlar orqali nafaqat o‗z fikr va
his-tuyg‗ularini, balki atrof-muhitni o‗ziga xos badiiy talqin orqali aks ettirib, tomoshabinga
yetkazishni maqsad qilganlar. So‗nggi yillarda texnologik taraqqiyot, xususan, kompyuter
grafikasi, virtual haqiqat (VR) va sun‘iy intellekt (AI) kabi innovatsion vositalarning paydo
bo‗lishi tasviriy san‘at imkoniyatlarini keskin kengaytirdi.
Zamonaviy kompyuter dasturlari rassomlarga uch o‗lchamli (3D) modellar,
haykaltaroshlik shakllari va murakkab vizual obyektlarni yaratish imkonini bermoqda. Bu
texnologiyalar nafaqat realistik ko‗rinishdagi asarlar yaratishni, balki shakl, rang, tuzilma bilan
tajriba olib borishni ham osonlashtiradi. Raqamli muhitda bunday eksperimentlar san‘atga
yangicha yondashuv olib kirib, ijodiy jarayonni yanada erkin va interaktiv tusga keltiradi.
Shuningdek, virtual haqiqat texnologiyasi san‘atning yangi bosqichga ko‗tarilishiga zamin
yaratmoqda. Maxsus VR qurilmalari orqali rassomlar o‗zlarini butunlay raqamli muhitga
singdirgan holda, uch o‗lchamli makonlarda badiiy asarlar yaratish imkoniyatiga ega
bo‗lmoqdalar. Bu esa ijodkorlikni chuqurroq anglash, san‘at asarlarini yaratishda erkinlikni
kengaytirish va auditoriyaga mutlaqo yangi tajribani taqdim etish imkonini beradi.
Mazkur texnologiyalar san‘atni nafaqat yaratish, balki uni taqdim etish, talqin qilish va
iste‘molchiga yetkazish usullarini ham tubdan o‗zgartirmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
bo‗lajak tasviriy san‘at o‗qituvchilarini zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga
o‗rgatish – bugungi ta‘lim jarayonining ajralmas tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Umuman olganda, innovatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi tasviriy san‘at
sohasida ilgari tasavvur qilib bo‗lmaydigan imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Bunday
texnologiyalar rassomlarga o‗z ijodiy salohiyatlarini kengaytirish, yangi g‗oya va badiiy shakllar
bilan tajriba olib borish hamda o‗z asarlarini global miqyosda yangicha formatlarda taqdim etish
imkonini beradi. Bu holat san‘at chegaralarini kengaytirish, uni turli kontekstlarda qayta talqin
qilish va zamonaviy auditoriya bilan interaktiv aloqani yo‗lga qo‗yish uchun qulay sharoit
yaratmoqda.
Tasviriy san‘atda innovatsiyalar orasida virtual haqiqat (VR) texnologiyasi alohida
e‘tiborga loyiq. VR vositasida rassomlar real hayotda mavjud bo‗lmagan, mutlaqo yangi fazoviy
va badiiy muhitlarni yaratish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Ushbu texnologiya nafaqat
tomoshabinning estetik zavqini oshiradi, balki uni asarga to‗liq sho‗ng‗ishga, san‘atni hissiy va
ruhiy jihatdan chuqurroq idrok etishga undaydi. VR orqali yaratilgan asarlar interaktivlik
xususiyatiga ega bo‗lib, san‘atning qabul qilinishini yangi bosqichga olib chiqadi.
Mazkur texnologiyada ishlash, tabiiyki, muayyan uskunalar va texnik ko‗nikmalarni talab
qiladi. Shunga qaramay, natijalari o‗zining innovatsion, original va chuqur mazmunga ega
bo‗lgan yondashuvi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda rassomlar VR muhitda ijodiy ishlanmalar
yaratish orqali o‗z g‗oya va hissiyotlarini taqdim etishda yangi vositalardan foydalanmoqdalar.
Bu esa san‘atda yangi ifoda shakllarini shakllantirishda muhim rol o‗ynaydi.
Virtual haqiqat bilan bog‗liq texnologiyalardan yana biri – bu sun‘iy intellekt (AI)
hisoblanadi. AI yordamida rassomlar nafaqat tasvirlar yaratish, balki ularni algoritmik tarzda
tahlil qilish, yangi kompozitsiyalar ishlab chiqish, hatto ijodiy jarayonni avtomatlashtirish
imkoniyatiga ega bo‗lishmoqda. Sun‘iy intellekt vositalari tasviriy san‘atda tajriba olib borish,
vizual tafakkurni rivojlantirish va san‘at asarlarini yangi ko‗rinishda yaratish uchun keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
JO9-]URNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
SSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL
376
So‗nggi yillarda san‘atda sun‘iy intellekt (AI) texnologiyalarining qo‗llanilishi ham
sezilarli darajada kengaymoqda. Bu texnologiya tasviriy san‘atda ijodiy jarayonni yangi
bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. AI nafaqat san‘at asarlarini yaratish, balki ijodiy
jarayonni avtomatlashtirish, yangi g‗oyalarni taklif qilish va san‘at ifodasining imkoniyatlarini
kengaytirish kabi bir qancha funksiyalarni bajara oladi. Ko‗plab zamonaviy rassomlar o‗zlarining
ijodiy faoliyatida AI texnologiyalari bilan tajriba o‗tkazishni boshlagan bo‗lib, bu ularga
an‘anaviy yondashuvdan chiqib, san‘atning yangi chegaralarini kashf qilish imkonini bermoqda.
Sun‘iy intellekt algoritmlari yordamida inson tomonidan yaratilgan san‘at asarlari bilan
raqobatlasha oladigan, estetik jihatdan mukammal, murakkab va o‗ziga xos kompozitsiyalarni
yaratish imkoni paydo bo‗ldi. Bu esa rassomlarga turli uslublar, texnikalar va badiiy shakllar
bilan erkin tajriba olib borish, shuningdek, yangi qarashlar va vizual konsepsiyalarni
shakllantirishda samarali vosita bo‗lib xizmat qilmoqda.
AI texnologiyalari ma‘lumotlarni tahlil qilish orqali rassomga san‘at yaratish jarayonida
yangi fikrlar va badiiy yechimlar taklif eta oladi. Masalan, rang tanlash, shakl qurish, makon
bilan ishlash yoki mavzuga ijodiy yondashuvlar bo‗yicha ilg‗or variantlarni ilgari suradi. Natijada
rassom o‗z san‘atini nafaqat texnik, balki konseptual jihatdan ham rivojlantirish imkoniga ega
bo‗ladi.
Tasviriy san‘atdagi innovatsion texnologiyalar, jumladan, sun‘iy intellekt vositalari,
rassomlar uchun yangi vosita va ifoda shakllarini taqdim etmoqda. Kompyuter dasturlari va
raqamli qurilmalar orqali rassomlar o‗z ijodiy chegaralarini kengaytirish, ilgari tasavvur qilib
bo‗lmagan tasvirlar va konsepsiyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‗ldilar. Bu esa
tasviriy san‘atning transformatsiyasiga, uning yangi bosqichga ko‗tarilishiga zamin yaratmoqda.
Rassomlar uchun eng muhim yangi imkoniyatlardan biri raqamli asarlar yaratish, chizish
va tahrirlash uchun kompyuter dasturlari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni egallashdir.
Ushbu vositalar yordamida san‘atkorlar turli badiiy uslublar va texnikalar bilan erkin tajriba
o‗tkazish, ishlarida tezkor tuzatishlar kiritish hamda yaratilgan asarlarni raqamli shaklda saqlash
va internet orqali keng auditoriyaga yetkazish imkoniyatiga ega bo‗ldilar. Bu esa san‘atning
global maydonda almashinuviga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Shuningdek, sun‘iy intellekt texnologiyalari rassomlar uchun qo‗shimcha ijodiy vosita
vazifasini bajarib, ularga yangi g‗oyalar ishlab chiqish, noyob kompozitsiyalar yaratish va badiiy
muammolarga g‗ayrioddiy yechimlar topish imkonini bermoqda. Innovatsion texnologiyalar
san‘atkorlarni ijodiy jarayonga yangi ilhom va imkoniyatlar bilan ta‘minlab, ilgari mavjud
bo‗lmagan san‘at asarlarini yaratishda ko‗maklashadi.
Virtual haqiqat texnologiyalari esa rassomlarga raqamli makon bilan to‗liq o‗zaro aloqada
bo‗lib, o‗zlarining badiiy g‗oyalarini yanada kengroq formatda ifoda etish imkonini yaratadi.
Maxsus virtual cho‗tkalar va palitralar yordamida turli teksturalar, materiallar va ranglardan
foydalangan holda chiroyli va murakkab san‘at asarlarini yaratish mumkin. Shu bilan birga, VR
muhitida uch o‗lchovli modellashtirish imkoniyati rassomlarga murakkab uch o‗lchamli ob‘ektlar
va haykallarni yaratishda yangi imkoniyatlar taqdim etadi.
Tasviriy san‘at sohasida virtual haqiqat (VR) texnologiyasidan foydalanishning eng asosiy
afzalliklaridan biri – rassomlarga o‗z asarlarini real vaqt rejimida ko‗rib chiqish va darhol
o‗zgartirishlar kiritish imkonini berishidir. VR muhiti yordamida rassom virtual makon bo‗ylab
erkin harakatlanib, o‗z asarlarini turli burchaklardan tahlil qilishi mumkin. Bu esa ijodkorlarga
o‗z mahoratini oshirish va turli uslub hamda texnikalar bilan yanada samarali tajriba o‗tkazish
imkoniyatini yaratadi.
Bundan tashqari, VR texnologiyalari yordamida ―virtual galereyalar‖ va ko‗rgazmalar
tashkil etilishi mumkin. Bu platformalar rassomlarga o‗z asarlarini global auditoriyaga taqdim
etish, keng ko‗lamda tomoshabinlar bilan muloqot qilish hamda ularning fikr-mulohazalarini
olish imkonini beradi. Virtual galereyalar interaktiv xarakterga ega bo‗lib, tomoshabinlarga san‘at
asarlari bilan bevosita o‗zaro ta‘sirda bo‗lish imkoniyatini taqdim etadi. Natijada rassom va
tomoshabin o‗rtasidagi munosabatlar yangi, yanada samarali darajaga ko‗tariladi.
JO9-]URNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
SSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL
377
Shu tariqa, virtual haqiqat rassomlarga nafaqat yangi ijodiy vositalar, balki interaktiv va
innovatsion imkoniyatlar ham taqdim etadi. VR yordamida ijodkorlar virtual makon bilan to‗liq
o‗zaro aloqada bo‗lib, o‗zlarining noyob, kashfiyotlarga boy san‘at asarlarini yaratish
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Virtual haqiqat (VR) texnologiyalari tasviriy san‘at sohasida yangi ijodiy zamin yaratib,
rassomlarga o‗z ifodalarini yangi shakllarda amalga oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi. VR
zamonaviy san‘atning ajralmas qismiga aylanishi bilan san‘atkorlarga o‗z ijodiy jarayonlarini
kengaytirish, turli tajribalar o‗tkazish va noyob san‘at asarlarini yaratishda samarali vosita bo‗lib
xizmat qilmoqda.
Tasviriy san‘atdagi innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi rassomlarning ijodiy
imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, ularning g‗oyalarini amaliyotga tatbiq etishda
yangi va ilg‗or vositalarni taqdim etmoqda. Ushbu texnologiyalar an‘anaviy usullar orqali amalga
oshirish qiyin yoki mumkin bo‗lmagan san‘at asarlarini yaratishga zamin yaratadi.
Shular qatorida grafik planshetlar alohida ahamiyatga ega. Grafik planshet — bu maxsus elektron
sirt bo‗lib, unga Stilus yordamida chizish va tahrirlash imkoniyati mavjud. Ushbu qurilma
raqamli rasmlarni yaratish, fotosuratlarni qayta ishlash va turli grafik dasturlar bilan ishlash
uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Grafik planshetlar rassomlarga ijodiy jarayonda tezlik,
aniqlik va qulaylik berib, san‘at yaratish jarayonida yanada erkinlik va samaradorlikni
ta‘minlaydi.
Tasviriy san‘atdagi innovatsion texnologiyalar rassomlarga o‗z ijodiy salohiyatini
kengaytirish imkonini beruvchi noyob vositalarni taqdim etadi. Grafik planshetlar, 3D printerlar
va virtual haqiqat kabi ilg‗or texnologiyalar san‘at sohasida yangi zamin yaratib, rassomlarga o‗z
g‗oyalarini amaliyotga tatbiq etish, g‗ayrioddiy va interaktiv san‘at asarlarini yaratishda keng
imkoniyatlar beradi.
Shuningdek, kengaytirilgan haqiqat (Augmented Reality – AR) texnologiyalari
rassomlarga atrofdagi makon va tomoshabin bilan o‗zaro aloqada bo‗ladigan noyob va interaktiv
san‘at asarlarini yaratishga imkon yaratmoqda. Bu esa san‘at tajribasini yanada boyitadi va
tomoshabinlarni ijodiy jarayonga faol jalb etadi.
Tasviriy san‘at o‗qituvchilarini tayyorlash jarayonida innovatsion texnologiyalarning
o‗rinli va tizimli qo‗llanilishi, xususan yuqorida ta‘kidlangan zamonaviy texnologiyalar,
kengaytirilgan va virtual haqiqat, shuningdek interaktiv vositalar bilan birgalikda san‘at va
texnologiyaning uyg‗unlashuvi nafaqat yangi badiiy shakllar va ifodalash vositalarini kashf
etishga, balki o‗zaro ta‘sir va ijodiy kommunikatsiyaning yangi imkoniyatlarini yaratishga zamin
yaratadi.
Bu esa o‗z navbatida tasviriy san‘atning ta‘lim jarayonida yanada samarali qo‗llanilishi va
yosh rassomlarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
2022-yil 21-iyundagi ―Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy
taʼlim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-289-son Qarori
(Qonunchilik ma‘lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/289/0562-son);
2.
Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‗raev A.B. – Innovasion ta'lim
texnologiyalari. –T.: 2015.
3.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: Moliya, 2003.
4.
MORAL AND AESTHETIC PRINCIPLES OF EASTERN THINKERS: APPLICATION IN
MODERN EDUCATION. (2025). International Journal of Artificial Intelligence, 5(05), 1489-
1494.
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai/article/view/4677
5.
Alikulovich B. A. Development of Professional Competence of the Pedagogue through Visual
Means //American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157). –2023. –
Т. 1. –С. 438-442.
JO9-]URNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
SSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL
378
6.
Jumaboev Nabi Pardaboevich. (2025). BEAUTY AND MORAL EDUCATION IN EASTERN
PEDAGOGY: OPPORTUNITIES FOR APPLICATION IN THE PROCESS OF ARTISTIC
EDUCATION.
IQRO
INDEXING,
16(01),
170-172.
https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/12671
7.
Pardaboevich, JN. (2023). Sharq mutafakkirlari merosidan ta‘lim va tarbiyada foydalanish zarurati.
Innovatsiyalar,
ijodkorlik
va
san'at
jurnali
,
2
(3),
23-28.
https://jica.innovascience.uz/index.php/jica/article/view/108
8.
Pardaboevich, J. N. (2021). Factors of Increasing Spiritual and Social Activity of Youth.
International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(12), 58-60.
https://doi.org/10.31149/ijefsd.v3i12.2518
9.
Usmanov Botir Allaberdiyevich. (2021). "CHIZMATASVIR" FANINI O'QITISHDAGI
INNOVATSIYALAR VA "KEYS-STADI" TEXNOLOGIYASI. EURASIAN JOURNAL OF
ACADEMIC RESEARCH, 1(1), 108–111.
https://doi.org/10.5281/zenodo.4700803
10.
Usmаnоv B. (2023). INNОVАTSIОN TEXNОLОGIYАLАR АSОSIDА TАSVIRIY SАN‘АT
ОʻQITUVCHILАRI TАYYОRLАSH TIZIMINI TАKОMILLАSHTIRISHNING NАZАRIY
АSОSLАRI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы
социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(5), 223–
230.
https://doi.org/10.47390/SP1342V3I5Y2023N29
11.
Boxodirovna, K. D. (2025). KOMPOZITSIYA FANINI O ‗QITISHDAGI INNOVATSION
USULLARINING
AHAMIYATI.YOSH
OLIMLAR,
MAGISTR
VA
IQTIDORLI
TALABALARNING ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA QARATILGAN
KREATIV G ‗OYALAR, YECHIM VA TAKLIFLAR,3(26), 35-39.
12.
Xаmidov, D. (2024). THE IMPORTANCE OF TEACHING.ENGINEERING
ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS" IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS."
International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING,4, 320-323.
