Ushbu maqolada ADO.NET texnologiyasining mohiyati, uning .NET platformasida ma’lumotlar bazasi bilan ishlashdagi roli hamda arxitekturasi tahlil qilinadi. Maqolada ADO.NET yordamida ma’lumotlar bazasiga ulanish, ma’lumotlarni o‘qish, yozish, tahrirlash va o‘chirish jarayonlari amaliy misollar orqali bayon etiladi. Shuningdek, disconnected (ajratilgan) va connected (ulangan) modellar orasidagi farqlar ham ko‘rib chiqiladi. Bu maqola dasturchilar, talabalar va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi tadqiqotchilar uchun foydali bo‘ladi