Авторы

  • Rajabova Muqaddas Mahmud qizi
    BuxDU Filologiya fakulteti 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.121564

Ключевые слова:

Yusuf Zulayho Yaqub Qur’oni Karim poklik sabr Jomiy Durbek Injil Tavrot tavba Fuzuliy Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy Rabg’uziy “Qissasi Rabg’uziy”.

Аннотация

 Maqolada 150 dan ortiq namunasi mavjud bo’lgan “Yusuf va Zulayho” dostonining diniy manbalarda qanday shakllarda uchrashi, ijodkorlar tomonidan qanday variantlarda yoritilganligi haqida so‘z boradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Rajabova Muqaddas Mahmud qizi

BuxDU Filologiya fakulteti 1-bosqich magistranti

“YUSUF VA ZULAYHO” TURKUMIDAGI DOSTONLARNING O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya:

Maqolada 150 dan ortiq namunasi mavjud bo’lgan “Yusuf va Zulayho”

dostonining diniy manbalarda qanday shakllarda uchrashi, ijodkorlar tomonidan qanday

variantlarda yoritilganligi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘lar:

Yusuf, Zulayho, Yaqub, Qur’oni Karim, poklik, sabr, Jomiy, Durbek, Injil, Tavrot,

tavba, Fuzuliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Rabg’uziy, “Qissasi Rabg’uziy”.

“Yusuf va Zulayho” turkumidagi dostonlar Sharq adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. Bu asar

sayyor syujetli asarlar sirasiga kirib, VII asrda islom dinining kirib kelishi bilan turkiy xalqlar

adabiyoti tarkibidan o‘rin ola boshladi. Bu turkumdagi dostonlarda asosiy hodisalar Qur’onning

“Yusuf” surasida keltirilgan voqealardan olingan bo‘lib, unda payg‘ambar Yusufning hayoti,

sabr-toqati, pokligi va go‘zalligi asosiy g‘oya sifatida yoritib boriladi.

Avvalo, bu dostonlarning diniy-ma’rifiy xarakteri ularni boshqa epik asarlardan ajratib turadi.

“Yusuf va Zulayho” doston va qissalarida Allohga bo‘lgan imon, sabr, halollik, tavba va

kechirimlilik kabi fazilatlar yetakchi mavzu sifatida ilgari suriladi. “Yusuf va Zulayho” dastlab

diniy manbalardan Tavrot, Injl, Qur’oni Karim kabi kitoblarda uchraydi. Mazkur qissa Qur’oni

karimning 12-surasi hisoblanib, Makkiy suralardandir. 111 oyatdan iborat. Diniy manbalarda bu

qissa haqida turlicha qarashlar mavjud. Yusuf surasining nozil bo‘lish sabablari haqida ilohiy

kitobning tarjimoni Alouddin Mansur shunday ma’lumot beradi: “Bu sura Hud surasidan keyin

Muhammad allayhissalom hayotlarining eng qora kunlarida – yaqinlari Hadicha va Abu

Tolibdan ajralgan, mushriklar tomonidan ozor-aziyatlar chekib qiynalib yurgan kezlarida nozil

bo’lgandir.

Go‘yo Alloh taolo o‘zining suyukli payg’ambariga va u zotning barcha ummatlariga agar

boshlariga tushgan balo-yu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulm-u zo‘ravonliklariga sabr-

qanoat qilib, o‘zlarining haq yo‘lidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay,

sobitqadam bo‘lsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va tor-u tanglikdan xalos qilib, nurli,

baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek…

1

Ushbu qissaning Qur’oni karimda

kelishiga sabab: odamzodning boshiga kelgan har qanday og’ir kunda ham sabrli bo‘lishi,

Allohga shak keltirmaslik, barcha qiyinchiliklarda o‘zini tuta bilishi va kechirimli bo‘lishga

undovchi davatlardan iboratdir.

Qur’oni karimda:

Yusuf alayhissalom akalari va Zulayho tomonidan fitnaga uchrasa-da, sabr bilan yo‘l tutadi.

Masalan, Qur’oni karimda shunday deyilgan: “Qālū a-innaka la-anta Yūsuf? Qāla anā Yūsufu

va hādhā akhī, qad mannallāhu ʿalaynā. Innahu man yattaqi va yaṣbir fa innallāha lā yuḍīʿu ajra

al-muḥsinīn” (ل لّٱ لَّم دََْ ى خََِ آََهَٰ ََ لُلُولُ اََََ ََاََ لُلُولُ ََََ َأ ََلَخإََ ٓولُاََ ۥلُلَخإ ااََدََََْ َ لّٱ لّخإَف دْخِدَُْ ََ خِلَُّ َّم َْدََْ لُْ خِلُ ََ

1

Qur’oni kKrim.Toshkent. Cho’lpon. 1992,157-b.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

َّْخَخِدْلُدُٱ)

2

- ya’ni “Ular aytdilar: “Rostdan ham sen Yusufmisan?” U dedi: “Men Yusufman, bu

esa mening ukamdir. Albatta, Alloh bizga fazl va inoyat qildi. Kimki taqvo qilsa va sabr etsa, bas,

albatta, Alloh ezgu amal qiluvchilarning mukofotini zoye qilmas.”

Ikkinchidan, bu dostonlarda tasviriy vositalar keng qo‘llanilgan. Yusufning go‘zalligi,

Zulayhoning Yusuf hajrida chekkan iztiroblari chuqur yoritiladi. Masalan, Alisher Navoiy

o‘zining “Hayrat ul-abror” asarida go‘zallik timsoli sifatida Yusuf obrazini keltiradi va bu orqali

ma’naviy go‘zallikni ulug‘laydi. Abdurahmon Jomiy o‘zining “Yusuf va Zulayho” (Ogahiy

tarjimasi) dostonida Yusufning go‘zaligini quyidagi tasviriy vositalarda keltiriladi.

“Yusuf jamolini dostonin sham’in shabiston aynida yondurmoq va bani odam ko‘ngli

parvonasin ul shula mushohidasida kuydurmoq”.

… Ango Yusuf ko‘rundi o‘ylakim moh,

Demay mah, mehri avji izzat-u joh.

Quyoshdek barchadin husn ichra mumtoz,

Hamul jam ichra shamoso sarafroz.

Qoshida o‘zgalar husni bo‘lib gum,

Oningdekkim, quyosh oldida anjum.

Erur egnida dilbarlik ridosi,

Ridopo‘sh el qilib jonin fidosi.

Kamoli husnig’a andisha etmay,

Jamei aqli fikratpesha etmay.

Tanida jilati lutfi ilohi,

Boshida toji farri podshohi.”

3

Uchinchidan, “Yusuf va Zulayho” dostonlari axloqiy-ma’naviy tarbiyada ham yuqori ahamiyat

kasb etadi. Asar o‘quvchiga sabrli bo‘lish, pok saqlanish , nafsga qarshi kurash g‘oyalarini

singdiradi. Bu jihatdan asarlar didaktik ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Durbekning “Yusuf va

Zulayho” dostonida qahramonlar har qanday og’ir qiyinchilikka duchor bo‘lganda ham o‘z

orzularining amalga oshirishga aniq umid bog‘laydilar. Durbekning “Yusuf va Zulayho”

dostonida tasviriy ifodalarni qo‘llash emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri voqealar rivojiga o‘tilganligi,

asar hazrati payg’ambar sallolohu alayhi vasallamning na’ti, Yusuf-Zulayho kitobining ibtidosi,

Yusuf og’alari yomon sog’ing’onlari boblaridan boshlanib ketilgani ko‘rsatiladi.

2

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Hilol Nashr. Toshkent: 2004–2015. – 294,

295 b.

3

Abdurahmon Jomiy “Yusuf va Zulayho”. Toshkent : “G;afur G’ulom” nashriyoti, 1974. 11-12 b.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

“Yusuf ko‘rgan tushini og’alarig’a ayg’oni

Yusufi siddiq uyonib magar,

Qildi og’olarig’a tushdin xabar.

Borcha hasad o‘ti bila kuydilar,

Jonu jahon lazzatidin to‘ydilar.

Qildi alar felina shayton madad,

Bir yo‘li kuchlandi alarga hasad.

Bori yomonlik qilichintez etib,

Borcha adovatlarin angiz etib,

Kelib otolorig’a qildi salom,

Har birisi qildi tumon ehtirom.

4

Dostonlarning yana bir o‘ziga xos jihati – ularning ko‘p tillarga tarjima qilinishi va turli xalqlar

orasida mashhurlikka erishganidir. Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy kabi ijodkorlar

bu syujet asosida o‘z talqinlarini yaratganlar. Ularning har biri Yusuf qissasini o‘z zamonasining

madaniy va ma’naviy muhitiga mos holda ifodalagan.

Yusuf allayhissalomning badiiy adabiyotdagi o‘rni doston va qissalar tarkibida yoritilgan. Bu

mavzu arab va fors tillarida Firdavsiy, Ibn Sino, Kisosiy, Abdurahmon Jomiylar, turkiy nazmda

esa Qul Ali, Sayyod Hamza, N.Rabg’uziylar tomonidan qalamga olingan.

Nosuriddin Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy” asarida payg’ambarlar hayoti va karomatlariga

bag’ishlangan 72 qissa mavjud bo’lib, “Qissasi Yusuf” syujetli asari “Qissasi Rabg’uziy”

tarkibida o‘n sakkizinchi o‘rinda kelgan va hajm jihatdan barcha qissalardan kattadir.

Rabg’uziy Qur’oni Karimda zikr qilingan “Nahnu naqqusi alayka ahsanal-qissosi”, ya’ni “Biz

senga eng yaxshi qissani bayon qilmoqchimiz” oyati karimasiga asoslanib, “Yusuf qissasi” ni

“Ahson ul-qasas”, ya’ni “Qissalarning eng yaxshisi” deb atagan. Shuningdek, Tavrotning

“Ibtido” nomli 1-kitobida ham, Qur’oni Karimda ham Ya’qub payg’ambar o‘g’illarining 12 ta

ekanligi zikr qilingan. XIII asrning adabiy yodgorligi Qul Alining “Qissasi Yusuf” she’riy

dostonida bu farzandlarning Ya’qub yalavochning ikkinchi xotinidan tug’ilganligi aytiladi.

Rabg’uziyning talqinicha, Ya’qub allayhissalom 6 xotinidan 12 og’il ko’radi. Har ikkala asarda

ham Yusuf – Ya’qub yalavochning o‘n birinchi og’li. Qul Ali dostonida ham, Rabg’uziy

qissasida ham Yusuf timsoli go‘zalligi, yuksak aql-idroki bilan boshqa birodarlaridan ajralib

turadi. Shuning uhun ham u otasining suyuklisi hisoblanib, Ya’qub yalavoch shu farzandini

o‘zidan hech qachon uzoqlashtirmaydi.

4

Durbek “Yusuf va Zulayho” dostoni. “O’zbekiston fanlar akademiyasi” nashriyoti. Toshkent.1959. 20 -

21 b.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

“Qissasi Yusuf” asarida Yusufning go‘zalligi g’oyat darajada ta’sirchan, jozibali, badiiy

dalillangan: “Xabarda kelmish, Rasul allayhissalom yorliqlar: Meroj tuninda izidin manga

yorlig’ bo’ldi:

“Ey Muhammad, ujmoh dag’i hurlarning ko‘rkini dunyoda ikaguga berdim. Bir onang Havvog’a,

ikkinchi Yusuf Siddiqg’a Taqi aymishlar: Mavlo ko’rkni ming ulush qildi, to’quz yuz to’qson

to’quzni Yusufg’a berdi, bir ulushni tugal olamlarg’a berdi”.

5

Yusuf tush ko‘rdi. Tushida quyosh, oy va 11 yulduz unga sajda qiladilar. Mazkur tushni o‘g’li

tilidan tinglagan Ya’qub allayhissalom uni hech kimga so‘zlamasligini Yusufga qattiq tayinlaydi.

Ammo tush va uning ta’biri o‘gay ona orqali boshqalarga oshkor bo‘ladi. Bu esa akalarining

Yusufga bo‘lgan adovatini avvalgidan ham kuchaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, “Yusuf va Zulayho” turkumidagi dostonlar Sharq adabiyotining eng

go‘zal namunalaridan bo‘lib, ular o‘zining diniy-ma’rifiy, badiiy-estetik va axloqiy tarbiyaviy

xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu asarlar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va

insoniyat qalbida ezgulik urug‘ini qadashda davom etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Nosuriddin Rabgʻuziy . Qissasi Rabgʻuziy. 2-kitob. – Toshkent: Yozuvchi.1991.

71-b.

2. Abdurahmon Jomiy. Yusuf va Zulayho. –Toshkent: G. Gʻulom. -1997. 54-b.

3. Qur’oni Karim (tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur). –Toshkent: Cho’lpon, 1992.

67-b

4. Durbek.Yusuf va Zulayho. –Toshkent. O’zbekiston fanlar akademiyasi,1959. 13-b.

5

Rabg’uziy N. Qissasi Rabg’uziy. Toshkent: Yozuvch, 1990. – B 106.

Библиографические ссылки

Nosuriddin Rabgʻuziy . Qissasi Rabgʻuziy. 2-kitob. – Toshkent: Yozuvchi.1991.

-b.

Abdurahmon Jomiy. Yusuf va Zulayho. –Toshkent: G. Gʻulom. -1997. 54-b.

Qur’oni Karim (tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur). –Toshkent: Cho’lpon, 1992. 67-b

Durbek.Yusuf va Zulayho. –Toshkent. O’zbekiston fanlar akademiyasi,1959. 13-b.