JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Dotsenti
Umarov Abdurahim
Andijon davlat texnika instituti
Texnalogik mashina va jihozlar kafedrasi
Narzullayev Bunyod
Andijon davlat texnika instituti
Texnalogik mashina va jihozlar yo’nalishi
k-83-21 guruh talabasi
MAXSUS TIPDAGI ISITISH PECHLARINI PAYVANDLASH JARAYONINI
LOYIXALASH
Anotatsiyasi:
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida bo‘lgani kabi, O‘zbekiston Respublikasida
ham issiqlik energiyasiga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Organik yoqilg‘ining
taxminan uchdan bir qismi turar joylar va sanoat ob’ektlarini isitishga sarflanadi. Yoqilg‘ini
chuqur qatlamlardan qazib olish zarurati uning tannarxini oshirib, mamlakatimiz iqtisodiyotida
yoqilg‘i sarfini tejashni eng muhim masalalardan biriga aylantiradi. Ushbu muammoning
samarali yechimi sifatida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini joriy etish hamda yirik
shaharlarda issiqlik elektr stansiyalarini ko‘paytirish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
Pechlar, maxsus po’latlar, issiqbardosh po’lat, shnekli kayol, elektrotlar,
apparatlar, moslamalar.
Анотация:
Сегодня, как и в других странах мира, спрос на тепловую энергию в
Республике Узбекистан растет из года в год. Примерно треть органического топлива
расходуется на отопление жилых и промышленных объектов. Необходимость добычи
топлива из глубоких пластов увеличивает его себестоимость и делает экономию топлива
одним из важнейших вопросов в экономике нашей страны. В качестве эффективного
решения этой проблемы одним из основных направлений является внедрение системы
централизованного теплоснабжения и увеличение количества тепловых электростанций в
крупных городах.
Ключевые слова:
Печи, специальные стали, жаропрочная сталь, шнековый кальций,
электроты, аппараты, приспособления.
Abstract:
Today, as in other countries of the world, the demand for thermal energy in the
Republic of Uzbekistan is growing year by year. Approximately one-third of organic fuel is used
for heating residential and industrial buildings. The need to extract fuel from deep layers
increases its cost and makes fuel saving one of the most important issues in our country's
economy. As an effective solution to this problem, one of the main directions is the introduction
of a centralized heat supply system and the expansion of thermal power plants in large cities.
Keywords
: Furnaces, special steels, heat-resistant steel, screw steels, electrodes, apparatuses,
devices.
Sanoat pechi
- bu yoqilgʻining yonishi (ba’zan boshqa kimyoviy reaksiyalar) yoki elektr
energiyasini aylantirish natijasida issiqlik ajralib chiqadigan sanoat maqsadlari uchun inshoot
yoki qurilma. Olovli pechlar odatda bugʻ generatorlari , ba’zi elektr isitish moslamalari va
boshqalarni oʻz ichiga oladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Koʻpgina elektr pechlar uchun isitgichlar lenta yoki yuqori qarshilikli simdan qilingan.
Standartga muvofiq, oʻchoq uchun isitish elementlari diametri 3-7 mm boʻlishi mumkin boʻlgan
simdan iborat. Biroq, 1000 ° C yoki undan yuqori ish haroratiga moʻljallangan pechlar uchun
sim diametri 5 mm dan ortiq boʻlishi kerak.
Po‘lat tarkibidagi ortiqcha kislorodni kamaytirish — ya’ni po‘latni “qaytarish” uchun unga
maxsus qaytaruvchi moddalar (masalan, marganets, kremniy, alyuminiy, kaltsiy aralashmalari)
qo‘shiladi.
Metallarning payvandlanuvchanligini baxolashda metall tarkibidagi legirlangan va uglerod
qo‘shilmalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Mavjud kimyoviy tarkibdagi metallarning
payvandlanuvchanligini aniqlashda uglerodning ekvivalentti (C
ekv
) topiladi. Uglerodning
ekvivalentti qarab metallarning barchasini 4 guruxga bo`lish mumkin:
1. Uglerod ekvivalent miqdori (C
ekv
) 0,25 dan ko‘p bo‘magan yaxshi payvandlanadigan metallar;
bu po‘latlar oddiy usulda payvandlashda darz bo‘lmaydi.
2. Uglerod ekvivalent miqdori C
ekv
0,25—0,35 miqdorida qoniqarli payvandlanadigan metallar.
Bu metallar normal ishlab chiqarish holatlaridagina, hona harorati 0°C dan yuqori, shamolsiz
hollarda darz ketmay payvandlanadi.
3. C
ekv
0,35—0,45 miqdorida payvandlanishi cheklangan metallar. Bunday metallarni odatiy
hollarda payvandlashda darzlaryuzaga kelishi mumkin. Bularni payvandlashda darz ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida oldindan yoki payvandlash davomida qizdirish, payvandlashdan
oldin yoki undan so‘ng termik ishlash va boshqa usullar kiradi.
4. Yomon payvandlanadigan metallar. Bunday metallarning C
ekv
0,45 dan ortiq bo‘ladi. Bunday
metallarni payvandlash jarayonida ular darz ketishi mumkin.
Payvandchining ish joyini tashkil etish. Bajariladigan ish turi, buyumning o‘lchami va
ishlab chiqarish turiga qarab, payvandchining ish joyi turlicha tashkil etilishi mumkin. Bu
ish joylari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Katta o‘lchamli buyumlar yoki inshootlarni montaj qilish (o‘rnatish) uchun muqim (doimiy)
payvandlash kabinasi;
Agar payvandlanadigan buyum kichik bo‘lsa va ko‘p sonli seriyalarda tayyorlansa, ish joyi
doimiy payvandlash kabinasida tashkil etiladi. Bunday kabinalarning o‘lchamlari bir payvandchi
uchun kamida 2,0×2,5 m, balandligi kamida 2,0 m bo‘lishi kerak.
Kabinada havo tabiiy harakat bilan yaxshi shamollatilishi lozim. Devorlar polgacha (pol
yuzasigacha) 200-250 mm yetmasligi kerak. Eshik o‘rniga brezent pardalar osib qo‘yiladi.
Kabina devorlari o'tga chidamli materiallardan, ko‘pincha metallardan tayyorlanadi. Ichki
devorlarga o'tga chidamli qoplama yoki ochiq rangli bo‘yoq surtiladi. Bu ranglar yaltiramaydi va
xirda sirt hosil qiladi.
Havo shamollatish umumiy va mahalliy usullarda majburiy ta’minlanadi.
Payvandlash kabinasida yoy hosil qiluvchi elektr energiyasi manbai o‘rnatiladi. Unga elektr
tarmog‘ini ulash uchun esa maxsus biriktirgich-ajratgich qurilmasi yoki magnitli ishga tushirgich
(starter) o‘rnatilishi lozim.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Koʻpgina elektr pechlar uchun isitgichlar lenta yoki yuqori qarshilikli simdan qilingan.
Standartga muvofiq, oʻchoq uchun isitish elementlari diametri 3-7 mm boʻlishi mumkin boʻlgan
simdan iborat. Biroq, 1000 ° C yoki undan yuqori ish haroratiga moʻljallangan pechlar uchun
sim diametri 5 mm dan ortiq boʻlishi kerak.
XULOSA
Mazkur diplom ishi ya’ni Maxsus tipdagi isitish pechlarini konstruksiyani loyihalash mavzusi
berilgan. Bu diplom ishi menga 3 yil avval berildi va shug’ullanish uchun yetarli bo’di. Bunda
men birinchi navbatdan pechlar bilan tanishishni boshladim va ulardan maxsus tiplarini korishni
boshladim. Bunda menga Shnekli katyol ko’proq foydali bo’di. Chunki hozirgi davr talablariga
mos ravishda ishlab chiqilgan va foydalanish boshqalariga nisbatan birmuncha oson va qulay.
Shnekli kotyol ishlab chiqarishda Rossiya va Germaniya kabi yetakchi davlatlarda ommabop
ekan. Shnekli kotyol ishlab chiqishda birinchi navbatda konstruksiya uchun to’g’ri keladigan
materiallarni tanlab olish bilan boshladim bunga menga olovbardosh va issiqbardosh po’latlardan
foydalandim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Abralov M.A., Dunyashin N.S., Abralov M.M., Ermatov Z.D. Eritib payvandlash
texnologiyasi va jihozlari – T.: Voris, 2007
2. Abralov M.A., Dunyashin N.S., Ermatov Z.D. Gaz alangasi yordamida metellarga ishlov
berish texnologiyasi va jihozlari – T.: Ilm ziyo, 2007
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3. Abralov M.A., Dunyashin N.S. Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari – T.: Turon-
iqbol, 2006
4. Abralov M.A., Ermatov Z.D., Dunyashin N.S. Qo’lda yoyli payvandlash jihozlari – T.:
O’zbekiston faylsuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012
5. Aбрaлoв М., Дуняшин Н. Oбoрудoвaние и технoлoгия гaзoплaменнoй oбрaбoтки
метaллoв – Т.: Iqtisod-moliya, 2010
6. Винoгрaдoв В.С. Oбoрудoвaние и технoлoгия дугoвoй aвтoмaтическoй и
мехaнизирoвaннoй свaрки – М.: Высшaя шкoлa, 1997
7. Герaсименкo A.И. Oснoвы электрoгaзoсвaрки – Рoстoвнa-Дoну: Феникс, 2004
8. Григoрьянц A.Г. Oснoвы лaзернoй oбрaбoтки мaтериaлoв. М.: Мaшинoстрoение, 1989
9. Думoв С.И. Технoлoгия электрическoй свaрки плaвлением. Л.: Мaшинoстрoение.
Ленингрaдскoе oтделение, 1987
10. Лупaчев В.Г. Свaрoчные рaбoты – М.: Высшaя шкoлa, 1998
11. Кoлгaнoв Л.A. Свaрoчные рaбoты – М.: «Дaшкoв и К», 2004
12. Кoзулин М.Г. Технoлoгия электрoшлaкoвoй свaрки в мaшинoстрoении: Учебнoе
пoсoбие. Тoльятти: ТoлПИ, 1994
13. Мaслoв В.И. Свaрoчные рaбoты. М.: Издaтельский центр «Aкaдемия», 1999 14.
Никoлaев A.A. Электрoгaзoсвaрщик – Рoстoв нa Дoну: Феникс, 2000
