JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
449
Tursunova Mahliyo Sarvar qizi
Guliston davlat pedagogika instituti
“Tarix va san‟atshunoslik” kafedrasi stajor-o„qituvchisi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI IQTISODIY
ALOQALARNING O'RNI VA ISTIQBOLLARI
Annotatsiya:
ushbu maqolada O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohada xorijiy davlatlar
bilan yo„lga qo„ygan hamkorlik munosabatlari, mamlakatning xalqaro iqtisodiy integratsiya
jarayonlariga qo„shilishi, asosiy savdo sheriklari bilan olib borilayotgan o„zaro iqtisodiy aloqalar,
investitsion muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek,
strategik tarmoqlarda hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan qo„shma loyihalar har tomonlama
tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
milliy iqtisodiyot, xorij investitsiyasi, integratsiya,Mintaqaviy o„zaro hamkorlik,
Mintaqaviy integratsion hamkorlik.
Hozirgi tahlikali dunyoda izchi iqtisodiy o„sishni ta‟minlash, makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish orqali aholi farovonligini oshirish, kambag„allikni qisqartirish masalasi oldimizda turgan
eng asosiy vazifa hisoblanadi.Yangi O„zbekiston siyosatida iqtisodiyot – inson manfaati va uning
farovonligini ta‟minlashga xizmat qilmog„i darkor. Chunki oila farovonligi, turmush darajasining
yuqoriligi,dasturxonlarimizning to„kinligi hayotimizning asl mazmunini tashkil qiladi. Har bir
inson uchun farzandlarini munosib tarbiyalab, o„qitib, uyli-joyli qilish, nabiralarini bag„riga bosib
tinch va osuda hayot kechirish eng oliy baxtdir.
Har bir davlat iqtisodiy, madaniy va siyosiy rivojlanishning o„ziga xos modelini tanlaydi.
Mintaqa respublikalari uchun rivojlanish yo„lini tanlashda ko„p jihatdan, birinchi navbatda,
iqtisodiy imkoniyatlar, infratuzilmaning rivojlanish darajasi, jahon va mintaqaviy bozorlarda
talabga ega bo„lgan tabiiy resurslarning mavjudligi, istiqboldagi imkoniyatlar, savdo-iqtisodiy
aloqalar uchun dengiz yo„llaridan foydalanish va boshqalar hisobga olindi. Rossiyalik tarixchisi
A.Sh.Kadirbayev ta‟kidlaganidek: “Markaziy Osiyo muhim va noyob resurs, iqtisodiy va
kommunikatsiya salohiyatiga ega mintaqa bo„lib, uni dastlabki bosqichda amalga oshirish zarur”
Shuningdek, uning salohiyati hali to„liq ochib berilmaganiga qaramay, biz bugungi kunda
mintaqa rivojlanishining asosiy yo„nalishlarini tavsiflashimiz mumkin.O„zbekistonning tashqi
siyosat konsepsiyasining asosini iqtisodiyot belgilaydi. Iqtisodiy maqsadlardan tashqari, MDH
doirasidagi hamkorlikning boshqa jihatlariga ham ega bo„lgan har qanday integratsiya loyihalarda
faol ishtiroki bilan belgilanadi.
O„zbekiston Respublikasi tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi
siyosatining asosiy yo„nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlar –
Qozog„iston, Qirg„iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik, do„stlik aloqalarini
mustahkamlashga alohida e‟tibor qaratildi. Garchi, bu hamkorlik yangi munosabatlar, ya‟ni
mustaqillik sharoitida yangitdan rasmiylashtirilayotgan bo„lsa-da, ammo davlat xalqlari azaldan
o„zaro aloqada bo„lib kelgan, dunyo tajribasida kuzatiladigan tom ma‟nodagi bir-biri uchun yangi
hamkor davlat yoki xalq emas edi.
Ma‟lumki, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqada uzoq
yillar to„planib qolgan muammolarga yechim topishda muhim siyosiy iroda namoyish etmoqda.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
450
Xususan, Turkiyadagi nashrlardan biri – “Derin Ekonomi” 2019 yilda davlatimiz rahbarini
mamlakat, mintaqa hamda xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta‟sir ko„rsatadigan yetakchilar
o„ntaligida qayd etgani shular jumlasidan. Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan yangi siyosiy muhit,
globallashuv jarayonlari hamkorlik yo„nalishlarini kengaytirib borishni, foydalanilmagan
imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi. Zero bu zamonaviy tahdidlarga qarshi birgalikda
kurashish, mintaqada qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xalqaro hamjamiyat,shu jumladan,
biznes tuzilmalarining Markaziy Osiyo davlatlariga sarmoya kiritish bo„yicha intilishlarini
samarali ro„yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Jahon tajribasi ko„rsatishicha, milliy iqtisodiyotga xorij investitsiyasini jalb qilish
iqtisodiy o„sishni ta‟minlashning muhim omillaridan biridir. Iqtisodiyotda investitsiya
darajasining oshishi yalpi ichki mahsulot (milliy daromad, yalpi daromad)ning investitsiyaga
sarflanadigan qismini tejashga va iste‟molning darajasini oshishiga zamin yaratadi, natijada esa,
aholining turmush darajasi yaxshilanadi. Investitsiya jarayonlarini moliya-kredit mexanizmlari
orqali rag„batlantirishda soliq tizimi eng katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, investor o„z
mablag„lari yetarli bo„lgan sharoitda kredit mablag„larini jalb etmasdan ham ishlab chiqarishni
tashkil etishi mumkin, ammo u ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirishning qaysi
manbalaridan foydalanishidan qat‟i nazar belgilangan soliqlar va majburiy to„lovlarni to„lashi
shart, shu bois investorlarni eng qiziqtirgan jarayonlardan biri bu soliq tizimida bu borada qanday
yengillik va imtiyozlar berilganligidir.Respublikamizda to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni
jalb etilishi bilan yetarlicha soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgan bo„lsada, biroq ularning
soliq to„lovchilar tomonidan samarali foydalanayotganligining doimiy monitoringi to„liq yo„lga
qo„yilmagan, shu sababli ushbu jarayonni doimiy tahlil etib soliq imtiyozlaridan samarali
foydalanmayotgan soliq to„lovchilardan soliqlarni to„laligicha undirish maqsadga muvofiq.
Ayniqsa, bu imtiyozga ega bo„lish maqsadida faoliyatning dastlabki vaqtlarida normal ishlab
chiqarish faoliyatini tashkil etib, keyinchalik sun‟iy ravishda foydani kamaytirib ko„rsatayotgan
yoki bankrotlik holatini yuzaga keltirayotgan korxonalarga nisbatan soliq imtiyozlarining
samaradorligi nazorat tartibida monitoring qilinishi lozim deb hisoblaymiz.
Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlarning tajribasi shuni ko„rsatadiki, uyushgan
jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosidan olinadigan iqtisodiy va moliyaviy mablag„lar
asosan mamlakat iqtisodiyoti va boshqaruv tizimi, jamiyat barqarorligini izdan chiqarish kabi
maqsadlarda foydalaniladi. Shuningdek, uyushgan jinoyatchilik darajasi yuqori bo„lgan
davlatlarga xalqaro munosabatlarda o„zaro shartnomalarni imzolash vaqtida ishonchsizlik bilan
munosabatda bo„lishadi. Bu esa o„z navbatida davlatlarning milliy rivojlanishi va xaqaro
iqtisodiy munosabatlar tizimiga integratsiyalashish jarayonida ko„plab muammolarni keltirib
chiqaradi.
Integratsiya tushunchasini ilmiy tahlil qilingandagina uning asl mohiyatini anglab yetish
mumkin bo„ladi. Bugungi kunda mintaqaviy hamkorlik asosan ikki ko„rinishda namoyon bo„ladi.
1. Mintaqaviy o„zaro hamkorlik.
2. Mintaqaviy integratsion hamkorlik.
Bu ikki jarayonni tadqiq qilishda ikkala jarayonning bir-biridan farqli
qirralarini ajratib olish kerak bo„ladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
451
Mintaqaviy o„zaro hamkorlik – davlat suverenitetiga ta‟sir qilmagan holda ikki
tomonlama va ko„p tomonlama aloqalarni yo„lga qo„yilishiga olib keladi.
Mintaqaviy integratsiya – a‟zo davlatlarning suverenitetini ma‟lum darajada integratsion
tashkilot tomonidan birmuncha ixtiyoriy ravishda cheklashini yuzaga keltiradi. Mintaqaviy o„zaro
hamkorlik uchun muvofiqlashtirish usuli huquqiy tartibga solish usuli bo„lsa, mintaqaviy
integratsiya uchun – bo„ysunish usuli birlamchi rol o„ynaydi. Haqiqiy integratsiya bu insonlar,
g„oyalar, fikrlar, tovarlar va xizmatlarning erkin, hech qanday to„siqlarsiz harakatlanish
qobiliyatidir. Hukumatlar, jamiyatlar va odamlar ongidagi chegaralarni olib tashlash kerak.
Buning uchun biz judayam ko„p ish qilishimiz va dunyo tajribasidan keng foydalanishimiz kerak.
Ushbu mutaxassis fikri integratsiyani samarali kechishi uchun amalga oshirilishi kerak bo„lgan
tizimli ishlar majmusi hisoblanadi. Mintaqaviy integratsion hamkorlikni yuzaga keltirish uchun
mintaqada quyidagi shartlar va sharoitlar yuzaga keltirish talab etiladi. Davlatlararo iqtisodiy
integrastiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-sharoitlarning mavjudligi ta‟sir ko„rsatadi:
integratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan bir xil darajada
bo„lishi hamda bir turdagi xo„jalik tizimlariga ega bo„lishi;
ularning hududiy jihatdan yaqinligi, yagona mintaqada joylashganligi va umumiy chegaraga
egaligi;
ularning tarixan tarkib topgan va yetarli darajada mustahkam iqtisodiy aloqalarga egaligi;
iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal etishda birgalikdagi
harakatning samaradorligi;
integratsion tashkilotning a‟zo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish va bozor iqtisodiyotining
yetukligi darajasiga ega bo„lishi;
mamlakatlar iqtisodiyoti o„sib borayotgan paytda integratsionhamkorlik yanada muvaffaqiyatli
rivojlanishi;
integratsiyalashgan mamlakatlar rahbariyatining siyosiy irodasi yuqori
ahamiyat kasb etishi, va shu kabi omillar paydo bo„lgandagina mintaqada
integratsiya yaxshi rivojlanadi.
Xulosa qilib aytganda, O„zbekistonning hozirgi zamon iqtisodiy xorijiy hamkorligi
mamlakatning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va barqaror rivojlanishini ta‟minlashda
muhim rol o„ynamoqda. So„nggi yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida
O„zbekiston xalqaro savdo va investitsiya muhitini yaxshilashga erishdi. Bugungi kunda asosiy
hamkor davlatlar bilan savdo hajmi ortib, strategik sohalarda qo„shma loyihalar amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, O„zbekiston YI, MDH, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan
iqtisodiy aloqalarini kengaytirib, transport-logistika, energetika va sanoat sohalarida hamkorlikni
chuqurlashtirmoqda. Bu esa milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasiga va yangi ish o„rinlarining
yaratilishiga xizmat qilmoqda.
Kelajakda O„zbekistonning tashqi iqtisodiy hamkorligi yanada rivojlanishi uchun
innovatsion texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozor talablariga
mos mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga iqtisodiy
diplomatiya va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish mamlakatning jahon
iqtisodiy tizimidagi mavqeini mustahlamlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
452
1.
Sh.Mirziyoyev. Hozirgi zamon va Yangi O„zbekiston “O„zbekiston” – Т .: 2024.
2.
Курбанов, Э. (2022). Размеры демократии в современное время. Общество и инновации,
3(3/S), 286-291.
3.
Курбанов Э.Э. Особенности демократического развития Узбекистана на современном
этапе // Молодой ученый: Рубрика – Политология – Казань: ООО «Издательство Молодой
ученый», 2014. - No 10 (69). – С. 487-489.
4.
Қодиров А. “Янгиланаѐтган Ўзбекистон ташқи сиѐсатининг энг муҳим устувор
йўналишлари”, 29 июль 2020 й.,
http://www.isrs.uz/uz/maqolalar/klucevye-prioritety-vnesnej-
politiki-obnovlennogo-uzbekistana
5.
“Замонавий дунѐда Ўзбекистон ташқи сиѐсатининг кун тартиби”, 27 август 2020 й.,
https://uza.uz/uz/posts/zamonaviy-dunyeda-zbekiston-tash-i-siyesatining-kun-tartibi-27-08-2020
6.
Jumaboev Nabi Pardaboevich. (2025). BEAUTY AND MORAL EDUCATION IN EASTERN
PEDAGOGY: OPPORTUNITIES FOR APPLICATION IN THE PROCESS OF ARTISTIC
EDUCATION.
IQRO
INDEXING,
16(01),
170-172.
https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/12671
7.
Pardaboevich J. N. THE APPLICATION OF EASTERN PHILOSOPHICAL AESTHETIC
CONCEPTS
IN
ARTISTIC
EDUCATION
AND
THEIR
INTERPRETATION
IN
PEDAGOGICAL
RESEARCH
//PEDAGOGIK
ISLOHOTLAR
VA
ULARNING
YECHIMLARI. – 2025. – Т. 14. – №. 01. – С. 218-222.
