JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Isomova Farog’at Tojiddin qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti
Pedagogika va psixologiya kafedrari o’qituvchisi
mail: isomovafarogattojiddinqizi@oxu.uz
BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISH METODLARI
Anotatsiya
: Maktabgacha yosh – bu bolaning shaxsiyati, estetik didi, ijodiy tafakkuri va hissiy
olami shakllanadigan eng muhim bosqichlardan biridir. Ayniqsa, tasviriy san’at faoliyati
bolaning kreativ fikrlashi, tasavvuri, estetik qabul qilish qobiliyati va noan’anaviy
yondashuvlarga ochiqligini rivojlantirishda beqiyos ahamiyatga ega. An’anaviy uslublar bilan bir
qatorda noan’anaviy yondashuvlarni ham joriy etish, bolalarda mustaqil fikrlash, ranglar va
shakllarni o‘zgacha ko‘rish, ya’ni badiiy tafakkurni rivojlantirish imkonini beradi.
Kalit so’zlar
: Tasviriy faoliyat, rasm, aplikatsiya, loy ishi, ta’lim, tarbiya, bilim.
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ОБУЧЕНИЮ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО
ВОЗРАСТА ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Аннотация:
Дошкольный возраст — один из важнейших этапов формирования личности
ребенка, эстетического вкуса, творческого мышления, эмоционального мира. В частности,
занятия изобразительным искусством имеют огромное значение для развития творческого
мышления ребенка, воображения, эстетического восприятия и открытости нестандартным
подходам. Внедрение нетрадиционных подходов наряду с традиционными методами
позволяет детям мыслить самостоятельно, по-другому видеть цвета и формы, развивать
художественное мышление
.
Ключевые слова:
Изобразительное искусство, живопись, аппликация, лепка из глины,
образование, воспитание, знания.
MODERN APPROACHES TO TEACHING PRESCHOOL CHILDREN IN ART
ACTIVITIES
Abstract:
Preschool age is one of the most important stages in the formation of a child's
personality, aesthetic taste, creative thinking and emotional world. In particular, fine art activities
are of great importance in developing a child's creative thinking, imagination, aesthetic
perception and openness to non-traditional approaches. The introduction of non-traditional
approaches, along with traditional methods, allows children to think independently, see colors
and shapes differently, that is, to develop artistic thinking.
Keywords:
Fine art, painting, application, clay work, education, upbringing, knowledge.
Tasviriy faoliyat — bu bola atrof-muhitni o‘zicha aks ettiruvchi badiiy ijodiy faoliyat turi bo‘lib,
rasm chizish, bo‘yash, yelimlash, yasalash kabi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. U bolaning
tasavvuri, estetik didi, makon va shakl haqidagi bilimlarini kengaytirish bilan birga, uning hissiy
olamiga ham kuchli ta’sir o‘tkazadi.
Shuningdek, tasviriy san’at faoliyati orqali bola o‘z fikrlarini vizual tarzda ifoda etishni
o‘rganadi. Bu esa nutq rivoji, tafakkur va ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu
bois, tasviriy faoliyat maktabgacha ta’lim dasturlarining muhim qismi hisoblanadi. Bolalar
hissiyotini, irodasini rivojlantirish. - tabiat in’om etgan ne’matlarni avaylab asrashga o‘rgatish.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat orqali
aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, ekologik tarbiya, iqtisodiy
tarbiya berish lozim. Yosh avlodga aqliy tarbiya berish umumiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
birini tashkil etadi. Aqliy tarbiya berish ko‘zlangan maqsad maktabgacha yoshdagi bolalarni
tevarak - atrofdagi hayotning eng oddiy hodisalari haqida turli tasavvurlar hosil qila olishga
o‘rgatib borishdan iborat. Tabiat vositasida bolalarga aqliy tarbiya berish biz yashaydigan
muhitdagi o‘simlik va hayvonot olami bilan tanishtirish, jonli-jonsiz tabiat haqida tushuncha
berish haqidagi, uning elementlari, tabiatda bo‘ladigan hodisalar, yomg‘ir, yulduzlar, oy haqida,
yer haqida tushunchalarini mashg‘ulot vaqtida so‘rab bilish mumkin. Bola tevarak- atrofdagi
narsalar, ularning shakli, rangi, katta-kichikligini ko‘rib ular haqida fikir yuritadi. Aqliy
tarbiyaning eng muhim vazifalaridan yana biri bolalarni tarbiyalashdir. Bolalarga aqliy tarbiya
berishda tabiat vositalardan foydalanish ma’lum bir tizim asosida amalga oshirilishi kerak.
Buning uchun eng avvalo tabiat bilan tanishtirishning eng oddiy tushunchalaridan boshlab tabiat
haqidagi ilmiy dunyoqarashlar hosil qilinadi. Natijada bolalarda ko‘rgazmali obrazli, ko‘rgazma
harakatli tafakkur rivojlanadi. Buning ahamiyati shundaki tanishtirilgan tabiatning har bir
vositasi bola ongida fikrida tushunchasida mustahkam iz qoldiradi. Axloqiy tarbiya deyilganda
yosh avlodni Vatanga, kishilarga muhabbat, ularga va ular mehnatiga hurmat tuyg‘ulari,
baynalminallik kurtaklari, kishi – kishiga do‘st, tinchlik, xarakterning irodaviy xislatlari va
shaxsning ijobiy axloqiy sifatlar, poklik, to‘g‘rilik, olijanob inson uchun nimaiki zarur bo‘lsa,
hammasini mujassamlashtirilgan holda tarbiyalash tushuniladi. Yosh avlodda bu xislatlarni
kamol toptirish uchun tabiat omilidan keng foydalanish kerak. Buni amalga oshirish bir kunlik,
bir oylik ish emas, balki bu uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, kerak bo‘lsa yillab
tarbiya talab qiladigan mehnatning mahsuli hisoblanadi. Taviriy faoliyat vositasida axloqiy
tarbiya berish uchun maktabgacha ta’lim yer maydonchalariga ekilgan ekinni parvarish qilish,
gullarning har biri gulini niholini asrash, uni parvarish qilish, gullarni tagini yumshatish,
sug‘orish kabi ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirish mumkin. Bolalarni maktabgacha
ta’lim yer maydonchasida, tabiat burchagida, o‘simlik yoki hayvonni tanishtirish jarayonini
tashkil etish kerak. Bunda tarbiya tanishtirishni qiziqarli jonli sharoitga bog‘lab bolalarning
e’tiborini o‘ziga rom etib tashkil etish kerak. Tabiat vositasida bolalarga axloqiy tarbiya
berishning yo‘llari juda ko‘p va xilma-xil.
An’anaviy uslublar odatda rasm qog‘oziga qalam, bo‘yoq, fleymas va boshqa klassik vositalar
orqali chizishdan iborat bo‘lib, ko‘proq bolani andazaviy yondashuvga o‘rgatadi. Bunday
yondashuvda bolaning mustaqil izlanishlari, tajriba qilishga bo‘lgan intilishi nisbatan cheklangan
bo‘lishi mumkin.
Noan’anaviy uslublar esa bola uchun tasviriy faoliyatni yangi, noodatiy shaklda olib borishni
nazarda tutadi. Bunda bola tasviriy vositalardan tashqari boshqa predmetlar – tuz, qum, ip, tabiat
materiallari, hatto oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, lavlagi, sabzi sharbati) yordamida ham ijod
qilishi mumkin. Bu yondashuv bolaning ijodkorlik salohiyatini to‘liq namoyon etishga imkon
yaratadi.
Noan’anaviy uslublarning turlari va qo‘llanilishi
Quyidagi noan’anaviy uslublar orqali maktabgacha yoshdagi bolalar bilan samarali tasviriy
mashg‘ulotlar o‘tkazish mumkin:
Barmoq bilan rasm chizish – bu usul bolalarda hissiy sezuvchanlikni oshiradi. Ranglar bilan
bevosita tananing aloqasi bolaning obrazni to‘liq his qilishiga yordam beradi.
Qum ustida chizish – barmoq yordamida qum yuzasida chizilgan tasvirlar bolaga vaqtincha
tasvirlar yaratish imkonini beradi, bu esa doimiy o‘zgargan muhitga moslashish va ijodiy
fikrlashni rivojlantiradi.
Tuz bilan tasvir yaratish – rasm ustiga elim surtilib, ustidan tuz sepiladi, keyin rangli bo‘yoqlar
bilan tuzlar bo‘yaladi. Bu usul bolalarda sinxron harakat va diqqatni rivojlantiradi.
Ip bilan rasm chizish – bo‘yoq surilgan ip qog‘ozga joylashtirilib, ustiga og‘irlik bosilgach ip
tortiladi. Hosil bo‘lgan naqshlar bilan obraz yaratish bola tasavvurini kengaytiradi.
Kollaj – turli materiallardan (gazeta, mato, quritilgan barglar) rasm yasash, bu esa bolaning
tasviriy tafakkurini boyitadi.
Sham bilan rasm – oq qog‘ozga sham bilan chizilgan rasmni bo‘yash orqali yashirin obrazlar
ochiladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Loy va tabiat materiallari bilan ishlash – qo‘lda mashg‘ulot bolada mayda motorikani va fazoviy
tafakkurni rivojlantiradi.
Noan’anaviy uslublarning pedagogik qiymati
Noan’anaviy uslublar maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini
sezilarli darajada oshiradi. Har bir yangi uslub bolaga o‘zini yangicha ifoda etish, izlanish, tajriba
qilish imkonini beradi. Bu esa o‘z-o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, obrazli tafakkur va
ijodkorlik sifatlarining rivojlanishiga olib keladi.
Bunday yondashuvlar o‘quv-tarbiyaviy jarayonni jonlantirib, bolalarda faollik, mustaqillik, o‘z
fikrini erkin ifoda etish, rang va shakllarni sintez qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu bilan
birga, noan’anaviy uslublar pedagogik jarayonga estetik go‘zallik, o‘ziga xoslik olib kiradi.
Noan’anaviy yondashuvlar maktabgacha ta’lim tizimida tasviriy san’at faoliyatini yanada
qiziqarli, mazmunli va samarali tashkil etish imkonini beradi. Bunday uslublarning joriy etilishi
bolaning o‘z fikrini erkin, noodatiy tarzda ifodalashiga, uning tasavvuri va estetik didining
shakllanishiga xizmat qiladi.
Kelgusida ushbu yondashuvlar asosida metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, pedagoglar va ota-
onalarni ushbu uslublarga o‘rgatish orqali ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini yangi bosqichga
ko‘tarish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.A.Axmedov Ijtimoiy pedagogika. O’quv qo’llanma. Buxoro.2023-y.
2. Isomova, FATQ (2022). THE IMPORTANCE OF SPEECH DEVELOPMENT
ACTIVITIES IN PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL
3. Tojiddinovna, I. F. A. (2024). Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(2), 429-435.
4. Isomova, F. A. T. Q. (2022). MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA
BOLALARNI
MAKTAB
TA’LIMIGA
TAYYORLASHDA
NUTQ
O’STIRISH
MASHG’ULOTLARINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 2(1), 947-949.
5. Tajiddinovna, I. F. (2024). Types of education and their impact on personality development.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(2), 469-475.
6. Исомова, Ф. Т. (2024). Виды образования и их влияние на развитие личности.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(2), 461-468.
7. Tojiddinovna, I. F. A. (2024). MAKTABGACHA TA'LIMDA “ILK QADAM” DASTURI.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 603 608.
8. Tajiddinovna, I. F. A. (2024). FIRST STEP PROGRAM IN PRESCHOOL EDUCATION.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 609-614
9. Tajiddinovna, I. F. A. (2024). THE ISSUE OF EDUCATION IN PRIMARY EDUCATION.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 615-620
10. Ikromova, S. (2023). CONCEPT OF IDEOLOGY AND FORMATION OF
IDEOLOGICAL IMMUNITY IN YOUTH STUDENTS. Modern Science and Research, 2(6),
1223-1226.
11. Tojiddinovna, I. F. A. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA
BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI. Multidisciplinary Journal of Science and
Technology, 4(3), 590-595.
12. Hojiyeva, N. (2023). METHODS OF TEACHING MOTHER TONGUE IN PRIMARY
CLASSES SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL BASIS. Modern Science and Research,
2(9), 424-428.
