Авторы

  • Sobirjonova Sarvinoz
    OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “ Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti Estrada Orkestr Dirijyorligi yoְ‘nalishi 2 - kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.121592

Ключевые слова:

jaz tarix musiqa qobiliyat uslub iste’dod

Аннотация

Ushbu maqolada jaz musiqasining tarixiy kelib chiqishi, asosiy rivojlanish bosqichlari va janrga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqola orqali jazning ijtimoiy-madaniy muhitda shakllangani, uning janr sifatida o‘sib, dunyo bo‘ylab qanday tarqalganligi haqida tushuncha beriladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

481

OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi

Milliy estrada san‟ati instituti

“ Estrada cholg„u ijrochiligi” fakulteti

Estrada Orkestr Dirijyorligi yo „nalishi

2 - kurs talabasi

Sobirjonova Sarvinoz

JAZ MUSIQASINING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jaz musiqasining tarixiy kelib chiqishi, asosiy rivojlanish

bosqichlari va janrga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqola orqali jazning ijtimoiy-madaniy
muhitda shakllangani, uning janr sifatida o„sib, dunyo bo„ylab qanday tarqalganligi haqida
tushuncha beriladi.

Kalit so‘zlar:

jaz, tarix, musiqa, qobiliyat, uslub, iste‟dod.

Аннотация:

В статье анализируются исторические истоки джазовой музыки, основные

этапы ее развития и особенности жанра. В статье дается понимание того, как джаз
формировался в социокультурной среде, как он развивался как жанр и как распространялся
по миру.

Ключевые слова:

джаз, история, музыка, способность, стиль, талант.

Abstract:

This article analyzes the historical origins of jazz music, its main stages of

development, and the characteristics of the genre. The article provides an understanding of how
jazz was formed in the socio-cultural environment, how it grew as a genre, and how it spread
around the world.

Keywords:

jazz, history, music, ability, style, talent.

Jaz-bu XIX-XX asrlar mobaynida AQSHda, Afrika va Yevropa musiqa madaniyatlarining
o„zaro qorishuvi natijasida yuzaga kelgan.Jaz musiqasi o„zining improvizatsiyaga asoslanganligi,
ritmik murakkabligi bilan ajralib turadi.Jaz nafaqat musiqiy shakl, balki ijtimoiy- madaniy
harakat, erkin fikr ifodasi sifatida dunyo sahnasida o„z o„rnini topgan.

Jaz musiqasining ildizlari Afrikadan olib kelingan qullarning madaniyati va musiqiy
an‟analariga borib taqaladi. XVIII-XIX asrlarda AQSHning janubiy shtatlarida yashagan afro-
Amerikaliklar tomonidan ijro etilgan sperichuel (diniy qo„shiqlar), blyuz va regtaym uslublari
jazning shakllanishiga zamin yaratdi. Ayniqsa Nyu Orleans shahri jaz musiqasining bevosita
vatanidir. Bu yerda turli madaniyatlar aralashib, o„ziga xos musiqiy muhitni yuzaga keltirgan. Bir
biriga tubdan yod bo„lgan Yevropa va Afrika xalqlarining madaniyati integratsiya musiqada o„z
aksini topdi hamda jazning yaralishiga zamin bo„ldi. Shu davrdan boshlab afroamerika folklor
musiqasi shakllana boshlandi. “Jazz” atamasi 1915-yilda Chikagoda musiqaga nisbatan qo„llanila
boshlandi. Jaz tarixchisi Lourens Gashi o„z asarlarida bu so„z Yangi Orleanda paydo
bo„lmaganligini va ilk jazz musiqachilari undan foydalanmaganligini ta‟kidladi. Taxminlarga
ko„ra, bu so„z 1916-yilda shimolda faol qo„llanilganidan keyingina Yangi Orleanga ko„chib
o„tgan va buni 1958-yildan beri Tulane universitetidagi Uilyam Xogan arxivida


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

482

Yangi Orleanda tug„ilgan jazz musiqachilari bilan yozilgan yuzlab intervyular tasdiqlaydi.
Jazzning qiziqarli va mashhur yo„nalishlaridan biri bu Simfojazzdir.

Simfojazz 1920-yillarda AQShda Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi madaniyatlarining
uygʻunlashuvi natijasida yaratilgan. . Amerika ko„plab Yevropalik musiqachilar, jumladan
Sergey Raxmaninov va Ignaz Paderevskiy, Dimitriy Tyomkin, Igor Stravinskiy va Irving Berlin
va boshqalar uchun muvaffaqiyatli martaba qilish va jazz rivojiga ta‟sir qilish imkoniyatini ochdi.
Jazzning butun tarixi, ayniqsa jazz uslublari va yo„nalishlarining o„zgarishi davrida, jazz nima,
“haqiqiy” jazz nima ekanligi haqida doimiy munozaralar mavjud. Jazz musiqasida klassik janr
musiqalarini almashtirgan yoki qisman o„zgartirgan yangi badiiy elementlar paydo bo„lganda,
jazz badiiy tizimining asosiy belgilarini aniqlash va jaz musiqasining estetik xususiyatlarini qayta
ko„rib chiqish zarurati paydo bo„ldi. “Jazz” tushunchasini aniqlashning qiyinligi shundaki, “jazz
shakllanishi”ga shaklning o„ziga xos xususiyatlari, musiqiy cholgʻular, nota yozuvi bilan
belgilanmagan elementlar, shuningdek, improvizatsiya musiqachisining o„z-o„zidan paydo
bo„lishi va estetik xususiyatlari ta‟sir qiladi. O„zbekiston jazz musiqasi tarixi va rivojlanishi
murakkab va qiziqarli jarayonlarni o'z ichiga oladi. Jazz musiqasi, ko'plab san'at tarmoqlari
singari, ijtimoiy, madaniy va tarixiy omillarga bog'liq holda shakllangan. O'zbekistonda jazz
musiqasi 1940-yillarning 2-yarmida yuzaga kela boshlagan bo'lsa-da, bu san'at turi mamlakatda
qisqa vaqt ichida katta mashhurlikka erishdi. Jazz musiqasining o„ziga xosligi, jarayoni va o„ziga
xos xususiyatlari asosan uning improvizatsiyaga asoslanganligi, ritm va melodiya o'rtasidagi
dinamik munosabatlardir. Ushbu janr O„zbekistonning musiqiy madaniyatini boyitishga xizmat
qildi. Jazz musiqalari doimiy ravishda tanqid, o'rganish va faol ijro etish jarayonida o'zgarib turdi.
Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Andijon kabi shaharlar jazz musiqasining rivojlanishida muhim
rol o'ynadi.

Jazz musiqasi ijodkorlari tomonidan yaratilgan bir qator asarlarni keltirish mumkin.

Dilorom Omonullayiva jazz yo„nalishida ko„plab sermahsul ijod qilib keladilar va O„zbekistonda
jazz yo„nalishining rivojiga juda katta xissa qushdilar. Bu o„rinda 2012-yilda nashr etilgan
“Estrada va jaz vokalizlari” asarini alohida e‟tirof etish lozim, bu O„zbek estrada san‟atida ilk bor
yaratilgan jazz yunalishidagi dars qo„llanma xisoblanadi.To„plamda 25 ta vokaliz jamlangan
bo„lib, ular ikki xil tonallikda: biri metsosoprano va baritonlar uchun, ikkinchisi esa soprano va
tenorlar uchun mo„ljallangan. O„zbekistonda jazz musiqasi va jazz orkestrilari tarixi boy va
rang-barangdir. O„zbekiston 20-asrning o'rtalaridan boshlab jazz musiqasi bilan tanisha boshladi,
bu musiqiy janr mamlakatda qisqa vaqt ichida juda ommalashdi. Jazz orkestri esa o'ziga xos
ijodiy shakllantirish va yangi ovozlar yaratish imkonini beradi. Jazz O„zbekistonga rus va g„arb
madaniyatlari orqali kirib kelgan. Dastlabki jazz ansambllari, asosan, Toshkent shahrida paydo
bo„lgan. 1930-yillarda O„zbekistonda jazz musiqasini o'rganish va rivojlantirish uchun bir qator
san‟atkorlar, musiqiy kollektivlar va maktablar tashkil etildi.

Jaz musiqasi o„zining bir nechta muhim jiyatlari bilan boshqa janrlardan ajralib turadi:

1.Improvizatsiya-Jaz ijrochilari mavjud musiqiy mavzudan erkin tarzda chekinib,
improvizatsiya yo„nalishda ijro etadilar.

2.Sinkopa va ritm- murakkab ritmik strukturalar jazning ajralmas qismidir. Sinkopa ya‟ni
notalar urilmaydigan joylarda uriladigan bo„lishi, jazga xos jo„shqinlik baxsh etadi.

3.Ijro uslublari-jazda turli cholg„ular (saksafon, truba, pianino,kontrabas, baraban)muhim ro‟l
o„ynaydi va har bir ijrochi o„ziga xos ijro uslubini shakllantiradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

483

Xulosa:

Jazz musiqa yo„nalishi o„zining boy tarixi va ko'p tomonlama rivojlanishi bilan ajralib

turadi.

Jaz musiqasi o„zining serqatlam tarixi, boy ichki olami va improvizatsion imkoniyatlari

bilan nafaqat musiqashunoslarni, balki ijrochilarni ham doimiy o„rganishga chorlaydi. Uning
rivojlanish bosqichlari jamiyat, texnologiya va madaniyat o„zgarishlarini musiqada aks ettiradi.
Jaz — bu o„tmishni eslatgan holda, kelajakka intiluvchi musiqa san‟ati shaklidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Estrada va jaz vokalizlari: o'quv qo'llanma /D.Amanullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy

va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O zbekiston daviat
konservatoriyasi - Toshkent: «Musiqa», 2014. 152

2.

Ishaliev

, J. (2022). O‟ZBEKISTONDA JAZZ MUSIQASI IJROCHILIGI

TARAQQIYOTI.

3.

N.Amanova Jaz va sstrada musiqasi tarixi. T.:-2021y.,

4.

Конен В. // Рождение джаза. М.. -изд: «Советский композитор», 1984.

5.

Королев О.К. Краткий энциклопедический словарь джаза, рок-и поп-музыки: термины и

понятия/ изд. «Музыка».-Москва, 2006, 167с.

Библиографические ссылки

Improvizatsiya-Jaz ijrochilari mavjud musiqiy mavzudan erkin tarzda chekinib, improvizatsiya yo‘nalishda ijro etadilar.

Sinkopa va ritm- murakkab ritmik strukturalar jazning ajralmas qismidir. Sinkopa ya’ni notalar urilmaydigan joylarda uriladigan bo‘lishi, jazga xos jo‘shqinlik baxsh etadi.

Ijro uslublari-jazda turli cholg‘ular (saksafon, truba, pianino,kontrabas, baraban)muhim ro’l o‘ynaydi va har bir ijrochi o‘ziga xos ijro uslubini shakllantiradi.

Xulosa: Jazz musiqa yo‘nalishi o‘zining boy tarixi va ko'p tomonlama rivojlanishi bilan ajralib turadi. Jaz musiqasi o‘zining serqatlam tarixi, boy ichki olami va improvizatsion imkoniyatlari bilan nafaqat musiqashunoslarni, balki ijrochilarni ham doimiy o‘rganishga chorlaydi. Uning rivojlanish bosqichlari jamiyat, texnologiya va madaniyat o‘zgarishlarini musiqada aks ettiradi. Jaz — bu o‘tmishni eslatgan holda, kelajakka intiluvchi musiqa san’ati shaklidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Estrada va jaz vokalizlari: o'quv qo'llanma /D.Amanullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O zbekiston daviat konservatoriyasi - Toshkent: «Musiqa», 2014. 152

Ishaliev , J. (2022). O’ZBEKISTONDA JAZZ MUSIQASI IJROCHILIGI TARAQQIYOTI.

N.Amanova Jaz va sstrada musiqasi tarixi. T.:-2021y.,

Конен В. // Рождение джаза. М.. -изд: «Советский композитор», 1984.

Королев О.К. Краткий энциклопедический словарь джаза, рок-и поп-музыки: термины и понятия/ изд. «Музыка».-Москва, 2006, 167с.