JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
476
Sultonova Shodiyona Hazrat qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti Psixologiya mutaxasisligi
1-bosqich magistratura talabasi
BOSHLANGʻICH SINFLARDA DIQQATNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatning o‘ziga xos
xususiyatlari, uning shakllanishi va rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Diqqat — bu
o‘quvchilarning ta’lim jarayonida o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga e’tibor qaratish va ularga
uzluksiz fokuslanish qobiliyatidir. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda diqqatning shakllanishi,
uning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari, diqqatning kuchi va barqarorligi kabi jihatlar o‘rganiladi.
Shuningdek, diqqatni rivojlantirishda o‘qituvchining metodik yondashuvi, o‘quv materiallarining
hissiy va vizual jihatlari, o‘yin va mashqlar orqali diqqatni jamlash va davom ettirish usullari
ko‘rib chiqiladi. Maqola pedagoglarga diqqatni shakllantirishda samarali metod va vositalarni
tanlashda yordam beradi.
Kalit so`zlar :
Ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, diqqatning kuchi, diqqatning barqarorligi.
Abstract :
This article analyzes the distinctive characteristics of attention in primary school
students, focusing on its formation and developmental processes. Attention is the ability of
students to focus on and concentrate on relevant information during the learning process. The
study examines how attention develops in young children, including its voluntary and involuntary
types, as well as aspects such as the strength and stability of attention. Additionally, the article
explores the role of the teacher's methodological approach, the sensory and visual aspects of
educational materials, and the use of games and exercises to enhance and maintain attention. The
findings aim to assist educators in selecting effective methods and tools for fostering attention in
primary school students.
Keywords :
Voluntary attention, involuntary attention, attention strength, attention stability.
Respublikamizda boshlang‘ich ta’lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini
hisoblanib , u har tomonlama sog‘lom va ruhan yetuk bola shaxsni tayyorlashda g‘oyat muhim
ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshidagi òquvchilarga diqqatni rivojlantirishning psixologik
xususiyatlari bòyicha ta'lim tizimida olib borilayotgan ishlarga yanada ehtiyoj kòpligi aniqlandi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga diqqatning taqsimlanish xususiyati qiz bolalarga kuchli
rivojlanganligi, diqqatning barqarorligi va ko‘chuvchanligi o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan
kuchli darajada namoyon bo‘lishi empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan, o‘quvchilarga
diqqatning shakllanishi o‘qituvchilarga o‘quvchiga munosabati kabi obyektiv omilga hamda
shaxsning individual psixologik xususiyatlardan biri hisoblangan temperamentiga, o‘quv
motivatsiyasi kabi subyektiv omillarga bog‘liqligi korrelyatsion tahlilar asosida aniqlangan.
1
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim jarayoni nafaqat bilimlarni egallash, balki
psixologik va kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayonning
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan diqqatning shakllanishi va uning samarali boshqarilishiga bog‘liqdir.
1
Nishonova Z.T, G.Alimova ‘Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish mеtodikasi’ Toshkеnt-2003 yil
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
477
Diqqat — bu shaxsning ma’lum bir ob’ektga yoki faoliyatga ongli ravishda e’tibor qaratish
qobiliyatidir. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda diqqatning shakllanishi, uning turlari va
xususiyatlari ta’lim jarayonining samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Diqqatning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, o‘quvchilarning ta’lim jarayonida
diqqatni jamlash, davom ettirish va boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, diqqatni shakllantirishda o‘qituvchining metodik yondashuvi, o‘quv
materiallarining hissiy va vizual jihatlari, o‘yin va mashqlar orqali diqqatni jamlash va davom
ettirish usullari muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni o‘rganish sohasida bir qator olimlar muhim
tadqiqotlar olib borganlar. Ularning ishlarida diqqatning shakllanishi, rivojlanishi va ta’lim
jarayoniga ta’siri chuqur tahlil qilingan.
1. Juan Pascual-Leone
Juan Pascual-Leone 1970-yillarda bolalarning diqqat va aqliy qobiliyatlarini o‘lchash uchun
matematik model ishlab chiqqan. Uning tadqiqotlari bolalarning aqliy diqqat qobiliyatining
yoshga qarab qanday rivojlanishini ko‘rsatdi. Uning modeli bolalarning diqqat qobiliyatini
o‘lchashda yangi yondashuvlarni taqdim etdi.
2. Mary K. Rothbart
Mary K. Rothbart bolalarning temperamentini o‘rganishda katta hissasini qo‘shgan. U
bolalarning diqqatni boshqarish qobiliyatini, ya’ni "effortful control"ni o‘rganib, bu qobiliyatning
bolalarning ta’limdagi muvaffaqiyatiga ta’sirini aniqladi. Uning tadqiqotlari bolalarning diqqatni
boshqarish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
3. Ting Tao va hamkasblari
Ting Tao va uning hamkasblari 7–12 yoshdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatning
rivojlanishini o‘rganishdi. Ular diqqatni 9 yoshdan boshlab sezgir va ijrochi diqqatga ajratish
mumkinligini aniqladilar. Bu tadqiqot bolalarning diqqat turlarining yoshga qarab qanday
o‘zgarishini ko‘rsatdi.
4. Larysa Liashenko va Alla Kurytsia
Larysa Liashenko va Alla Kurytsia boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqatni jamlash va
barqarorlashtirish qobiliyatlarini o‘rganishdi. Ular o‘quvchilarning diqqatini rivojlantirishda
ingliz tili darslarining tashkil etilishining muhimligini ta’kidlashdi. Ularning tadqiqotlari
bolalarning diqqatini rivojlantirishda darslarning tashkil etilishining ahamiyatini ko‘rsatdi.
5. S. Sunay Yildirim Dogru
S. Sunay Yildirim Dogru Montessori ta’lim metodikasining diqqatni rivojlantirishdagi
samaradorligini o‘rganishdi. Ular ADHD (diqqat yetishmovchiligi va giperkativlik) bo‘lgan
bolalarda Montessori materiallari yordamida diqqatni rivojlantirish mumkinligini aniqladilar. Bu
tadqiqot Montessori metodikasining diqqatni rivojlantirishdagi samaradorligini ko‘rsatdi.
Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning
fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
478
(aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil
boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun
qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir
hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat
oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu
turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqatdeb ham ataladi.
Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi.
Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor.
Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish, masala yechish kabi)
ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat
obyektlari (masalan, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning
oʻzi (masalan, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy
yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan Diqqat bir faoli-yatdan yoki narsadan
boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat Diqqatning avvalgi narsaga qay
darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning Diqqatni qanchalik qarata
olishiga) bogʻliq. Diqqatning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-
harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (masalan, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun
ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi
faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.
2
Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi
mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor boʻlishi
mumkin. Odatda, keng koʻlamli Diqqat yaxshi Diqqat hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok
qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va
xususiyatiga bogʻliq.
Diqqatning aksi parishonxotirlikdir. Bunda odam diqqatini biror narsaga toʻplay olmay,
hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning
uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitta ham
qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan
parishonxotirlikka barham berish mumkin.
3
Diqqatning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va
hayoti davomida oʻzgarib, murakkablashib boradi. Bolalarning maktabdagi oʻqishga tayyorligi,
shaxsning ijtimoiy yеtuklik bosqichiga bola oʻz-oʻzidan koʻtarilmaydi. Uni bu bosqichga
bogʻchadagi va oiladagi butun ta’lim tarbiya ishi koʻtaradi. Yetti yoshli bolalarning his-tuygʻulari
ancha oʻsadi. Xayrixohlik, rahmdillik, oʻrtoqlik kabi his-tuygʻular mustahkamlana boshlaydi.
Yetti yoshga tulib, maktabga chiqqan bolalarning psixik jixatdan bundan kеyingi oʻsishi
maktabda oilada olib boriladigan ta’lim tarbiya ishi jarayonida amalga oshiriladi. Maktab
ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada
diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror boʻladi. Bola diqqatning xususiyatlari roli va
suyujеti uyinlarda, rasm chizish va kurish yasash mashgulotlarida, loy hamda plastindan
oʻyinchoqlar tayyorlashda, oʻzgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matеmatik amallarni
2
Nishonova Z.T, G.Alimova ‘Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish mеtodikasi’ Toshkеnt-2003 yil
3
Khojieva, M. Y., & Yokubova, S. Y. (2021). Language and speech expression of personal descriptions.
TJE-Tematics journal of Education ISSN, 2249-9822.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
479
yеchishda, hikoya tinglash va tizishda koʻrinadi. Bola oʻz diqqatini muayyan ob’еktga
tuplashga intiladi. Shuningdеk, ta’lim uchun psixik oʻsish darajasidan tashqari, bola turmushi va
faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o‘ziga xosligi, uning sihat-salomatligi, usuliy jihatdan
tayyorgarligi, oddiy muvofiqdir. Bola maktab ta’limida psixologik tayyorlanishning subyеktiv
tomoni ham mavjuddir. Uning muloqatga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy
bogʻliqdir.
4
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning diqqat
xususiyatlari ularning psixik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bu yoshda diqqatning
ixtiyorsizdan ixtiyoriyga o‘tish jarayoni boshlanadi, lekin hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi.
Bolalar diqqatini uzoq vaqt bir faoliyatga qaratishda qiynalishi, chalg‘uvchilarga tezda e’tibor
berishi kuzatiladi. Shu bois, maktabda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘qituvchilar bolalarning
yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, darsni ko‘rgazmali vositalar, o‘yinlar,
faol ishtirok talab qiluvchi metodlar yordamida olib borishlari lozim. Diqqatni rivojlantirish
uchun maxsus mashqlar, diqqatni jamlashni talab qiluvchi topshiriqlar va muhitni to‘g‘ri tashkil
etish muhim hisoblanadi. Shu orqali bolalarda mustahkam, barqaror va ixtiyoriy diqqatni
shakllantirish mumkin bo‘ladi.
ADABIYOTLAR
1.
Nishonova Z.T, G.Alimova ‘Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish mеtodikasi’
Toshkеnt-2003 yil
2.
Qodirov B.R, Qodirov K.B ‘Kasbiy tashhis mеtodikalari to`plami. Toshkеnt-2003
yil.
3.
Xaydarov F.I, Xalilova N.I ‘Psixologiya fanlarini o`qitish mеtodikasi’ Toshkеnt-
2006 yil.
4.
Elov, Z. (2023). O'Z JONIGA QASD QILISH DEVIANT XULQ-ATVORLI
O'SMIRLARDA PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
40
(40).
5.
Elov, Z. (2023). ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ЎСМИРЛАРДА СУИЦИДАЛ
АХЛОҚ ПСИХОЛОГИЯСИ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
40
(40).
6.
Elov, Z. (2023). СОЦИАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА САМОУБИЙСТВА У
ПОДРОСТКОВ С ДЕВИАНТНЫМ ПОВЕДЕНИЕМ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
40
(40).
7.
Elov, Z. (2023). O ‘SMIRLIK DAVRI INQOROZLARINING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK SABABLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
35
(35).
8.
Elov, Z. (2023). VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI
OLISHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK SABABLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
34
(34).
9.
Элов, З. С. (2023). DЕVIАNT ХULQ-АTVОRLI O ‘SMIRLАRDА SUITSIDIАL
HОLАTLАRNI KЕLTIRIB СHIQАRUVСHI ОMILLАR: Elov Ziyodullo Sattorovich
Buxorodavlat universiteti, Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi dotsenti, Psixologiya fanlari bo
‘yicha falsafa doktori (PhD).
Образование и инновационные исследования международный
научно-методический журнал
, (10), 325-328.
10.
Ропиев, М. Ю., & Элов, З. С. (2023). Идентификация жараёни шахс
ижтимоийлашуви муаммосининг психологияда ўрганилиши.
Science and Education
,
4
(10),
387-392.
4
Xaydarov F.I, Xalilova N.I ‘Psixologiya fanlarini o`qitish mеtodikasi’ Toshkеnt-2006 yil.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
480
11.
Elov Z.S.
Sud psixologik ekspertizasi tarixi rivojlanish jarayoni bosqichlari.
PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI. 7 – TOM 4 – SON / 2024 - YIL / 15 – APREL.
306-313
