JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
467
N.B.Muzaffarov
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‗qituvchisi
IX-XII ASRLARDA YASHAB IJOD QILGAN O’RTA OSIYOLIK BUYUK
ALLOMALAR VA ULARNING JAHON SIVILIZATSIYASI RIVOJIGA
QO’SHGAN HISSALARI
Annotatsiya:
Ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o‘rni beqiyosdir.
Bag‘doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma‘mun akademiyasi
vujudga keldi
Kalit so‘zlar:
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy,
Ibn Irok, Ahmad Farg‘oniy.
IX-asrda Movarounnahrlik olimlar xalifa Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag‘dodda
ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etib, unga barcha musulmon o‘lkalari,
jumladan O‘rta Osiyodan ham olim va fozillar to‘plandi. Bu markazda Movarounnahr va
Xurosondan kelgan Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi
olimlar Bag‘dod akademiyasini jahonga mashhur bo‘lishida katta hissa qo‘shdilar.
Movarounnahrda arab halifaligi hukmronligining o‘rnatilishi hamda islom dinining keng
yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag‘doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak olib
Xorazmda ham X asrda Ma‘mun akademiyasi vujudga keldi va uning a‘zolari bo‘lmish o‘z
davrining olimu-donishmandlari o‘z ijodlari bilan Movarounnahrni donishi olamga yoydilar.
Shuningdek o‘lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo‘tabar shaxslari, hadisshunoslari
yetishib chiqdilarki, ularning nomi hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining
yuqori pog‘onalarida turibdi.
Ma‘lumki, uzoq o‘tmishga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o‘z boshidan
turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu
davrlarning barchasi tarixda o‘zining ma‘lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz
taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o‘rni beqiyosdir. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, Ma‘mun
ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo‘lingan Xorazmni yagona bir
markazga birlashtirdi. Ma‘mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy
markazlaridan biriga aylantirdi. Ma‘mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini)ni
tashkil qildi. U Ma‘mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug‘ mutafakkirlar Al-
Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg‘oniylar
ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan ulug‘
allomalar ham bor edi.
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va
olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To‘ldirish va
qarama-qarshi qo‘yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina
qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo‘ldi. «Hind arifmetikasi
haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so‘ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy
Hindistonning katta yutug‘i-o‘nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin
tiliga o‘girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (yerning surati) asari geografiyaga,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
468
«Astronomik jadvallar» astronomiyaga oid bo‘lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi.
Shuningdek, «Quyosh soatlari to‘g‘risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola»,
«Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuhrat keltirdi, uning nomini
abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada
«Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki
G‘arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o‘ynadi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg‘oniy. Al-Farg‘oniyning tarjimai holiga doir
ma‘lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika,
geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni hisoblanib Bag‘dod va Damashqdagi rasadxona
qurilishlarida faol qatnashdi va u yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma‘lumotlarni
tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg‘oniy «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid
bilimlarni tartibga soldi, o‘zining yangi natijalari bilan boyitdi. O‘sha davr an‘anasiga muvofiq
mamlakatlarni yetti iqlimga bo‘lib o‘rgandi. Quyosh soatlari bayonini berdi, astronomik
asboblarni yaratdi. Farg‘oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya
fanidan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanildi.
Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O‘trorda tug‘ilgan, boshlangich ma‘lumotni Shosh,
Buxoro, Samarqandda olgan so‘ng Bag‘dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy
muloqotda bo‘lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa
nazariyasiga bag‘ishlangan «Musiqa haqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga
bag‘ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir
astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa,
filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi.
Shuningdek, uning hikoyalar, she‘rlar bitganligi xam ma‘lum. Beruniy o‘rta asrda birinchi bo‘lib
globus yaratdi. U arab, fors, hind, turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya»,
«Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma‘sud qonuni», «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G‘aznaviy saroyda ham
xizmatda bo‘lgan. U Ibn Sino bilan zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil). Falsafa, mantiq, ruxshunoslik, adabiyotshunoslik,
she‘riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid
yuzlab asarlar yaratdi. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40
dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq
va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma‘lum.
IX-XII asrlarda adabiyot, me‘morchilik va din ravnaqi. Buxoroda qurilgan Ismoil
Somoniy maqbarasi pishiq g‘isht bilan qurilgan go‘zal maqbara to‘rtburchak shaklida bo‘lib, tomi
gumbaz qilib yopilgan. To‘rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga
o‘tilgan. Shu bilan birga bu bino to‘rt fasadlidir. Uning to‘rtala tomoni ham bir xil, old tomonidek
bezatilgan. Oddiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo‘q. Hamma tomoni bir
xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o‘sha davr
uchun xos bo‘lgan me‘moriy xususiyatlardan ham ko‘p foydalanilgan. IX-X asr
me‘morchiligining rivojlanish yo‘llarining saqlanib qolganligini ko‘plab masjidlar misolida ham
kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko‘pgina masjidlar
o‘z vaqtida arablargacha bo‘lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular
bir xonali bo‘lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz
shaklida bo‘lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g‘ishtlar,
o‘yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan. Bu davrga oid masjidlar to‘g‘risida so‘z
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
469
yuritilganda, Buxorodagi Mag‘oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun,
Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O‘rta Osiyoda
diniy me‘morchilikning rivojlanish yo‘llarini kuzatish imkoniyatini berdi. Narshaxiyning
yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o‘zi uchun kattga saroy qurdirgan va uning
qurilishiga katta mablag‘ sarflagan. Bu saroy g‘oyat go‘zal bo‘lgan. Saroyning oldida esa
devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa
shaharlarda ham bo‘lgan. Bu saroylar o‘zlarining kattaligi va go‘zalligi bilan ajralib turgan. Ko‘p
hollarda bunday saroylar xushmanzara joylarda, bog‘lar ichida bunyod etilgan.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) Bolasog‘unda tug‘ilgan yirik adib Yusuf Xos Hojibning
mashhur «Qutadg‘u bilig» (Saodatga yo‘llovchi bilim) asari turkiy xalqlarning bizgacha yetib
kelgan birinchi badiiy asari ekanligi bilan ham qimmatlidir. Muallif 6407 bayt orqali
markazlashgan feodal davlatni idora qilish yo‘llari, siyosati hamda xalqlarning rasm-rusumlari va
axloq qonun-qoidalarini ushbu asarda mujassamlashtirgan. «Qutadg‘u biligda» sog‘liqni saqlash,
dorishunoslik va umuman tabobatga oid baytlar ham ko‘p uchraydi.
Ahmad Yugnakiy (XIIasr II yarmi-XIII asr boshlari) Samarqand yaqinidagi Yugnak
qishlog‘ida tug‘ilgan. Yugnakiyning ayniqsa «Xibbat ul- haqoyiq» (haqiqatlar hadisi) asari juda
mashhur bo‘lib, muallifga shon-shuhrat keltirgan. Asarda asosan insonga xos bo‘lgan fazilatlar
bayon etilgan.
Abu Abdullo Rudakiy (884-954 yillar) Fors tojik adabiyotining buyuk ustozi.
Samarqandga yaqin Rudek qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning she‘riy merosi nihoyatda boy va rang
barang. Uning qalamiga mansub «Kalila va Dimna», «Davroni oftob», «Sindbodnoma» kabi
poemalardan parchalar saqlanib qolgan.
Abu Mansur Muhammad Daqiqiy (935-977 yillar) X asrning Rudakiydan keyingi eng
mashhur shoirlardan, manbalarga qaraganda Samarqandda tug‘ilgan. Somoniylar saroyida
yashagan. Birinchi bo‘lib «Shoxnoma» yozishni boshlagan. Lekin faqat ma‘lum bir qismini
yozishga ulgurgan va tasodifiy voqea bilan vafot etgan. Undan 1209 bayt saqlanib qolgan.
Daqiqiy musiqa ilmini rivojiga ham katta hissa qo‘shganligi haqidagi manbalar ham mavjud.
Abulkosim Firdavsiy (934-1030 yillar). Eronning Tus shahrida tug‘ilgan. Arab va fors
adabiyotini yaxshi bilgan. Butun umrini Eron shoxlarining afsonaviy qahramonlariga
bag‘ishlangan katta epik asar «Shoxnoma» ni yaratishga sarflagan. Asar dunyoni ko‘pgina
tillarida nashr qilingan. Firdavsiy o‘z «Shoxnoma» si bilan o‘ziga abadiy haykal yaratib ketgan
va avlodlar tashakkuriga sazovor bo‘lgan. IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniyati rivojiga
nazar tashlar ekanmiz, bu davrda tasavvuf (sofizm) ta‘limotlari madaniyatning, ma‘naviyatning
barcha tomonlariga kirib borganligini kuzatish mumkin. So‘fizm shaxsiy erkinlik, o‘z xohishi
bilan tozalanib Olloxga ruhiy ma‘naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvufda
ruxni kamolotga va uni so‘nggi maqsadi - Olloxga erishuv yo‘llari 4 bosqichdan iboratdir: 1)
Shariat. 2) Tariqat. 3) Ma‘rifat. 4) Haqiqat.
So‘fizm nazariyotchilari, olimlari o‘z davrining bilimini puxta egallagan, ilmlardan
xabardor, bilimdon-mutafakkirlar bo‘lgan. X asrdan boshlab sufizm g‘oyalari O‘rta Osiyo
shaharlarida ham tarqala boshlagan. Biz quyida ushbu yo‘nalishga sodiq qolgan holda o‘z ijodlari
bilan dunyoga tanilgan ba‘zi mutafakkirlar haqida fikr yuritishni joiz topdik.
Ahmad Yassaviy (XI asr-1166 yillar) Yassi (Turkiston) shahrida tug‘ilgan. Otasi Ibroxim
Sa‘y Rom shahrida ko‘p yillar shayxlik qilgan. Ahmad Yassaviy asli kelib chiqishi Toshkentdan
bo‘lgan mashhur turk mashoyixi Arslonbob Toshkandiydan taxsil olgan. Uning vafotidan so‘ng
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
470
Yusuf Hamadoniydan ilm o‘rgangan. Yassaviydan bizgacha etib kelgan yagona meros - bu uning
«Devoni xikmat»idir. Shuningdek Yassaviyning sermazmun xikmatlari «Faqrnoma» risolasida
ham o‘z aksini topgan. Ahmad Yassaviy tasavvufda Yassaviya tariqatiga asos soldi.
Sulaymon Boqirg‘oniy (1186 yilda vafot qilgan). Ahmad Yassaviyning munosib shogirdi
va davomchilaridan biridir. Xorazmning Baqirg‘on degan joyida tug‘ilgan. Turkiy xalqlar orasida
Hakim ota laqabi bilan ham mashhur bo‘lgan. Uning din va tasavvuf, ishq va xhloqdan saboq
beruvchi asarlari butun Turkiston hududlarida sevib o‘qilgan. Uning «Baqirg‘on kitob» nomli
yirik asari keyingi yillarda o‘zbek kitobxonlariga ham yetib keldi.
Najmiddin Kubro (1145-1221 yillar). Shoir va olim. O‘rta Osiyodagi yirik sufiylik oqimi -
Kubraviyaning asoschisi. Xivada tug‘ilgan. O‘rta va yaqin Sharq o‘lkalariga, O‘rta Osiyo,
Hindiston, Eron, Afg‘oniston hududlariga keng tarqalgan oqimdir. U o‘zining qator risolalarida
Kubraviya birodarligi qoidalarini ishlab chiqargan. Najmiddin Kubro 76 yoshida Urganchga
hujum qilgan Mo‘g‘ullarga qarshi lashkar to‘plab chiqib xalqni hujumga boshlab borgan. Islom
dinining mamlakatda asosiy din sifatida tan olinishi, boshqa diniy e‘tiqodlarning oyoq-osti
qilinishi, mehnatkash xalq ommasi turmush tarzining og‘irlashishi Najmiddin Kubroni bunday
og‘ir vaziyatlarni yumshatishga, xalq og‘irini yengil qilishga yordam beruvchi g‘oyalarni
qidirishga majbur qila boshladi. Bu g‘oya tasavvuf g‘oyasi bo‘ldi.
Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870 yy.) Buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti
davomida 600 ming hadis to‘plab, ulardan 7275 hadisni o‘zining 4 jildlik «Ishonarli to‘plam»iga
kiritdi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog‘onaga chiqqan Imom
Ismoil al-Buxoriyning yubileyi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan
Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda hashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu yerga
jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar.
Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892 yy) Islom dunyosida mashhur bo‘lgan hadischi
olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. 26 yoshidan boshlab
Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan
uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo‘lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy
ustozligi katta o‘rin tutadi. Umrini hadislar to‘plashga bag‘ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy
meros, jumladan: «Kitobi al-Jom‘e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy»,
«Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.
Burxoniddin Marg‘inoniy. (1197 yilda vafot qilgan). To‘liq ismi Burxoniddin
Marg‘inoniy Ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy al-Rishtoniy. Burxoniddin fiqx ilmiga (din, shariat
haqidagi fan) oid bir nechta risolalarni «Bidoyatul mubtadiy» (ilmga- kirishuvchi dastlabki asos)
«Al mazid» (ziyoda qilish) «Kitobul faroiz» (farzlar haqida kitob) va boshqa asarlarni yozib
qoldirgan. Burxoniddin Marginoniyning «Xidoya fi furu‘ al-fikx» (Fikx sohalari bo‘yicha
qo‘llanma) asari 56 kitobdan iborat bo‘lib, bu asar shariat kodeksi deb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1.Rajabov Alisher Shavkatovich. Mirbobo Nakshbandi as the great sufi scholar. International
scientific and practical conference ―Innovative Development in the global science‖. Boston
(USA), 2022 – B. 18-22.
2.Alisher Rajabov Shavkatovich. Mirbobo Naqshbandiy qalb zikri va uning turlari to‘g‘risida. /
FarDU ilmiy xabarlar. 1-son. Farg‘ona,2023. – B. 16-19.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
471
3.Rajabov Alisher Shavkatovich. Abu Nasr Farobiy. / Journal of Innovations in Social Sciences
Volume: 01 Issue: 01 | 2021 ISSN: 2181-2594 2021-yil,20-noyabr. B.97-102
4.Rajabov Alisher Shavkatovich, Elibayeva Feruza Xamzayevna. O‘tkir qilich va qalam sohibi :
Bobur merosi jahon olimlari nigohida. / Research and education 2022/2/25. – B. 647
5.Sohibqiron Amir Temur davrida madaniyat va ilmiy bilimlarning rivojlanishi (aniq va tabiiy
fanlar misolida) va taraqqiyot bosqichlari.International Scientific and Practical Conference
Innovative development in the global science vol-2ISSUE-3 2023 Boston USA.30.03.2023.B.53-
59
6.Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi(Hindiston asari)xotiralari xususida ayrim chizgilar.
International Scientific and Practical Conference ―The role of science and innovation in the
modern world‖. London,United Kingdom.30.03.2023.B.35-44.
7.A.SH.Rajabov. Somoniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti. Vol. 9
No.1(2023):Inernatinal scientific-practical conference. ―Russian‖ инноватционные подходы в
современное науке14.04.2023.B1-8.
