JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
538
Yangi Asir Universiteti
"Umumta‗lim va fan"
kafedrasi o‗qituvchisi
Mannopov Jasur Farhodovich
METROPOLITENNING ME‟MORIY VA DIZAYN YECHIMLARIRIDAN LONDON,
NYU-YORK, BERLIN VA PARIJ SHAHARLARI METROPOLITENLARNING
TASHKIL TOPISHIL
Annotasiya
: Ushbu maqolada transport yo‘llari kengaytirilishi, katta chorrahalarga ko‘priklar
barpo etilishi, qo‘shimcha yo‘llar, piyodalar o‘tish yer osti yo‘llari, halqa yo‘llarining qurilishi
bo‗yicha ma‘lumotlar berilgan. Yana bunga qo‘shimcha jamoat transport vositalarini kiritish ham
maqsadga muofiqdir. Bunday transport turlaridan biri barchamiz uchun qulay va tez hisoblangan
metropoliten transport vositalari xaqida so‗z borgan
Аннотaция:
В статье представлена информatsiя о расширении транспортных путей,
строительстве мостов на крупных перекрестках, дополнительных дорог, подземных
пешеходных переходов, строительстве кольцевых дорог. Также целесообразно ввести
дополнительный общественный транспорт. Одним из таких видов транспорта является
метро, которое считается удобным и быстрым для всех нас.
Annotatsion:
The article provides information on the expansion of transport routes, the
construction of bridges at major intersections, additional roads, underground pedestrian crossings,
and the construction of ring roads. It is also advisable to introduce additional public transport.
One of these types of transport is the metro, which is considered convenient and fast for all of us.
Kalit so„zlar:
Jamiyat, iqlim, sharoit, London, Nyu-York, Berlin va Parij shaharlari,
metropolitan, yer usti yo‘llari, avtomagistral, transport.
Ключевые слова:
Общество, климат, условия, города Лондон, Нью-Йорк, Берлин и
Париж, метрополия, надземные дороги, автомагистрали, транспорт.
Keywords:
Society, climate, conditions, cities London, New York, Berlin and Paris, metropolis,
elevated roads, highways, transport.
Jahon mamlakatlari yil o‘tkani sayin barcha soxalarda rivoj topib bormoqda. Ayniqsa
rivojlangan mamlakatlarda taraqqiyot jarayoni yuksak o‘rinda. Yillar mobaynida rivoj topgan va
topayotgan mamlakatlarda aholi soni ham o‘sgani sayin, jamiyat orasida yangi narsalarga va
yangiliklarga talab oshib bormoqda. Demografik ko`rsatkichining ortib borishi, albatta
transportga bo‘lgan talabning ortib borishiga sabab bolishi tabiiydir. Buning natijasida yer usti
yo‘llarida, avtomagistrallarda transport vositalari ko‘payib, yo‘llar tirbandlashadi. Oqibatda aholi
bir qancha qiyin vaziyatlarni boshdan kechiradi. Bu esa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamalakatlar turli yo‘llar bilan bunday masalarni hal
etishmoqda. Transport yo‘llari kengaytirilishi, katta chorrahalarga ko‘priklar barpo etilishi,
qo‘shimcha yo‘llar, piyodalar o‘tish yer osti yo‘llari, halqa yo‘llarining qurilishi va hokazolar.
Yana bunga qo‘shimcha jamoat transport vositalarini kiritish ham maqsadga muofiqdir. Bunday
transport turlaridan biri barchamiz uchun qulay va tez hisoblangan metropoliten transport vositasi
hisoblanadi.
London metropoliteni -
Londondagi metro yer yuzidagi eng qadimiy metro hisoblanadi.
London metropoliteninning ilk yo‘nalishi, 1863yilda Metropolitan Railway ( shahar temir yo‘li)
firmasi tamonidan qurilgan. Yer ostidagi birinchi temir yo‘l bir yo‘nalishga ega bo‘lib, uning
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
539
uzunligi 3,6 kmni tashkil etagan. Bu metropoliten yo‘nalishi bo‘ylab yettita bekat joylashgan edi
(1-2-3 rasmlar).
1863-yil 10-yanvarda London metropolitenining ilk ochilish kunida, uning hizmatidan
Britaniyaning o‘ttiz ming aholisi foydalangan. Hozirgi kunga kelib, London metrosi dunyodagi
eng katta metropolitenlar qatoriga kiradi. Bu metropoliten oltita tarifli xududga bo‘lingan bo‘lib,
kesishuvchi xududlarning soniga qarab chiptalarning narxi belgilangan. Bugungi kunga kelib,
London metrosi yiliga milliardlab yo‘lovchilarni tashishga hizmat qilmoqda. Metropolitan
yo‘nalishlarning uzunligi esa 250 mil (taxminan 410 kilometr) ni tashkil etmoqda. Yer osti
yo‘llari turli temiryo‘l hizmatlari bilan tutashgan bo‘lib, yo‘lovchilarni yaqin rayonlarga olib
borishni ta‘minlaydi.
London metropoliteninig barcha yo‘nalishlari yangi texnologiyalar bilan modernizatsiya
qilingan bo‘lib, avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan. Bulardan eng keng tarqalgani
poyezdlarning avtomatik boshqaruvidir. Hozirgi kunda Metropolitenning uncha chuqur
bo‘lmagan chuqurlikda joylashgan to‘rtta yo‘nalishlarida, poyezdlar harakatini nazorat qiluvchi
yangi radiosistemadan samarali foydalinmoqda.
London metropolitenining ekskalatorlar Evropadagi eng uzun ekskalatorlardan biri
hisoblanadi. Yer ostidagi barcha ekskalatorlar maxsus buyurtma asosida tayyorlangan. London
metropolitenidagi eng uzun ekskalator ―Angel‖ bekatida joylashgan. 60m uzunlikka va 27,4m
balandlikka ega bo‘lgan bu ekskalator G‘arbiy Yevropada uzunligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda
turadi. Metropoliten ekskalatorlari kuniga 20 soat, yiliga 364 kun yo‘lovchilarga hizmat qiladi.
London metropolitenining ekskalatorlari soatiga 13000 ta yo‘lovchi oqiminiga mo‘ljallangan.
London metropoliteni ineryerining o‘zgachaligi shundaki bekatlar mahobatli konstruksiyalarning
qo‘llanilganligidadir. Bu konstruksiyalar ham badiiy bezak vazifasini bajaradi (4-5 rasmlar).
1-rasm. London metropoliteni 1860-yil
2-rasm.
London
metropoliteni
1863-yil.
Litografiya
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
540
3-rasm. London metropolitenining sxemasi
1990-yil
4-rasm. ―Greenvich‖ bekati inter‘yeri. London
5-rasm. ―Vestministr‖ bekati inter‘yeri. London
Nyu-York metropoliteni
-dunyodagi ikkinchi metro Nyu-York shahrida 1868-yilda yer
usti yo‘li ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar bu yer ustida harakatlanuvchi
metroning yo‘nalishlari saqlanib qolinmagan. Bugungi kunda saqlanib qolingan eng qadimiy yer
usti metropoliten seksiyasi 1863-yilda qurilgan (6–rasm). Dast avval bug‘li uskunada
harakatlanuvchi vagonlar 1890-yilga kelb elektr tokida yura boshladi. 1904- yilning 27- oktabrida
esa Nyu-York shahrida ilk yer usti transporti ishga tushdi. Ye‘r osti yo‘lining birinchi bekati
―City Hall‖ deb nomlandi.1908-yilda, IRT yo‘nalishsi g‘arb va janubni tutashtiruvch ikki
marshrutdan iborat edi.
Metropolitendagi dastlab tonellar ochiq uslubda qurilgan, so‘ngra esa yopiq uslubda qurilgan
tonellarning soni ortib bordi (7-rasm). Nyu-York metropolitenining stansiyalarida 150-180m
uzunlikdagi platformalar mavjud (8-rasm). Har bir bekatta minimal bezaklardan foydalanilgan (9-
10-11 rasmlar). Marshrutlar harf yoki sonlar bilan belgilansa, yo‘nalishlar o‘z nomiga ega. Bu
sistemaga 26 ta marshrut kiritilgan. Nyu-York metropolitenining sxemasida shuni ko‘rishimiz
mumkinki, marshrutlar qaysi rangda belgilangan bo‘lsa, shu marshrutning yo‘nalishsi ham huddi
shu rangda belgilangan. (12- rasm)
6-rasm.1865-yil
Nyu-York
7-rasm. Nyu-York metropolitenining tonelli.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
541
metropoliteninig
eskada
bo‘ylab
harakatlanuvchi yo‘li
1945-yil
8-rasm. Nyu-York metropoliteni 1945-yil
9-rasm. Yer osti bekatiga kirsh. 21-Street.
Nyu-York
10 –rasm. Yer osti bekatining inter‘yeri.
6-Avenue. Nyu-York
11-rasm. Yer usti bekatiga kirsh. 30-Avenue
bekati. Nyu-York
12-rasm. Nyu-York metropolitenining sxemasi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
542
Berlin metropoliteni-
yevropa mintaqasidagi ilk metropoliten Germaniyaning Berlin shahrida
joylashgan. Dunyodagi qadimiy metroopolitenlardan biri bo‘lmish Berlin metropoliteni Verner
fon Simens boshchiligida 1902 yili qurilgan. Uning tarixi 1880- yillarga borib taqaladi. Shu yili
Verner fon Simens Berlin shahrida yer osti va eskada bo‘ylab harakatlanuvchi shahar poyezd
tarmog‘ini qurishni taklif etdi. 1896-yilgacha davom etgan uzoq muzokaralardan so‘ng, Berlin
metropolitenini qurilish ishlari avj oldi. Birinchi yo‘nalish yer usti temit yo‘li sifatida qurilgan
bo‘lib, eskadalar bo‘ylab harakatlanar edi. Bu yo‘nalishning tantanali ochilish marosimi 1902-
yili 15- fevraldabo‘lib o‘tgan (13-rasm). Ushbu yo‘nalish Shtralauer Tor (va Zoologik bog‘ni, va
Potsdam maydonini birlashtirar edi. (14-rasm). Yil oxiriga borib qurilish ishlari yana davom
ettirildi. Buning natijasida 14-avgustda sharqdan to Varshava ko‘prigigachava 14-dekabrda
g‘arbdan to Ernst Reyter maydonigacha bo‘lgan yo‘nalishlar qurib bitkazildi (15-16 rasmlar).
Poyezdlarnig qatnov vaqti 4 yoki 5 daqiqani tashkil etadi.1910-yilning 1-dekabirida birinchi yer
osti stansiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir necha oydan so‘ng‘ shimoliy-g‘arbdagi
Vilmersdorfni Berlin metro tarmog‘i bilan tutashtiruvchi to‘rtinchi yo‘nalishning qurilish ishlari
boshlandi.
Hozirgi kunga kelib u to‘qqiz yo‘nalishdan iborat. Bu yo‘nalishlarda 170 ta bekat mavjud.
Ularning umumiy uzunligi 144 kilometrni tashkil etadi. Metrodagi eng uzun yo‘nalish U7 deb
nomlanadi. Uning uzunligi 32 kilometrdir. Shuningdek bu yo‘nalish Germaniya yer osti yo‘lidagi
eng uzun yo‘nalish bo‘lib, eng qisqa yo‘nalish esa U4. Uning uzunligi atigi 3 kilometrdan iborat.
Metropolitenning inter‘yer bezagida asosan XIX asrga hos badiiy bezaklarni uchratishimiz
mumkin. Bunda arkalar, kolonalar, haykaltaroshlik, monumental bezaklar kabi amaliy bezaklar
dominantlik qiladi (17-rasm).
13-rasm.
1902-yil.
Berlin
metropolitenining Schlesisches Tor yo‟li
15-rasm.
1903-yil.
Berlin
metropolitenining Nollendorfpl yo‟li
14-rasm. 1902-yil. Berlin metropolitenining Schlesisches Tor yo‟lining sxemasi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
543
16-rasm.
Berlin
metropoliteninining
Moskernbruk yo‟li
17-rasm.
“Xaydel‟berger”
bekati.
Berlin.
Parij metropoliteni-
dunyodagi eng qimmat metropoliten unvoini London metrosi egallagan
bo‘sa, ikkinchilikni egallovchi metro Parijda joylashgan bo‘lib, uning tarixi XIX asrning
o‘rtalariga borib taqaladi. Parij shahrida yer osti yo‘lini loyihalashtirih haqidagi g‘oya 1845-
yildayuzaga kelgan. Lekin o‘sha davrda yo‘lovchi tashuvchi vagonlar emas balki yuk tashuvchi
vagonlar haqida so‘z borgan.
1910-yilga kelib, Metropolitenning qurilishi ko‘zlangan rejadan deyarli bir yilga oldinlab
ketdi. Qurilishi rejalashtirilgan oltita yo‘nalish qirib bitkazilinib, shahar aholisi ularning
hizmatidan aktiv foydalana boshladi. Bu holat qo‘shimcha ikkta yo‘nalishni qurilishiga sabab
bo‘ldi. 1912-yilda ―Abesses‖ bekati ishga tushdi. Bekat inter‘yerida estetik zavq baxsh etuvchi
bezaklar umuman mavjud emas. Faqatgina konstruktiv elementlardan tashkil topgan (23-26
rasm). Bunday holatni Parij metropolitenining deyarli barcha bekatlarida kuzatish mumkin .
23-rasm. ―Abesses‖ bekati . Parij 24 -rasm. ―Lachapelle‖ bekati. Pari
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
544
25-rasm. ―Concorde‖ bekati. Parij 26-rasm. ―Ober‖ bekati. Parij
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Sh.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag‗ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‗shma majlisidagi nutq /. - Toshkent:
O‗zbekiston, 2016. —
2.
Тюриков "Истории о Ташкенте: Очерки" Издательство "Ёш
гвардия"(Молодая гвардия) 1983г. Ташкент
3.
А. С. Бакулина (Москва, «Транспорт», 1979) Даны краткие
сведения о метрополитенах.
4.
Власов С.Н., Торгалов В.В., Виноградов Б.Н. Строительство
метрополитенов М.: Транспорт, 1987.
5.
Б.А. Лысиков ―Строительство метрополитена и подземных
сооружений на подрабатываемых территориях‖ Издательство: Норд-Пресс 2003г
6.
Hasanov B., Mamajonov A. Pedagogika. – T.: ―Fan va texnologiya‖,
2020. UNESCO. ICT in Education: Policy and Practice. – 2023.
