Авторы

  • Azizova Dinara Rahmiddinovna
    Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika va psixologiyakafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.121615

Ключевые слова:

ilmiy dunyoqarash aqliy tarbiya integratsiya o‘zaro bog‘liqlik Finlandiya Singapur tanqidiy fikrlash

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va uni mustahkamlovchi tarbiya yo‘nalishlari: aqliy, ma’naviy-axloqiy, fuqarolik, huquqiy, estetik, mehnat va jismoniy tarbiyalarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Xalqaro amaliyotlar — Finlandiya va Singapur ta’lim tizimi misolida keltirilib, muallif tomonidan yangi qarashlar bilan boyitilgan yondashuvlar taklif etiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

522

Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika va psixologiya

kafedrasi o‘qituvchisi

Azizova Dinara Rahmiddinovna

ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH VA KO‘P QIRRALI

TARBIYA TIZIMINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va uni

mustahkamlovchi tarbiya yo‗nalishlari: aqliy, ma‘naviy-axloqiy, fuqarolik, huquqiy, estetik,
mehnat va jismoniy tarbiyalarning o‗zaro bog‗liqligi hamda ularning zamonaviy ta‘lim
tizimidagi o‗rni tahlil qilinadi. Xalqaro amaliyotlar — Finlandiya va Singapur ta‘lim tizimi
misolida keltirilib, muallif tomonidan yangi qarashlar bilan boyitilgan yondashuvlar taklif
etiladi.

Kalit so‘zlar:

ilmiy dunyoqarash, aqliy tarbiya, integratsiya, o‘zaro bog‘liqlik, Finlandiya,

Singapur, tanqidiy fikrlash.

Kirish

.

Ilm insoniyat taraqqiyotining poydevoridir. ―Fikrlashni o‗rganmagan odam –

boshqalarning fikri bilan yashaydigan odamdir‖ — Immanuil Kantning bu so‗zlari ayniqsa
bolalikda

tafakkurni

shakllantirish

zaruriyatini

ochib

beradi.

Bolaning

tafakkuri,

kuzatuvchanligi,

sabab-oqibatlarni

tushunishga bo‗lgan intilishi – uning ilmiy

dunyoqarashining boshlang‗ich nuqtasidir. Tarbiya esa bu jarayonni ichki mazmun bilan
to‗ldiradi.

1. Ilmiy dunyoqarash nima va nega u muhim?

Dunyoqarash — insonning borliq haqidagi umumiy, tushunilgan va e‘tiqodga aylangan

bilimlar tizimidir. U shaxsning hayotda yo‗l topishi, qaror qabul qilishi va o‗zligini anglashida
muhim rol o‗ynaydi.

Ilmiy dunyoqarash esa faqat e‘tiqod emas, balki fakt, tajriba va mantiqqa tayanadi.

Masalan, bola daraxt barglarining faslga qarab o‗zgarishini kuzatadi. Biroq u ―nima uchun?‖
degan savolni bera boshlasa, u tafakkurga ko‗chadi — bu ilmiy dunyoqarashning
boshlanishidir.

Ilmiy dunyoqarash – bu faqat bilim emas, balki fikrlash madaniyatidir.

2. Aqliy tarbiya: tafakkurni qurollantirish

Aqliy tarbiya – bolaning bilim olishga bo‗lgan qiziqishini, tafakkurini, xotirasini,

diqqatini, nutqini shakllantirishdir. Bu shunchaki darsdagi muvaffaqiyat emas, balki mantiqiy
fikrlash, muammoni tahlil qilish, sabab va oqibatlarni farqlashga o‗rgatishdir. Vygotskiy va
Piaje fikricha, bolalar o‗qituvchi va atrofdagilar bilan muloqotda intellektual rivojlanadi.

Aqliy

tarbiya fanlar orqali shakllanadi, ammo faqat faktlarni yodlash emas, balki ularni tushunishga
va qayta ishlashga asoslanadi.

Misol: Matematika darsida tenglamani yechayotgan bola hisoblashdan tashqari,

mantiqiy ketma-ketlik, sabr, muammo yechishga yondashuvni ham o‗rganadi.

3. Ma‘naviy-axloqiy tarbiya: qalb madaniyati


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

523

Ilmiy fikr yurita olish – aql ishidir. Ammo to‗g‗ri fikr yurita olish – qalb tarbiyasi bilan

bog‗liq. Ma‘naviy-axloqiy tarbiya o‗zida ezgulik, halollik, adolat, mehr-shafqat, sabr kabi
fazilatlarni mujassam etadi.

Vygotskiy ma‘naviyatni tashqi normalarning ichki ehtiyojga aylanishi deb hisoblaydi.

Misol: Do‗stiga yordam bergan bolani o‗qituvchi rag‗batlantirsa, u bu holatni o‗ziga xos

qadriyat sifatida qabul qiladi va ichki axloqiy mezon shakllanadi.

4. Fuqarolik va huquqiy tarbiya: ijtimoiy mas‘uliyatni anglash

Dyui va Makarenko fuqarolik tarbiyasini jamiyat hayotiga mas‘uliyat bilan

yondashadigan shaxsni shakllantirish vositasi deb hisoblaydi. Fuqarolik tarbiya — bu bolani
jamiyatda o‗z o‗rnini anglashi, qonunlarni hurmat qilishi, vatanparvarlik ruhida ulg‗ayishidir.
Huquqiy tarbiya esa qonuniy ong, ijtimoiy faollik, huquqiy madaniyatni shakllantiradi. Misol:
―Yoshlar yetakchilari‖ faoliyati orqali bola jamoa ichida liderlik, javobgarlik va tashabbusni
o‗rganadi.

5. Estetik tarbiya: go‗zallikni his qilish

Estetik tarbiya – bu bolani tabiatdagi, san‘atdagi, mehnatdagi, insondagi go‗zallikni

anglashga, qadrlashga, yaratishga o‗rgatishdir. Estetik sezgi bolada faqat tashqi go‗zallikni
emas, balki xulqiy go‗zallikni ham qadrlashga undaydi.

Misol: Uyning saranjomligi, stollar tartibi, toza idishlar – bu oddiy holatlar bolada

go‗zallik hissini uyg‗otadi.

6. Mehnat tarbiyasi: mehnatga mehr va kasbga yo‗naltirish

A.S. Makarenko mehnatni shaxsiy tarbiyaning kuchli vositasi deb hisoblagan. Mehnat

tarbiyasi bolada mas‘uliyat, kasbga qiziqish, natijaga intilish va ijtimoiy foydalilik hissini
tarbiyalaydi.

Misollar: Bog‗chada: gul ekish; Maktabda: sinfdagi burchakni bezatish. Xorijiy tajriba:

Finlandiyada ―sloyd‖ fanlari orqali bolalar yog‗och, metall, mato bilan ishlashni o‗rganadilar
— bu kasb tanlashga tayyorlovdir.

7. Jismoniy tarbiya: sog‗lom tana – sog‗lom tafakkur

Jismoniy tarbiya nafaqat salomatlik, balki aqliy faollik, ruhiy barqarorlikni ta‘minlaydi.

Ertalabki mashqlar, sport to‗garaklari, harakatli o‗yinlar bolaning irodasini mustahkamlaydi.

Psixofiziologik yondashuvga ko‗ra, jismoniy faollik markaziy asab tizimining

rivojlanishiga bevosita ta‘sir qiladi.

8. Xalqaro tajriba: Singapur va Finlandiya

Finlandiya: PISA bo‗yicha yuqori natijalar (516 ball). Fanlararo integratsiya (biologiya

+ informatika). Portfolio asosida baholash. O‗quvchi – individual yondashuv markazida.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

524

Singapur: Dunyo lideri (551 ball). STEM, robototexnika, ―Teach Less, Learn More‖

tamoyili. Interaktiv, muammo asosidagi ta‘lim. O‗qituvchi – yo‗l ko‗rsatuvchi, o‗quvchi –
izlovchi.

Shaxsning ilmiy dunyoqarashi – bu oddiy bilimlar to‗plami emas, balki borliqni

tushunish, fikrlash, qaror qabul qilish va o‗zligini anglashga yo‗naltirilgan ruhiy-ma‘naviy
holatdir. Bu borada dunyo pedagogika tarixida qoldirilgan fikrlar bugungi kunda ham o‗z
dolzarbligini yo‗qotmagan.

A. Komenskiy – zamonaviy pedagogikaning asoschilaridan biri bo‗lib, u shunday
degan:―Ta‘lim – bu borliqni anglash yo‗lidir.‖
Bu jumla o‗quv jarayonining mazmunini chuqur ifodalaydi. Komenskiy fikricha, bola atrof-
muhitni o‗rganish orqali nafaqat bilim oladi, balki hayotni anglaydi va o‗z o‗rnini topadi. I.
Kant – mashhur faylasuf inson tafakkurining mustaqilligi haqida shunday degan: ―Fikrlashni
o‗rganmagan odam – boshqalarning fikri bilan yashaydigan odamdir.‖
Bu fikr, ayniqsa, o‗quvchilarda mustaqil fikrlashni, tanqidiy yondashuvni, shaxsiy nuqtai nazar
shakllanishining zarurligini ko‗rsatadi.

J. Dyui – amerikalik pragmatik pedagog ta‘limni tajriba asosida qurish lozimligini ta‘kidlagan:
―Ta‘lim – bu hayotga tayyorgarlik emas, bu hayotning o‗zidir.‖
Dyui fikricha, bola bilimni faqat tinglash orqali emas, balki faol ishtirok, muammo yechish,
sinash va tahlil qilish orqali egallashi kerak. Bu qarash ―problem-based learning‖
yondashuvining poydevoridir.

L.S. Vygotskiy – bolalar psixologiyasi va rivojlanish nazariyalarining asoschisi sifatida,
shunday degan: ―Bolalar bilimni tayyor holda emas, ijtimoiy muloqot va faoliyat jarayonida
egallaydilar.‖
Bu yondashuv o‗quvchining bilish faoliyatida o‗qituvchi va jamoaning rolini ko‗rsatadi. Shu
bois ilmiy dunyoqarash ham mustaqil o‗rganish emas, balki ijtimoiy-lingvistik hamkorlik
mahsulidir. J.-J. Russo – inson tabiatga mos holatda rivojlanishi kerakligini ta‘kidlab, shunday
degan:

―Tabiat bolani bizdan oldin tarbiyalaydi. Bizning ishmiz – uni buzmaslik.‖

Ilmiy dunyoqarash ham aynan tabiatdan, kuzatishdan, oddiy hodisalardan boshlanadi: daraxt
bargi, yomg‗ir, quyosh botishi... Bular bolaga savol tug‗diradi – savol esa tafakkur
boshlanishidir.

Shaxsda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish pedagogik nazariyada keng o‗rganilgan

bo‗lsa-da, uning amaliyotdagi holati o‗qituvchilarning yondashuvlari, foydalanayotgan
metodlari va mavjud to‗siqlar orqali aniqlanadi. Shu maqsadda 2025-yil bahorida Toshkent
shahri va viloyatidagi uchta umumiy o‗rta ta‘lim maktabida faoliyat yuritayotgan 45 nafar
o‗qituvchi ishtirokida mini-so‗rovnoma o‗tkazildi.

Tadqiqot davomida o‗qituvchilarga ilmiy dunyoqarashga oid 5 ta asosiy savol bilan

murojaat qilindi. So‗rov natijalari quyidagicha tahlil qilindi:

Birinchi savol — ―Siz ilmiy dunyoqarashni dars jarayonida qanday vosita orqali

shakllantirasiz?‖ — deb berildi. Ishtirokchilarning yarmidan ko‗pi (ya‘ni 65%) bu jarayon fan
darslarida, ayniqsa biologiya, geografiya, fizika va matematika kabi tabiiy fanlar orqali amalga
oshirilishini ta‘kidladilar. Taxminan 22 foiz o‗qituvchilar amaliy mashg‗ulotlar va loyihaviy
ishlar orqali, 9 foiz o‗qituvchilar esa tarbiyaviy suhbatlar orqali bu maqsadga erishishni afzal


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

525

deb hisobladilar. 4 foiz ishtirokchi boshqa (nodarslik) faoliyatlarni sanab o‗tdi (masalan,
ekskursiyalar yoki musobaqalar).

Ikkinchi savol o‗qituvchilarning ilmiy fikrlashni shakllantirishda qanday metodlardan

foydalanishlarini aniqlashga qaratildi. Ularning 42 foizi savol-javob va muhokama usulini, 35
foizi tadqiqot va loyiha ishlari asosidagi o‗qitishni samarali deb topdi. Laboratoriya ishlari va
eksperimentlarga urg‗u beruvchi o‗qituvchilar esa 17 foizni tashkil etdi. Qolgan 6 foiz
o‗qituvchilar darslik va an‘anaviy izoh asosidagi o‗qitishni tan olgan.

Uchinchi savol orqali darsda tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi savollardan (―Nega?‖,

―Nima uchun?‖, ―Qanday qilib?‖) foydalanish darajasi o‗rganildi. So‗rov natijalariga ko‗ra,
o‗qituvchilarning 56 foizi bu turdagi savollardan muntazam foydalanishini bildirdi. 36 foizi
ba‘zida, ya‘ni darsning ba‘zi bosqichlarida bunday savollarni ishlatishini aytdi. Atigi 8 foiz
ishtirokchi bu yondashuvdan juda kam foydalanishini tan oldi. Bu holat o‗qituvchilarning
aksariyati tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo‗naltirilgan didaktik usullarni qadrlashlarini
ko‗rsatadi.

To‗rtinchi savolda ilmiy dunyoqarash shakllanishiga to‗sqinlik qilayotgan asosiy

omillarni aniqlash maqsad qilindi. O‗qituvchilarning 31 foizi bu boradagi asosiy to‗siq sifatida
oilaviy tarbiyaning yetarli emasligini ko‗rsatdi. 28 foiz ishtirokchi o‗quvchilarning bilimga
qiziqish darajasining pastligini ta‘kidladi. Bundan tashqari, 24 foizi darslarning faqat nazariy
bo‗lishi, 17 foizi esa fanlararo yondashuvning yetishmasligini muammo sifatida ko‗rsatdi.

Mazkur natijalar shuni anglatadiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda faqat maktab

ta‘limi emas, balki oila muhiti, metodika tanlovi, fanlararo yondashuv va motivatsiya darajasi
ham muhim rol o‗ynaydi. O‗qituvchilarning aksariyati ilmiy fikrlashni shakllantirishni
zamonaviy va faol metodlar orqali amalga oshirishga intilayotganini ko‗rsatmoqda. Biroq bu
sa‘y-harakatlar tizimli qo‗llab-quvvatlov va muhit bilan mustahkamlanmaguncha kutilgan
natijani bera olmaydi.

Xulosa

.Bola – bu tabiatning eng murakkab, ammo eng nozik yaratiqlardan biri. Uning

fikrlash qobiliyati, axloqiy sezgisi, huquqiy ongi, estetik didi va jismoniy salomatligi —
barchasi bir butun tizimdir. Ilmiy dunyoqarash esa bu tizimning ichki asosidir. Shu bois,
pedagoglar tarbiyani alohida yo‗nalishlar sifatida emas, balki bir-birini to‗ldiruvchi ko‗p qirrali
tizim sifatida olib borishlari zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Rahmiddinovna, A. D. (2025). Uzoq muddat davolanayotgan bolalarni psixologik-pedagogik
qo ‗llab-quvvatlashda o ‗qituvchi shaxsi.

Икро журнал

,

14

(02), 896-901.

2.

Rahmiddinovna, A. D. (2025). Sun‘iy intellekt va insoniylik: ijtimoiy psixologik
oqibatlar.

Pedagogik tadqiqotlar jurnali

,

2

(2), 181-186.

3.

Rahmiddinovna, A. D. (2024). Ta'lim jarayonining metodlari va shakllari.

The latest

pedagogical and psychological innovations in education

,

1

(2), 235-241.

4.

Rahmiddinovna, A. D., & Baxodirovna, N. Z. (2025). Inklyuziv talimda nuqsonli bolalarni
ijtimoiy hayotga tayyorlash chora tadbirlari.

Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga

qaratilgan kreativ g’oyalar, takliflar va yechimlar

,

7

(75), 1-6.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK

JURNAL

526

5.

Rahmiddinovna, A. D. (2024). O'quvchilarni psixologik qo'llab-quvvatlashning ahamiyati.

The

latest pedagogical and psychological innovations in education

,

1

(2), 208-214.

6.

Azizova, D. R. (2024). Inklyuziv ta‘limning psixologik-pedagogik va tashkiliy
shartlari.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice

,

2

(9), 543-552.

Библиографические ссылки

Rahmiddinovna, A. D. (2025). Uzoq muddat davolanayotgan bolalarni psixologik-pedagogik qo ‘llab-quvvatlashda o ‘qituvchi shaxsi. Икро журнал, 14(02), 896-901.

Rahmiddinovna, A. D. (2025). Sun’iy intellekt va insoniylik: ijtimoiy psixologik oqibatlar. Pedagogik tadqiqotlar jurnali, 2(2), 181-186.

Rahmiddinovna, A. D. (2024). Ta'lim jarayonining metodlari va shakllari. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 235-241.

Rahmiddinovna, A. D., & Baxodirovna, N. Z. (2025). Inklyuziv talimda nuqsonli bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash chora tadbirlari. Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g’oyalar, takliflar va yechimlar, 7(75), 1-6.

Rahmiddinovna, A. D. (2024). O'quvchilarni psixologik qo'llab-quvvatlashning ahamiyati. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 208-214.

Azizova, D. R. (2024). Inklyuziv ta’limning psixologik-pedagogik va tashkiliy shartlari. Medicine, pedagogy and technology: theory and practice, 2(9), 543-552.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)