STRESSGA BARDOSHLILIKNI SHAKILLANTIRISHDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YORDAMNING AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu maqolada stressga bardoshlilikni shakllantirish jarayonida ijtimoiy-psixologik yordamning ahamiyati ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Stressga bardoshlilik tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, psixologik yordamning turli shakllari, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya, relaksatsiya texnikalari va ijtimoiy treninglar samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
127-131
181

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abduraximova Shaxnoza Raxmonjonovna. (2025). STRESSGA BARDOSHLILIKNI SHAKILLANTIRISHDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YORDAMNING AHAMIYATI. ИКРО журнал, 14(01), 127–131. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/69393
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada stressga bardoshlilikni shakllantirish jarayonida ijtimoiy-psixologik yordamning ahamiyati ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Stressga bardoshlilik tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, psixologik yordamning turli shakllari, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya, relaksatsiya texnikalari va ijtimoiy treninglar samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Abduraximova Shaxnoza Raxmonjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.

STRESSGA BARDOSHLILIKNI SHAKILLANTIRISHDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

YORDAMNING AHAMIYATI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada stressga bardoshlilikni shakllantirish jarayonida ijtimoiy-

psixologik yordamning ahamiyati ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Stressga bardoshlilik

tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan.

Shuningdek, psixologik yordamning turli shakllari, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya,

relaksatsiya texnikalari va ijtimoiy treninglar samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

stressga bardoshlilik, ijtimoiy-psixologik yordam, kognitiv-behavioral terapiya,

relaksatsiya texnikalari, emotsional barqarorlik, kommunikatsiya ko‘nikmalari, ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash, stressni boshqarish, moslashuvchanlik, psixoterapiya.

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda hayot sur’atining oshishi, texnologik rivojlanish va globallashuv

jarayonlari insonlarning kundalik hayotida yangi imkoniyatlarni yaratish bilan birga, turli xil

stress omillarini ham keltirib chiqarmoqda. Ish faoliyatidagi raqobat, shaxsiy hayotdagi

muammolar, iqtisodiy va ijtimoiy bosim kabi omillar insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga

ta’sir qiluvchi asosiy sabablardan biri sifatida ko‘riladi. Bu sharoitda stressga bardoshlilikni

rivojlantirish shaxsiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Stressga

bardoshlilik insonning salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan kurasha olish, muammolarni

samarali hal etish va emotsional muvozanatni saqlash qobiliyatidir. Ushbu ko‘nikma shaxsning

ichki resurslari, ijtimoiy munosabatlari va psixologik barqarorligi bilan chambarchas bog‘liq.

Biroq, ko‘pchilik hollarda, shaxs o‘z-o‘zidan bunday qobiliyatni rivojlantirishga qodir bo‘lmaydi.

Bu jarayonda ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish samarali usul sifatida namoyon bo‘ladi.

Asosiy qism.

Ijtimoiy-psixologik yordam – bu insonlarga stress bilan kurashish, o‘z-o‘zini

boshqarish va ruhiy salomatlikni tiklashga qaratilgan maxsus usullar va texnologiyalar yig‘indisi.

Psixoterapiya, guruhiy mashg‘ulotlar, treninglar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari kabi

yondashuvlar stressga bardoshlilikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqola

stressga bardoshlilikni rivojlantirish jarayonida ijtimoiy-psixologik yordamning o‘rni va

ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Unda stressga bardoshlilikni shakllantirishning nazariy

asoslari, ijtimoiy-psixologik yordamning mazmuni va uning samarali usullari tahlil qilinadi.

Maqola orqali zamonaviy sharoitda stress bilan muvaffaqiyatli kurashish bo‘yicha ilmiy va

amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Stressga bardoshlilik, zamonaviy psixologiyada muhim tushuncha sifatida, insonning salbiy

ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillarga qarshi turish, bu omillarning psixologik va

emotsional holatga ta’sirini minimallashtirish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Ushbu qobiliyat

insonning ruhiy salomatligi, ijtimoiy moslashuvchanligi va hayot sifati darajasini belgilovchi

asosiy omillardan biri hisoblanadi. Stressni boshqarish shaxsning o‘zini tanish, his-tuyg‘ularni

boshqarish va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish qobiliyatidan kelib chiqadi [1].Stressga

bardoshlilikning nazariy asoslari bir qator ilmiy paradigmalarga asoslanadi. Stressga

bardoshlilikni ta’minlovchi asosiy tarkibiy qismlar psixologik barqarorlik, ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash va moslashuvchanlikdan iborat. Ushbu omillarni chuqur tahlil qilish mazkur

tushunchaning mohiyatini yanada kengroq yoritishga yordam beradi. Psixologik barqarorlikning

yuqori darajasi stress omillarining ruhiy salomatlikka salbiy ta’sirini kamaytiradi va shaxsning


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ichki muvozanatini saqlashiga yordam beradi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash shaxsning oila,

do‘stlar, jamiyat yoki ish joyidagi hamkasblar bilan o‘zaro munosabatlar orqali oladigan

ma’naviy va amaliy yordami sifatida talqin etiladi. Atrofdagilarning iliq munosabati va qo‘llab-

quvvatlovi stressni yengishda katta ahamiyatga egadir. Moliyaviy, maslahat yoki muammoni hal

qilishga amaliy yordam beruvchi resurslar hisoblanadi. Shaxsning jamiyatga integratsiyasi,

o‘zini yagona tizimning bir qismi sifatida his qilishi mumkin va kuchli ijtimoiy tarmoqka ega

shaxslar stressli vaziyatlarda kamroq ruhiy bosimga uchraydi. Stressli vaziyatlar ko‘pincha

o‘zgarishlarga

moslashish

qobiliyatini

talab

qiladi.

Ijtimoiy-psixologik

yordam

moslashuvchanlikni rivojlantirish orqali stress omillarini engish imkoniyatini beradi. Psixologik

yordam shaxsni muammolarni ijodiy hal qilishga undaydi va yangi yondashuvlarni taklif etadi.

Moslashuvchanlikning oshishi shaxsga turli xil murakkab vaziyatlarda bardoshli bo‘lishga

yordam beradi va uning stressga nisbatan immunitetini mustahkamlaydi. Moslashuvchanlik –

shaxsning stressli holatlarda moslashish va muammolarni bartaraf etish uchun samarali

strategiyalar ishlab chiqish qobiliyatidir. Moslashuvchanlik shaxsning turli xil stress omillariga

nisbatan chidamliligini oshiradi va muvaffaqiyatli moslashuvni ta’minlaydi. Stressga

bardoshlilik faqatgina individual omillarga emas, balki ijtimoiy va atrof-muhit sharoitlariga ham

bog‘liq. Ushbu tushuncha inson psixikasini turli bosimlardan himoya qilish, stressli vaziyatlarga

nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish va salbiy ta’sirlarni minimallashtirish imkoniyatini

beradi. Shu sababli, stressga bardoshlilikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar ijtimoiy-

psixologik yordam orqali amalga oshirilmoqda. Stressga bardoshlilikni rivojlantirishni nazariy

asoslash shaxslarning stressga chidamli bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi resurslarni

aniqlash imkonini beradi. Bu kelajakda ruhiy salomatlikni saqlash, insonlarni stressdan himoya

qilish va jamiyatda emotsional barqarorlikni ta’minlash uchun ilmiy asos yaratadi. Stressni

boshqarishda insonning o‘z hissiyotlarini tushunishi va ularni konstruktiv tarzda yo‘naltirish

qobiliyatini alohida ta’kidlaydilar[1]. Lazarus va Folkman ushbu fikrlarida stressga

bardoshlilikni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik yordamning muhimligini asoslab beradi,

chunki hissiyotlarni boshqarish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yordamida inson stressni samarali

boshqara oladi. Ijtimoiy-psixologik yordam – bu insonlarning stress omillariga nisbatan

chidamliligini oshirish, emotsional barqarorlikni tiklash va shaxsiy muammolarni hal qilish

uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar tizimidir. Ushbu yordam psixologiya va ijtimoiy fanlarning

kesishmasida shakllangan bo‘lib, shaxsning ichki resurslarini faollashtirish va tashqi qo‘llab-

quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Emotsional intellekt shaxsning stressga

nisbatan chidamliligini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib, u hissiyotlarni anglash va

boshqalarning his-tuyg‘ularini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi[2]. Goleman o‘z qarashlarida

emotsional intellektning stressga bardoshlilikni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib beradi.

Stressli vaziyatlarda emotsional intellekt yordamida inson nafaqat o‘zini boshqara oladi, balki

boshqalar bilan samarali muloqot qilish orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tarmog‘ini

mustahkamlaydixam. Bu ijtimoiy-psixologik yordamning samaradorligini oshirishda yordam

beradi. Ijtimoiy-psixologik yordam shaxsning stressli vaziyatlarga bardosh berish qobiliyatini

rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu yordam orqali shaxsning emotsional, psixologik va

ijtimoiy resurslari faollashadi. Stress holatlari odatda emotsional disbalansga olib keladi, bu esa

tashvish, depressiya yoki qoniqarsizlik hissini kuchaytirishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik

yordamning asosiy maqsadlaridan biri – shaxsning emotsional holatini yaxshilash va uni

barqarorlashtirishdir. Shaxsga o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradigan psixoterapiya

yoki guruhiy maslahatlashuvlar tashkil etiladi. Stressni boshqarishga yordam beruvchi nafas

olish texnikalari, meditatsiya va relaksatsiya mashqlari qo‘llaniladi. Natijada, shaxs stressli

vaziyatlarni samarali boshqarish va ruhiy holatini muvozanatga keltirishga qodir bo‘ladi.

Bandura insonning o‘z-o‘zini samarali boshqarish qobiliyati nafaqat individual muvaffaqiyatga,

balki jamoa ichida stressni kamaytirishga ham hissa qo‘shadi[3] deb aytadi. Bandura inson o‘z-

o‘zini samarali boshqarish qobiliyatini stressga bardoshlilik shakllanishining markaziy

komponenti sifatida ko‘rsatib o’tadi. Ijtimoiy-psixologik yordam, masalan, treninglar va

psixoterapiya orqali, insonning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

bo‘lib, bu stressni boshqarishning muhim jihatidir. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i shaxsni

stressdan himoya qiluvchi eng samarali vositalardan biri hisoblanadi[4]. Taylor stressga

bardoshlilikni rivojlantirishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini alohida ta’kidlab

o’tadi. U ijtimoiy yordam shaxsning hissiy barqarorligini saqlash va stressli vaziyatlarga

moslashishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatib beradi. Bu fikr ijtimoiy-

psixologik yordamning amaliy samaradorligini tushuntiradi. Ijtimoiy-psixologik yordamning

mazkur jihatlari nafaqat individual darajada, balki jamiyat miqyosida ham stress omillarining

ta’sirini kamaytirishda samarali vosita hisoblanadi. Shu sababli, ushbu yordam tizimini

rivojlantirish zamonaviy psixologiya va pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib

qolmoqda. Stressga bardoshlilikni shakllantirish, zamonaviy psixologiyada muhim vazifalardan

biri bo‘lib, ushbu jarayon turli xil amaliy yondashuvlar va strategiyalarni qo‘llashni talab qiladi.

Ijtimoiy-psixologik yordam samaradorligini oshirish uchun Kognitiv-behavioral terapiya usuli

qo‘llaniladi.Kognitiv-behavioral terapiya – bu stress omillariga bo‘lgan munosabatni

o‘zgartirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan psixologik yondashuvdir. Stressni yengish jarayonida

kognitiv yondashuvning ahamiyati shundaki, u insonni vaziyatga moslashish uchun konstruktiv

fikrlash usullarini o‘rgatadi[5]. Ushbu terapiya orqali shaxs stressni keltirib chiqaruvchi salbiy

fikrlar va xulq-atvorni aniqlaydi va ularni konstruktiv modelga o‘zgartirishga intiladi. Stressni

engishda psixoterapiya va maslahat usuli ham mavjud bo’lib, bunda suhbat jarayonlari stress

omillarini aniqlash va ularga qarshi samarali strategiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo’lishi

lozim. Bu usullar orqali shaxs o‘z hissiyotlari va fikrlarini tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Individ bilan yuzma-yuz olib boriladigan sessiyalar orqali stress omillari va ularning shaxsiy

hayotga ta’sirini aniqlash mumkin. Guruh bilan o‘tkaziladigan terapiya sessiyalari, bu jarayonda

odamlar o‘z tajribalarini baham ko‘radi va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhiti yaratiladi. Ushbu

usullar orqali shaxs stressli vaziyatlarda o‘zini tutish, hissiyotlarini boshqarish va muammolarni

hal qilishning yangi yondashuvlarini o‘rganishini kuzatishimiz mumkin. Ijtimoiy treninglar

shaxsning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish va jamoa ichida ishlash

ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliyotdir. Bu usullar stress omillarini boshqarish va

shaxsning ichki resurslarini faollashtirishga yordam beradi. Treninglar ijtimoiy-psixologik

yordamning muhim qismidir. Ular shaxsning stressni boshqarish, emotsional intellektni

rivojlantirish va kommunikatsiya ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan maxsus dasturlardan

iborat. Treninglar nafaqat shaxsiy rivojlanish uchun, balki professional sohada ham stressga

bardoshlilikni oshirishda samarali hisoblanadi. Stress ko‘pincha shaxsning ijtimoiy

munosabatlariga ham ta’sir qiladi, bu esa kommunikatsiya muammolarini keltirib chiqaradi.

Ijtimoiy-psixologik yordam orqali kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish stressga

bardoshlilikni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Coreyning fikricha jamoaviy-ijtimoiy

treninglar stress omillariga qarshi turish uchun ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishning

samarali usulidir[6]. Ijtimoiy treninglarning stressni boshqarishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi.

Treninglar jamoa ichidagi munosabatlarni yaxshilaydi va shaxslarni stressga chidamli qilish

uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bu fikr ijtimoiy-psixologik yordamning guruhiy

ishlash usullarini qo‘llash zarurligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Guruhiy treninglar orqali odamlar bir-birlari bilan ochiq muloqot qilish va o‘z fikrlarini samarali

ifodalashni o‘rganadilar. Psixologik yordam shaxsga turli ijtimoiy nizolarni konstruktiv tarzda

hal qilish strategiyalarini o‘rgatadi.

Quyidagi asosiy trening turlari mavjud:

- stressni boshqarish bo‘yicha treninglar: ushbu treninglar stressli vaziyatlarga javob qaytarish

strategiyalarini o‘rgatadi, jumladan, relaksatsiya texnikalari, nafas olish mashqlari va

mindfulness.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

- emotsional intellekt treninglari: hissiyotlarni boshqarish, empatiyani rivojlantirish va insonlar

bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

- kommunikatsiya ko‘nikmalari bo‘yicha treninglar: shaxslararo muloqotda konstruktiv

yondashuvlarni o‘rgatadi va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi.

- qo‘llab-quvvatlash tizimlarini shakllantirish: shaxslarni jamiyat yoki jamoa ichida ijtimoiy

aloqalarni mustahkamlashga undaydi.

- muammolarni birgalikda hal qilish: jamoa ichida konstruktiv muloqot orqali nizolarni hal

qilishga yordam beradi.

- stressni yengish strategiyalarini ishlab chiqish: har bir ishtirokchining stress omillariga

moslashish uslublarini aniqlash va o‘rgatish.

- guruhiy o‘yinlar va mashqlar yordamida jamoaviy ishlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

- stressli vaziyatlarni modellashtirish orqali muammolarni hal qilish usullari sinovdan o‘tkaziladi.

Trening davomida ishtirokchilarning individual ehtiyojlari inobatga olinadi.

Yuqoridagi usullar stressga bardoshlilikni shakllantirish jarayonida quyidagi natijalarga olib

keladi:

1. Shaxsning emotsional va psixologik barqarorligi tiklanadi. Asab tizimini tinchlantiradi,

kayfiyatni ko’taradi, uyqu sifati yaxshilanadi.

2. Stressli vaziyatlarda konstruktiv yondashuv va moslashuvchanlik qobiliyati rivojlanadi.

3. Jamiyatda shaxsning ijtimoiy aloqalari mustahkamlanadi va jamoaviy faoliyatga qo‘shilishi

osonlashadi.

4. Diqqatni jamlashga yordam beradi, natijada ish yoki o’qish samaradorligi oshadi.

5. Odamlar stressni boshqarishni o’rganib, hayotga ijobiy va pozitiv, sabr-toqat bilan yondasha

boshlaydilar.

Shunday ekan bugungi kunda turli murakkablikdagi stressli vaziyatlar ko‘payib borayotgani

sababli, stressga bardoshlilikni rivojlantirish uchun ijtimoiy-psixologik xizmatlar tizimini

kengaytirish zaruriyati mavjud bo’lib, psixologlar va mutaxassislar tomonidan samarali

xizmatlarning joriy etilishi, ushbu yordamni har bir kishiga qulay va foydali qilish imkonini

beradi. Stressga bardoshlilikni shakllantirishda bu yondashuvlar nafaqat individual darajada,

balki jamiyat miqyosida ham stressni boshqarishda samarali hisoblanadi. Shu sababli, ushbu

usullarni qo‘llash zamonaviy psixologiya va ijtimoiy yordam tizimining muhim qismiga aylanib

bormoqda.

Xulosa.

Xozirgi kunda stressga bardoshlilikni rivojlantirish zamonaviy hayotning muhim

ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Insonlarning kundalik hayotida yuzaga keladigan stress omillari

nafaqat psixologik, balki jismoniy salomatlikka ham ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu muammolarning

oldini olishda yoki ularni samarali boshqarishda stressga bardoshlilikni shakllantirish va

rivojlantirish zarurati yuqori. Stressga bardoshlilikni rivojlantirishda ijtimoiy-psixologik


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yordamning o‘rni beqiyosdir. Ushbu yordam shaxsning hayot sifatini yaxshilash, uning ruhiy va

emotsional barqarorligini oshirish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni

ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Ijtimoiy-psixologik yordam stressga bardoshlilikni

shakllantirish jarayonida asosiy vositalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu yordam

nafaqat shaxsning ichki resurslarini faollashtiradi, balki ularning stressga bo‘lgan salbiy

munosabatini o‘zgartirishga va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini

rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek stressga bardoshlilikni rivojlantirish bo‘yicha

psixologik treninglar va kurslarni kengaytirish, jamiyatda ijtimoiy-psixologik yordam tizimini

mustahkamlash va ommalashtirish, maktablar, oliy ta’lim muassasalari va ish joylarida stressni

boshqarishga oid maxsus dasturlarni joriy etish tavsiya etiladi. Bu tavsiyalar stressga

bardoshlilikni oshirish va uning ijobiy ta’sirini nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy darajada

ta’minlashga xizmat qiladi. Stressga bardoshlilikni rivojlantirish zamon talabi bo‘lib, ushbu

jarayonni to‘g‘ri tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash insonlarning salomatligi va farovonligi

uchun poydevor yaratadi. Relaksatsiya, meditatsiya va boshqa trening texnikalari orqali nafaqat

stress darajasi pasayadi, balki shaxsning umumiy hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanishini

ham kuzatishimiz mumkin bo’ladi. Stressga bardoshlilikni rivojlantirish jarayonida ilmiy

asoslangan yondashuvlar, jumladan kognitiv-behavioral terapiya, ijtimoiy treninglar va

relaksatsiya texnikalari qo‘llanilishi mumkin bo’lib, bunday yondashuvlarning keng ko‘lamda

qo‘llanilishi shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi stress omillarining salbiy ta’sirini minimallashtirishga

yordam berishini kuzatishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). “Stress, Appraisal, and Coping”. Springer Publishing

Company.

2. Goleman, D. (1995). “Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ.” Bantam

Books.

3. Bandura, A. (1977). “Self-efficacy: Toward a Unifying Theory of Behavioral Change.”

Psychological Review.

4. Selye, H. (1974). “Stress Without Distress.” Lippincott Williams & Wilkins.

5. Corey, G. (2016). “Theory and Practice of Counseling and Psychotherapy.” Cengage Learning.

6. Kolb, D. A. (1984). “Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and

Development.” Prentice Hall.

7. Baumeister, R. F., & Leary, M. R. (1995). “The Need to Belong: Desire for Interpersonal

Attachments as a Fundamental Human Motivation.” Psychological Bulletin.

8. Prochaska, J. O., & DiClemente, C. C. (1983). “Stages and Processes of Self-Change of

Smoking: Toward An Integrative Model of Change.” Journal of Consulting and Clinical

Psychology.

9. Taylor, S. E. (2006). “Health Psychology.” McGraw-Hill Education.

10. WHO (World Health Organization). (2020). “Stress Management Techniques.” Retrieved

from [www.who.int](http://www.who.int).

Библиографические ссылки

Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). “Stress, Appraisal, and Coping”. Springer Publishing Company.

Goleman, D. (1995). “Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ.” Bantam Books.

Bandura, A. (1977). “Self-efficacy: Toward a Unifying Theory of Behavioral Change.” Psychological Review.

Selye, H. (1974). “Stress Without Distress.” Lippincott Williams & Wilkins.

Corey, G. (2016). “Theory and Practice of Counseling and Psychotherapy.” Cengage Learning.

Kolb, D. A. (1984). “Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development.” Prentice Hall.

Baumeister, R. F., & Leary, M. R. (1995). “The Need to Belong: Desire for Interpersonal Attachments as a Fundamental Human Motivation.” Psychological Bulletin.

Prochaska, J. O., & DiClemente, C. C. (1983). “Stages and Processes of Self-Change of Smoking: Toward An Integrative Model of Change.” Journal of Consulting and Clinical Psychology.

Taylor, S. E. (2006). “Health Psychology.” McGraw-Hill Education.

WHO (World Health Organization). (2020). “Stress Management Techniques.” Retrieved from [www.who.int](http://www.who.int).