JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ikromova Shahnoza Rajabovna
Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika fakulteti 1-bosqich magistranti
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA IJODIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING
AHAMIYATI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ta’lim jarayonining mazmuni va sifati axborotlashgan
jamiyatning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilyotgani,
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning
rolini o‘rganish shuningdek ijodiy qobiliyatning boshlang‘ich ta’limda rivojlanishi o‘quv
mashg‘ulotlarining rangba-rang tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarning turli bilim va
ko‘nikmalarni egallab olishlari muhim ahamiyat kasb etishi tahlil qilingan.
Kalitso’zlar:
boshlang‘ich ta'lim, integratsiya, fanlararo yondoshuv, ijodiy qobiliyat, ta'lim
metodikasi, pedagogika, innovatsion metodlar, ijodiy fikrlash, yaratilish va kreativlik, ta'lim
tizimi, o‘quvchi faoliyati, ta'lim samaradorligi.
Kirish: O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi renessans davrida boshlang’ich ta’limni
rivojlantirish va uning vositasida 7-11 yoshli shaxslarni barkamol voyaga yetkazish muhim
vazifa hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy
Majlisga yo’llagan murojaatnomasida quyidagi vazifalar alohida qo’yildi:“Najot – ta’limda,
najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli
erishiladi”. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilarga
o’qitilayotgan “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fani quyidagi jihatlardan takomillashtirilishi
lozim:
-fanning o’quv dasturini hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish;
-fan bo’yicha talabalar va amaliy faoliyatdagi o’qituchilar hamda murabbiylar uchun xalqaro
mezonlarga mos darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish;
-boshlangich ta’lim jarayonini yangi pedagogik ishlanmalar bilan boyitish.
Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fanining
o’quv dasturi 2024-2025 o’quv yilidan boshlab takomillashtirildi, uni o’qitish asoslari yangilanib
qator darsliklar tuzildi. Shuningdek boshlang‘ich ta’lim fanlarini integratsiyalash orqali
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan holda yangi zamonaviy
darsliklar umumta’lim maktablari amaliyotida tadbiq etildi.
1Integratsiyalashgan ta’lim serqirra harakterga ega. Umumta’lim muassasalarida samarali ta’lim
jarayonini tashkil qilish qulay ta’lim muhitini yaratish, o’quvchilar bilan ishlash uchun
o’qituvchinig pedagogik qobiliyati, tajribasi, bilim va malakasi hamda uni qo‘llay olishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagog hayotning barcha sohalarida faol bo‘lishi lozim. Biroq,
ular orasida psixologiya muhim ahamiyatga ega.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Pedagog faoliyati - bu eng avvalo boshlang‘ich ta'limda fanlararo integratsiyani amalga
oshirishda o‘quvchilarni bir nechta fanlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bilim olishga undaydi. Bu
jarayonda pedagog turli fanlar o‘rtasida bog‘lanishlar yaratib, o‘quvchilarni birlashtirilgan,
tizimli tarzda fikrlashga o‘rgatadi. Aynan, mana shu o‘qituvchi o‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli usullarni qo‘llaydi. Bunga kreativ mashqlar, guruh
ishlari, muammolarni hal qilish vazifalari, loyihalar va o‘yinlar kiradi. Pedagog o‘quvchilarning
ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus metodikalarni ishlab chiqadi. Pedagog
o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, har bir o‘quvchining qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, ayrim o‘quvchilar uchun ijodiy qobiliyatlarni
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha mashqlar va topshiriqlar bera olishi shart.
Muammo doirasida ilmiy manbalarni tahlil qilish natijasida boshlang‘ich ta'limda fanlararo
integratsiyaning nazariy asoslarini o‘rganadi va bu yondoshuvni o‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga qanday ta'sir ko‘rsatishini tahlil qiladi. Fanlararo integratsiya
orqali ta'lim jarayonining birlashtirilgan va tizimli yondoshuv bilan amalga oshirilishi nazariy
jihatdan asoslanadi.
Ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq psixologik va pedagogik asoslarni
o‘rganadi. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ta'lim jarayonida qanday psixologik, kognitiv
va emotsional yondoshuvlar qo‘llanishi zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning
shaxsiy xususiyatlari, motivatsiya va faoliyatga bo‘lgan yondoshuvlarning ijodiy rivojlanishga
ta'siri faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Har qanday faoliyatni psixologik ta’minlash o‘qituvchi yangi texnologiyalarni o‘z faoliyatiga
kiritadi. Bu interaktiv ta'lim vositalari, raqamli materiallar, onlayn platformalar va boshqa
zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Bu pedagogga o‘quvchilarga
yanada qiziqarli va samarali ta'lim berish imkoniyatini yaratadi. Har qanday faoliyatni
takomillashtirish ayniqsa, uning murakkab, keng qamrovli ekanligi uni amalga oshiruvchi
shaxsga nisbatan bir qator talablarni qo‘yadigan faoliyatning samaradorligini oshirish bizning
mustaqil demokratik davlatimiz oldiga qo‘ygan vazifalarni og‘ishmay bajarish, har qanday
jabhaning o‘sishida, uning vazifalari quyidagilarni tashkil qiladi
Ular:
- boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni bo’yicha bilim berish;
- boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan talablarni o’rgatish;
- boshlang’ich ta’limda pedagogik jarayonni tushuntirish;
- boshlang’ich sinf o’qituvchilarining zamonaviy faoliyati bo’yicha ko’nikmasini shakllantirish;
- boshlang’ich ta’lim mohiyati bo’yicha bilim berish;
- boshlang’ich ta’limda pedagogik yondashuvlar yuzasidan malaka berish.
O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning
rolini oshirishda o’qituvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- boshlang’ich ta’lim pedagogikasi bo’yicha nazariy bilimga ega bo’lish;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
- boshlang’ich ta’limda innovatsiya bo’yicha konikmani egallsh;
-individual o’qitish metodikasi bilan qurollanish.
Bu talabalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilar tomonidan ushbu fan
vositasida o’zlashtiriladi.
Ayni damda zamonaviy pedagogni saralashning zamonaviy shart-sharoit- larda, ko‘p qirrali test
metodlari yordamida shaxsni faoliyat uchun yaxlit psixofiziologik, ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini uning ichki imkoniyatlari hamda kasbiy muhim xususiyatlarining sifati bilan
birgalikda tahlil qilish asosida tashkil qilish mumkin.
-o‘quvchilar uchun bir nechta fanlar o‘rtasida bog‘lanish yaratish orqali darslarni samarali
tashkil etish, bu orqali ijodiy va analitik fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi.
Pedagoglar uchun fanlararo integratsiya asosida yangi metodlar va usullar ishlab chiqish
samaradorligini oshiradi.
-o‘qituvchilarning o‘z pedagogik malakalarini oshiradi va o‘quvchilarga yuqori sifatli ta'lim
berishga yordam beradi hamda amaliyotga qo‘llash faoliyat jarayoniga malakali yetuk kadrlarni
tanlash va samaradorligiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi.
-ta'lim jarayonidagi fanlararo integratsiyaning samaradorligini oshirishga qaratilgan
tavsiyalar ishlab chiqiladi o‘z navbatida, boshlang‘ich ta'lim tizimining sifatini yaxshilashga,
o‘quvchilarning ijodiy va umumiy rivojlanishini ta'minlashga jamoadagi psixologik muhitning
ta’sir xususiyatlari asoslaniladi.
-o‘quvchilarni ijodiy ishlarga jalb qilish, yangi g‘oyalar yaratishga undash ularning o‘ziga
bo‘lgan ishonchini va mustaqillikni oshirib o‘quvchilarda o‘z bilimlarini o‘rganishga,
rivojlantirishga qiziqishni kuchaytirishini belgilab beradi.
Aynan umumta’lim
muassasalari boshlang’ich ta’lim pedagoglarini faoliyatga nisbatan
munosibligini aniqlash, o‘rganishda pedagogik-psixologik tekshirish metod va metodikalarini
o‘rni muhim sanaladi. Shu nuqtai nazardan olganda, umumta’lim muassasalari boshlang’ich
ta’lim pedagoglarini o‘rganishning tashxis qilish metodikalarini ishlab chiqish va tizimlashtirish
muammoning dolzarbligini belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. 23 sentyabr, 2020- yil.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
3.2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-son farmoni va unga 1-ilova -//Elektron
manba. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy ma’lumotlar bazasi:
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
4.Hoshimov K., NishonovaS. Pedagogika tarixi.–T.: Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
nashriyoti, 2005.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. Hoshimov K., NishonovaS.,Imomova M., Xasanov R. Pedagogika tarixi.–T.: Oʻqituvchi,
1996.
6.Yo’ldoshev J.G.,Xasanov S.Avestoda ahloqiy-ta’limiy qarashlar. T.: Oʻqituvchi, 1992.
7.Niyozov Gʻ., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashgʻ ulotlari. – T.: NOSHIR,
2011.
8.Hoshimov K., Safo Ochil. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.–T.: O‘qituvchi, 2010.
9. Dolimov U. Milliy uyg‘onish pedagogikasi. –T.:NOSHIR, 2012.
10. Xodjayev B. X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti.-T.: «Sano-standart»
nashriyoti, 2017.
