Авторы

  • Qurbonova Baxtigul Qo‘chqarbayevna,Madaminova Sarvigul Anvarxo‘jayevna
    Farg‘ona davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.68977

Ключевые слова:

Boshlang‘ich sinf qadriyat tarbiya ma’naviy axloqiy o‘quvchi pedagog bilim ko‘nikma malaka shakllantirish.

Аннотация

Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning to‘g‘ri tarbiyalanishi muhim va dolzarb masaladir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy, ma’naviy kamolotga yetkazish boshlang‘ich ta’lim pedagoglarining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy-ma’naviy qadryatlarini shakllantirish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Qurbonova Baxtigul Qo‘chqarbayevna

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi, professor (DcS)

Madaminova Sarvigul Anvarxo‘jayevna

Farg‘ona davlat universiteti magistranti

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING AXLOQIY-MA’NAVIY

QADRIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya:

Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning to‘g‘ri tarbiyalanishi muhim va

dolzarb masaladir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy, ma’naviy kamolotga yetkazish

boshlang‘ich ta’lim pedagoglarining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu

maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy-ma’naviy qadryatlarini shakllantirish

to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Boshlang‘ich sinf, qadriyat, tarbiya, ma’naviy, axloqiy, o‘quvchi, pedagog,bilim,

ko‘nikma, malaka, shakllantirish.

Abstract:

Proper education of the young generation is an important and urgent issue. Ethical and

spiritual development of primary school students is one of the tasks assigned to primary

education pedagogues. This article talks about the formation of moral and spiritual values ​ ​ of

primary school students.

Key words:

Primary school, value, education, spiritual, moral, student, pedagogue, knowledge,

skill, competence, formation.

Аннотация:

Правильное воспитание молодого поколения является важным и актуальным

вопросом. Этическое и духовное развитие учащихся начальных классов является одной из

задач, возложенных на педагогов начального образования. В данной статье говорится о

формировании нравственных и духовных ценностей учащихся начальных классов.

Ключевые слова:

Начальная школа, ценности, образование, духовное, нравственное,

ученик, педагог, знания, умение, компетентность, образование.

Kirish.

Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma‘naviy-axloqiy xususiyatlarni

shakllantirishga juda katta ahamiyat berilmoqda. Buning uchun o‘quvchilar ongidama‘naviy-

axloqiy

tushunchalarni

shakllantirish,ular

ongiga

milliy

qadriyatlarimizni

singdirish,o‘quvchilarning oilaviy muhitiga alohida e‘tibor qaratilishi lozim.Yоshlarga ta’lim-

tarbiya berish har doim ham eng dolzarb muammo sanalib kelingan. Jamiyatning taraqqiyoti

insonlarning ongiga, aql-zakovati, axloq-odobiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Yaxshi tarbiya

ko‘rgan kishi eng avvalo el-yurtning, xalqning manfaatini o‘ylaydi. Chunki har bir shaxsning

baxt-saodati alohida, o‘z holicha amalga oshmaydi. Atrofdagilar baxtli va farovon turmush

kechirganlarida huzur-halovat hammaga tatiydi. Bu qoida qadim zamonlardan mavjud bo‘lib,

unga turli davrlarda turlicha amal qilib kelingan.

Yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlariga mas’ul bo‘lgan barcha o‘rinlarda xalq pedagogikasi

xazinasidan foydalanish hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarildi. Yoshlarning ma’naviy- axloqiy

tarbiyasi quyi sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanilganda bu darajaga

erishish engil amalga oshadi. O‘rta umumiy ta’limning birinchi bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich

sinflarda o‘quvchilarning bilim egallashga bo‘lgan qiziqishlari, havasi asosida aqliy qobiliyatlari


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

shakllantiriladi. Aqliy kamolotga uyg‘un tarzda o‘quvchilarning ma’naviy dunyosi boyitiladi.

Axloqiy fazilatlar takomillashtiriladi. O‘quvchilarda mehnatsevarlik, yuksak did, fahm-farosat,

nafis his-tuyg‘ular rivojlanib boradi. Boshlang‘ich sinflardayoq iqtisodiy va ekologik tushuncha,

ko‘nikma va malakalar tarkib topib boshlaydi. Ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘quvchi-

yoshlarning har tomonlama kamol topishiga e’tibor qaratiladi.

Muhokama va natijalar.

Bilamizki, oila muqaddas qo‘rg‘on. Har bir oila jamiyatning bir

bo‘lagi hisoblanadi. Shundayekan, har bir o‘quvchi asosiy tarbiyani o‘z oilasidan oladi. Bola

shaxsini rivojlantirishda oilaning o‘rni juda muhim ahamiyatga egadir. Oilada olingan tarbiya

bola hayotining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolada

taassurotlar turli xil bo‘ladi. Avvalmbor, o‘qituvchilardan bola ongida maktab muhitini

shakllantirish va o‘sha muhitga olib kirish talab qilinadi. O‘qituvchi tomonidan bola

tarbiyasidagi kamchilik va nuqsonlar, ijobiy va salbiy xususiyatlari o‘rganiladi va yechim

topishga harakat qilinadi. O‘quvchilarni psixik jihatdan to‘la o‘rganish o‘qituvchining pedagogik

mahoratiga bog‘liq hisoblanadi. Bu jarayon o‘qituvchidan sabr, mashaqqat va anchagina vaqt

talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchilar oila bilan hamkorlikda o‘quvchi tarbiyasidagi

ma‘naviy-axloqiy, ta‘limiy va tarbiyaviy nuqsonlarni tuzatishga harakat qilishlari lozim.

Shundagina bu harakatlar o‘z samarasini beradi. Chunki har bir bola o‘z oilasida o‘zini yaxshi,

baxtli his etsagina uning tarbiyasida ham, ta‘lim samaradorligida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz

beradi. Bola oilaning yuzi hisoblanadi. Uning tarbiyasi, o‘zini tutishidan oiladiga muhitning

qanday ekanligini bilib olishimiz mumkin.Maktab va oila hamkorligi har doim samarali bo‘lgan.

O‘quvchining ta‘lim va tarbiya olishi maktab tomonidan to‘la qonli ta‘minlanishi uchun oila

hamkorligi kerak bo‘ladi. Boladagi kamchiliklarni o‘qituvchi bilan birga ota-ona ham to‘ldirishi

va nazorat qilishi ta‘lim jarayonidagi juda muhim masaladir. Bu hamkorlik o‘quvchidagi

muammoli nuqtalarni tezda anqilashga va ijobiy yechim topishga yordam beradi.

Oilaning asosiy vazifalaridan biri tarbiyaviy vazifasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy,

axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat

poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti quyilguncha javobgardir.

Ota-ona san‘atkor, bola-san‘at asari, tarbiya jarayoni esa san‘atning o‘zidir. Shunday ekan,

tarbiya borasida asosiy masalalar oila zimmasiga tushadi.

Bola tarbiyasidagi asosiy masalalar ma‘naviy-axloqiyxususiyatlarni shakllantirish hisoblanadi.

Bola ongidagi bo‘shliqlarni milliy qadriyatlarimiz, bunyodkor g‘oyalar, yuksak ma‘naviyat

va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari bilan to‘ldirish lozim. Bu albatta,oiladagi tarbiya jarayoniga

bog‘liq. Oiladagi tarbiya orqali bolaga ma‘lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash,axloqiy

me‘yorlar va xulq na‘munalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Shunday ekan,farzand

tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish-turishi, muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro

munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatdan nihoyatda

taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shunday ekani bolaning atrofidagi yaqinlari o‘z odatlari bilan

o‘zlari sezmagan holda ularning tarbiyasiga ta‘sir qiladilar. Bu masala bolalarning

o‘qituvchilariga ham taalluqlidir. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlarining ilk

o‘qituvchilariga, albattataqlid qiladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z o‘qituvchilarining

yurish-turishiga, harakatlariga, gap so‘zlariga, hattoki imo-ishoralariga ham taqlid qiladilar.

Bu esa har bir o‘qituvchidan o‘quvchilari bilan munosabatga kirishayotgan paytlarida har bir

harakatlariga xushyor va e‘tiborli bo‘lishlarini talab qiladi. O‘qituvchilar har doim to‘g‘ri va aniq

ma‘lumot berishga, rost so‘zlashga, yolg‘on ishlatmasliklariga, o‘quvchilar ishonchini

yo‘qotmasliklariga juda e‘tiborli bo‘lishlari lozim. Shundagina o‘qituvchilar o‘quvchilari

ishonchiga kira oladilar. Bu esa o‘quvchilarga ta‘lim va tarbiya berishda juda ko‘p

qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam beradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarimizning o‘rni beqiyosdir.

Ajdodlarimizdan qolgan urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni bolalarga o‘zlarini tilida sodda va

ravon qilib tushuntirishimiz va ongiga singdirishimiz lozim. Bu amaliy ishlar o‘quvchilarda

Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi tushunchalarni shakllanishida

muhim ahamiyatga egadir. Bolaning odobli,axloqli,madaniyatli bo‘lishi zamirida xalqimizning

milliy qadriyatlari yotadi. Ajdodlarimiz haqida qanchalik ko‘p bilishsa,faxr tuyg‘usini ko‘proq

his qiladilar. Bu esa ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lishimiz kerak degan tushunchani

shakllanishiga olib keladi.Farobiy

inson

kamolotida ta‘lim-tarbiyaning muhimligini

ta‘kidlab: ,,Munosib inson bo‘lish uchun odamda ikki imkoniyat ta‘lim va tarbiya olish

imkoniyati bor. Ta‘lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi,tarbiya esa kishilar bilan

muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan

yo‘ldir...”deydi.Ta‘lim-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama ma‘rnaviy-axloqiy

shakllantirish,uning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda ijtimoiy turmush uchun zarur

bo‘lgan bilim,ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish muhim ahamiyatga egadir.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini maʼnaviy -axloqiy tarbiyalash bu murakkab jarayonlardan biri

boʻlib, bola asosan, dastlabki taʼlimni oila muhitida oladi.Tashqi muhitdan toʻplangan bilimlar

majmui esa maʼnaviyat va axloqni yuzaga keltiradi. Har xil yoshdagi bolalar ulgʻayganlari sari

tashqi muhitdagi katta yoshdagi kishilarning oʻzini tutishi, xatti-harakatlariga tanqidiy

qaraydigan boʻlib qoladilar.Shu yoshdagi bolalar oʻzlari uchun taqlid qilishga arziydigan

kishilarga taqlid qilishadi.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham oʻz ustoziga taqlid qila boshlaydi.Bu jarayonda oʻqituvchi

oʻquvchilarga oʻrnak boʻla oladigan kadr boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi.Zero, bolalar

yoshligidan axloq-odobni oʻzida shakllantirib boradi.Shu oʻrinda buyuk bobokalonimiz Abu

Nasr Forobiy shunday deydi: “Har kimki ilm-hikmatni desa yoshligidan boshlasin, soʻzining

ustidan chiqsin.Yomon ishlardan saqlanadigan boʻlsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq

boʻlsin.Ilm va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin”.Oʻquvchining qay darajada axloqli yoki

boʻlmasam bilimli boʻlishi uning dastlabki tarbiyasi oila muhitiga bogʻliq. Oilada yaxshi tarbiya

koʻrgan bola taʼlim olishda ham qiyinchilikka uchramaydi, chunki u oʻzida taʼlim axloq va

maʼnaviyat kabi tushunchalarni oʻzida jamlagan boʻladi. Axloq va ma’naviyat chuqur ichki

o‘zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub bo‘lgan guruhlar axloqi ta’sirida

yuzaga keladi, axloq esa, o‘z navbatida, guruh a’zolari bo‘gan individlar ma’naviyatining o‘zaro

tutash ommaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi

sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.

Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan

ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik,

aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviyaxloqiy shakllanishida muhim

sanaladi. Bugungi ba’zi bir yoshlar ma’naviyatining qisman buzilayotganligi, ayrimlarining

bizga mutlaqo yot bo‘lgan urf-odat, madaniyatga berilib ketayotganligi, voyaga yetmagan

yoshlar o‘rtasida turli bezorilik, jinoyat sodir etish hollari uchrab turishi barchamizni tashvishga

solmoqda.Bunday yoshlar kelajakda Vatan ravnaqi uchun o‘zlarining qanday hissalarini qo‘sha

oladilar, qanday kadr bo‘lib yetishadilar. Vaholanki, mustaqil O‘zbekistonning jahondagi

rivojlangan mamlakatlar darajasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy rivojlanishi ko‘p

jihatdan yosh avlodni kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy munosabatlarga erkin kirisha

oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga yo‘nalgan

ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga bog‘liq.

Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib

borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi o‘qituvchiga, uning

saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Har qanday ta’lim

muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi.

Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish,

o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni

bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga

yo‘naltirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan

ko’rinib turibdiki biz pedogoglar boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni

shakllantiraishda xalqimizning boy madaniy merosidan foydalanar ekanmiz, avvalo, buyuk

allomalarimizning ma’naviyat, axloq, tarbiya tushunchalariga bergan ta’riflariga alohida to’xtalib

o’tishimiz zarur.

Boshlang‘ich sinf,ma’naviyat,ma’rifat,his tuyg‘u,diqqat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisida

ma’naviyatni shakllantirish bo‘yicha ishlarsamaradorligini oshirish vazifasi ular uchun chop

etilayotgan barcha darslik vao‘quv qo‘llanmalarning matnini xalqimizning asrlar sinovidan

o‘tgan urf-odatlari,axloqiy qarashlarini ifodalovchi qonun, qoidalar, pand-nasihatlar, hadislar

bilanizchil boyitib borishini taqozo etadi. Ayni paytda boshlang‘ich sinflardanboshlaboq,

o‘quvchilarda jahondagi boshqa xalqlarning qadriyatlari, urfodatlarigaham hurmat va qiziqishni

shakllantirish maqsadi ustuvorlik qilishi zarur. Shuninguchun ham darsliklrada boshqa

xalqlarning tarixi, urf-odatlari, qarashlariifodalangan matnlari o‘rin olishi, agar shunday

materiallar bayon etilgan o‘quvvositalari yaratilgan bo‘lmasa, ularni o‘quvchini o‘zi

tayyorlashga burchli bo‘lishimaqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, mazkur xalqlarning taraqqiyot

darajasini,yuksalishini

tan

olishga,

ularning

turmush

tarzidagi

ijobiy

jihatlarni

ijodiyo‘zlashtirishga o‘quvchilarni pastki sinflardan boshlab odatlantirib borish,bag‘rikenglikni

tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat

tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o'zaro bog‘liq vazifani shart qilib

qo‘yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar. ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik

kabi tushunchalar ko‘rmishida aks etadigan asoslanadigan axloqiy talablarni ishlab chiqish;

ikkinchidan, inson o‘z xatti-harakatlarini yo‘naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy

xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ulaming

xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog‘liq tasavvurlarni har

bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’tiqod,

ma’naviy moyilliklar, histuyg‘ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlami shakllantirishdan iborat

bo‘lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya

jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar

tavsifi bilan belgilanadi. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ularning

ma’naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqinitarbiyalash hamda

rivojlantirishni taqozo etadi. O‘quvchilami axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga

quyidagilar kiradi:

1) o‘quvchilarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-harakatlami tarbiyalash ;

2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg‘ulami tarbiyalash;

3) axloqiy xulq-atvor.ko‘nikmalarini shakllantirish.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ma’naviy axloqiy

tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o'quvchi shaxsini hurmat

qilgan holda yondashish; ma’naviy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog‘lab olib borish;

o‘quvchilaming faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi;

tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; o‘quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o‘quvchi shaxsini

har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish.

Xulosa

. Ta’lim-tarbiya

jarayonida

shaxsni

har

tomonlama

ma’naviy-axloqiy

shakllantirish,uning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda ijtimoiy turmush uchun zarur

bo‘lgan bilim,ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish muhim ahamiyatga egadir.O‘quvchi

shaxsini shakllanishida muhit ham katta ahamiyatga ega.Bola sog‘lom muhitda katta bo‘lishi va

kamol topishi tarbiya jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.Sog‘lom muhit bola uchun kislorod

kabidir.Bola sog‘lom muhitda nafas olmasa,sog‘lom muhitli oilada voyaga yetmasa uning

kelajagiga rahna soluvchi omillar ko‘payib boradi.Bu holat yillar davomida jamiyat rivojiga

ham o‘zining salbiy ta‘sirni ko‘rsatadi.Xulosamiz shundan iboratki,tarbiya inson bolasining

ajralmas bo‘lagidir.Inson bolasi ongli mavjudotdir.Tarbiyali inson esa ongli mavjudotning oliy

ko‘rinishidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz”. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016,14 – bet

2. Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard maqsadimiz”. 8-jild. -

Toshkent: O’zbekiston, 2000.

3.Inomova K.M. “Oilada bolalarning mahnaviy-axloqiy tarbiyasi”-Toshkent:

4. Musurmonova O. “Oila mahnaviyat-milliy g’urur”. -Toshkent: O‘qituvchi. 1999, -200 b.

5. Ochilova M. Ochilova N. “O‘qituvchi odobi”.-Toshkent: O‘qituvchi, 1993\7. -136 b.

6. Insonni tarbiyalamoq– kelajakni tarbiyalamoq. Tursunova Saida Isakovna Termiz davlat

Pedagogika

instituti

Boshlang‘ich

ta’lim

kafedrasi

o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6830668

7. B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T. “Sanostandart”

nashriyoti, 2017-yil

8. J.Hasanboyev, X.A.Toʻraqulov, I.Sh.Alqarov, N.Oʻ.Usmanov (2011) Pedagogika.

9. A.Fitrat “Rahbari najot” asaridan. “O‘zbek pedagogikasi antologiyasi” 2- jild. T.: O‘qituvchi,

1999, 56 - bet.

10. Yuldoshev Tojiddin Abdukarimovich; Urozov Fakhriddin Isokovich; Shomurotov Ulug’bek

Melikmurodovich. FORMATION OF A RELATIONSHIP OF RESPONSIBILITY TO THE

FAMILY IN YOUNG PEOPLE. Euro. J. Hum. Edu. Adv. 2023, 4, 38-40.

11.Yuldashev Tojiddin Abdukarimovich, & Shomurodov Ulug’bek Melikmurodovich. (2022).

Art Therapy in Eliminating Aggressiveness in the Individual. Global Scientific Review,

12. PEDAGOGICAL DIRECTION COOPERATION BETWEEN FAMILY AND

EDUCATIONAL ORGANIZATION. European Scholar Journal (ESJ) Available Online at:

https://www.scholarzest.com Vol. 2 No. 4, April 2021.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016,14 – bet

Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard maqsadimiz”. 8-jild. -Toshkent: O’zbekiston, 2000.

Inomova K.M. “Oilada bolalarning mahnaviy-axloqiy tarbiyasi”-Toshkent:

Musurmonova O. “Oila mahnaviyat-milliy g’urur”. -Toshkent: O‘qituvchi. 1999, -200 b.

Ochilova M. Ochilova N. “O‘qituvchi odobi”.-Toshkent: O‘qituvchi, 19937. -136 b.

Insonni tarbiyalamoq– kelajakni tarbiyalamoq. Tursunova Saida Isakovna Termiz davlat Pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6830668

B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T. “Sanostandart” nashriyoti, 2017-yil

J.Hasanboyev, X.A.Toʻraqulov, I.Sh.Alqarov, N.Oʻ.Usmanov (2011) Pedagogika.

A.Fitrat “Rahbari najot” asaridan. “O‘zbek pedagogikasi antologiyasi” 2- jild. T.: O‘qituvchi, 1999, 56 - bet.

Yuldoshev Tojiddin Abdukarimovich; Urozov Fakhriddin Isokovich; Shomurotov Ulug’bek Melikmurodovich. FORMATION OF A RELATIONSHIP OF RESPONSIBILITY TO THE FAMILY IN YOUNG PEOPLE. Euro. J. Hum. Edu. Adv. 2023, 4, 38-40.

Yuldashev Tojiddin Abdukarimovich, & Shomurodov Ulug’bek Melikmurodovich. (2022). Art Therapy in Eliminating Aggressiveness in the Individual. Global Scientific Review,

PEDAGOGICAL DIRECTION COOPERATION BETWEEN FAMILY AND EDUCATIONAL ORGANIZATION. European Scholar Journal (ESJ) Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 2 No. 4, April 2021.