JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Turayev Asadbek Anvarovich
Buxoro Davlat Universiteti “Sport faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
SAF MASHQLARINI O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI
QO‘LLASH USLUBLARI
Annotatsiya:
Ushbu ishda Saf mashqlarini o‘rgatishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
metodikasi mavzusi keng yoritilgan va ish ilg’or xorijiy tajribalar asosida tayyorlangan. Mavzu
yuzasidan keys, turli dars ishlanmalari va test hamda nazorat savollari ishlab chiqilgan. Xulosa
qismida Saf tayyorgarligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash bo’yicha tavsiyalar
berilgan.
Kalit so’zlar:
mashqlar, texnologiya, uslub, innovatsion, metodika, jismoniy tarbiya, sport.
Аннотация.
В данной работе широко освещена тема «Методика применения
педагогических технологий в обучении строевых упражнений» и работа подготовлена на
основе зарубежных опытов. По теме работы разработаны различные кейсы, разработки
занятий, тесты и контролные вопросы. В заключителной части даны рекомендации по
путям устранения воздействий, возникающих в период обучения навыков действий
строевые упражнение.
Ключевые слова:
упражнения, технология, способ, инновационная, методика,
физическое воспитание, спорт
Abstract.
In this work, highlighting the theme of "Using metods of pedagogical technologie in
teaching drilling exsercises" and the paper was prepared on the basis of foreign experiеnce. On
the subject of the work developed by the different case studiеs, development studiеs, tess and
quizzes. In the final part of the recommendations on ways to eliminate the impacs that arise
during the period of promoting pure machines in gymnastics.
Keywords:
exercises, technology, method, innovative, methodology, physical education, sport.
KIRISH
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida” 02.03.2020 yildagi № PF-5953-sonli va
“Pedagogik ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 27.02.2020 yildagi
№ PQ-4623-sonli qarorlari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasinging ustuvor yo’nalishlarining amalga
oshirilishining huquqiy asosiga aylanmoqda.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori
kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish,
erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shak llantirishga yo’naltirilgan. Bu esa o’z navbatida
o’quvchilarning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi. Ta‘lim
muassasalarida fanlarni o’qitish jarayonida o’quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini
orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o’stirishga qaratilgan
interfaol ta‘lim olishlariga ko’mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta‘lim tizimini
rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta‘lim jarayonida ma‘lum
o’zgarishlarga, ta‘lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo’ladigan
turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo’ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal
rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi,
axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo’llanilishi
o’qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O’sib kelayotgan yosh avlodni har
tamonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda, ularni yoshligidan mehnatga va vatan himoyasiga
tayyorlashda jismoniy tarbiya va sportning o’rni juda ham beqiyosdir. Barkamol shaxs deganda
ham jismoniy, ham ma’naviy, ham ruhiy tomondan yetuk, intelektual salohiyatli, jamiyatning har
bir talabiga javob bera oladigan, uyg’un rivojlangan shaxs tushuniladi. Shu o’rinda fransuz
gumanisti Montenning quyidagi qimmatli fikrini keltirishni joiz: “Jismoniy tarbiya va ma’naviy
tarbiya bir otning oldingi ikki oyog’iga qoqilgan taqaga o’xshaydi, taqalardan biri tushib qolsa,
ot oqsoqlanib yura olmaganidek, bu tarbiyalarning biri inson tarbiyasida orqada qolsa inson ham
hayotda oqsoqlanib qoladi”. Yana bir fransuz faylasufi Tissoning fikrlari ham jismoniy
mashqlarning inson hayotidagi tutgan o’rni beqiyos ekanligini ko’rsatadi. U shunday deb yozgan
edi: “Jismoniy mashq har qanday dori -darmonning o’rnini bosa olishi mumkin, lekin hech
qanday dori-darmon jismoniy mashqning o’rnini bosa olmaydi”. Ko’rinib turibdiki, jismoniy
mashq inson salomatligining asosiy mezonidir.Yana bir nemis faylasufi Voltershteynning
qimmatli fikrlari mavjud: “Baxtimizning o’ndan to’qqiz ulushi sihat-salomatlikga bog’liqdir”.
Jismoniy tarbiya nazariyashining asoschilaridan biri buyuk faylasuf Abu Ali Ibn Sino “Sog‘liqni
saqlashning asosiy tadbiri-badan tarbiyadir” degan edi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Rеspublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom
turmush tarzini targ’ib qilish, imkoniyatlari chеklangan shaxslarning jismoniy rеabilitatsiyasi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib
ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga,
jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog’lig’ini mustahkamlashga ko’maklashadigan aniq
dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga kеng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli
sportchilarni saralab olish, sport turlari bo’yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli
sportchilar bilan milliy tеrma jamoalarni shakllantirish va trеnеrlar uchun qo’shimcha shart-
sharoitlar yaratish zarurati mavjud.Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama
yеtuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va
sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni bеlgilash,
iqtidorli sportchilarni tanlab olish (sеlеktsiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy
etilmoqda.Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar
o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani
yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida
izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2020
yil 24-yanvarda Oliy majlisga murojaatnomasida jismoniy tarbiya va sport sohasiga to’xtalar
ekan jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada
ommalashtirish yana bir dolzarb vazifa ekanligini qayd etdi: ”Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro
musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga
bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz. Yosh avlodimiz o’rtasida sportni ommalashtirish
maqsadida eng chekka tumanlarda ham bolalar va o’smirlar sport maktablarini tashkil etamiz.
Olimpiada musobaqalariga puxta tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz lozim. Yana bir muhim
masala mamlakatimizda qishki sport turlari bo’yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar
tayyorlash samarali tizimini yaratish kerak. Poytaxtimizda barpo etilayotgan “Humo” muz sporti
saroyi, shuningdek, yaqinda Toshkent viloyatining Amirsoy dam olish maskanida ishga
tushiriladigan zamonaviy majmua ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi. Afsuski, hozirga
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o’yinlari kabi nufuzli sport musobaqalar o’tkazilmagan.
Shu bois yaxshi niyat bilan kelgusida yozgi Osiyo o’yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo’yicha
istiqbolli reja ishlab chiqishni boshlashimiz kerak. Jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan, sport
gimnastikasiga shaxsiy qiziqishlari va qobiliyatlari bo’lgan bolalarni gimnastika
mashg’ulotlariga ko’plab jalb etish zarur. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, o’zbek oilalarida
gimnastika bilan shug’ullanish milliy an’ana va urf-odat darajasiga ko’tarilgan.O’zbekiston
bayrog;ini xalqaro musobaqalarda butun jahon arenalari uzra xilpirashida mamlakatimiz
gimnastlarining ham xizmatlari beqiyosdir. Ushbu jarayonlarni uzluksiz rivojlanishini
ta’minlashda sohasida ta’limning o’rni beqiyosdir. Shu jihatdan, ta’lim tizimini takomillashtirish
orqali har tomonlama еtuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor
kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada ta’lim turlari to’g’risidagi mutlaqo
yangi qoidalar hayotga joriyetildi. Yurtimiz jismoniy tarbiya va uning kelajak avlodni sog’lom
qilib tarbiyalashdagi o’rnini hisobga olib ishlarini yanada takomillashtirish, uning zamon
talablari darajasida o’quv va moddiy-texnik bazasini yaratish hamda aholining qiziqishini
oshirish yo’lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tatbiq etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va tizimida gimnastikachilarni texnik
tayyorgarligini oshirishda innovatsion texnalogiyalarni qo’llashni izlash va uning zamonaviy
usullarini keng targ’ib etish va kelgusida ulardan yuqori malakali gimnastlar tayyorlash imkonini
beradigan iqtidorli yoshlarni izlab topish va tayyorlash tizimini tobora takomillashtirish ko’zda
tutilgan.
Bu ishni qilishdan maqsad va vazifalar: Gimnastika mashg’ulotlari jarayonida talabalarda
irodaviy sifatlarni tarbiyalash uchun saf mashqlarning roli va uni o’rgatishga oid tegishli
pedagogik texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda
ishining oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:
1. Ish mavzusiga oid adabiyotlarni saralash, ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganish va tahlil
qilish.
2. Talabalarni jismoniy tarbiyalashda saf mashqlarini qo’llanilishini yaxlit tizimini ishlab chiqish.
3. Pedagogik texnologiyalardan foydalanigan holda tegishli ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish: kuzatish, suhbat, ahamiyatiga qarab saralash. Ishni
tayorlashda foydalanigan adabiyotlar va normativ-xuquqiy xujjatlarning tahlili: “2017-2020
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasini Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga
oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risi”da 02.03.2020 yildagi № PF-5953-sonli va “Pedagogik
ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 27.02.2020 yildagi № PQ-4623-
sonli qarorlari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasinging ustuvor yo’nalishlarining amalga oshirilishining
huquqiy asosiga aylanmoqda
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ish natijasi shuni ko’rsatadiki, talabalarning saf
mashqlarni o’rgatish orqali irodaviy sifatlarini tarbiyalash maqsadida olib borilgan ishimiz
talabalarni har tomonlama jismonan, ruhan, aqlan o’sishi, shuningdek pedagogning innovatsion
faoliyati - yangilikni qo’llashga tayyorgarligi; pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; novatorlik
darajasi; kommunikativqobiliyatning rivojlanganligi, ijodkorligi bilan belgilanadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ta‘limning pedagogik texnologiyalari, interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki O’quv keyslari),
“Blits-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, Strategiyalar:
“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “T-jadval”, Grafik
organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Kontseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”,
“Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” ta‘’lim sohasi yoki o’’quv jarayonida mavjud muammoni
yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani
kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalardir.
Yaxshi ishlab chiqilgan dastur talablari va mavzular mazmunini o’zlashtirish soha bo’yicha
bo’lajak mutaxassis kadrlarning ma’naviy-madaniy xislatlarini shakllantiradi, talabalarni
tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi, zarur maxsus bilim, malaka va ko’nikmalar
bilan qurollantirish imkonini beradi. Dastur mazmuni, mohiyati va mavzulari ma‘ruza, amaliy
hamda seminar mashg’ulotlari davomida yoritiladi va talabalar tomonidan o’zlashtiriladi.
Dastur doirasida o’tkaziladigan mashg’ulotlar tarkibida talabalar uchun chegaralangan o’quv
amaliyoti rejalashtirilgan bo’lib, ushbu amaliyot talablarini o’zlashtirish talabalarga yuklatiladi.
Kasbiy-pedagogik bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantiradi hamda talabalarni malakaviy
amaliyot jarayonida mustaqil faoliyat ko’’rsatish imkonini kuchaytiradi. O’zlashtirish jarayonini
nazorat qilish bilim, malaka va ko’nikmalarni reyting ball tizimi, o’yin malakalari texnikasi
bo’’yicha me’yoriy mashqlar va o’quv amaliyoti talablarini bajarish, mavzularbo’yicha test
sinovlari o’tkazish hamda uy vazifalarini baholash yordamida olib boriladi. Dasturning amaliy
ijrosini ta’minlashda an’anaviy va noan’anaviy tarzda o’rgatish texnologiyalari va vositalaridan
foydalaniladi.
REFERENCES:
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birgaquramiz.Toshkent “O’zbekiston” – 2017 y.
2. Sh.Mirziyoev Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikdabarpo etamiz.
“O’zbekiston” NMIU, 2016 y.
3. Sh.Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq
farovonligining garovi “O’zbekiston” NMIU, 2016y.
4. Musayeva S. A., Usmonova D. I., Usmanov F. S. Problems with Marketing Research in the
Furniture Market //Eurasian Journal of Academic Research. – 2021.
5. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947 sonli Farmoni.
6. O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni.T.,2015 y.
5sentabr.
7. Azimovna M. S., Shokhrukhovich U. F. Development Prospects of Business Subjects in the
Republic of Uzbekistan //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. –
№. 4. – С. 13-19.
8. Ataеv A.K. Bolalarni chaqqon, epchil, baquvvat qilib tarbiyalash. T., “O’qituvchi”., 1981.
9. Karimov M. O’zbekistonda gimnastikaning rivojlanishi tarixi. Samarqand., O’zDJTI nashr,
2002.
10. Usmonxo’jaеv T.S., Rahimov M.M., Adiеv A.N. O’zbek xalq o’yinlari. T., “O’qituvchi”,
2024
11. Ibodov A.I.
Control of special aggression of football players \\In Volume 3, Issue 1 of
Web of Scientist: International Scientific Research Journal (WoS) January, 2022 Bet 302-309
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
.
12. Ibodov A.I. The need for an innovative approach to the development
of students physical culture\\ In Volume 3, Issue 1 of Web of Scientist: International Scientific
Research Journal (WoS) ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 2, Feb., 2022 Bet 1040-1044
13. Ibodov A.I
Important professional qualities of a volleyball coach
are foreign psychologists as an object of study\\ Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi FTAI Jild:
03 | Nashr: 06 | June 2022\\ Bet 91-96
14. Ibodov A.I
Talabalarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishda innovatsion
yondashuvning zaruriyati\\ “Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar” Xalqaro miqiyosidagi
ilmiy amaliy-anjuman 2022 yil 28-29 aprel Bet 142-145
15. Ibodov A.I Bux Du Jismoniy madaniyat fakulteti 7-4JM-20 talabasi Solixova Maftuna. \\
Aholi oʻrtasida ommaviy yugurishning ahamiyati
\\
“Jismoniy madaniyat va sport: ta’lim
dasturlarini takomillashtirish, muammolar va yechimlar” Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-
anjuman 2023 yil 1-2 may bet 559-561
16. Ibodov A.I The importance of mass running among the population \\ International Journal
of Pedagogics SJIF IMPACT FACTOR (2023: 6. 676) \ November 30, 2023\ bet-195-197
17. Ibodov A.I
Значение массового бега среди населения\\
“Международный
современный научно-практический журнал” № 15 (100),часть 2
«Научный импульс» Москва 2023. Ноября , 2023 bet246-249
