JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Haydarqulova Mahliyo Zafarovna
Zarmed universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Murodullayeva Mavluda Asadulla qizi
Zarmed universiteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Email:
AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA TA’LIM MAZMUNINI LOYIHALASH
HAQIDAGI G’OYALAR
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta'limni axborotlashtirish sharoitida boshlang'ich ta'limni tashkil
etish usullari, vositalari va boshlang'ich ta'limda zamonaviy darsni loyihalash tamoyillari ochib
berilgan. Ularning munosabati va amalga oshirish usullari, boshlang'ich ta'limda zamonaviy
darsni loyihalashda o'quv faoliyati nazariyasi kontseptsiyasining ahamiyati asoslanadi. Ushbu
tamoyillardan kelib chiqqan holda, boshlang'ich ta'limda zamonaviy darsni loyihalashning
dolzarbligi va unga qo'yiladigan talablar sanab o'tilgan.
Kalit so’zlar:
axborotlashtirish, tamoyil, boshlang’ich sinf, elektron vosita, lohiyalash, o’quv
faoliyati, konseptsiya, ta’lim mazmuni.
Annotation:
This article reveals the ways, methods of organizing primary education in the
context of informatization of education and the principles of designing a modern lesson in
primary education. Their relationship and method of implementation are determined, the
importance of the concept of the theory of educational activity in the design of a modern lesson
in elementary education is based. Following these principles, the relevance of the design of a
modern lesson in primary education and the requirements for it are listed.
Keywords:
informatization, principle, primary class, electronic medium, lohying, educational
activities, concept, educational content.
Аннотация:
B данной статье раскрываются методы и средства организации начального
образования в условиях информатизации образования и принципы построения
современного урока в начальной школе. Обоснованы их взаимосвязь и способы
реализации, значение концепции теории учебной деятельности при проектировании
современного урока начального образования. На основе этих принципов перечислены
актуальность и требования к современному дизайну уроков в начальном образовании.
Ключевые слова
: информация, принцип, начальный класс, электронное средство, дизайн,
образовательная деятельность, концепция, содержание обучения.
Boshlang'ich ta'limni bir bino misolida ko’radigan bo’lsak, bu binoning asosini qo’yuvchi
quruvchisi boshlang'ich maktab o'qituvchisidir. O'qituvchilarning katta qismi boshlang'ich ta'lim
jarayonida kompyuter va uning asosida yaratilgan texnologiyalardan foydalanishi pedagogik
ishlarni osonlashtirishi mumkin. Amaliy tajribani o'rganish shuni natijasi ko'rsatdiki,
boshlang'ich ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanish ommaviy hodisa emas. Shu bilan
birga, novator o'qituvchilar kasbiy faoliyatida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ayrim
yo'nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tajriba to'pladilar. Boshlang'ich maktab
o'qituvchilarini kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlashning
mazmuni va texnologiyasini ishlab chiqildi. Boshlang'ich ta'lim bosqichida axborot
texnologiyalaridan foydalanish yosh o'quvchilarni texnologik tayyorlashning sifat jihatidan yangi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
holatiga olib keladi. O'qituvchilar faoliyatini "elektron vositalar" ta'sirida qayta tashkil etish
integratsiya jarayonlari bilan birga olib boriladi. Axborot texnologiyalari vositalarini an'anaviy
o'qitish vositalari bilan birlashtirish boshlang'ich sinf o'quvchilarining mehnat mashg'ulotlarini
ma'lumot bilan birlashtirishga imkon beradi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyoralashda fanlarni o‘qitish jarayonida ta’limning
zamonaviy
metodlari,
pedagogik
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanishning o‘ziga xos jihatlari bor. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy
qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi
mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalanilanish, axborot
texnologiya faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish
usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish, axborot
texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni
bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish;
fayllarni ochishda mediamadaniyatga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim tizimini axborotlashtirish — bu hayotdan yangi usullarni izlash jarayonidir. Ta’lim
tizimini axborotlashtirish bu butun ta’lim jarayonini samarali tashkil etishdir. Bunda asosan
fanning so‘nggi yutuqlariga tayangan holda har bir o‘quvchi va umumiy jamoaning
o‘zlashtirganlik faoliyati natijalari, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini samarali tatbiq
etish darajasi aniqlanadi. Ta’lim tizimini axborotlashtirish — bu kompyuter texnikasi va axborot
texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish, ta’limda yangi sifat ko‘rsatkichiga erishishdir.
Buning uchun ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishda
o‘qituvchilarning malakasini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash zarur.
Boshlang'ich maktabda o'quv jarayonini axborotlashtirishni kompleks ravishda amalga oshirish
nazariyasi va amaliyotidagi qiyinchiliklar ob'ektiv mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklar bilan
birga keladi:
- axborotlashtirishni rivojlantirishga davlat investitsiyalarining kutilayotgan natijalari va
boshlang'ich ta'lim amaliyotidagi haqiqiy o'zgarishlar o'rtasida;
- boshlang'ich ta'limni axborotlashtirish zarurati va ushbu jarayonning nazariy jihatdan yetarli
darajada ishlab chiqilmaganligi o'rtasida;
- boshlang'ich maktabdagi ta'lim jarayonining xususiyatlarini o'zgaruvchan boshlang'ich
paradigmasi va mavjud ta'lim va tarbiya an'analariga muvofiq o'zgartirish zarurati o'rtasida;
- boshlang'ich sinf o'qituvchisining o'quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng
foydalanishga tayyorligi va uni shakllantirishning didaktik va uslubiy ta'minotining yetarli
emasligi o'rtasida;
- axborotlashtirish sharoitida o'zgarib turadigan ta'lim jarayoni natijalarini baholashda yangi
yondashuvlarga ehtiyoj va ularni baholashning o'rnatilgan amaliyoti o'rtasida.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonigakeng ko‘lamda joriy qilish
quyidagilarni beradi:
o‘quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor – o’qituvchilar tomonidan qidirib
topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
elektron o‘quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishning
tezlashtirilishi;
ta’lim jarayonining qiziqarli va samarali tashkil etilishi;
talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha vaqtning ajratilishi va boshqalar.
Jahon tajribasi shuni ham ko‘rsatmoqdaki, axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv
jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia -
texnologiyalar asosida interfaol
ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi.
Aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish zarurati, boshlang'ich maktab o'quv jarayonini
axborotlashtirishga kompleks yondashuvni nazariy asoslash, ishlab chiqish va o'quv amaliyotiga
tatbiq etishni taqazo etadi. Boshlang'ich maktabda o'qituvchilarning axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanishga tayyorligini shakllantirish zarurati saqlanib qolmoqda.
Ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro kirishuvi asosida shakllanadigan tashkiliy
jarayon. Uning markazida o‘qitish va o‘qish faoliyatining bir-biriga o’zaro ta’siri yotadi.
Loyihaviy ta’lim vositasida boshlang’ich sinf darslarida ta’lim subyektlari faoliyatini
modellashtirishda o‘qitish va o‘qish faoliyatini ajratish, ularni to‘g‘ri tashkil qilish, faoliyatni
amalga oshirish jarayonida loyihalash imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb
etadi. Loyihaviy ta’lim vositasida boshlang’ich sinf darslarida o’quv faoliyatini tashkil etish
o‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni yo‘lga qo‘yish uchun ta’lim loyihalanadi.
Loyihaviy ta’lim pedagogika fanida qariyb 300 yildan ortiq davr mobaynida qo‘llanib
kelinmoqda. Nemis pedagogi M. Knollning tadqiqotiga ko‘ra, “loyiha” tushunchasining paydo
bo‘lishi XVI asrga taalluqli bo‘lib, italiyalik me’morlarning me’morlikni fan deb e’lon qilib, uni
o‘quv fanlari darajasiga chiqargan holda o‘z faoliyatlarini kasbga aylantirishga urinishlari bilan
bog‘liq.
XVIII asr oxirida muhandislik kasbi paydo bo‘lishi natijasida o‘quv loyihasi dastlab Fransiyada,
so‘ng Germaniya, Avstriya, Shveysariyada, XIX asr o‘rtalarida esa AQShdagi texnika va sanoat
oliy maktablarida qo‘llanila boshlangan.
“Loyiha” atamasi ijtimoiy fanlar sohasiga texnika sohasidan o‘tgan bo‘lib, “Loyiha (lotincha
“projectus”) aniq qoidalarga muvofiq u yoki bu soha holatini qayta qurishning asosiy g‘oyasi”ni
anglatadi. Loyihaning turli xil ko’rinishlari mavjud:
biror bino, inshootni barpo etish maqsadida yoki muayyan bir buyumni yaratishga doir
tayyorlangan hujjatlar (hisob-kitoblar, chizma, maketlar) majmui ;
biror hujjatning oldindan tuzilgan matni;
reja, moʻljal, gʻoya .
Ta’lim jarayonidagi loyihalashtirish o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining muammoni izlash, uni
hal etish bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirishdan to ommaviy baholashgacha
bo‘lgan mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o‘quv
faoliyatidir.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi loyihasini amalga oshirishda uning shaxsiy sifatlari, ya’ni, kasbiy
mahorati, motivatsiya, pedagogik qobiliyat, xarakter, temperament, ruhiy holati, o’z-o’zini
anglashi va hokazolar namoyon bo’ladi, ta’lim jarayonini loyihalashda o’qituvchi loyihachi va
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bajaruvchi sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo’lini tanlaydi. Axborot ta’minotini
loyihalash tamoyillari ta’lim jarayoni loyihasida axborot ta’minoti shakllantirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy ta’minotni loyihalash tamoyili iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni ta’minlashni
anglatadi. Ta’lim jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy loyihalash ta’lim menedjerining vazifasidir.
Hozirgi vaqtda boshlang'ich ta'limda zamonaviy darsni loyihalash masalasi munozarali bo'lib
qolmoqda. Maktab ta’lim tizimida boshlang'ich ta’lim asosiy rol o'ynaydi. Boshlang'ich
ta'limning maqsadi boshlang'ich maktab o'quvchilarining o'quv faoliyatini shakllantirishdir,
shuning uchun bizning fikrimizcha, o'quv faoliyati zamonaviy dars loyihalash ta’lim tamoyiliga
asoslanishi kerak. Shuning uchun dars tipologiyasi, uning bosqichlari ta'lim faoliyatining
tuzilishini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
LOYIHAGA ASOSLANGAN O‘QITISH MOHIYATI o‘qituvchidan loyihaga asoslangan
o‘qitish bo‘yicha mukammal bilim va tajribaning talab qilinishi; talabalardagi fan yuzasidan
mavjud fundamental bilimlarga asoslanish, yangilarini o‘zlashtirishga rag‘batlantirish; haqiqiy
muammolarni o‘rganish uchun birgalikda ishlash va jarayonda o‘quv dasturiga muvofiq
ko‘nikmalarni shakllantirish; mashaqqatli, ijodkorlikka asoslangan, erishish mumkin bo‘lgan,
qo‘llab-quvvatlanadigan, uzoq muddatga mo‘ljalangan; bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan,
talabalarning bilim, ko‘nikmalari va bilimsizlik sohasiga yo‘naltirishga qaratilgan; loyihaga
asoslangan o‘qitish amaliyoti vositasida talabalar, o‘qituvchilar, maktablar, ta’lim tashkilotlariga
o‘z amaliyotini takomillashtirish, tizimlashtirish va baholashga ko‘maklashish; ijtimoiy
buyurtma va standartlarga asoslangan mazmunni, shuningdek, tanqidiy fikrlash, muammolarni
hal qilish, muloqot qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, loyihalarni boshqarish va kollaborativlik kabi
ko‘nikmalarni qamrab olish; olib borilayotgan fan yoki o‘quv dasturini o‘zlashtirilganlik
darajasidan kelib chiqib belgilash, sinflar kesimida soddadan murakkabga olib boruvchi
jarayonni kuzatish; bilim, tushunish, anglash, jamoada ishlash, o‘zgalarni eshitish, o‘z fikrini
asoslash, mas’uliyat, tirishqoqlik, muvaffaqiyatga eltuvchi ko‘nikmalar zanjirini vujudga
keltirish; mahsulotni yarata olish yoki taqdimot qilish zaruriyatini tushuntira olish.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, boshlang’ich ta’limni axborotlashtirish sharoitida ta’limni
loyihalash o’qituvchidan yuksak bilim, salohiyat, malaka va hozirgi zamon axborot
texnologiyasini kuchli bilishni talab etadi. Shunday ekan o’qituvchi har bir darsni loyihalashi
uchun o’sha fan yuzsidan zarur bilimlarni bilibgina qolmasdan, u bilimlarni qanday qilib
loyihalash asosida o’quvchilarga yetkaza olishni bilishi kerak. Ya’ni birinchi navbatda o’qituvchi
yaratuvchan bo’lishi va innovatsiyalardan samarali foydalana olishi kerak. Har bir dars loyihasini
tuzib o’quvchiga qiziqarli asosda yetkaza olishi kerak. Shundagina bugungi axborotlashgan
ta’limda dars jarayonini loyihalashi mumkin bo’ladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” toʻgʻrisida 2019-yil 29-aprel, 5712-sonli
Farmoni.
2. Sulaymanova D.N. Loyihaga asoslangan o’qitish(PLB) bo’lajak o’qituvchilarda kreativ
tafakkurni rivojlantiruvchi texnologiya sifatida “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA
TILLARNI
INTENSIV
OʻQITISHNING
PSIXOLOGIKPEDAGOGIK
JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI” 2023-yil 2-iyun.
3. Otaxonov
N.A.,
Aldashev
I.T.
“BOSHLANG`ICH
TA`LIM
JARAYONINI
AXBOROTLASHTIRISH OMILLARI” "Экономика и социум" №2(81) ч.1 2021
4. Husenova A.Sh. “BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH DARSLARINI
INTEGRATSIYALASHDA
O‘QITUVCHI
FAOLIYATINI
LOYIHALASHTIRISH
METODIKASI” Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati,
Buxoro 2023
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. Haydarkulova M.Z. “THE USE OF THE PRINCIPLE OF DESIGN EDUCATION BY
PRIMARY SCHOOL TEACHERS” Сборник материалов XVII Международной научно-
теоретической конференции молодых ученых высших учебных заведений России,
Узбекистана, Таджикистана 26 апреля 2024г.
6. Haydarqulova M.Z. “BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TA’LIM
MAZMUNINI LOYIHALASHGA O’RGATISH” Ta’lim va innovatsiyalar jurnali №10 2024
