JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Naimova Sh.Gʻ.
Axborot-texnologiyalari va menejment universiteti magistranti
MINTAQADA ZIYORAT TURIZMINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH VA
RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya:
Mazkur tadqiqot mintaqada ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish va uni
rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Ziyorat turizmi
nafaqat diniy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoq, balki mintaqaviy iqtisodiyotning
barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalish sifatida qaraladi. Shu sababli, uning
diversifikatsiyasi orqali xizmatlar sektori kengaytirilishi, mavsumiy cheklovlar kamaytirilishi va
turistik oqimni ko‘paytirish imkoniyatlari yaratilishi mumkin.
Tadqiqotda ziyorat turizmini sog‘lomlashtirish, gastronomik, ekoturizm va madaniy turizm bilan
uyg‘unlashtirish, transport va mehmonxona infratuzilmasini takomillashtirish, raqamli
texnologiyalarni joriy etish, marketing strategiyalarini kuchaytirish hamda davlat-xususiy
sheriklik asosida investitsiyalarni jalb qilish kabi diversifikatsiya mexanizmlari ilmiy jihatdan
asoslangan holda tahlil qilingan.
Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida ziyorat turizmini rivojlantirishning samarali strategiyalari
ko‘rib chiqilib, Qashqadaryo viloyati misolida uning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga
qo‘shayotgan hissasi baholangan. Natijalar asosida mintaqaviy turizm siyosatini
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan..
Kalit soʻzlar:
ziyorat turizmi, diversifikatsiya, turizm infratuzilmasi, mintaqaviy iqtisodiyot,
investitsiyalar, turizmni rivojlantirish, innovatsion xizmatlar, raqamli texnologiyalar, davlat-
xususiy sheriklik, ekoturizm, sog‘lomlashtirish turizmi, gastronomik turizm, marketing
strategiyalari, transport va mehmonxona infratuzilmasi.
Kirish.
Mamlakatimizda turizm industriyasini zamonaviy asoslarda barqaror rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish va
uning rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida innovatsion infratuzilmalarni barpo
etish, sohaga investitsiyalar jalb qilish, xizmatlar spektrini kengaytirish hamda turistik
salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ziyorat turizmini rivojlantirishda an’anaviy usul va vositalar muqaddas joylarni jozibali ziyorat
yo‘nalishlariga aylantirish, turistik xizmatlarning sifati va salohiyatini oshirish, halol turizm
konsepsiyasini rivojlantirish kabi jihatlarga asoslanadi. Biroq, turistik faoliyatni zamonaviy
yondashuvlar asosida diversifikatsiya qilish zarurati ortib bormoqda. Xususan, ziyorat turizmini
ekologik turizm, sog‘lomlashtirish turizmi, gastronomik turizm va madaniy turizm bilan
uyg‘unlashtirish, innovatsion xizmat turlarini joriy etish, raqamli texnologiyalar asosida ziyorat
turizmini rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish kabi
masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, ziyorat turizmi faoliyatining innovatsion va investitsion faolligini oshirish, klaster
tizimlarini joriy etish orqali mintaqaviy turizmni yanada rivojlantirish zarurati mavjud. Xalqaro
tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish orqali xizmatlar sohasi va
hududiy iqtisodiyotni samarali rivojlantirish mumkin. Shu bois, mamlakatimizda ziyorat
turizmini yangi zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirish va diversifikatsiya qilish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda turizm sohasining raqobatbardoshligini ta’minlash
uchun muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish zarurati va uni rivojlantirishning dolzarbligi hozirgi
zamon talablariga javob berishi hamda global iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish zarurati
bilan izohlanadi.
Ziyorat turizmi iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning samarali
boshqarilishi quyidagi jihatlar bilan asoslanadi:
ziyorat turizmi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida kelajakda yuqori
sur’atlar bilan rivojlanishi lozimligi
– turizm sohasi mintaqaviy va milliy iqtisodiyotning
barqaror o‘sishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, diversifikatsiya orqali xizmatlar turlarining
kengayishi turistik faoliyatning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlaydi;
ziyorat turizmi rivojlanishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi-
xizmat ko‘rsatish,
infratuzilma, tadbirkorlik va transport tizimining rivojlanishi aholi bandligini oshirishga xizmat
qiladi;
jahon miqyosida ziyorat turizmining jadal rivojlanishi
-global miqyosda turizm sohasi yil
sayin o‘sib bormoqda va O‘zbekistonning boy madaniy merosi bu jarayonga faol qo‘shilish
uchun qulay imkoniyat yaratadi;
ziyorat turizmiga xalqaro talabning ortib borishi
-hozirgi kunda musulmon sayyohlar
oqimi oshib borayotgani hisobga olinsa, halol turizm konsepsiyasi va innovatsion xizmatlar joriy
etish orqali xizmatlar eksportini kengaytirish mumkin;
aholi daromadlari oshishi va turizm xizmatlariga talabning ortishi
-turizm xizmatlarini
diversifikatsiya qilish orqali ichki va xalqaro sayyohlar uchun raqobatbardosh mahsulotlar taklif
etish imkoniyati paydo bo‘ladi;
Ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish, shuningdek, investitsion jozibadorlikni oshirish, davlat-
xususiy sheriklik asosida turizmni rivojlantirish, innovatsion xizmatlarni joriy etish kabi
zamonaviy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Jahon tajribasiga asoslangan holda, ziyorat turizmini
klaster modeli asosida tashkil etish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilmani
modernizatsiya qilish va xizmatlar turlarini ko‘paytirish kabi mexanizmlar orqali sohaning
barqaror o‘sishiga erishish mumkin.
Turistik faoliyatni innovatsion va investitsion jihatdan faollashtirish, pandemiyadan keyingi
davrda uning rivojlanish bosqichini yangi darajaga olib chiqish O‘zbekiston sharoitida ziyorat
turizmini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, ziyorat
turizmini diversifikatsiya qilish va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy
taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
1-jadval.
Turistlar tashrif buyuradigan ziyorat obyektlari haqida maʼlumot
.
T/R
Tuman
va
shaharlar
Ziyoratgoh nomi
Sigʻimi
(kishi)
1
Kitob tumani
Hazrati Bashir ziyoratgohi
1500
2
Kitob tumani
Xoʻja Imkanagiy ziyoratgohi
1000
3
Kitob tumani
Mavlono Darvesh Muxammad
Vaxshuvoriy ziyoratgohi
700
4
Kitob tumani
Xoʻja Neʼmatulloh maqbarasi
500
1
Muallif ishlanmasi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5
Muborak tumani
Muborak al-Mervaziy ziyoratgohi
1000
6
Qamashi tumani
Langar ota ziyoratgohi
500
7
Kasbi tumani
Murodbaxsh ota ziyoratgohi
500
8
Koson tumani
Qusam ota ziyoratgohi
500
9
Qarshi tumani
Imom Muin Nasafiy majmuasi
500
10
Qarshi shahar
Abu Ubayda ibnal-Jarrox ziyoratgohi
300
11
Gʻuzor tumani
Mirijanda ota ziyoratgohi
1000
12
Shahrisabz
shahar
Oq Saroy majmuasi
1000
13
Shahrisabz
shahar
Chubin madrasasi
500
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida ziyorat turizmni rivojlantirish boʻyicha dasturlar ishlab
chiqilgan va ular boʻyicha qizgʻin ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga Qashqadaryo viloyatining
xususiyatlaridan, mavjud turistik resurslaridan kelib chiqqan holda yondoshilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ziyorat turizmi obyektlaridan orasida eng koʻp tashrif buyuriladigan joy
“Oqsaroy” majmuasi, “Koʻkgumbaz” masjidi, “Amir Temur kichik gʻori”, “Hazrati Bashir”
maqbarasi, “Hazrati Sulton” maqbarasi, “Abu Muʼin Nasafiy” va “Abu Ubayda ibn al-Jarroh”
yodgorlik majmualari hisoblanadi. Ushbu ziyorat obyektlariga 2023-yilda 1398 nafar ziyoratchi
tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2019-yilga nisbatan 2 baravarga qisqargan. Buning asosiy
sababi “COVID-19” koronavirus pandemiyasi va ziyorat turizmi infratuzilmasining kam
rivojlanganligidir.
Bizning fikrimizcha, ziyorat turizmini diversifikatsiya qilish orqali Qashqadaryo viloyati nafaqat
ichki va tashqi ziyoratchilar uchun yanada jozibador boʻladi, balki viloyat iqtisodiyotiga ham
ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Bu jarayonda mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilmani
yaxshilash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga:
birinchidan
, viloyat infratuzilmasining yaxshilanishiga olib keladi (yo‘llar, transport-
kommunikatsiya, suv ta’minoti, mehmonxonalar va mehmonlarni joylashtirish obyektlari).
ikinchidan
, Qashqadaryo viloyati tumanlarida qo‘shimcha ish joylarini yaratish orqali aholining
bandligi oshadi va ularning daromadlari ortadi, natijada viloyat aholisi turmush darajasi
yaxshilanadi.
uchinchidan
, xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchilarning yanada ko‘payishiga olib keladi
va ayrim ziyorat obyektlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkonini oshiradi.
1-jadvalda mintaqaning asosan xorijiy ziyoratchilar tashrif buyuradigan salohiyatli ziyorat
obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot keltirilgan. Ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchilar 3 toifada,
yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ziyoratchilari, MDH mamlakatlari ziyoratchilari va
uzoq xorij davlatlaridan tashrif buyuruvchi ziyoratchilar joylashish holati tahlil qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2019-yilda 105221 nafar ziyoratchilar tashrif buyurishgan.
Shundan, Oʻzbekiston Respublikasi ziyoratchilari 54,6 foizni, MDH mamlakatlari ziyoratchilari
12,2 foizni va uzoq xorij davlatlari ziyoratchilari 33,2 foizni tashkil etadi. Shu jumladan,
Qashqadaryo viloyatida mutanosib ravishda 53,2, 8,4 va 38,4 foizni tashkil etib, jami tashrif
buyurgan ziyoratchilarning Qashqadaryo viloyatidagi ulushi 2,5 foizga toʻgʻri keladi. Shuni qayd
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
etish lozimki Oʻzbekiston Respublikasi ziyorat turizmida Qashqadaryo viloyatining ulushi 2019-
yildagi 2,5 % dan 2023-yilda 4,2 % ga oshgan. (2-jadval).
2-jadval
Qashqadaryo viloyatiga ziyorat maqsadida tashrif buyuruvchilarning joylashish holati
2
Muallif ishlanmasi
T/R
Koʻrsatkichla
r
Yillar
2023-yilda
2019-yilga
nisbatan
oʻzgarishi
(%)
2019
2020
2021
2022
2023
Oʻzbekiston Respublikasi hududlari boʻyicha tashrif buyurgan ziyoratchilar:
1.
Oʻzbekiston
Respublikasid
an
57452
28022
19270
21197
23741
41,3
2.
MDH
mamlakatlarid
an
12881
4626
1988
2189
2452
19,0
3.
Uzoq
xorij
davlatlaridan
34888
9534
5787
6368
7133
20,4
4
.
JAMI
105221 42182
27045
29754
33326
31,7
Qashqadaryo viloyati hududiga tashrif buyurgan ziyoratchilar:
1.
Oʻzbekiston
Respublikasid
an
1416
177
1065
1162
1289
91,0
2.
MDH
mamlakatlarid
an
224
47
10
12
14
6,3
3.
Uzoq
xorij
davlatlaridan
1021
0
76
85
95
9,3
4
.
JAMI
2661
224
1151
1259
1398
52,5
5
.
Tashrif
buyuruvchi
ziyoratchilarni
ng
Qashqadaryo
viloyatidagi
2,5
0,5
4,3
4,2
4,2
*
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bu koʻrsatkichlar yillar davomida oʻzgarib borgan. Buning asosiy sababi 2020-2021-yillarda
Koranavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida keyingi yillarda ziyoratchilarning tashrifi
viloyatda kamayib borgan.
Shuni qayd etishimiz lozimki, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ziyorat turizmi
boʻyicha tashrif buyuruvchilar 2019-yilga nisbatan 31,7 foizga, shu jumladan, Qashqadaryo
viloyati boʻyicha 52,5 foizga kamaygan.
Qashqadaryo viloyatida ziyorat turizmini diversifikatsiya qilishni takomillashtirish maqsadida
quyidagi ishlarni amalga oshirishimiz lozim:
Xulosa va takliflar.
Ziyorat turizmi boʻyicha Qashqadaryo viloyatining tuman (shahar)lari ham
oʻziga xos xususiyat va yoʻnalishlarga ega. Shu tufayli ilmiy tavsiyalarimizni birinchi galda,
ushbu hududga mos tarzda ishlab chiqishni maqsadga muvofiq, deb topdik. Bunda ziyorat
turizmini rivojlantirish uchun bir qancha mexanizmlardan foydalanish zarur:
ziyorat turizmini eko-turizm va wellness (sogʻlomlashtirish) yoʻnalishlari bilan bogʻlab
sayyohlar uchun muqobil xizmatlarni joriy etish;
viloyatdagi hunarmandlar va tadbirkorlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqib, ziyorat
maskanlarida milliy mahsulotlar savdosini tashkil etish;
islomiy taʻlimotning sof va anʻanaviy qadriyatlarini targʻib qilish, shuningdek, xalqaro
miqyosdagi ilmiy tadqiqotchilar va sayyohlarni jalb etish maqsadida “Abu Muʻin Nasafiy”
ziyoratgohi negizida “Aqida maktabi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq;
har bir mintaqaning ziyorat maskanlari joylashgan hududiy xususiyatlarini inobatga olgan
holda, ularning rivojlanish drayveri sifatida ahamiyatini belgilash hamda ziyorat turizmi
xizmatlarini ushbu jarayon bilan uzviy uyg‘unlashtirish. (masalan, Qashqadaryo viloyatining
Shahrisabz shahri tarixiy va madaniy merosi bilan ajralib turadi. Amir Temur va Temuriylar
sulolasiga oid muqaddas ziyorat maskanlari bu hududning turizm salohiyatini oshirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, Shahrisabzning tarixiy-madaniy yo‘nalishdagi drayverlik roli
inobatga olinib, bu yerdagi ziyorat turizmi xizmatlari madaniy meros bilan uyg‘unlashtirilishi
maqsadga muvofiq;
Mintaqadagi har bir ziyorat maskanida (agar obyekt sifatida mavjud bo‘lsa) ushbu
ziyoratgohning tarixiy, diniy va madaniy ahamiyatini yorituvchi maxsus muzeylar tashkil etish;
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati.
1. Жалолиддинова Х., Нурматова С. Туризм в Узбекистане после COVID-19. //Научно-
электронный журнал “Экономические и инновaционные технологии”, 2021. - № 1 (январь-
февраль). – С. 333-341;
2. Safarova N.N. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga turizm sohasi taʼsirini baholash
usullarini takomillashtirish:. i.f.d.. dokt. dissertatsiya аvtoref. – Tashkent, 2018;
3. Тураев Б.Х. Развитие организaционно-экономических механизмов управления
региональным туризмом: Автореф... докт. экон. наук. – Т., 2011. – 52 с.;
4. Эргашев Р., Узоков Ж. “Значение опыта зарубежных стран в развитии сферы
паломнического туризма в регионе” // "Экономика и социум", научное электронное
издание, Impact factor, ISSN: 2225-1545, №3(118) 2024, C. 889-897.
5. Ergashev R., Uzoqov J. “The importance of increasing the potential of pilgrimage tourism
in the development of the economy of Kashkadarya region”// International Scientific Research
Journal, Impact factor, ISSN: 2776-0979, Volume 5, Issue 4, April - 2024, 328-333.
ulushi
(%)
da
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
6. Uzaqov J.N. “Mintaqa ziyorat turizmi salohiyatini oshirishda davlat-xususiy sheriklik
mexanizmini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi”. for participation in the scientific online
conference “Problems and solutions of scientific and innovative research” with an article entitled.
Volume 01, Issue 03, 2024. 45-53.
7. Jamshid Uzoкov. “Government regulation and management of the development of
pilgrimage tourism in uzbekistan.”// Journal of Management Value & Ethics, Gwalior
management academy, ISSN: 2249-9512, Jan-March 24 Vol. 14 No. 01, Sjif 8.001 & Gif 0.626,
101-113. (08.00.00-Iqtisodiyot fanlari; Osiyo mamlakatlari nashrlari. №6)
8. Ergashev R.X, Uzoqov J.N. “Ziyorat turizmi tarmog‘ining iqtisodiy va ijtimoiy
samaradorligini oshirish yo‘llari”.//, Scienceproblems.uz. ilmiy-amaliy elektron jurnal, ISSN:
2181-1342, №2024-5 son, 4-jild, B. 57-62.
