JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Sodiqova Gulhayo
Akmal farm education o’quv markazi psixologi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ VA TAFAKKUR
RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
: Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur va nutq rivojlanishining
psixologik, pedagogik va ijtimoiy asoslarini tahlil qiladi. Bolalarning tafakkur va nutq
rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va emotsional omillar, shuningdek, zamonaviy pedagogik
yondashuvlar yoritiladi. Nutq va tafakkur rivojlanishida didaktik o‘yinlar, interfaol metodlar va
innovatsion texnologiyalarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Xulosa va tavsiyalar qismida
bolalarning psixologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun pedagoglar va ota-onalar
hamkorligining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Maqola maktabgacha ta’lim jarayonini
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha yosh, tafakkur rivojlanishi, nutq rivojlanishi, psixologik asoslar,
didaktik o‘yinlar, pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar,
emotsional qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiylashuv, mantiqiy fikrlash.
Аннотация:
В статье анализируются психолого-педагогические и социальные основы
развития мышления и речи у детей дошкольного возраста. Рассматриваются
биологические и эмоциональные факторы, влияющие на развитие мышления и речи детей,
а также современные педагогические подходы. Глубоко анализируется роль
дидактических игр, интерактивных методов и инновационных технологий в развитии речи
и мышления. В разделе «Выводы и рекомендации» подчеркивается важность
сотрудничества педагогов и родителей для поддержки психологического развития детей.
В
статье
содержатся
научно-практические
рекомендации,
направленные
на
совершенствование образовательного процесса в дошкольном образовательном
учреждении.
Ключевые слова:
дошкольный возраст, развитие мышления, развитие речи,
психологические основы, дидактические игры, педагогические подходы, интерактивные
методы, инновационные технологии, эмоциональная поддержка, социализация,
логическое мышление.
Annotation:
This article analyzes the psychological, pedagogical and social foundations of the
development of thinking and speech in preschool children. Biological and emotional factors
affecting the development of thinking and speech in children, as well as modern pedagogical
approaches, are highlighted. The role of didactic games, interactive methods and innovative
technologies in the development of speech and thinking is analyzed in depth. The conclusions
and recommendations section shows the importance of cooperation between educators and
parents in supporting the psychological development of children. The article contains scientific
and practical recommendations aimed at improving the preschool educational process.
Keywords:
preschool age, development of thinking, development of speech, psychological
foundations, didactic games, pedagogical approaches, interactive methods, innovative
technologies, emotional support, socialization, logical thinking.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Kirish.
Maktabgacha yosh davri bolalarning psixik rivojlanishida eng jadal rivojlanadigan va
muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Ushbu davrda bolalarda tafakkur va nutqning rivojlanishi
nafaqat ularning individual o‘sishi, balki ijtimoiylashuv jarayonining muvaffaqiyatli amalga
oshishi uchun ham zarur hisoblanadi. Bolaning tafakkuri va nutqi rivojlanishi biologik,
psixologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri asosida kechadi. Ushbu maqolada maktabgacha
yoshdagi bolalarning tafakkur va nutq rivojlanishining psixologik asoslari hamda bu jarayonlarni
samarali rivojlantirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bolalarning tafakkuri va nutqini
shakllantirish jarayonini tushunish uchun, avvalo, tafakkur rivojlanish bosqichlarini aniqlash
zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning vizual-obrazli, amaliy va mantiqiy turlari
shakllanadi. Vizual-obrazli tafakkur narsa va hodisalarni tasvirlar orqali tushunish qobiliyatini
anglatadi va bolalarda ilk yillardan boshlab rivojlana boshlaydi. Amaliy tafakkur esa muammoni
tajriba orqali hal qilishga asoslanadi va bolalar o‘yin faoliyati davomida sezilarli darajada
rivojlanadi. Mantiqiy tafakkur esa maktabgacha yoshning oxirlarida shakllanib, bolaning sabab-
oqibat aloqalarini tushunish qobiliyatini rivojlantiradi.
Asosiy qism.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillar orasida oila muhiti muhim o‘rin egallaydi. Ota-onalar bilan ko’proq muloqot
qilish, turli didaktik o‘yinlar va kitob o‘qish bolalarda tasavvur va tafakkur rivojlanishini
jadallashtiradi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus
mashg‘ulotlar tafakkur rivojlanishini tizimli asosda qo‘llab-quvvatlaydi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda o‘yin orqali o‘rganish jarayonini tashkil qilish, ularda mantiqiy fikrlash va tasavvurni
rivojlantirish uchun samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi ham maktabgacha yosh davrida muhim jarayon bo‘lib, bolalarning ijtimoiy
aloqalarini o‘rnatishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Bolalarda nutqning shakllanishi uch
asosiy bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqichda (1-3 yosh) bog‘lanmagan tovushlar va
so‘zlar davri kuzatiladi, bola atrof-muhitdagi tovushlarni kuzatadi va ularni qayta takrorlashga
intiladi. Ikkinchi bosqichda (3-5 yosh) bola so‘z birikmalaridan foydalangan holda oddiy
gaplarni tuza boshlaydi. Uchinchidan (5-7 yosh), bolalarda mantiqan bog‘langan izchil nutq
shakllanadi, bu esa ularning fikrlarini to‘liq va ravon ifodalash imkoniyatini beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar orasida nutqiy muhit
alohida o’rin tutadi. Atrofdagilar bilan faol muloqotda bo’lish, hikoya qilish va kitob o‘qish kabi
faoliyatlar bolalarning ichki va tashqi nutqiy faoliyatida so‘z boyligini oshiradi. Shuningdek,
bolalarning eshitish qobiliyati, emotsional holati va e‘tibori ham nutq rivojlanishida katta
ahamiyatga ega. Psixologik jihatdan qulay muhit yaratilishi, bolalarning nutqiy faolligini
rag‘batlantiruvchi mashg‘ulotlarni doimiy o‘tkazilishi zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur va nutq rivojlanishi individual va ijtimoiy omillarning
o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Ushbu jarayonlarni samarali rivojlantirish uchun pedagoglar va ota-
onalar birgalikda harakat qilishi, bolalarga mos ta’lim sharoitlari yaratishi zarur. Nutq va
tafakkur rivojlanishiga xizmat qiluvchi didaktik materiallar va maxsus mashg‘ulotlar mazmunini
boyitish, bolalarni ijtimoiy va emotsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash ushbu jarayonning
muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Maktabgacha yosh davri bolalarning psixik rivojlanishida eng muhim bosqichlardan biri
hisoblanib, ushbu davrda bolalarda tafakkur va nutqning rivojlanishi nafaqat ularning individual
o‘sishi, balki ijtimoiylashuv jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun ham zarur omil
hisoblanadi. Bolaning tafakkuri va nutqi rivojlanishi biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning
o‘zaro ta’siri asosida va bolaning imkoniyatlaridan ehtiyojlarini oshib ketishi natijasida kechadi.
Bolalarning tafakkuri va nutqini shakllantirish jarayonini tushunish uchun, avvalo, tafakkur
rivojlanish bosqichlarini aniqlash zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning vizual-
obrazli, amaliy va mantiqiy turlari shakllanadi. Vizual-obrazli tafakkur narsa va hodisalarni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tasvirlar orqali tushunish qobiliyatini anglatadi va bolalarda ilk yillardan boshlab rivojlana
boshlaydi. Amaliy tafakkur esa muammoni tajriba orqali hal qilishga asoslanadi va bolalar o‘yin
faoliyati davomida sezilarli darajada rivojlanadi. Mantiqiy tafakkur esa maktabgacha yoshning
oxirlarida shakllanib, bolaning sabab-oqibat aloqalarini tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu
davrda bola sabab-oqibat aloqalarini tushunib, o‘z fikrlarini izchil va mantiqan ifoda eta
boshlaydi.
D. Hamidov “Bolalarning nutqini rivojlantirish uchun ularning yoshiga mos so‘z boyligini
kengaytiruvchi faoliyat turlari muhim ahamiyatga ega”.
Demak, nutq rivojlanishida yoshga mos faoliyatlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Bolalar o‘z
yoshlariga mos qiziqarli va foydali mashg‘ulotlarda ishtirok etish orqali yangi so‘zlarni
o‘rganadilar va o‘z lug‘at boyligini oshiradilar.
M. Jalolova “Nutqni rivojlantirish nafaqat lingvistik bilimlarni oshiradi, balki bolaning
analitik va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi”.
Nutqning shakllanishi
bolaning umumiy intellektual rivojlanishi, ijodkorlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshiradi.
Bir so‘z bilan aytganda maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologlar va tarbiyachilar
tomonidan tashkil etilgan maxsus mashg‘ulotlar tafakkur rivojlanishini tizimlilik asosida qo‘llab-
quvvatlaydi. Bolalarda o‘yin orqali o‘rganish jarayonini tashkil qilish, ularda mantiqiy fikrlash
va tasavvurni rivojlantirish uchun samarali vositalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha davr
bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish, o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli
bo‘lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi
uchun poydevor yaratiladi. Ushbu fikrda maktabgacha yosh bolaning intellektual va ijtimoiy
rivojlanishi uchun eng muhim davr ekanligi ta’kidlangan. Bu davrda bola bilishga bo‘lgan
ishtiyoqi orqali atrof-muhitni ko’rib o‘rganadi va o‘z salohiyatini rivojlantirib boradi.
Shuningdek, bolalarning eshitish qobiliyati, emotsional holati va e‘tibori ham nutq rivojlanishida
katta ahamiyatga ega. Psixologik jihatdan qulay muhit yaratilishi, bolalarning nutqiy faolligini
rag‘batlantiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazilishi zarur.
A. Vygotskiy “Ilk yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha ro‘y beradi: 1
– nutqni tushunishni takomillashtirish; 2 – bola nutqining faolligini shakllantirish”
Shuningdek, bolalarda nutq rivojlanishining ikki muhim yo‘nalishini ko‘rsatib berish mumkin.
Bola avvalo nutqni anglab etadi va tushunishni o‘zlashtiradi, keyinchalik esa o‘z fikrlarini faollik
bilan so‘zlar orqali ifodalashni o‘rganadi. Bu jarayon bolaning muloqot qobiliyatlarini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada, bolalarning psixologik nutqiy rivojlanishi
nafaqat muvaffaqiyatli amalga oshadi, balki ularning kelgusidagi ijtimoiylashuv jarayoniga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutq rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar qatorida nutqiy muhit alohida
ajralib turadi.
1
D. Hamidov, Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi. Toshkent: Ma’naviyat nashriyoti, 2016. 39-bet.
2
M. Jalolova, Nutq rivojlanishining pedagogik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2018. 84-bet.
3
Vygotskiy, A. Psixologik rivojlanish nazariyalari. Moskva: Pedagogika 1984.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bo‘tayev, L. “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ularning kelajakdagi ijtimoiy
aloqalari va o‘quv faoliyatiga muvaffaqiyatli moslashishi uchun muhim omildir”.
Demak maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining kelajakdagi ta’siri muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, nutq faqatgina muloqot vositasi emas, balki bolalarning o‘quv
jarayonlariga tayyorgarligi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida asosiy omil hisoblanadi. Bola bilan
o‘z vaqtida, ravon va mazmunli muloqot qilish uning lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi.
Kitob o‘qish, hikoya qilish, bolalar bilan faol muloqot bolalarning tasavvur doirasini
kengaytiradi. Bundan tashqari, psixologik va fiziologik omillar ham nutq rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, bolaning eshitish qobiliyati va emotsional holati uning nutqiy faoliyatini
rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega. Psixologik jihatdan qulay muhit va bolalar nutqini
rag‘batlantiruvchi maxsus mashg‘ulotlar tashkil etilishi zarur. Shu sababli, bolaning eshitish
organlari sog‘lom bo‘lishi, atrofdagi tovushlarni to‘g‘ri idrok qilishi nutq shakllanishining
dastlabki bosqichlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolaning emotsional holati ham uning
nutqiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Quvnoq, qulay va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda bola
o‘z fikrlarini erkin va to‘liq ifodalashga intiladi. E’tiborning yuqori darajada bo‘lishi va
bolalarning rag‘batlantirilishi esa ularning nutqiy faolligini oshiradi.
Piaget, G. “Nutq rivojlanishi bolaning psixologik va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirish
jarayonining markaziy qismi bo‘lib, uning individual va ijtimoiy tajribasini kengaytiradi”
Bolalarda nutq rivojlanishining nafaqat kommunikativ, balki ijtimoiy va intellektual jihatlaridagi
ahamiyatini ko‘rsatadi. Nutq orqali bola yangi tajriba orttiradi va jamiyat bilan o‘zaro bog‘lanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur va nutqni rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik
yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o‘yinlar, guruhli mashg‘ulotlar, syujetli-rolli
o’yinlar va interfaol usullar orqali bolalarning ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlanishini kuzatishimiz mumkin. 5. Axunov, J. “Bolalar nutqini rivojlantirishda interfaol
metodlardan foydalanish ularning o‘zaro muloqot qilish va yangi so‘zlarni o‘zlashtirish
jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi”
Bolalar nutqini rivojlantirishda interfaol metodlarning samaradorligini ta’kidlaydi. Guruhli
mashg‘ulotlar va muloqotga asoslangan faoliyat bolalarning ijtimoiylashuvini rag‘batlantiradi va
lug‘at boyligini oshiradi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
esa o‘yin va ta’limni uyg‘unlashtirib, bolalarning kreativligi, ijodkorligi, tanqidiy fikirlashi va
qiziqishini oshirishda yordam beradi.
Ushbu jarayonlarni samarali rivojlantirish uchun
pedagoglar va ota-onalar birgalikda harakat qilishi, bolalarga mos ta’lim sharoitlari yaratishi
zarur. Nutq va tafakkur rivojlanishiga xizmat qiluvchi didaktik materiallar va maxsus
mashg‘ulotlar mazmunini boyitish, interfaol metodlar, enerjayzerlardan foydalanish, bolalarni
ijtimoiy va emotsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash ushbu jarayonning muvaffaqiyatini ta’minlab
beradi
Tafakkur rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardan biri bu oila muhitidir. Oilaviy sharoitda bola
o‘zining ilk tajribalarini oladi, ota-onalar bilan bo‘lgan muloqot esa uning tasavvur va
4
Bo‘tayev, L. (2019). Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyalari. Toshkent: Fan va texnologiyalar
nashriyoti.
5
Piaget, G. (1977). Bolalar aqliy rivojlanishi. Parij: Dunyo psixologiyasi.
6
Axunov, J. (2018). Bolalar psixologiyasida innovatsion yondashuvlar. Samarqand: Zarafshon nashriyoti.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tafakkurini jadallashtiradi. Ota-onalar tomonidan bolaga o‘qilgan kitoblar, berilgan savol-
javoblar hamda didaktik o‘yinlar tafakkur rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga,
maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus mashg‘ulotlar bolaning mantiqiy
fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bu ta’lim faoliyati o‘yin bilan uyg‘unlashgan holda olib
borilganda, bola bilimni yanada samarali o‘zlashtiradi. Ushbu omillarning uyg‘un ishlashi
natijasida bolaning nutqi izchil rivojlanadi va u muloqotda faol ishtirok eta oladigan shaxsga
aylanadi. Biroq, bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun ota-onalar va pedagoglar birgalikda ish
olib borishlari zarur. Bolalar bilan muloqot qilishda ularning yosh xususiyatlari va qiziqishlarini
hisobga olish muhim. Shu bilan birga, nutqni rivojlantiruvchi didaktik materiallardan, hikoya va
ertaklardan foydalanish, shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish
bolaning nutq rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq
rivojlanishi ularning ijtimoiy va kognitiv rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu
jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagoglar va ota-onalar tomonidan
yaratiladigan muhit, o‘yin va o‘qish faoliyati, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda bolalarning
ehtiyojlariga mos ta’lim va tarbiya sharoitlari muhim rol o‘ynaydi. Natijada, bolalar o‘z nutqiy
qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga, muloqotda faol va samarali ishtirok eta oladigan, ijodkor
va intellektual salohiyatga ega shaxslar sifatida shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
tafakkur va nutq rivojlanishi murakkab va o‘zaro bog‘liq jarayon bo‘lib, bu jarayon bolalarning
shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim asosini tashkil etadi. Ushbu davrda bola nafaqat
atrof-muhitni idrok qilishni, balki o‘z fikrlarini izchil va ravon ifodalashni ham o‘rganadi.
Tafakkur va nutqning rivojlanishi biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning uyg‘un ta’sirida
amalga oshadi. Bu jarayonni samarali boshqarish va qo‘llab-quvvatlashda zamonaviy pedagogik
yondashuvlar alohida ahamiyatga ega. Bolalarda tafakkur va nutqni rivojlantirish uchun bir qator
pedagogik usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Didaktik o‘yinlar bolalarning mantiqiy
fikrlashini rivojlantirish uchun asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bunday o‘yinlar bolaga
mantiqan bog‘liq fikrlarni shakllantirish, muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash va tasavvurni
rivojlantirish imkonini beradi. Didaktik o‘yinlar orqali bolalar faqat o‘z bilimlarini
mustahkamlab qolmay, balki fikrlash jarayonlarini yanada izchilroq amalga oshiradilar.
Innovatsion texnologiyalar bolalarning qiziqishini oshirish va ularning ta’lim jarayonida faol
ishtirokini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
yordamida bolalarning e’tiborini jalb qiluvchi interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etish, ularni o‘zlari
uchun yangi bo‘lgan bilimlarni izlab topishga undaydi. Masalan, maxsus dasturlar va mobil
ilovalar yordamida bolalarning o‘yin orqali bilim olish jarayoni tashkil etilishi mumkin. Bu
texnologiyalar bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi va ularni murakkab masalalarni hal
qilishga rag‘batlantiradi. Emotsional qo‘llab-quvvatlash ham bolalar rivojlanishida katta rol
o‘ynaydi. Psixologik jihatdan qulay va xavfsiz muhit yaratilishi bolalarning nutq va tafakkur
rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolalarning har bir muvaffaqiyati e’tirof etilishi,
ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi ularda o‘ziga ishonchni shakllantiradi. Shu bilan
birga, stress yoki salbiy emotsiyalardan himoyalangan bolalar o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyon
etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Xulosa.
Maktabgacha yosh davrida emotsional qo‘llab-quvvatlash bolalarni psixik rivojlanishida
katta rol o‘ynaydi. Psixologik jihatdan qulay va xavfsiz muhit yaratilishi bolalarning nutq va
tafakkur rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolalarning har bir muvaffaqiyati e’tirof
etilishi, ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi ularda o‘ziga ishonchni shakllantiradi. Shu
bilan birga, stress yoki salbiy emotsiyalardan himoyalangan bolalar o‘z qobiliyatlarini to‘liq
namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu omillarning uyg‘un ishlashi natijasida
bolaning nutqi izchil rivojlanadi va u muloqotda faol ishtirok eta oladigan shaxsga aylanadi.
Biroq, bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun ota-onalar va pedagoglar birgalikda ish olib
borishlari zarur. Bolalar bilan muloqot qilishda ularning yosh xususiyatlari va qiziqishlarini
hisobga olish muhim. Shu bilan birga, nutqni rivojlantiruvchi didaktik materiallardan, hikoya va
ertaklardan foydalanish, shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bolaning nutq rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq
rivojlanishi ularning ijtimoiy va kognitiv rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu
jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagoglar va ota-onalar tomonidan
yaratiladigan muhit, o‘yin va o‘qish faoliyati, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda bolalarning
ehtiyojlariga mos ta’lim va tarbiya sharoitlari muhim rol o‘ynaydi. Natijada, bolalar o‘z nutqiy
qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga, muloqotda faol va samarali ishtirok eta oladigan, ijodkor
va intellektual salohiyatga ega shaxslar sifatida shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
:
1.
D. Hamidov, Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi. Toshkent: Ma’naviyat nashriyoti, 2016.
39-bet.
2.
M. Jalolova, Nutq rivojlanishining pedagogik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti,
2018. 84-bet.
3.
Vygotskiy, A. Psixologik rivojlanish nazariyalari. Moskva: Pedagogika 1984.
4.
Bo‘tayev, L. (2019). Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyalari. Toshkent: Fan va
texnologiyalar nashriyoti.
5.
Piaget, G. (1977). Bolalar aqliy rivojlanishi. Parij: Dunyo psixologiyasi.
6.
Axunov, J. (2018). Bolalar psixologiyasida innovatsion yondashuvlar. Samarqand:
Zarafshon nashriyoti.
