Авторы

  • Sadullayev Sanjar Serzod o’g’li
    Andijon mashnasozlik instituti “Texnologik mashinalar va jixozlar” yo’nalish 4 – kurs k-83-21 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.69005

Ключевые слова:

qo‘shtavr payvand karbonat angidrid gazi bo‘ylama choklar konduktor kolonna.

Аннотация

Ushbu maqolada payvand qo‘shtavr balkalarni tayyorlash texnologiyasi tahlil qilingan boʻlib, bunda qo‘shtavr balkalarni payvandlash usullari tavsifi, va ularning avzalliklari,tayyorlash ketma –ketligi hamda mustaxkamligi to’g’risida so’z yuritiladi. 


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Андижон машинасозлик институти

PhD доценти

Хошимов Халимжон

Хамиджонович тақризи остида

Sadullayev Sanjar Serzod o’g’li

Andijon mashnasozlik instituti

“Texnologik mashinalar va jixozlar”

yo’nalish

4 – kurs k-83-21 guruh talabasi

sanjarsadullayev0628@gmail.com

Tel: +998940090628

QO‘SHTAVRLI BALKALARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada payvand qo‘shtavr balkalarni tayyorlash texnologiyasi tahlil

qilingan boʻlib, bunda qo‘shtavr balkalarni payvandlash usullari tavsifi, va ularning

avzalliklari,tayyorlash ketma –ketligi hamda mustaxkamligi to’g’risida so’z yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

qo‘shtavr, payvand, karbonat angidrid gazi, bo‘ylama choklar, konduktor, kolonna.

ТЕХНОЛОГИЯ ИЗГОТОВЛЕНИЯ ДВУХТАВРНЫХ БАЛОК

Аннотация.

В данной статье проанализирована технология изготовления сварочных

двухтаврных балок, в которой рассмотрено описание способов сварки сварочных, и их

преимущества, последовательность подготовки, долговечность.

Ключевые слова:

стык, сварной шов, углекислый газ, продольные швы, кондуктор,

колонна.

TECHNOLOGY OF MAKING DOUBLE BEAMS

Anotation.

This article analyzes the technology of manufacturing welded I-beams, which

considers the description of welding methods and their advantages, preparation sequence,

durability.

Key words:

joint, weld, carbon dioxide, longitudinal seams, conductor, column

Devorlarining kesimi yaxlit balkalar list metaldan tayyorlanadi. Qo‘shtavr va qutisimon

kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda egilgan list elementlardan iborat

qutisimon payvand balkalar keng qo‘llanila boshlandi. Yakkalab va kichik seriyalab ishlab

chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo‘yicha dastaki va yarim avtomatik payvandlab yig‘iladi.

Ko‘plab va yirik seriyalar ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig‘iladi va maxsus

qurilmalarga o‘rnatib flus ostida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kantovatel) dan

foydalanib, avtomatik payvandlanadi. 1,a-rasmda metal listdan yasalgan qo‘shtavr balkalarning

uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko‘rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng

ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘lganidagina qo‘shimcha qoplamlardan foydalaniladi.

Sidirg‘a devorli payvand balkalar va ustunlar, avvalo, bikrlik qobirg‘asisiz yig‘iladi. 1,b-rasmda

1, 2, 3 va 4 raqamlari bilan balka choklarini payvandlash tartibi ko‘rsatilgan. I, II, III va IV

holatlardan o‘tishda balka dumalatgich bilan 90° ga buriladi. Galdagi har qaysi chok avvalgisiga

teskari yo‘nalishda payvandlanadi. Bikrlik qobirg‘alari yoy yordamida dastaki yoki yarim

avtomatik usulda ikkita payvandchi bir yo‘la ikkala tomondan balkaning o‘rtasidan chetlari


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tomon payvandlaydi. Balkalarni montaj qilishda birinchi navbatda uchma-uch joylarini,

shundan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak. Prokat qilingan balkalarning

montajda uchma-uch ulanadigan joylarini payvandlash tartibi 1,a-rasmda ko‘rsatilgan.

Avvalo vertikal chok (1), so‘ngra chok (2) va (3) lar payvandlanadi.

List chok (2) va (3) lari bir vertikal tekislikda (1,b-rasm

)

yoki bir-biriga nisbatan

surilgan (1,b -rasm) bo‘lishi mumkin. Dastlab vertikal devor choki (1), so‘ngra list chok

(2) va (3) lari payvandlanadi. Bo‘ylama choklar odatda balka uchlariga 400-500

mm

etkazilmaydi va montaj joyida choklar (

4)

bilan tugallanadi. Bu choklar oxirgi navbatda

payvandlanadi.

Qurilish amaliyotida ustunlar, kolonnalar, tayanchlar va shunga o‘xshash boshqa

konstruksiyalarni tayyorlash uchun asosiy elementlar tariqasida ba’zan trubalardan

foydalaniladi. Diametri 300

mm

gacha bo‘lgan trubalarni tutashtirishda chok hamda

butun konstruksiyaning mustahkamligini oshiradigan qo‘shimcha detallar ishlatiladi (1-

rasm). Qoldiriladigan taglik halqada uchma-uch biriktirilgan choklar puxta bo‘ladi (1,

a

-

rasm

).

1-rasm. Qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish turlari

Bunday biriktirishda tirqish bir xilda bo‘lishi hamda chetlar va taglik halqa to‘la

payvandlanishi uchun qirralarini to‘mtoqlash lozim. Toresiga list qistirma qo‘yib

uchma-uch tutashtiriladigan choklar tavsiya etiladi (1,

b,d

-rasm

).

Trubalar tores listga

burchak chok yordamida payvandlanadi (1,d-rasm

),

mas‘uliyatliroq uzellarda esa truba

devori butun qalinligi baravari eritib payvandlanadi (1,

b

-rasm

).

Bunda chok ancha

puxta chiqadi. Montajda, ya‘ni truba uchlarini bir-biriga aniq to‘g‘rilash qiyin bo‘lgan

sharoitlarda payvandlashda muftalar (1,e-rasm

)

ishlatiladi. Shakldor kesikli muftalardan

(1,f-rasm

)

diametri 250

mm

dan ortiq trubalarni payvandlashdagina foydalaniladi.

Polosalar

(1,g-rasm

)

hamda

burchakliklar

(1-rasm

)

vositasida

biriktirishda

mustahkamligi kamayishi tufayli bu usul tavsiya etilmaydi.

To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash texnologiyasi


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash qo‘shtavrli balkalarni tayyorlashga qaraganda

murakkab bo‘lib, shuning bilan birga buralish va egilishga yuqori darajada qarshilik ko‘rsatishi

sababli ko‘prikli kranlar konstruksiyalarida keng qo‘llanilmoqda. To‘g‘ri to‘rt bur chak kesimli

balkalar polka va stenkasi katta uzunlikka ega bo‘lganda ular bir necha bo‘lakdan tashkil topib,

uchma-uch birikma bilan payvandlanadi. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkani tayyorlashda

stellaj ustiga yuqori poyas joylashtiriladi, unga diafragmalar o‘rnatilib payvandlanadi.

2-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash:

a-balka kesimi, b-yon devorlarni o‘rnatish, c-ichki choklarni payvandlash.

Bunday ketma-ketlikka rioya qilinganda stenkani o‘rnatish uchun asos hosil qilinib, to‘g‘ri chiziq

bo‘ylab o‘rnatilishi va simmetrikligi ta’minlanadi. Diafragmalar o‘rnatilgandan so‘ng stenkalar

qo‘yilib payvandlanadi (2,b-rasm). Yig‘ilgan konstruksiya yon tomoniga buriladi va ichki

tomondan diafragmalar stenkaga payvandlanadi. Keyingi navbatda pastki poyas o‘rnatilib

payvandlanadi. Yig‘ish ishlari tugatilgandan so‘ng poyasni stenkaga payvand choklari bajarilib,

elektrodni qiya holatda ushlab payvandlanadi.

3-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni mexanizasiyalashgan liniyalarda tayyorlash rejasi

tuzilishi:

1,2,3,5-stendlar, 4-portal o‘ziyurar qurilma, 6-tayyor qismlarni yig‘ish joyi, 7-rentgen usulida

nazorat qilish joyi, 8-balka elementlarini payvandlash joyi, 9-rolgang.10-elektromagnit


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

qisqichlarga ega portal kran, 11-ombor, 12- CO

2

muxitida payvandlash portal qurilmasi, 13-balka

poyasini yig‘ish uchun o‘ziyurar portal, 14-aravacha, 15-payvandlash avtomati

Katta o‘lchamdagi ko‘prikli kran balkalarini tayyorlashda listli elementlarni tayyorlash va

umumiy yig‘ish-payvandlash ishlari mexanizatsiyalashgan liniyalarda flus ostida avtomatik

payvandlash bilan olib boriladi. Hamma tayyorlov ishlari liniyadan tashqarida bajarilib, omborga

(11) tayyor zagotovkalar olib kelinadi.

Xulosa;

Payvandlangan qo‘shtavr balkalar bo‘ylama eguvchi moment bilan yuklanganda

stenkadagi kesik yoki poyas choklaridagi chalapayvand kabi nuqsonlar normal va urinma

kuchlanishlarga parallel joylashganligi sababli katta xavf tug‘dirmaydi

Asosiy adabiyotlar

1. John Hicks. Welded dezign – theory and practice. Cambridge. 2000, 155p.

2. Куркин С.А., Николаев Г.А. Сварные конструкции. Технология изготовления,

механизация, автоматизация и контроль качества в сварочном производстве: Учебник – М.:

Высш. шк., 2001 – 398с

3. Николаев Г.А., Винокуров С.А. Сварные конструкции. Расчет и проектирование:

Учебник – М.: Высш. шк., 2000 – 398с.

4. SH. ABDULLAYEV ОБЗОР ОЦИФРОВАННОГО ПРОИЗВОДСТВА СВАРНЫХ

СТАЛЬНЫХ КОНСТРУКЦИЙ. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center 130-134 p Volume 4, Issue 11, November 2024

5. SH.A.Abdullayev SIFATNI BAHOLASH VA JARAYONLARNI BOSHQARISH.

METALL KONSTRUKTSIYALARDA PAYVANDLANGAN BO'G'INLAR-UMUMIY

NUQTASI. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy

Research Support Center. 135-142 p Volume 4, Issue 11, November 2024.

6. Shavkatjon, А. А. (2023). Problem Areas in the Industrial Zones of the Republic of

Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 201-203

Библиографические ссылки

John Hicks. Welded dezign – theory and practice. Cambridge. 2000, 155p.

Куркин С.А., Николаев Г.А. Сварные конструкции. Технология изготовления, механизация, автоматизация и контроль качества в сварочном производстве: Учебник – М.: Высш. шк., 2001 – 398с

Николаев Г.А., Винокуров С.А. Сварные конструкции. Расчет и проектирование: Учебник – М.: Высш. шк., 2000 – 398с.

SH. ABDULLAYEV ОБЗОР ОЦИФРОВАННОГО ПРОИЗВОДСТВА СВАРНЫХ СТАЛЬНЫХ КОНСТРУКЦИЙ. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center 130-134 p Volume 4, Issue 11, November 2024

SH.A.Abdullayev SIFATNI BAHOLASH VA JARAYONLARNI BOSHQARISH. METALL KONSTRUKTSIYALARDA PAYVANDLANGAN BO'G'INLAR-UMUMIY NUQTASI. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center. 135-142 p Volume 4, Issue 11, November 2024.

Shavkatjon, А. А. (2023). Problem Areas in the Industrial Zones of the Republic of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 201-203