Авторы

  • To`ychiyeva Madina
    Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.69010

Ключевые слова:

adibning ijodi sarob asari G`ofur G`ulomning Qahhor haqidagi fikri.

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Qahhor hayoti va ijodining ahamiyati.xususan Sarob asari yuzasidan tahlil qilish.Yozuvchining asarlarini davr bilan taqozo qilish .ijodini o`rganish va uning obyekti haqida.Yozuvchining ijodiy mahorati haqida.Abdulla Qahhor asarlari haqida boshqa ijodkorlarni fikr xulosalari ochib berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

To`ychiyeva Madina

Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali talabasi

e-mail: tuychiyevamadina58@gmail.com

ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA BADIIY TALQIN(SAROB ROMANI XUSUSIDA)

Annatatsiya

: Ushbu maqolada Abdulla Qahhor hayoti va ijodining ahamiyati.xususan Sarob

asari yuzasidan tahlil qilish.Yozuvchining asarlarini davr bilan taqozo qilish .ijodini o`rganish va

uning obyekti haqida.Yozuvchining ijodiy mahorati haqida.Abdulla Qahhor asarlari haqida

boshqa ijodkorlarni fikr xulosalari ochib berilgan.

Kalit so`z:

adibning ijodi,sarob asari, G`ofur G`ulomning Qahhor haqidagi fikri.

Аннотация:

В данной статье рассматривается значение жизни и творчества Абдуллы

Каххара, в частности, анализируется его произведение «Сароб». Осуществляется связь

произведений писателя с эпохой. Изучение его творчества и объекта его произведений.

Оценка его художественного мастерства. В статье также представлены мнения других

писателей о произведениях Абдуллы Каххара.

Ключевые слова

: творчество писателя,произведение сароб мнения Гофура Гулома о

Каххоре.

Abdulla Qahhor Ijodi XX asr o`zbek adabiyotining yorqin va sermazmun sahifalaridan birini

tashkil etdi.Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo`qon shahrida temirchi oilasida dunyoga

keladi.Davr qiyinchiliklari bu oilani ham chetlab o`tmagan edi. Qahhor oilasi darbadarlikda

sarsongarlikda hayot kechiradi.Qahhor asarlarining asal mano mohiyati ayniqsa uning

“Sarob”asariga qaraydigan bo`lsak bu asari 1930-yil boshlanib shoirning 27 yoshida 1934-yil

tugatadi.Ushbu asar 1937-yil nashr chiqariladi.Asarni yaratilishi haqida shuni aytishimiz

mumkinki,bu asar shaxsga sig`inish davrida yaratilgan asardir.Bunda o`sha davr talablariga

bo`yinegish majburiyatlari haqida aytib o`tilgan.Asarda O`zbekistonning mustamlakachilik

kishanlaridan ozod bo`lishni orzu qilgan va shu orzuni amalga oshirish uchun kurashgan

ziyolilar hayoti aks ettirilgan. Yozuvchi o`z g`oyasiga mos keladigan qahramonlar tanladi. U

izlanuvchan shaxs ,biroq izlana turib, tez-tez adashadi.Aksariyat hollarda arosatda qoladi.Bazan

xudbinlik kayfiyatiga beriladi,og`machilik o`zgaruvchanlik ham uning xarakteriga yot emas.

Asarda tasvirlanishicha Saidiy soxta shon-shuhrat va boylik orqasidan quvib tuzoqqa

ilinadi.Yashirin tashkilot rahbarlaridan biri bo`lgan Muxtorxonning singlisi Munisxonni sevib

qoladi.Talabachilik chog`larida ikki yosh bir-birlariga ko`ngil qo`yadilar. Biroq Saidiyning

Munisxonga bo`lgan hislari g`ayritabiiy,faat xudbin va razil odamlarga xos bo`lgan xislatlardan

edi. U Munisxonga nisbatan o`ylardi :Qizning boshiga bir ish tushsa-yu ,uning qutqarib qoluvhi

faqat o`zi bo`lsa ya`ni Saidiy .Biroq bunday hodisalar asalo ro`y bermaydi.Bora-bora ulaning bir-

biriga bo`lgan munosobatlari soviy boshlaydi.Endilikdan Saidiy Munisxondan kamchilik va

nuqsonlar qidirishni boshlaydi va topganday ham bo`ladi hattoki.Munisxon ham Saidiyning

yacshi fazilatlari ko`maydigan kamchilik va nuqson qidiradigab bo`lib qoladi .Bu orada

Munisxonning akasi Salimxonning tavsiyasi

bilan “xotinchalish”deya etirof etilgan

Muxtorxonga turmushga chiqish taklifi beriladi..Mnisxon esa Muxtorxonni kamchilik va

nuqsonlariga qaramasdan uning yaxshi fazilatlarini qidira boshlaydi.Muxtorxon go`yo Munisxon

uchun idel insondek ko`rinadi.Saidiy izzattalab va manman shaxs.Hayotining ilk bosqichlarida

Saidiy o`sha davr tushunchasi bilan aytganda ijobiy qahramaon deb ataluvchi Ehson Sharif va

Kenjalar bilan yaqin bo`ladi. Aslini olib qaraganda esa ular nisamimiy kishilar emas edi.Saidiyga


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

nisbatan munosobatlari xolis va xayrixoh biroq ulardagi fazilatlarni maqtab ko`kalarga

ko`tarishni laganbardorlik qilishni xoxlamas va xushlamas edilar .Shu boisdan bo`lsa kerak

Saidiy ulardan uzoqlashdi.Saidiy kitob yozishni xoxlar uning kitoblari qo`ldan qo`lga o`tib

o`qilishini,uzi esa mashhur bo`lib ketishni xoxlar edi.Ammo bu yo`ldagi harakatlari xarakteriga

mos emas edi.”Sarob” asosiy obrazi Saidiy bilan birgalikda Murodxo`ja domla,shaharda maorif

bo`lim mudiri Salimxon, adabiyotshunos Abbosxon ,tergovchi Mirza Muhiddin ,go`zal va

baxtsiz qiz Munisxon timsollari ham yaratilgan befarosat va sovuqqon kelin Soraxon,jurnalist

Yoqubjon,savdogar Muxtorxon kabi obrazlar ochib berilgan .Yozuvchi har bir qaharamoniga

alohida tarif alohida xarakter bilan yondashadi.Hattoki ularni ichki psixologiyasigacha ochib

beradi.Davr “dohiychilik” davri edi.Saidiy Abbosxonlar guruhiga qo`shiladim deguncha faol

harakatga tushdi.Bu o`rinda o`ylab ko`rish kerak bo`lgan gap borga o`xshaydi.”Sarob”bitilgan

davr ikki dohiy bor edi -biri Lenin va Stalinga sajda qilardik.Adabiyotning ham o`zini dohiysi

bor edi-Gorkiy.Saidiy Munisxonga erisha olmaganidan so`ng Murodxo`ja domlaning oilasiga

yaqinlashadi.Murodxo`ja domla unga mashhurlikni vada qiladi.Murodxo`ja domla Saidiyga

taklif beradi u taklif shunday edi:Uning bir qizi bor edi uning ismi Soraxon edi.Ushangga

uylanishi kk edi.Soraxon shunday tariflangan:Eng ozg`inlarni ozg`ini,gavdasini oldingga tashlab

yurar,qollari odatdagidek emas balki qorni ustida turardi.ko`ylak kiyganda esa ko`ylagidan

chiqib turgan oyoqlari sava cho`pga o`xshab qiltillab tur u kelayotganida esa orqa tomonida

qaragan odam Soraxon juda og`ir yuk ko`tarib kelayotgan shaxsga o`xshatar edi.Uning jingalak

ikki o`rim sochlari yana farqini ochib olgan edi.Lablari ingichka kulganda ozgina jimirilib

turar,gapirayotganda esa pichirlagandek bo`lib qolardi.Soraxon jismonan nosog`lamdir balki

manan ham nosog`lom.Jamiyat -u dunyo bilan ishi yo`q.Saidiy anvcha-muncha bilimga ega

shaxs u Murodxo`ja domla uchun shunchaki ergashuvchi shaxs deb qaralgan.Undan o`z

manfaatlarida foydalangan.Saidiy Soraxon bilan turmush quradi.Udan yaxshi fazilatlar

qidiradi.Shu o`rinda Soraxonni Saidiyga aytgan gapini keltirib o`tishimiz joiz:Saidiyning oldiga

kelib ko`satkich panjasini peshonasiga tirab “Boqsa odam bo`lasan” deb kulib qo`yadi.

Aqlan nosog`lom bo`lsa ham Soraxon Murodxo`ja domlani qizida Saidiydan manfaat kelishini

bilgandek go`yo.Soraxon Saidiyga yoqish uchun harakat qilar unga choy olib kirar edi.Ammo

Saidiy bularga parvo qilmasdi.Ishlariku o`xshamagan edi ayni shu chog`da hayoti ham

chappasiga ketayotgandek edi.Saidiy bu asarda orzulari saraobga aylangan shaxs sifatida

gavdalanadi.Saidiy qatiyatsiz kishi shu tufayli sevgilisidan ham misqinlab topgan obro`sidan

ham ajraladi.O`g`il bola oila posponi u qatiyatli bo`lmog`i joizdir.Saidiy orzu umidlarini

ro`yobga chiqaradidan shaxs deb biladi-Murodxo`ja domlani.Saidiyning hayoti asar oxirida

ma`naviy jihatdan oxirlab qoladi.Xaligacha hech bir asar qahramoni hayoti Saidiyning hayoti

kabi yakunlanmagan.

Ijodkorning ushbu asari anchgina muhokamalarga sabab bo`lgan asardir.Buning sababini esa

tanqidchilar bunday ko`rsatadilar:Asar ko`chirmachilik asosida yozilgan asar.Uning ba’zi bir

voqealari aynan ko`chirilgan deb e’tirof etiladi.Go`yoki Qosimovchilar sud materiallaridan

foydalangan bazibir voqealar aynan ushalardir deydi.Aynan shu asosida kitobxonlarni hayratga

solgan maqollar ham chop ettirildi.Ikkinchi tomonda esa bu asarda “millatchi”lik oldiga

qo`yiladi deb baholanadi.Millatchi o`zi kim? Millatini tilini himoya qilganlarmi? Yoki bo`lmasa

o`zini millatini yaxshi ko`rib boshqa millatni qoralaganlarmi?Aslini olib qaraganda barcha millat

vakillari o`z millatlarini yaxshi ko`rishadi.Ammo xudbin odamgina boshqa millat vakillarini

ustidan kulib ayirmachilik qiladi.Ushbu asarda esa millatchi deya bo`xton qilinishi

noo`rindir.Qahhor ijodini o`qir ekanmiz so`zlardan qaysi vaqt qanday jumla tuzish kerak

ekanligini o`rganamiz.Qahhor mohir ijodkor.

Qahhor asarlarini keng xal ommasida kitobxonlar tomonidan sevimli qilishga asosiy

omillar nima degan savol tugulishi mumkin.Birinchi novbatda Qahhorni shakl formada haddan

tashqari tugalligi muhtasarligi.Uning asarlaridagi aniqlik ixchamlik so`z boyligi va albatta obraz


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

va manzaralar yaratishdagi xarakterlariva ifodali jihatlar Qahhor asalarini orginalligini

yaratgan .Qahhor jasoratli haqgo`y yozuvchi ekanligini ko`rishimiz mumkin.U xalqni hayotida

uchraydigan,xalqni chiroyli va tugal yashashiga xalaqit berayotgan noqusliklarga qarshi

kurashish deb bilgan adabiyotni.Qahhornig shunday so`zini aytib o`tib ketishimiz

joizki:”Hamma vaqt yozuvchining qulog`i xalqning ko`nglida bo`lish kerak”

Xulosa aqilib aytganda,Abdulla Qahhor ijodi xx asr dolzarb muamolarni

olib chiqa oladi.Qahhor takrorlanmaydigan va ideal qahramononlarni yarata oldi.Qahhor

jonkuyar ijodkor adabiyotimizga o`z hissasini qo`shishgan ijodkorlar qatorida turadi.Qahhor

ijodiga ta`rif berilganda: fikrga saxiy,so`zga xasis san`atkor deya ta`riflanadi. Asarlaridagi

nafislik, o`ziga xoslik, jozibadorlik va rangbarangligi bilan o`ziga tortib turadi.G`ofur G`ulom

shunday ta`rif beradi:”Abdullaning siqiqligi menga juda yoqadi.Abdulla boshqalar bir sahifada

aytadigan gapni bir gapda aytib qo`ya qoladi”.Darhaqiqat Qahhor kitobxonlarni o`ylashga

majbur qila oladiga ijodkor edi.Uzi ham talabchan,o`zgalarni ham talabchan bo`lishini

xoxlardi.Bugungi kunda kelib Qahhor ijodi kitobxonlar tomonida sevib o`qib kelinmoqda.Uning

asarlari sodda va tushunarli tilda yozilgan asarlardir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Abdulla Qahhor “Sarob” asari Zukko kitobxon Toshkent -2021

2.Irina Borolina Abdulla Qahhorning ijodkorlik inshosi 2020

3.Qosimov U .Adabiy-estetik tafakkur tadriji:an`analik,vorisiylik o`ziga xoslik Abdulla Qodiriy

va Tog`ay Murod ijodi misolida

4. Shuhrat Sirojiddinov. Abdulla Qahhor hayoti va ijodi.

5.Abdulla Qahhor. Asarlari. Birinchi jild. “G`ofur G`ulom nomidagi adabyot va sa`nat nashriyoti.

Toshkent 1987.

6.Marxabo Qo`chqorova A.Qahhor istiqlol adabiyotshunosligi ko`zgusida (monografiya)

Toshkent: akademnashr 2018

7.Marxabo Qo`chqorova “Badiiy so`z va ruhiyat manzaralari” muxarir nashriyoti Toshkent 2011.

Ozod Sharafiddinov asarlarida A.Qahhor shaxsiyati 99-bet

Библиографические ссылки

Abdulla Qahhor “Sarob” asari Zukko kitobxon Toshkent -2021

Irina Borolina Abdulla Qahhorning ijodkorlik inshosi 2020

Qosimov U .Adabiy-estetik tafakkur tadriji:an`analik,vorisiylik o`ziga xoslik Abdulla Qodiriy va Tog`ay Murod ijodi misolida

Shuhrat Sirojiddinov. Abdulla Qahhor hayoti va ijodi.

Abdulla Qahhor. Asarlari. Birinchi jild. “G`ofur G`ulom nomidagi adabyot va sa`nat nashriyoti. Toshkent 1987.

Marxabo Qo`chqorova A.Qahhor istiqlol adabiyotshunosligi ko`zgusida (monografiya) Toshkent: akademnashr 2018

Marxabo Qo`chqorova “Badiiy so`z va ruhiyat manzaralari” muxarir nashriyoti Toshkent 2011. Ozod Sharafiddinov asarlarida A.Qahhor shaxsiyati 99-bet