Авторы

  • Z.S.Elov,F.S.Xudoynazarov
    Osiyo xalqaro universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.69011

Ключевые слова:

bola psixologiyasi oila oilaviy munosabatlar oila muhiti ijtimoiylashuv farzandlar vatan davlat tinchlik mehr muhabbat qadriyat ishtiyoq to‘liq oila ma’naviyat madaniyat.

Аннотация

Ushbu maqolada oiladagi muhit barqarorligining oilada voyaga yetayotgan bola psixologiyasiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Unda ajdodlarimiz o‘gitlari haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Unda ota-onalar o‘z farzandlari oldida o‘zini qanday tutishi, oila psixologiyasiga e’tibor berish qanchalik muhimligi va ular qanday asosiy rol o‘ynashi haqida so‘z boradi. Maqola dolzarb muammolarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, oila va jamiyatda barqarorlikni saqlash masalalariga alohida e’tibor berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

DSc., dots

. Z.S.Elov

, magistr.,

F.S.Xudoynazarov

Osiyo xalqaro universiteti

OILA MUHIT BARQARORLIGINING BOLA PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI VA

UNING DOLZARB MUAMMOLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oiladagi muhit barqarorligining oilada voyaga yetayotgan bola

psixologiyasiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Unda ajdodlarimiz o‘gitlari haqida ham qiziqarli

ma’lumotlar berilgan. Unda ota-onalar o‘z farzandlari oldida o‘zini qanday tutishi, oila

psixologiyasiga e’tibor berish qanchalik muhimligi va ular qanday asosiy rol o‘ynashi haqida

so‘z boradi. Maqola dolzarb muammolarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, oila va jamiyatda

barqarorlikni saqlash masalalariga alohida e’tibor berilgan.

Kalit so‘zlar:

bola psixologiyasi, oila, oilaviy munosabatlar, oila muhiti, ijtimoiylashuv,

farzandlar, vatan, davlat, tinchlik, mehr, muhabbat, qadriyat, ishtiyoq, to‘liq oila, to‘liq oila,

ma’naviyat, madaniyat.

Аннотация.

В данной статье рассматривается влияние стабильности семейной среды на

психологию ребенка, растущего в семье. Также приводятся интересные сведения о

наставлениях наших предков. Обсуждается, как родители должны вести себя перед детьми,

насколько важно уделять внимание психологии семьи и какую ключевую роль они играют.

Эта тема, безусловно, является актуальной.

Ключевые слова:

детская психология, семья, семейные отношения, семейная среда,

социализация, дети, родина, государство, мир, привязанность, любовь, полная семья,

неполная семья, духовность, культура.

Abstract.

This article highlights the impact of the stability of the family environment on the

psychology of the child growing up in the family. Additionally, interesting insights are provided

about the teachings of our ancestors. It discusses how parents should behave in front of their

children, the importance of paying attention to family psychology, and the critical role they play.

This topic is undoubtedly relevant.

Key words:

Child psychology, family, family relations, family environment, socialization,

children, motherland, state, peace, affection, love, enthusiasm, complete family, incomplete

family, spirituality, culture.

Kirish.

Inson psixalogik rivojlanishi va shaxsiyati shakllanishining asosiy omillaridan biri oila

muhitidir. Oila – bu inson hayotidagi eng birinchi ijtimoiy institut bo‘lib, u bolani dunyo bilan

tanishtiruvchi hamda uning ma’naviy, ruhiy va aqliy salomatligini ta’minlovchi birinchi muhit

hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqolada oila muhitining barqarorligi va uning bolaning psixologik

rivojiga ta’sirini chuqurroq tahlil qilish, shuningdek, noto‘liq oilalar sharoitida tarbiyalanayotgan

farzandlarning psixologik holatiga oid dolzarb muammolar o‘rganiladi.

Oila muhitining shaxsiyat shakllanishida tutgan o‘rni.

Shaxs ma’naviyati, uning

dunyoqarashi, tasavvuri va e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi.

Shu ma’noda, oila – haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, tarbiya omili muhiti bo‘lib hisoblanadi.

Bobolarimizning o‘gitlari va ota-ona mehri orqali bolaga dastlabki dunyoqarash singdiriladi.

Hukumatimizning oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy funktsiyalarini amalga


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyalashdagi nufuzini

oshirishga ko‘maklashish hamda yosh er-xotinlarning moddiy hamda maishiy shart-sharoitlarini

yaxshilash borasidagi aniq dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining

qadriyat sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: «Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa,

vatan tinch bo‘ladi». Oila tuzilishi turli xil ota-ona resurslari orqali bolaning farovonligiga ta’sir

qilishi mumkin: ruhiy salomatlik, munosabatlar sifati, ota-ona sifati va ota-onaning ishtiroki. Har

bir oilada voyaga yetayotgan farzand tarbiyasiga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Farzand

psixologiyasiga oilaning tarkibi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi fanda o‘z isbotini topgan.

Oila tuzilishi va farzand tarbiyasi.

Oila tuzilishiga kelsak, an’anaviy oilalar, tuzilishiga ko‘ra

to‘liq va noto‘liq oilalarga bo‘linadi. Oilada faqat bir ota yoki ona bo‘lsa, bunday oila noto‘liq

oila deb ataladi. Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta’kidlash joizki, noto‘liq oilalar

turlicha yuzaga keladi. Oilada er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning

ajralishi tufayli oila noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, oilada ota yoki onaning vafot etishi

bu ulkan fojea, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan ijobiy

munosabatlar saqlanib qoladi.

Biroq, er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi.

«Tirik yetimlik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa bolalar jamoalarida (bog‘chada, maktabda, teng

doshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi. Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlarga emas,

balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Izlanishlar

natijasi shuni ko‘rsatadiki, noan’anaviy oilalar farzandlari an’anaviy oilalar farzandlariga

qaraganda psixososial muammolarga duch kelish xavfi yuqori ekanligi o‘z isbotini topdi. Ushbu

natijalar an’anaviy oilalar farzandlari noan’anaviy oilalarga qaraganda kamroq ijtimoiy-

emotsional va yuqori kognitiv ko‘rsatkichlarga ega degan xulosaga kelgan oldingi tekshiruvlarni

tasdiqladi.

Noto‘liq oilada voyaga yetayotgan farzandlarning psixologik xususiyatlari.

Bunday oilalarda

voyaga yetayotgan farzandlar o‘zida bolalik pozitsiyasini emas, balki ota, ona yoki katta odam

pozitsiyasini shakllantiradilar. Natijada, ularning psixologiyasida bir qancha buzilishlar paydo

bo‘ladi. Bundan tashqari, noto‘liq oilada ona tomonidan katta o‘g‘ilga ota rolini yuklab, o‘g‘il

pozitsiyasiga chek qo‘yish ham kuzatiladi. Noto‘liq oilada voyaga yetayotgan qiz bola ham ayol

va erkakning o‘zaro munosabatlariga noto‘g‘ri yondashishi mumkin. Psixologlarning

ta’kidlashlaricha, «otaning yo‘qligi onaning yo‘qligiga nisbatan bola tarqiqiyotiga kamroq salbiy

ta’sir ko‘rsatadi, chunki ona bolani emotsional jihatdan barcha ehtiyojlarini qondira oladi».

Affektiv ajralish va uning bola ruhiyatiga ta’siri.

Psixologiyada «affektiv ajralish»

tushunchasi ham mavjud bo‘lib, uning bola ruhiyatiga ta’siri yuridik ajralishdan asoratliroq va

og‘iroq hisoblanadi. Bunday ajralishning psixologik mohiyati shundaki, ba’zan yuridik jihatdan

birga yashayotgan er-xotinlarda ham shunday xolat kuzatiladi, ular bir-birlari bilan oylab, yillab

gaplashmay, bir-birlariga dushmanona yashaydilar. Yoki yuridik jihatdan ajrimni

rasmiylashtirgandan keyin ham bir-birlariga nisbatan nafrat bilan yashaydilarki, ularning ba’zan

farzand tufayli yoki mol-mulk musodarasi tufayli uchrashuvlaridan bola juda katta psixologik

jarohat oladi. Bir-birga yov qarash qiladigan, tuhmat qiladigan, shaxsini kamsitadigan holatlarni

bola bilgan va sezgan sari o‘zini o‘ta baxtsiz va nochor his etadi.

Ayniqsa, ayrim erkaklar affektiv ajrim sharoitida boshqa ayol bilan norasmiy yashashi xolatlari,

jamiyatda, boshqa odamlar orasida o‘zini boshqacha (sipo, samimiy) tutib, oilada onasi bilan

agressiv tutishi bola ruhiyatini jumbushga keltiradi va unda kelajak, oilaviy hayot, turmush va


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

istiqbol to‘g‘risidagi tasavvurlarini batamom o‘zgartirib, affektiv ustanovkalar shakllanishiga

olib keladi.

Statistik ma’lumotlar va dolzarb muammolar.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «voyaga

yetmagan jinoyatchilik yo‘liga kirib qolgan bolalarning deyarli 75-78% noto‘liq oilalarda

tarbiyalangan bo‘lsa, giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlarning yarmidan ortig‘i

noto‘liq oilalardan chiqqan». Bundan tashqari, XXI asrning boshida butun jahon ilg‘or kishilarini

tashvishga solayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish kabi

holatlar ham birinchi navbatda noto‘liq oilalar vakillari ekanligi tashvishlidir.

Xulosa.

Oila muhitining barqarorligi bolaning psixologik salomatligi uchun asosiy shartdir.

Noto‘liq oilalar sharoitida tarbiyalanayotgan farzandlar psixososial muammolarga, ijtimoiy-

emotsional buzilishlarga va kognitiv kamchiliklarga duch kelish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Shuning uchun, oila muhitining barqarorligini saqlash, ota-onaning birgalikda farzandlarini

tarbiyalashdagi mas’uliyatini oshirish va noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun

maxsus psixologik yordam tizimini joriy etish dolzarb masaladir. Davlat va jamiyat tomonidan

oila munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi

kerak. Chunki, «Oilaviy tinchlik – vatanning tinchligining kaliti» degan ibora bugungi kunda

ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon qizi “Oilaviy ajrimlar natijasida vujudga kelgan

noto‘liq oiladagi ona shaxsini farzand tarbiyasiga ta’siri”. Toshkent, 2023.

2. Mirzaeva, S. R. (2021). Talaba valeologik ongining psixologik himoya mexanizmlari bilan

determinantlashuvi. Science and Education , 2(Special Issue 1), 133-143.

3. Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their own

health in conflict situations. Journal of Critical Reviews , No. 17, pp. 3071-3076. ISSN-2394-

5125 VOL 7.

4. Tursunboyev, S. (2023). Boshlang‘ich ta’limda dezadaptatsiyaning psixologik xususiyatlari.

Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры , 3(11), 142-145.

5. Baxtiyarovich, T. S., & Mirzaeva, S. R. (2023). Dezadaptation of elementary students.

Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence , 2(4), 173-175.

6. Аbdurasulov J., & Pardabayeva, M. (2024). musobaqadan oldin sportchilarni psixologik

tayyorlash. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры , 4(6 Part 2), 73–

76. https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

7. Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific

progress , 3(4), 923-929.

8. Sh.Umarova (2024). Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them.

Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments , 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

9. X.Raximova (2024). Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical

Cluster-Journal of Pedagogical Developments , 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

10. Abduqodirova,

D.,

Abdurasulov,

J.

(2025).

Yoshlarda

harbiy-

vatanparvarliktuyg‘usinitakomillashtirishning psixologik hususiyatlari.

11. Жўраев, Ш., & Абдурасулов, Ж. (2024). ҳарбий жамоадаги ижтимоий фикр. Журнал

академических исследований нового Узбекистана , 1(2), 97–103. https://in-

academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151

Библиографические ссылки

Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon qizi “Oilaviy ajrimlar natijasida vujudga kelgan noto‘liq oiladagi ona shaxsini farzand tarbiyasiga ta’siri”. Toshkent, 2023.

Mirzaeva, S. R. (2021). Talaba valeologik ongining psixologik himoya mexanizmlari bilan determinantlashuvi. Science and Education , 2(Special Issue 1), 133-143.

Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their own health in conflict situations. Journal of Critical Reviews , No. 17, pp. 3071-3076. ISSN-2394-5125 VOL 7.

Tursunboyev, S. (2023). Boshlang‘ich ta’limda dezadaptatsiyaning psixologik xususiyatlari. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры , 3(11), 142-145.

Baxtiyarovich, T. S., & Mirzaeva, S. R. (2023). Dezadaptation of elementary students. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence , 2(4), 173-175.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva, M. (2024). musobaqadan oldin sportchilarni psixologik tayyorlash. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры , 4(6 Part 2), 73–76. https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific progress , 3(4), 923-929.

Sh.Umarova (2024). Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments , 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

X.Raximova (2024). Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments , 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Abduqodirova, D., Abdurasulov, J. (2025). Yoshlarda harbiy-vatanparvarliktuyg‘usinitakomillashtirishning psixologik hususiyatlari.

Жўраев, Ш., & Абдурасулов, Ж. (2024). ҳарбий жамоадаги ижтимоий фикр. Журнал академических исследований нового Узбекистана , 1(2), 97–103. https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151